ARALIYADOSHLAR OILASI.
REJA:
KIRISH.
ASOSIY QISM.
I bob. Araliyadoshlar oilasi.
Araliyadoshlar oilari haqida umumiy tushuncha.
Araliyadoshlar oilasiga mansub o’simliklar.
II bob. Araliyadoshlar oilasini o’ziga xos xususiyatlari
. Araliyadoshlar oilasini o’ziga xos xususiyatlari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
KIRISH.
Tabiatni, shu jumladan uning ajralmas qismi o’simliklar dunyosi va hayvonot olamini muhofaza qilish ayni zamonning eng muhim muammolaridan biriga aylandi. Respublikamizning xilma-xil, foydali turlarga boy, bebaho o’simliklarni va yo’qolish xavfi ortib borayotgan hayvonlarni muhofaza qilish bizning muqaddas burchimizga aylanmog’i lozim. Biz faqat foydali o’simliklarnigina emas, O’zbekiston hududida o’sayotgan xar bir turni asrab avaylashimiz va ularni kelgusi avlodlarga hozirgidan ham a’lo darajada in’om etishimiz kerak. Insonning salbiy ta’siri natijasida o’simlik qoplamlari, turlarining soni va hayvonot olami turlari tobora kamayib ketmoqda. Tabiatdan oqilona foydalanmaslik tufayli yo’qolib va kamayib borayotgan turlarni muhofaza qilish maqsadida maxsus hukumat qarorlari asosida 1979-yilda O’zbekiston Respublikasining «Qizil Kitob»i ta’sis etildi. «Qizil Kitob»ga kiritilgan xar bir tur o’simlik va hayvon uning xavf ostida turganidan dalolat beradi.
I bob. Araliyadoshlar oilasi.
Araliyadoshlar oilari haqida umumiy tushuncha.
Oila 80 dan ortiq turkumga mansub 800 turni o‘z ichiga oiadi. Ko‘pchilik araliyadoshlarga mansub turlar tropik va subtropik hududlarda o'sadi. Ulaming aksariyat turlari Malayziya, Indoneziya va Amerika tropiklarida uchraydi. Araliyadoshlar — uncha katta bo‘lmagan daraxtiar yoki butaiami, ba’zi chirmashib o'suvchi lianalami o‘z ichiga oladi. Ko‘p yillik o‘t turlari ham bor. Barglarining bandi kengayib, novda hosil qiladi va poyani o‘rab turadi. Barglari poyada navbatlashib joylashadi. To‘pguli yirik, murakkab soyabon. Gullari nisbatan mayda, aktinomorf, ikki jinsli, ikki uyli. Gulqo‘rg‘on ikki qavat, gulkosachabargi 5 yoki 4 ta, gultojisi 5 ta, changchisi ham 5 ta yoki ko‘p. Bu oilaga dorivor o‘simlik jenshen-Pawax ginseng, zamanixa - Oplopanax, araliya-Aralia, eleuterokok-Eleutherococcus va boshqa manzarali o‘simliklar kiradi.
Azaldan hozirgi farmsanoat rivojlanmagan paytlarda ham insonlarda jinsiy kuchni orttirishga intilish bo’lgan va bu yolda izlanishlar olib borishgan quyida shular haqida ma’lumotlar beramiz. Afrodoziyak o’simliklarning eng boshida Jenshen turadi, qolgan o’simliklarga nisbatan ham ko’proq izlanishlar aynan jenshen ustida olib bo’rilgan.
Jenshen (Panax ginseng) — araliyadoshlarga (Araliceae) mansub koʻp yillik oʻt. Sharqiy Osiyo, Xitoy va Koreyada tabiiy holda oʻsuvchi qadimiy oʻsimlik
Jenshenning foydali hossalari.
Tarkibida mavjud bo‘lgan bir qancha foydali kimyoviy moddalar sababili jenshen qadimdan xalq tabobatida turli kasalliklarni davolashda keng qo‘llanilgan. O‘simlik ildizida alkaloidlar, turli shiralar, C vitamini, oltingugurt va fosfor, hushbo‘y moddalar, shuningdek, mikro va makroelementlar bor.
O‘simlik inson organizmiga tinchlantiruvchi va og‘riq qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Jenshen kishida ishchanlik qobiliyatini kuchaytiradi, o‘t moddasini organizmdan chiqarib yuboradi, o‘pkada gaz almashinuvini yaxshilaydi. Jenshenning shifobaxsh ta’siri natijasida kishida arterial qon bosimi me‘yoriga keladi, endokrin tizimi ish faoliyati kuchayadi, qon tarkibida qand moddasining patologik miqdori pasayadi.
Jenshen asabiylashish, siqilish va tashvishlanish holatlarida tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. O‘simlikni aqliy va jismoniy zo‘riqishlarda iste’mol qilinadi.
Jenshen qon shakillanishini va xotirani yaxshilaydi, modda almashinuvi va yurak-qon tomirlari faoliyatini me’yoriga keltiradi. Jenshen - ko‘rish qobiliyatini yaxshilovchi jarohatlari bitishiga yordam beruvchi, og‘riqni qoldiruvchi, asab tizimini tinchlantiruvchi o‘simlik.
Jenshen organizmning erta qartayishiga yo‘l bermaydi. Bu o‘simlik immunitetni kuchaytiradi, tanadagi ortiqcha yog‘larni erishiga yordam qiladi. Xalq tabobtida jenshen damlama, qaynatma, malham choy sifatida va qurutulganini yanchib iste’mol qilinadi.
Shifobaxsh ichimlik
Jenshenli choy inson salomatligiga ajoyib ta’sir ko‘rsatadi. Bunday choyni tayyorlash uchun quritib yanchilgan jenshen ildizi ustidan qaynab turgan suv quyiladi, ustini yopib 20 daqiqa tindiriladi, so‘ng dokadan o‘tkaziladi. Choyni sutkasiga 3 maxal 1 osh qoshig‘idan 1 oy davomida ichiladi, so‘ng 30 kun tanaffus qilib, muolaja kursi takrorlanadi.
Bunday damlangan choy organizmni umumiy mustahkamlovchi, kuch-quvvat bag‘ishlovchi, tinchlantiruvchi xususiyatlarga ega. O‘simlikning faol moddalari asab tizimi faoliyatini mustahkamlaydi, jismoniy va aqliy charchoqni pasaytiradi, yurak va qon tomirlari faoliyatini yaxshilaydi, ishtahani ochadi, arterial qon bosimini me’yoriga keltiradi, ishchanlik qobiliyatini oshiradi.
Tarkibidagi mikro elementlar soyasida, qon tomirlarni ham arterial ham venoz sistemasiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi tufayli, jinsiy olat erektsiyasini va uzoq qattiq qolishligini ta’minlaydi, qarishlikni oldini olish hususiyati bilan jinsiy aktivlik va maylni normallashtiradi. Faqat shuni unutmaslik kerak haqiqiy jenshenning foydasi iste'mol qilingandan keyin darhol sezilmaydi, yillar davomida organizmdagi mikroelementlarni, foydali moddalarni o'rnini to'ldirib borilishi bilan foydasi namoyon bo'ladi, shuni unutmasligimiz kerak-ki, bugungu kunda savdo-foyda maqsadida turli dori vositalariga ham jenshenni nomini taqab, aslida tarkibida kimyoviy moddalar qo'shib chiqarilayotgan mahsulotlar juda ham ko'p!!! Ularni ajratishni oson agar siz qabul qilganizdan keyin 30-40minut, 1-2soatda ta'sirni sezsangiz tarkibida kimyoviy modda bor degani, aslida biz doktorlar kimyoviy moddaga qarshi emasmiz faqat bu kabi ko'plab mahsulotlarda kimyoviy moddalar kunlik yuqori dozadan ham yuqori bo'lishiligi ilmiy-laboratuar isbotlangan!!!
Ulardan qutulishning oson yoli har hil reklamalarga uchmaslik, jenshenni ildiz ko'rinishida sotib olishlik va uy sharoitida ozingiz tayyorlashlikdir.
ЖЕНЬШЕНЬ (Рanax ginseng) — аралиядошларга (Araliceae) мансуб кўп йиллик ўт. Шарқий Осиё, Хитой ва Кореяда табиий ҳолда ўсувчи қадимги ўсимлик. Жуда қадимдан доривор ўсимлик сифатида маълум (илдизидан олинган дори-дармонлар организмнинг қувватини оширади). Бўйи 30—50 см, барглари панжасимон қирқма, гуллари майда, кўкиш, соябонсимон тўпгулга йиғилган. Меваси юмшоқ. Этли илдизи цилиндрсимон, хушбўй, таъми аччиқроқ. Илдизининг юқори қисми йўғонроқ, пастки қисми шохланган, қисман одам гавдасини эслатади. Шу боис унга «женьшень», яъни хитойча «одам-илдиз» деб ном берилган. Илдизининг оғирлиги 20—25 г келади. Женшеннинг табиий заҳиралари жуда ҳам камайиб кетган. Шунинг учун кўп жойларда экиб ўстира бошланди. Ўзбекистонда ботаника боғида ўстирилади.
Уни ёввойи ҳолда Хабаровскда, Кореяда, Маньчжурияда ва Хитойда учратиш мумкин. Кўпинча женьшень кедр дарахтлари ўсадиган соя-салқин ва серсув ўрмонларда ўсади. Женьшень турли табиий ўғитларга бой, юмшоқ, увада тупроқли ерларни хуш кўради. Қуёш нурлари тик тушадиган ерда ўсмайди, худди шунинг учун ҳам у атрофи дарахтлар билан ўралган ўрмонзорларда ўсади. (“ЎзМЭ”дан)
Do'stlaringiz bilan baham: |