100
Jyul Vern
tekshirib ko‘rib, keyin den gizga tashladi.
Asbob yigirma
besh yard ham sudralmasdan turib, arqon osilib qoldi.
– Oh, kapitan! – deb yubordi Tom.
– Nima bo‘ldi, Tom?
– Arqon uzilib ketdi!
– Arqon uzildi? – deb qichqirib yubordi Dik,– demak,
lagdan ajraldik degin!
Keksa negr javob qaytarish o‘rniga qo‘lida uzilib qolgan
arqonni ko‘rsatdi.
Bunga Tom aybdor emas edi. Lag, mahkam bog‘langan
edi-yu, lekin arqon qoq o‘rtasidan uzilgandi. Holbuki, bu
arqon eng yaxshi kanopdan eshilgan edi. Bu arqon biror
joyga qattiq ishqalangandagina uzilishi mumkin edi. Dik
arqonning uzilgan joyini ko‘rsa, rostdan ham shunday
bo‘lgan ekan. Lekin arqon nimaga tegib ishqalangan ekan?
O‘smirimiz bunga javob topishga ojiz edi.
Nima bo‘lsa hamki, lagdan butunlay ajraldilar. Endi
Dik Send kemaning tezligini aniqlay olmaydi. Uning bir-
dan-bir foydalanadigan asbobi kompas bo‘lib qolgandi,
xolos.
Ammo bu kompasning noto‘g‘ri ishlayotganidan Dik-
ning xabari yo‘q edi!..
Missis Ueldon Dikning bu hodisadan qattiq tashvish
tortayotganini ko‘rib, ortiq hech narsani surishtirmadi.
U qattiq xafa bo‘lganicha o‘z kayutasiga kirib ketdi.
Har holda lag bo‘lmasa ham, kemaning tezligi kamay-
mayotganini fahmlash qiyin emas edi.
Ertasiga, 10-mart kuni
barometr yigirma sakkiz-u
o‘ndan ikki dyuymni
21
ko‘rsatdi. Bu esa qat tiq bo‘ron
turishini, ya’ni har soatda yuz kilometrdan ham oshiq
esadigan juda qattiq shamol bo‘lishi ni bildirar edi.
Demak, ish chatoq bo‘lmasligi uchun, yelkanlarni
darrov kamaytirish kerak edi.
Dik Send faqat bom-kliver bilan kichraytirilgan og‘ma
grotni qoldirib marsel bilan fokni tushirishga qaror berdi.
21
716 millimetr.
101
«O‘n besh yoshli kapitan»
U Tom bilan uning sheriklarini palubaga chaqirdi,
chunki bu og‘ir ishni bajarish uchun hamma baravar
ishlashi kerak. Afsuski, yelkanlani tushirish uchun an-
cha
vaqt kerak edi, bo‘ron esa har daqiqada borgan sari
kuchaya bordi.
Dik Send, Ostin, Akteon va Batlar reyalar usti ga chiqish-
di. Tom shturval oldida qoldi. Gerkules esa, zarur bo‘lganda
arqonni ushlab turish uchun kema sahnida qoldi.
Ancha ovoragarchilikdan keyin komanda, nihoyat,
marsel bilan fokni tushirdi. Shamolning shiddatidan
machtalar shu qadar qattiq silkinar ediki, botir matros-
lar har on dengizga qulab tushib ketishlari mumkin
edi. Yuz marta o‘limdan qolib, ularo og‘ma grot riflarini
zo‘rg‘a yechib oldilar. Undan keyin ichkarigi kliverni ham
tushirishdi. Endi kemada faqatgina kichraytirilgan og‘ma
grot bilan bom-kliver qolgandi, xolos.
Yelkanlari oz qolganiga qaramasdan «Piligrim» to‘lqin-
lar orasida o‘qday uchib borar edi.
12-mart kuni havo yana battar buzildi. Shu ku ni Dik
Send
barometrga qaragan edi, qo‘rqqanidan turgan joyida
qotib qoldi, chunki barometr yigirma yetti butunu o‘ndan
to‘qqiz dyuymga
22
tushib ketgan edi.
Bu esa juda ham qattiq dovul bo‘lishini bildirar edi.
Endi «Piligrim»ga qolgan yelkanlar ham oshiqchalik qilib
qolgan edi.
Dik Send shamol parcha-parcha qilib tashlamasin
deb og‘ma grotni yig‘ib olishni buyurdi.
Ammo bu buyruqni kechikib berdi. Shu paytda bir-
daniga kemaga
qattiq shamol kelib urib, yelkanni yulib
olib ketdi. Ostin shu mahal bram-reyada turgan ekan,
shamol uni bram-stenga shunday qat tiq urdiki, bechora
hushidan ketishga sal qoldi. Hamma yog‘i qon holda u
zo‘rg‘a palubaga tushdi.
Dik Send
qattiq tashvish ichida qoldi, chunki uning
hisobiga ko‘ra, daqiqa sayin qirg‘oq ko‘rinib qolishi ke-
22
709 millimetr.
102
Jyul Vern
rak edi va shunday tezlik bilan uchib borayotgan kema
qirg‘oq yaqinidagi suv osti toshlar – riflarga borib urilishi
mumkin edi, u shundan xavotirda edi.
U kemaning burniga borib, uzoqlarga qaray boshladi.
Ammo qanchalik zo‘r berib tikilmasin, quruq yerdan hech
bir darak yo‘q edi.
Dik shturval oldiga keldi. Oradan bir daqiqa o‘tar-
o‘tmas, Negoro chiqdi. U qo‘lini beixtiyor ko‘ tarib ufqdagi
qandaydir bir nuqtaga uzatdi. Uning bunday qilishidan,
tuman orasidan baland biror qirg‘oqni ko‘rgan ekan, deb
o‘ylash mumkin edi...
Ichi qora portugaliyalik yana
zaharli qilib kulimsirab
qo‘ydi. So‘ng hech nima demasdan kambuzga kirib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: