Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

83
«O‘n besh yoshli kapitan»
Akteon va Ostinlarni bom-bramsel bilan bramsel oldiga 
qo‘yib, o‘zi machta ustiga chiqib ketdi.
Chaqqon va abjir o‘smir bram-reyaning pertlaridan 
birpasda yuqoriga chiqib ketdi va bramsel yelkani bog‘lab 
qo‘yilgan arqon-shtoklarni yechib yubordi.
Shundan keyin u, bom-bram-reyga o‘tib, undagi yel-
kanni ham ochib yubordi. Bu ishlarni bitirgandan so‘ng, 
Dik Send shtirbortdagi fordunlardan biridan sirg‘anib 
to‘ppa-to‘g‘ri palubaga tushdi.
Shunda uning ko‘rsatmasi bilan yangi matroslar yel-
kanlarni yoyib ochib yubordilar, arqonlarini mahkam 
bog‘lab qo‘ydilar.
Keyin fok-machta bilan grot-machta o‘rtasidagi stak-
sellarni ko‘tarishdi, shu bilan yelkanlarni ochish ishi 
tugadi.
Gerkules bundan so‘ng arqonni bor kuchi bilan tort-
madi va shuning uchun bu safar hech narsani uzib ham 
yubormadi.
«Piligrim»ning endi hamma yelkanlari ko‘tarilgandi.
Dik yana qo‘shimcha yelkanlar – misellarni ham 
qo‘ymoqchi bo‘lgan bo‘lsa-da, lekin bunday sharoitda 
ularni qo‘yish juda qiyin bo‘lishi ustiga, dovul bo‘lib qol-
gan taqdirda tezgina yig‘ishtirib olish undan ham battar 
qiyin edi. Shuning uchun yosh kapitan o‘sha ko‘tarilgan 
yelkanlarga qanoatlanib qo‘ya qoldi.
Tomga shturval oldidan ketishga ruxsat berdi-da, Dik 
Send yana o‘z joyini egalladi.
Shamol kuchaymoqda edi. «Piligrim» o‘ng tomonga bi-
roz qiyshayib, dengiz ustidan ildam suzib borardi. Uning 
suvda bir tekis iz qoldirib ketishi kemaning suvda suzish 
xususiyati yaxshi ekanini bildirar edi.
– Mana endi biz to‘g‘ri yo‘lga tushib oldik, missis Ueldon. 
Ishqilib, shamol orqadan esib tursa bas! – dedi Dik Send.
Missis Ueldon o‘smirning qo‘lini qisib qo‘ydi. Keyingi 
damlarda kechirilgan zo‘r tashvishdan missis Ueldon 
birdan bo‘shashib ketdi va kayutasiga kirib, o‘zini ka-
ravotga tashladi.


84
Jyul Vern
Kemaning yangi komandasi palubada qoldi. Bu negr- 
matroslar kemaning burnida navbatchilik qildilar. Ular 
Dik Send buyurgan hamono har qan day ishni bajarishga 
doim tayyor holda turar edi lar. Ammo shamolning kuchi 
va yo‘nalishi o‘zgarmas ekan, matroslarga ham qiladigan 
ish yo‘q edi.
Aytgandek, bizning Benedikt tog‘amiz shu payt da 
nima qilayotgan ekan?
Benedikt tog‘a juda band edi. U «Piligrim» kemasidan 
zo‘rg‘a topib olgan bir hasharotni lupa yordami bilan tek-
shirmoqda edi. Bu esa eng oddiy to‘g‘ri qanotli bir hasha-
rot edi; uning boshi goh ko‘rinar, goh oldin chiqib turgan 
ko‘kragi ichiga kirib ketar edi; mo‘ylovlari uzun va ko‘p 
tarmoqli ekan, terisimon oldingi qanoti esa ustki qanotga 
aylanibdi. Bu hasharot nasldor amerika suvaragi edi.
Benedikt tog‘a bu nodir jonivorni oshxonadan topib 
oldi. Negoro uni ezib tashlamoqchi bo‘lib bir oyog‘ini 
endi ko‘targan paytida Benedikt tog‘a uni ko‘rib qolib, 
qahr-g‘azab bilan portugaliyalikka hamla qilib qoldi. 
Shuni ham aytib o‘taylikki, Benedikt tog‘aning do‘qlari 
kema oshpaziga hech qanday ta’sir qilmadi.
Baxtsiz kapitan va uning sheriklari ola kit oviga jo‘nab 
ketganlaridan keyin nima voqealar bo‘lganini Benedikt 
tog‘a bilganmikan? Albatta, bi lar edi, chunki u «Piligrim» 
pachaqlangan qayiq ning siniqlari suvda suzib yurgan 
halokat joyiga yetib kelganida, palubada dengizga qa-
rab turar edi. Demak, qayiqdagilarning halok bo‘lganini 
ko‘rib turgandi.
Benedikt bu falokat uchun qayg‘urmadi, deb ham 
bo‘lmaydi, chunki unda biz Benedikt tog‘ani tosh ko‘ngilli 
kishiga chiqarib qo‘ygan bo‘lamiz. Uning bechora ovchi-
larga achingani ham shak-shubhasizdir. U jiyani yomon 
ahvolga tushib qolgani uchun ham qayg‘urdi. Benedikt 
tog‘a hatto missis Ueldonning oldiga kelib, go‘yo: «Asti 
qo‘rqmang! Yoningizda men borman-ku! Men borimda 
sizga hech narsa bo‘lmaydi!» degandek qilib uning qo‘lla-
rini qisib qo‘ydi.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish