93
«O‘n besh yoshli kapitan»
2.
Aksincha, agar yomg‘ir yoqqan davrda barometr
asta-sekin, lekin to‘xtovsiz ko‘tarilaversa, havo yaxshila-
nadi deb dadil aytish mumkin. Endi barometr ko‘tarila
boshlagan vaqtdan boshlab dastlabki oftobli kungacha
vaqt qanchalik ko‘proq o‘tgan bo‘lsa, yaxshi havo shun-
chalik uzoq vaqt davom etadi.
3. Ikki holda ham barometrning tushishi yoki ko‘tari-
lishi bilanoq o‘zgargan havo uzoqqa cho‘zilmaydi.
4. Agar barometr ikki-uch va undan ko‘proq kun
davomida asta-sekin va to‘xtovsiz ko‘tarilaversa, hatto
shu kunlarda tinimsiz yomg‘ir quyib turgan bo‘lsa ham,
ob-havo
yaxshi kelishini bildiradi
17
. Agar barometr
yomg‘irli kunlarda ko‘tarilaverib, havo yaxshi kelishi
bilan yana pastga tusha boshlasa, yaxshi ob-havo uzoq-
qa cho‘zilmaydi
18
.
5. Ko‘klamda va kuzda barometrning birdaniga pa-
sayib ketishi shamol bo‘lishini bildiradi. Yozning juda
issiq vaqtida barometrning birdaniga pasayib ketishi
momaqaldiroq bo‘lishini bildiradi. Qishda, ayniqsa,
uzoq vaqt sovuq bo‘lib turganidan
keyin barometrning
birdaniga pasayib ketishi shamolning boshqa tomondan
esishini, qor erishini va yomg‘ir yog‘ishini bildiradi. Ak-
sincha, sovuq mahalda barometrning ko‘tarilib ketishi
qor yog‘ishini bildiradi.
6. Basharti, barometr goh pasayib, goh ko‘tarilib, tez-
tez tebranib tursa, uzoq vaqt yomg‘ir yo ki havo uzoq vaqt
yaxshi bo‘lib turar, deb o‘ylash xato bo‘ladi.
Barometr-
ning to‘xtovsiz va asta-sekin ko‘tarilishi yoki pasayishi-
gina havo uzoq vaqtgacha bir xilda turishini ko‘rsatadi.
7. Kuzning oxirida uzoq davom qilgan shamolli va
yomg‘irli havodan keyin barometr ko‘tarila boshlasa
Shimoldan shamol kelishini hamda sovuq boshlanishini
bildiradi».
17
Aksincha, havo yaxshi mahalda
barometr xuddi shunday
to‘xtov siz pasayaversa, yomg‘ir bo‘lishini bildiradi.
18
Xuddi shuningdek, barometr havo pasayib, yomg‘irli kunlar
kelishi bilan yana ko‘tarila boshlasa, yomon havo ko‘pga cho‘zil-
masligini bildiradi.
94
Jyul Vern
Dik Send barometrning hamma xususiyatlarini yaxshi
bilib olgan edi. Har bir dengizchi
uchun qimmatli hamroh
bo‘lgan bu asbobning to‘g‘ri gapirishini Dik o‘zi ham ko‘p
martabalar sinab ko‘rgan edi. Endi havoning o‘zgarishini
o‘z vaqtida bilib turish uchun, u barometrni har kuni
ko‘zdan kechirib turar edi.
20-fevral kuni Dik Send barometrdagi o‘zgarishni
fahmlab qoldi. Bir necha marta kuzatgandan keyin
barometrning asta-sekin, lekin to‘xtovsiz
pastga tusha-
yotganini ko‘rdi. Bu esa yomg‘ir bo‘lishini bildirar edi.
Ammo barometr hadeb tushaversa hamki, yomg‘irdan
asar yo‘q edi. Shunda Dik Send yomon havo ko‘pga
cho‘zilar ekan, degan xulosaga keldi.
Ammo yilning bu faslida yomg‘irgina emas, qat tiq
shamol ham turib qolishi mumkin edi. Rostdan ham,
bir kundan keyin shamol juda kuchayib ketdi, havo oqi-
mining kuchi bir soatda oltmish
kilometr tezlikka yetdi
19
.
Shamol «Poligrims»ning yelkanlarini yulib ketmasligi
va machtalarni sindirib yubormasligi uchun yosh kapitan
ba’zi bir ehtiyot choralarni ham ko‘rib qo‘ydi.
U bom-brasel, topsel va tashqi kliver yelkanlari ni yig‘ib
qo‘yishni buyurdi. Ammo bugina kamlik qiladiganga
o‘xshardi. Ko‘p o‘tmay u yana bramselni ham tushirib
qo‘yishni va marselni kichraytirishni buyurdi.
Tajribasiz matroslar bilan bu keyingi ishni bajarish
oson ish emas edi. Ammo qiyinchilik deb ishni to‘xtatish
mumkin
emas edi, chindan ham hech kim ishni to‘xtat-
madi.
Dik Send Bat bilan Ostinni boshlab yuqoriga chiqdi va
anchagina uringanidan keyin undagi yelkanni tushirdi.
Agarda barometrnig pasayishi xavf tug‘dirmaganida edi,
Dik machtalarda ikkala reyani ham o‘z joyida qoldirgan
bo‘lar edi. Biroq shamol bo‘ronga aylanadigan bo‘lganida
yelkanlarni kamaytirishgina emas, balki machtalarni
19
Soatiga 60 km, ya’ni soniyasiga 17 metr tezlikda esadigan
shamol bo‘ron darajasiga yetardi (bu bo‘ronning kuchi sakkiz
ballga teng bo‘ladi).