Jo‘raev, Narzulla. Jadal taraqqiyot davri (So‘zboshi o‘rnida) «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivoj- lantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»



Download 219,48 Kb.
bet41/84
Sana12.07.2022
Hajmi219,48 Kb.
#781113
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   84
Bog'liq
Juraev Narzulla. Tamaddunga Davat

Sakkizinchidan, yosh oilalar, xususan, imkoniyati chek- langan va ijtimoiy ximoyaga muxtoj yoshlarni ma’naviy va moddiy jixatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy- joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratishga qaratilgan maqsadli ishlarni tashkil etish.
To‘qqizinchidan, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jino- yatchilikning barvaqt oldini olish va profilaktika qilish ishlarida faol ishtirok etish.
O‘ninchidan, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohot- larda faol ishtirok etadigan, xalq manfaatlariga sadoqat bilan xizmat qiladigan bilimli, tashabbuskor, ishbilarmon, xalol va fidoyi yosh rahbar kadrlarni tarbiyalash, kadrlar zaxirasini yaratish va ularni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mas’ul lavozimlariga tavsiya etish.
O‘n birinchidan, yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, xorijiy mamlakatlar- da tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlarning huquq va manfaaglarini himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.
O‘n ikkinchidan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organ- lari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik ja- miyatining boshqa institutlariga yoshlarga oid faoliyatni tashkil etishda g‘oyaviy-uslubiy jihatdan ko‘mak berish. Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli idoralar faoliyati ustidan samarali ja- moatchilik nazoratini tashkil etish, natijasi bo‘yicha ta’- sirchan choralar ko‘rish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Yoshlar siyosati masalalari xizmati tashkil etildi. Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha Davlat maslaxatchisi - O‘zbekiston Yosh- lar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi qilib belgilandi. U lavozimiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majli- si Senatining a’zosi xisoblanadi.
Farmonda buyuk davlat arbobi va sarkarda Soxibqiron Amir Temurning vatanga sadoqat, el-yurtni ardoqlash, mard- lik, fidoyilik va adolatparvarlik kabi yuksak fazilatlari yosh avlod uchun o‘rnak bo‘lib xizmat qilishini inobatga olgan xolda, respublikaning barcha xarbiy akademik litseylarga «Temurbeklar maktabi» nomi berildi.
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining «Turkiston» va «Mo- lodyoj Uzbekistana» gazetalari, «Yosh kuch» jurnali va boshqa nashrlarni chop etishga ixtisoslashgan «Yoshlar nash- riyot uyi» ta’sis etildi. Shuningdek, «Qizlarjon» jurna- li chop etiladigan bo‘ldi.
Ana shu tarzda O‘zbekistonda yoshlarga doir davlat siyo- satini amalga oshirishning butunlay yangi, hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan tashkiliy chora va tadbirlar ishlab chiqildi. Harakatlar stragegiya- sida ushbu huquqiy me’yoriy hujjatlar va chora-tadbirlar majmuasini to‘la amalga oshirishning aniq rejalari bayon etilgan.
Mamlakatimiz aholisining qariyb 64 foizini yoshlar va bolalar tashkil etadi. Bu, bir tomondan, davlatimiz zim- masiga ulkan mas’uliyat yuklasa, ikkinchi tomondan yoshlarga oid maqbul siyosat yuritish natijasida ulkan imkoniyatlar \am beradi. Hozirgi kunda Uzbekistonda mehnat resursla- rining yarmidan ko‘pini yoshlar tashkil etadi.
Yoshlar barcha davrlarda jamiyatning faol qatlami sifa- tida e’tirof etib kelingan. Muntazam shakllanib boruvchi bu qatlam doimiy yo‘naltirib va qo‘llab-quvvatlab turishni talab etadi. Islohotlar jarayonida keng miqyosli ijtimo- iy, siyosiy, ma’naviy va axloqiy vazifalarni amalga oshi- rish uchun davlat kompleks chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqmoqda.
Davlat tomonidan yoshlarnyng xalq manfaatlari yo‘lida erkin ijtimoiylashuvi va jamiyatda o‘zini to‘laqonli shaxs sifatida namoyon etishi uchun maqbul sharoit va imkoniyat yaratish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ti- zimi yoshlarga oid davlat siyosatining butun ko‘lamini bel- gilaydi. Mohiyatan davlatni ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy rivojlantirish, raqobatbardoshligini ta’minlash, milliy xavfsizligini mustahkamlashni ko‘zda tutuvchi bu siyosat mustahkam dasturiy, tashkiliy, siyosiy va iqtisodiy mexa- nizmlarga tayanadi.
Yosh fuqarolarning ijtimoiylashuvi, huquq va erkin- liklarining kafolatlanishi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun o‘zini mas’ul deb bilgan har bir davlat yoshlar hayotiga yoshlarga oid siyosati bilan ta’sir o‘tkazadi. Yoshlarni ijti- moiy to‘g‘ri yo‘naltirish, ularga hayotda o‘z o‘rnini topishla- ri uchun moddiy va ma’naviy sharoit yaratib berish asnosida davlat va yoshlar o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlanib boradi va bu, o‘z navbatida, bevosita yoshlarning umume’ti- rof etilgan huquq va burchlarga rioya qilish mas’uliyatini ham oshiradi. Buni Prezident Sh.Mirziyoev tomonidan ish- lab chiqilgan Harakatlar strategiyasida va uning amaliy fa- oliyatida yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
«Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Uzbekiston Respublikasi Qonunining 33-moddasidan 15 tasi yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni amalga oshiruvchi
\amda unda ishtirok etuvchi mutasaddi organlarga va muassa- salar, fuqarolik jamiyati institutlariga bag‘ishlangan.
Albatta, ushbu organ va muassasalarning qonunda qatiy belgilanishi boshqa sub’ektlar bu jarayonda ishtirok etmaydi, degan xulosaga olib kelmasligi kerak. Qonunning 9-moddasiga ko‘ra, yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda jamiyat- ning barcha sohalariga daxldor bo‘lgan barcha organlar, muassasa- lar ham qonun xujjatlariga muvofiq ishtirok etishi mumkin.
Ana shundan kelib chiqib xdmma tashkilot va muasasalar vakolatlarida yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi davlat das-turlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish, yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi boshqa organ- lar va muassasalar bilan hamkorlik qilish belgilangan.
Qonunning eng muhim normalaridan yana biri, bu - yosh- larga oid davlat siyosatini amalga oshirishda mahallalar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vosi- talarining o‘rni aniq belgilab qo‘yilganidadir. Ayniqsa, mazkur tuzilmalar huquqlarida yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi, davlat das- turlarining va hududiy dasturlarning ro‘yobga chiqarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish belgilan- gani muhim ahamiyat kasb etadi.
«Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Uzbekiston Respublikasining Qonunida yoshlarning huquqiy va ijtimo- iy himoyasiga alohida urg‘u qaratilib, yosh fuqarolarning huquqlari va erkinliklari qonunda belgilangan hollardan tashqari cheklanishi qat’iyan man etiladi. Ya’ni, qonunosti hujjati bilan yoshlarning huquq va erkinliklari cheklani- shi mumkin emas.
Qonunda yoshlar faoliyatini tartibga solish va ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan bir qator im- tiyozlar berilgan. Jumladan:

  • yoshlarni ijtimoiy himoya qilishning ta’lim muassasa- larida o‘qishi uchun imtiyozli kreditlar berish;

  • yetim balalar va ota-onasining qaramog‘idan maxrum bo‘lgan bolalarni turarjoylar bilan ta’minlash;

  • o‘rta maxsus, kasb-xunar yoki oliy ta’lim muassasasini bi- tirganidan keyin bandlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish kabi avvalgi qonunda bo‘lmagan kafolatlari belgilandi.

Shu bilan birga, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bo- zorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan yosh fuqarolarni ishga joylashtirishga yordam sifatida ko‘shimcha ish o‘rinlari va ixtisoslashtirilgan korxonalarni barpo etish, o‘qitish bo‘yicha maxsus dasturlarni tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan yoshlarni ishga joylashtirish uchun kor- xonalar, muassasa va tashkilotlarda ish joylarining eng kam mikdori zaxirasini yaratish yo‘li bilan ta’minlanishi qayd etildi32.
Bundan tashqari, qonunda yoshlarni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash va qo‘shimcha chora-tadbirlar, jumladan iqgidorli va iste’dodli yoshlarning tadbirkorligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, yoshlar ijgimoiy xizmatiga oid normalar o‘z aksini topgan.
Har bir davlat yosh avlodni demokratik, umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiya qilishning usdasidan chiqishi, ularni ijtimoiy jihatdan yetarli darajada qo‘llab- quvvatlashi shart. Aks holda, mamlakat aholisi faqatgina ish- siz va salohiyatsiz fuqarolar hisobiga ortib, xavfli krimino- gen vaziyat chuqurlashib boradi.
«Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda yoshlarning xuquqlari va qonuniy manfaatlarini mustahkamlashga, yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar mas’uliyatini kuchaytirishga, ushbu sohada sog‘lom, barkamol av- lodni tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorli- gini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Prezident Sh.M.Mirziyoev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida mamlakatimizning yangi va bar- kamol qiyofasini shakllantirish yo‘lida olib borilayot- gan keng qamrovli isloxotlar qaqida to‘xtalib, jumladan navkiron avlodni yuksak ma’rifatli qilib tarbiyalashning ahamiyatini aniq misollar bilan ochib berdi. Ayniqsa, glo- ballashuv va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarga oid siyo- satni shakllantirish hamda uni amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat - BMTning Yosh- lar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiyasini ishlab chiqishni taklif etgani xalqaro ekspert doiralari, chet elning nufuzli tadqiqot institutlari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Sh.M.Mirziyoevning barcha davlatlar kelajagiga, butun insoniyat ravnaqiga daxldor ushbu tashabbusi xalqimiz, xususan, yoshlarimiz qalbida cheksiz faxr-iftixor tuyg‘usini uyg‘otdi.
O‘zbekistonda Jahon banki tomonidan moliyalashtirila- yotgan loyihalar mehnat amaliyotini yaxshilash, uni mexani- zatsiyalashtirishni kuchaytirish, kam mehnat talab qiladigan va ko‘proq daromad beradigan ekin turlarini yetishtirib, qishloq xo‘jaligini diversifikatsiyalashtirish orqali mam- lakatga paxta yetishtirishdan boshqa sohalarga o‘tish va maj- buriy mehnatdan foydalanish hollarini kamaytirishda ko‘maklashishga qaratilgan. Bu uzoq yillar mobaynida yoshlar- ni majburiy mehnatga jalb etishdek nomaqbul holatlarga chek qo‘yish imkonini beradi.
Yoshlar hayotidagi barcha sohalarni rivojlantirish maqsadida, jismoniy tarbiya va sport sohasining moddiy- texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamdagi ishlar ko‘zda tutilmoqda. Jumladan, Nukus shahrida Olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtiril- gan oliy sport mahorati maktabi, Urganchda «Yoshlik» sport majmuasi, Toshkent, Andijon, Samarqand, Buxoro shaharlarida universal sport komplekslari, Qarshi shahrida sport-sog‘lomlashtirish majmuasi, ko‘p tarmoqli yopiq suzish qavzasi barpo etilishi rejalashtirildi.
Ayni paytda, ko‘plab yoshlarimiz chet ellarda ta’lim olmoqda, mehnat qilmoqsa. Albatta, ularning orasida o‘z yo‘lini topib, begona yurtda hech kimdan kam bo‘lmay yashayot- ganlari ko‘p. Lekin Vatan sog‘inchi har qanday odamni ham qiynaydi. Shuning uchun Prezident Sh.M.Mirziyoev ular bi- lan doimiy aloqa o‘rnatish, ularning huquq va manfaatlari- ni himoya qilish, yurtimizga qaytish istagida bo‘lganlarni qo‘llab-quvvatlash kerak ekanligini ta’kidlamokda. Bu dav- lat rahbarining Vatan tuyg‘usi nuqtai nazaridan yorqin fe- nomenini isbotlaydi.
Shuningdek, jamoatchilik Uzbekiston yoshlari Xalqaro assotsiatsiyasini tuzish va uning samarali faoliyat yuriti- shi uchun tegishli sharoit yaratish, yoshlar xorijdagi teng- doshlari bilan ilm-fan, madaniyat, tadbirkorlik, sport va boshqa sohalarda faol muloqotda bo‘lishi kerakligini ta’kidlashmoqda. Bu esa, yoshlarning o‘z salohiyatini dunyo miqyosida namoyon etishlari uchun katta imkoniyat yaratadi. Shuning uchun kelgusi yili Samarqand shahrida Markaziy Osiyo yoshlari forumini o‘tkazish ko‘zda tutilmokda.
Uzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, yuqorida aytilganidek, xalq hokimiyatchiligi, keng jamoatchilik- ning, har bir fuqaroning davlat boshqaruvida ishtirokini huquqiy asoslab, «davlatning birdan-bir va yagona manbai xalkdir», deb alohida ta’kidlangan. Asosiy qonunning ana shu talablaridan kelib chiqib, Harakatlar strategiyasida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis va jamoatchilik na- zoratining rolini yanada kuchaytirish masalalari jiddiy ravishda ko‘tarilgan. Murojaatnomada bu fikrlar amaliy jihatdan yanada rivojlantirildi.

Download 219,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish