Jyul Vern, «O‘n besh yoshli kapitan». «Yangi asr avlodi»



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/151
Sana12.04.2022
Hajmi2,35 Mb.
#544954
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   151
Bog'liq
4 On besh yoshli kapitan roman

116
Jyul Vern
Dik Send kemaning tez yurishini uning dengiz ustida 
qoldirgan iziga qarabgina aniqlay olar edi. Bu usul bilan 
yaxshi aniqlab bo‘lmasa ham, har holda olti kundan 
kechikmasdan yer ko‘rinib qolishiga Dik Send qattiq 
ishongan edi. U missis Ueldonni bunga ham ishontira 
oldi. Dik unga o‘z mo‘ljalicha, «Piligrim»ning turgan joyini 
xaritadan ko‘rsatib berdi.
Juda soz, Dik. Endi menga ayt-chi, Amerika 
qirg‘og‘ining qay bir joyidan chiqarikinmiz? – de di missis 
Ueldon.
– Mana bu joylaridan, – deb Dik xaritadan Peru ham-
da Chili qirg‘oqlarini ko‘rsatdi. – Bundan aniqroq qilib 
aytolmay man. Qarang, mana bu Pasxi oroli. Keyingi 
kunlarda shamol doim bir tomondan esayotir, demak, biz 
sharq tomondagi mana bu yerlarni ko‘rishimiz lozim. Bu 
qirg‘oqda portlar ko‘p, ammo quruqlikka yetganimizdan 
keyin «Piligrim»ning qay bir portga yaqin bo‘lishi ni hozir-
cha aytolmayman.
– Unisi zarur ham emas. Dik... Ishqilib, birorta portga 
yetib olsak bas!
– Albatta, missis Ueldon. Qayerga borib yetsak ham, 
siz San-Fransiskoga bemalol yetib olasiz. – Tinch okean-
da «qatnov shirkati» bu sohilda ishlaydi. Bu shirkatning 
paroxodlari katta portlarning hammasida to‘xtaydi. U 
yerdan esa Kaliforniyaga yetib olish hech gap emas.
– Sen hali «Piligrim»ni San-Fransiskoga olib bo-
rasanmi? – deb so‘radi missis Ueldon.
– Nega olib bormayin! Ammo siz bironta yo‘lovchi 
paroxodga o‘tirib olganingizdan keyingina olib boraman, 
missis Ueldon. Agar biz kapitan bilan matroslar topolsak, 
baliq moyini tushirish uchun Valparaisoga jo‘naymiz, 
hech shaksiz, kapi tan Gul ham xuddi shunday qilgan 
bo‘lardi. Undan keyin San-Fransiskoga yo‘l olamiz. Biroq 
siz uchun bu yo‘l ortiqchalik qiladi. Siz bilan ajralishim 
og‘ir bo‘lsa ham...
– Xo‘p, Dik, – deb uning so‘zini bo‘ldi missis Ueldon. 
– Bu to‘g‘rida keyin yana gaplashamiz. Sen shuni ayt-


117
«O‘n besh yoshli kapitan»
chi, ilgari notanish portga yaqinlashishga qo‘rqar eding 
shekilli?..
– Men bundan hozir ham qo‘rqaman, – deb bo‘yniga 
oldi o‘smir, – lekin men qirg‘oqqa yaqin yerda birorta 
kemani uchratamiz deb o‘ylayman. Rostini aytsam, shu 
mahalgacha birorta kema uchratmaganimizga juda hay-
ron qolaman... Hech bo‘lmaganda birorta qayiq uchra-
ganda ham yaxshi bo‘lar edi! U mahalda «Piligrim»ning 
qayerdaligini aniq bilib olardikda, hech qo‘rqmasdan 
qirg‘oqda to‘xtay verardik.
– Bu yerlarda kemalarni portlarga boshlab boruvchi 
lotsmanlar yo‘q ekanmi? – deb so‘radi missis Ueldon.
– Bo‘lsa kerak, – dedi Dik Send. – Lekin ular qirg‘oq 
bo‘yida suzib yuradilar. Shuning uchun biz mumkin 
qadar qirg‘oqqa yaqin borishimiz kerak bo‘ladi.
Agar lotsman topolmasak, unda nima bo‘la di? – deb 
so‘radi missis Ueldon.
Missis Ueldon yosh kapitanning har xil tasodifiy 
hodisalarga tayyormi, yo‘qligini bilish uchun undan 
surishtiraverardi.
– U holda, missis Ueldon... ishqilib, havo yaxshi bo‘lsa, 
shamol qattiq bo‘lmasa, kemani qirg‘oq bo‘ylab olib 
ketavera man, to‘xtash uchun xavfsiz bir joy topilgun-
cha sohil bo‘ylab ketavera man. Basharti, shamol yana 
kuchaya boshlasa...
– Unda nima bo‘ladi?
– Bordi-yu, shamol «Piligrim»ni olib borib yer ga ursa...
– Unda-chi... – deb so‘radi missis Ueldon.
– Unda men kemani qirg‘oqqa chiqarib tash lashga 
majbur bo‘laman, – deb xafa bo‘lib javob qaytardi 
o‘smir. – Ammo hech iloji qolmaganda shunday qilamiz. 
Menimcha, bu qadar og‘ir ahvolda qolmasak kerak. Siz 
xotirjam bo‘ling, missis Ueldon: havo yaxshilanyapti 
shekilli. Nahot qirg‘oq yonida biror kema yoki lotsman 
katerini uchrata olmasak? Ishqilib, «Piligrim» to‘ppa-to‘g‘ri 
qirg‘oqqa qarab boryapti, tezda yerni ko‘rsak kerak, deb 
umid qilamiz-da.



Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish