MAVZU: ELEKTR QURILMALARNI YERGA ULASH
REJA:
1. Yerga ulashning turlari va qo‘llanishi
2. Yerga ulashning muhofaza qilish mohiyati
3. Yerga ulash qurilmalariga qo‘yiladigan тalablar
4. Тuproqning solishtirma qarshiligini nazorat elektrodi usulini qo‘llab o‘lchash
Yerga ulashning turlari va qo‘llanishi
Yerga ulashning quyidagi uch xili mavjud:
1. Himoyaviy yerga ulash. Yerga ulashning bu turi elektr uskunalarining himoya qobig‘i buzilib qolgan taqdirda ishchilarni elektr toki ta’siridan muhofaza qilish maqsadida qo‘llaniladi.
2. Ishchi yerga ulash. Yerga ulashning bu turi elektr uskunalarining normal ish rejimini ta’minlash maqsadida bajariladi.
3. Atmosfera elektridan (yashindan) himoyalash uchun yerga ulash. Yerga ulashning bu turi bino, inshoot, elektr va texnik qurilmalarni yashindan muhofaza qilish maqsadida qo‘llaniladi. Bu ishda faqat himoyaviy yerga ulash to‘g‘risida gap boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |