Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

118
Jyul Vern
Kemani qirg‘oqqa chiqarib tashlash-a! Bu ish hatto eng 
mard dengizchilarni ham qattiq hayajonga solib qo‘yadi. 
Shuning uchun ham Dik Send tuzukroq choralarga umid 
bog‘laganidan, kemani qirg‘oqqa chiqarib tashlash kabi 
og‘ir chora ustida bosh qotirib o‘tirishni ham istamas edi.
Keyingi kunlarda havo tez-tez o‘zgaraverdi, shu sabab-
dan yosh kapitan juda qattiq xavotirlandi. Endi shamol 
susaymasdi, barometrning pasayib ketishi yana bo‘ron 
bo‘lishidan darak berar edi.
Dik Send yelkanlarni tushirib, yana bo‘rondan qo-
chishga to‘g‘ri keladi, deb qo‘rqa boshladi. Ammo yosh 
kapitan uchun hech bo‘lmaganda bitta yelkanni qoldi-
rish zarur edi, shuning uchun u hozircha yelkanlarni 
tushirmaslikka qaror berdi.
Dik machtalarni mahkamlash uchun fordunlarni 
tarang qilib bog‘lashga buyurdi. Bu juda zarur bo‘lgan 
ehtiyoj chorasi edi. Basharti, kema o‘z rangoutidan ajr-
ab qolsa bormi, «Piligrim»ning holi ju da ham mushkul 
bo‘lardi.
Keyingi kunlarda barometr ikki marta tez yuqoriga 
chiqdi, bu esa shamolning keskin suratda o‘zgarib ketish 
xavfini tug‘dirar edi. Shamol ro‘paradan essa nima qilish 
kerak? Shamol qayoqdan essa, kemani o‘sha yoqqa bu-
rib, manevr qilib yurish kerakmi? Agar shunday qilishga 
to‘g‘ri kelsa, kemaning yana ochiq okeanga uloqtirib 
tashlanishi ehtimol!
Xayriyatki, uning bu tashvishlari o‘rinsiz bo‘lib chiqdi. 
Bir necha kun davomida shamol, ko‘p ham o‘zgarmasdan 
goh shimoldan sharqqa va sharqdan janubga ko‘chib, 
oxiri g‘arbdan esa boshladi. Shamol juda qattiq bo‘lib, 
kema rangoutini qimirlatib o‘ynar edi.
5-aprel kuni edi. «Piligrim»ning Yangi Zelandiyadan 
chiqqaniga ikki oydan ham oshib ketdi. Boshda shamol 
bo‘lmasligidan yoki shamol ro‘pa radan esishidan kema 
yigirma kun yaxshi yurolmadi. Keyin shamol orqadan 
urib berdi, shunda «Piligrim» tezlik bilan quruqlikka 
yaqinlasha bosh ladi. Ayniqsa, bo‘ron vaqtida kema juda 


119
«O‘n besh yoshli kapitan»
tez yurdi; Dik Send, kema sutkasiga eng kamida ikki 
yuz mildan yo‘l bosdi, deb o‘ylardi. Shunday ekan, nima 
uchun kema shu vaqtgacha qirg‘oqqa yetib ololmadi? 
Bunga sira tushunib bo‘lmasdi.
Matroslardan biri bom-bram-reyga chiqib olib, yer 
qachon ko‘rinarkin, deb hadeb okeanni kuzatardi. Goh 
machta ustiga Dik Sendning o‘zi chiqardi. U bulutlar 
orasida biror tog‘ cho‘qqisi ko‘rinib qolmasmikan deb, 
durbindan anchagacha atrofni kuzatardi, chunki And 
tog‘larining baland cho‘qqilarini har qancha uzoqdan 
qaraganda ham bulutlar orasidan qidirish kerak edi.
Tom va uning sheriklari uzoqdagi shakli g‘alati bu-
lutni tog‘ deb o‘ylab, ko‘p martalab adashdilar. Goh vaqt 
ular tog‘ning o‘zini ko‘rdik, deb gaplarida qattiq turib 
olar edilar va haligi tog‘ deganlari bulutlar orasida g‘oyib 
bo‘lgandan keyingina o‘z xatolarini bo‘yinga olar edilar.
Ammo 6-aprel kuni shubhaga o‘rin qolmadi.
Ertalab soat sakkizda Dik Send endigina rey ustiga 
chiqib olgan edi. Oftobning birinchi nurlari tumanni 
tarqatib turganidan uzoq joylar ko‘zga yaqqol chalinar edi.
Ko‘pdan beri zoriqib kutilgan so‘zlar Dik Sendning 
og‘zidan o‘qday otilib chiqdi:
– Yer! Ro‘paramizdan yer ko‘rinyapti! – deb hayqirib 
yubordi u.
Buni eshitgan yo‘lovchilarning hammasi: boshqa 
bolalar singari bunday ishlarga qiziqqan kichkina Jek 
ham, endi hamma ko‘rgan azob-uqubatlarim tugaydi, 
deb umid qilgan missis Ueldon ham, Amerika tuprog‘iga 
qadam qo‘yishni to‘rt ko‘z bi lan kutgan Tom bilan uning 
sheriklari ham, o‘z kolleksiyasini yangi hasharotlar bilan 
to‘ldirish xayolida yurgan Benediekt tog‘a ham palubaga 
yugurib chiqdilar.
Yolg‘iz Negorogina chiqmadi.
Endi yer hammaga ko‘rinib turar edi: ba’zi o‘tkir 
ko‘zlilar yerni aniq ko‘rar, qay birlariga esa, yerni sog‘inib 
qolganliklaridan, yer yo‘q joyda ham ko‘zla riga yer ko‘ri-
nar edi.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish