Birinchidan, mamlakatimizda yuqori salohiyatga ega, jahon fani taraqqiyotida e’tirof etilgan olimlar ko‘pa- yishi, ular o‘z maktablarini yaratishi, hozirgi zamon sivi- lizatsiyasi va fan rivojiga jiddiy hissa qo‘shadigan olim- larning yangi avlodini yaratish.
Ikkinchidan, jahonning yetakchi ilmiy tadqiqot insti- tutlari, markazlari va fanlar akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zbek olimlari qo‘lga kiritgan ilmiy ishlanmalar, natijalar jahon fanida yangi sahifa ochishi va insoniyat taraqqiyotiga munosib hissa bo‘lib qo‘shilishi darkor.
Uchinchidan, katta intellektual salohiyat va ixtirochilik iste’dodiga ega bo‘lgan yosh kadrlarni tayyorlash mexanizmi- ni, shakl va uslublarini takomillashtirish, zarur bo‘lsa, uni tubdan yangilash, ilmiy kadrlar va yuqori malakali mutaxas- sislarning jahon sivilizatsiyasidan xabardor yangi avlodi- ni tarbiyalash, dunyo fanida o‘zining munosib o‘rnini topa- digan, buyuk kashfiyotlar qiladigan yangi olimlar qatlamini yetishtirish darkor.
To‘rtinchidan, har qanday davlatning qudrati uning fun- damental tadqiqotlar ko‘lamiga ham bog‘liq. Ayni fundamen- tal tadqiqotlar millat sha’nini, davlat dovrug‘ini jahon intellektual minbarlarida ulug‘laydigan omil. Aynan ular tufayli dunyo millatni taniydi. Millat esa, yangi bilim- lar saviyasiga ega bo‘ladi. Turli olamshumul nazariyalar ama- liyotda jamiyat taraqqiyotini tezlashtiradi. Uning umumiy madaniy va aqliy salohiyati, dunyoqarashi darajasini oshi- radi. Demak, fundamental fan taraqqiyoti butun millatimiz taraqqiyotining asosidir.
Beshinchidan, fan taraqqiyoti iqgisodiyottaraqqiyotining tayanchi. Har qanday iqgisodiy rivojlanish va ishlab chiqarish samaradorligi fan orqali yaratilgan kashfiyotlar, ixtirochilik natijalari bilan bog‘liq. Demak fan-texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshi- rish, ular o‘rtasida uzviy hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi lozim.
Yoshlarga oid davlat siyosati mamlakatning katta qismini tashkil etgan yoshlarning taqdiri va kelajagi bilan bog‘liq bo‘lgan ulkan tadbir. O‘zbekiston demografik jihatdan yosh- lar mamlakati qisoblanadi. Bu bir jihatdan bir qator ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi. Jumladan, ja- miyatga bir narsa qo‘shishdan ko‘ra, jamiyat ne’matlaridan foydalanuvchi qatlam katta. Ikkinchi tomondan hali hayotiy tajribasi to‘la shakllanmagan, hayotni butun mohiyati bilan anglash salohiyatiga ega bo‘lmagan, aqldan ko‘ra ehtirosi, his-tuyg‘ulari kuchli bo‘lgan romantik kayfiyatda yashaydi- gan qatlamning kattaligi turli noxushliklarga olib keli- shi mumkin. Buni diniy aqidaparastlik, ekstremizm, terro- rizm, giyohvandlik va boshqa illatlarga berilish, buzg‘unchi g‘oyalarga, yengil yashashga moyillik kayfiyatining ustuvor- ligi misolida ko‘rish mumkin. Biroq, shu narsa ko‘ngilga taskin beradiqi, bu bevosita O‘zbekistonda zamonaviy si- vilizatsiyadan xabardor, eng rivojlangan texnologiyalarni o‘zlashtirgan, xususan, axborot texnologiyalarini egalla- gan va zamonaviy fikrlaydigan avlod qatlami katta. Demak, O‘zbekiston eski aqidalarga suyanib qolgan demagoglar mam- lakati emas. U zamonaviy sivilizatsiya bilan bo‘ylashgan, unga tenglashgan, hozirgi dunyo o‘zgarishlari va yangilanish- laridan xabardor bo‘lgan kjsak intellektual salohiyatli mamlakat.
Albatta, xalq deganda uning butun fazilatlariyu nuq- sonlari bilan birga qabul qilish kerak. Bunday qarash yosh- larga nisbatan ham o‘zini asoslaydi. Katta ixtirochilik qobiliyatiga, yaratuvchilik salohiyatiga ega bo‘lgan, fan va texnika sohasida dunyo diqqatini tortadigan ishlanmalar- ni yaratayotgan ishlab chiqarishda esa, tadbirkorlik va fermer- lik qobiliyatini namoyon qilayotgan yoshlarimiz juda ko‘p. Biroq, ularning orasida turli oqimlarga, zararli g‘oyalarga, xavfli aqidalarga berilayotganlari ham yo‘q emas.
O‘zbekistonning yoshlarga oid davlat siyosati ayni ana shu global muammoning butun mohiyatini, yo‘nalishlari va qirralarini qamrab olgan. Jamiyat taraqqiyotiga katta hissa qo‘shayotgan yoshlar qo‘llab-quvvatlanmoqda, jinoiy yo‘lga kirib qolganlari esa qat’iy nazoratga olinib, qonun doi- rasida yuksak insonparvarlik nuqtai nazaridan bahosini olmokda. Bu jamiyatning ma’naviy va g‘oyaviy jihatdan tobora sog‘lomlashib borayotganligidan dalolat beradi. Harakatlar strategiyasida biologik va fiziologik jihatdan sog‘lom, ruhan tetik, aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, vatan va millat manfaatlarini har qanday sharoitda himoya qilishga qodir bo‘lgan, g‘oyaviy chiniqqan, qat’iy hayotiy po- zitsiyaga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash ko‘zda tutilgan. Bu, aytish mumkinki, yoshlarning jamiyatdagi o‘rnini va mustaqilligimizning buyuk kelajagini mustahkamlashning asosiy tayanchidir.
Harakatlar strategiyasiga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash, uning ma’naviyati va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish belgilangan. Jumladan:
«Biz Vatanga tayanchmiz», «Bizning eng katta tayanchimiz va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz - yoshlar» shiorlari osti- da turli festivallar, ijtimoiy-siyosiy shoular o‘tkazish;
«Adabiyot va san’at - shaxs madaniyatini boyitish va yuksaltirish omili» mavzuida ijodkor ziyolilar, san’atkor- lar, ma’naviyat arboblari ishtirokida turli uchrashuvlar va muloqotlar tashkil etish;
badiiy adabiyotlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, ax- borot-resurs markazlarini yangi kitoblar bilan boyitish, kitob va kitobxonlikni rag‘batlantirish, kitobxonlik targ‘ibotining turli shakllarini joriy etish;
jadal taraqqiyot davrida keng miqyosli islohotlarda yoshlarning mas’uliyatini, ularning daxldorlik tuyg‘usini oshirishga doir «Eng buyuk jasorat - ma’naviy jasoratdir» shiori ostida suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazish;
turli buzg‘unchi g‘oyalar avj olgan hozirgi davrda axbo- rot xurujlarining oldini olish, Internet va boshqa axborot resurslaridan foydalanish madaniyatini rivojlantirish, eng sog‘lom g‘oyalar va fikrlarni qabul qilish ko‘nikmasini kuchaytirishga doir turli tadbirlar, seminar-treninglar tashkil qilish;
fuqarolik jamiyatida shaxs tarbiyasi va unda oila in- stitutining o‘rni mavzuida doimiy ravishda yetuk mutaxas- sislar va mutasaddi nodavlat tashkilotlar ishtirokida an- jumanlar o‘tkazish nazarda tutilgan.
Harakatlar strategiyasida belgilanganidek, yoshlarda mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, g‘oyaviy kurashchan- lik fazilatlarini shakllantirish jadal taraqqiyot davrida muhim ahamiyatga ega. Biroq, inson qalbi, hissiyoti, tuyg‘usi va ruhiyati bilan bog‘liq bo‘lgan bu murakkab jarayonda, eng avvalo, «insonning o‘zi kim, u qanday jonzot, inson fe- nomeni nimalardan iborat?» - degan savollarga javob topmog‘imiz lozim.
Inson butun mohiyati bilan ijtimoiy hodisa. U qanchalik xususiy - har bir inson alohida qadriyat bo‘lmasin, o‘z fe’l-atvori, qarashlari, jamiyatda tutgan o‘rni va ijti- moiy taraqqiyotga bog‘likdigi jihatidan umumiydir. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda biz har bir insonga alohida voqelik sifatida uning jamiyat taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasini, o‘tkazadigan ta’sirini nazarda tutmog‘imiz lo- zim.
Darhaqiqat, har bir inson makrokom ichidagi mikrokom- dir. Ya’ni olam ichra olamdir. Chunki har bir odam alohida va betakror, ayni paytda, u umumiy manfaatlar doirasida bir-biriga bog‘liq, bir-birining taqdiriga daxldor bo‘lgan ulkan qadriyatdir.
Inson ijtimoiy tabiatiga ko‘ra, o‘z turmush tarzini o‘zi yo‘lga qo‘yadi, o‘zini o‘zi boshqaradi. Uy-xayollari, orzu-umidla- ri va maqsadlarini ruyobga chiqarish jarayonlari orqali mavxum holatlarni real voqelikka aylantiradi. Yaxshilik va yomonlik, saxiylik va baxillik, muhabbat va nafrat inson olamining butun mohiyatini belgilaydi. Boshqacha qilib aytganda, inson o‘zini o‘zi muvofiqlashtirib turadigan, himoya qiladigan, o‘zini o‘zi tiklaydigan, o‘zini o‘zi yo‘lga soladigan va, hatgo, shakllan- tiradigan murakkab, oliy darajadagi yaxlit tizimdir. Ana shu holatning o‘zi har bir insondan ma’naviy barkamollikka in- tilib, ruhiy tozaligi va axloqiy yetukligini doimiy ravishda oshirib borishini taqozo etadi.
Insonning mohiyati, tabiati, jonzot sifatidagi imko- niyatlari xususida gapirar ekan, Imom G‘azzoliy o‘zining «Kimiyoi saodat» kitobida: «Inson farishta va hayvon ora- sidagi maxluqdir. Hayvon rivojlanmaydi, chunki uning kamolot quvvati yo‘q. Farishta ham rivojlanmaydi, chunki uning o‘zi pok, ilohiy nurdan iborat. Faqat insonda ri- vojlanish, ruhiy kamolot xislati mavjud»31, - deydi. Demak, hayvonda shakllanishga, rivojlanishga, o‘zini o‘zi boyitishga, o‘zini o‘zi qadriyatga aylantirishga da’vat etadigan ichki quvvat, ma’naviy qusrat yo‘q. U qanday yashayogganini angpamaydi. Yashash mohiyatini tushunishdan begona. Farishta esa azalu abad pok bo‘lganligi uchun uning shakllanishi va rivojlanishiga ehtiyoj yo‘q. U shundoq ham toza, shundoq ham pokiza, nur yanglig‘ beza- vol. Faqat insondagina ruhiy kamolotga intilish tuyg‘usi, o‘zini o‘zi rivojlantirish quvvati mavjud. Uning komil- likka intilishida, yetuklik sari harakat qilishida, xdyoti maz- munini boyitishida, shu asnoda yaxlit kishilik jamiyatining ma’naviy qiyofasini barkamol etishiga imkoniyat bor. Ruhiy va ma’naviy kamolot tuyg‘usi inson fenomenining tayanchi, uni qadriyatga aylantiruvchi noeb qudratdir.
Har bir inson alohida individ, alohida olam sifatida faqat o‘zigagina xos bo‘lgan «Men»iga ega. Biroq, ana shu har bir mustaqil «Men»ning ichida bir necha yuzlab «men»chalar yashaydiki, ular bir-biri bilan doimiy ravishda kurashib, talashib, bir-birini inkor etib, rad etib, ba’zan manfaat- lar doirasida qo‘llab-quvvatlab, rag‘batlantirib turadigan bezovtayu beorom olamni tashkil etadi. Ana shu nuqtai na- zardan qaraganda, inson tabiatidagi yaxshilik va yomonlik, muhabbat va nafrat, ezgulik va yovuzlik tuyg‘ulari kurashi- da yaxshilik, mehr-muhabbat va ezgulik fazilatlarini ku- chaytirish zamonaviy taraqqiyotning muhim omiliga aylan- di. Zotan, mutlaq ideal odam bo‘lmagani kabi mutlaq yomon odam ham yo‘q. Faqat qaysi bir insonda yaxshilik, ezgulik tuyg‘ulari nisbatan ko‘proq namoyon bo‘lishi yoki, aksincha, boshqa bir odamda yomonlik, nafrat tuyg‘ulari ustuvorlik qilishi mumkin. Insonning ana shu holatidan kelib chiqib, ma’naviy barkamol jamiyat qurish yo‘lida biz har bir inson- ning jismidagi, qalbidagi yaxshilik va ezgulik tuyg‘ularini kuchaytirishimiz lozim.
Bugun komil insonni tarbiyalash, barkamol shaxsni shakl- lantirish borasida keng miqyosli ishlarni amalga oshi- rar ekanmiz, biz bevosita har bir inson qalbidagi ana shu nuqtani mo‘ljalga olmog‘imiz lozim. Mafkuraviy immuni- tet yoki g‘oyaviy kurashchanlik fazilati bizning nazarimizda xuddi ana shu nuqtada joylashgan. U kimdadir uyg‘oq, kurash- chan, behalovatu bezovta bo‘lsa, kimdadir mudroq, tambal, befarq va loqayddir. Bizning vazifamiz ana shu immunitet- ni uyg‘otish, shakllantirish asosida jamiyat ishiga daxldor, millat taqdiriga takdirdosh, Vatan istiqboli uchun javob- gar shaxsni shakllantirishdan iborat. Buning uchun mafkura- viy immunitetning vazifasini aniqlab olmog‘imiz lozim. Bizningcha u quyidagilardan iborat:
munosabat bildirish;
ta’sir etish;
yo‘naltirish;
javobgarlik hissini uyg‘otish;
daxldorlik tuyg‘usini oshirish;
safarbarlikka da’vat etish;
Ana shu yo‘nalishlarda mafkuraviy immunitetning va- zifalari, ya’ni insonni ma’naviy-ruhiy mudroqlikdan uyg‘otish, har qanday voqelikka munosabat bildira olish, unga ta’sir ko‘rsatish, jamiyat va umummilliy taraqqiyot uchun javobgarlik hissini, daxldorlik tuyg‘usini namo- yon etish orqali o‘zini o‘zi umummilliy manfaat yo‘lida yo‘naltira olish, safarbar eta bilish fazilatlarini yorqin namoyon qilishni taqozo etadi.
Inson qalbidagi mafkuraviy immunitet va g‘oyaviy ta’- sirchanlikni oshirishda, albatta, qadriyatlarning o‘rni kat- ta. Har bir shaxs o‘zining tasodifiy emasligini, bu keng va serqirra hayotda muallaq mavjudot emasligini, uning aj- dodlari buyuk, ulkan va mahobatli madaniy-tarixiy merosga voris ekanligini anglamog‘i, istiqbol oldida esa, mas’ul ekanligini chuqur tushunmog‘i lozim. Bunda milliy va umum- insoniy qadriyatlarni yetarlicha o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Jumladan, qadriyatlar tizimiga kirgan milliy axloq- odob, urf-odat va an’analar, amaliy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan me’yorlar, ijtimoiy hamkorlik, kishilarning yoshi, kasbi, jinsi, irqiy xususiyatlarini inobatga olib munosa- batda bo‘lish, diniy va dunyoviy qadriyatlar turkumini bir- biriga bog‘liq holda, bir-birini to‘ldirib boradigan shakl- da amalga oshirishni taqozo etadi.
Yana shu narsaga alohida e’tibor berish lozimki, bunyod- kor, taraqqiyotga da’vat etuvchi, milliy o‘zlikni anglash- ga chaqiruvchi omillar bilan birga vayronkor va buzg‘unchi g‘oyalar ham mavjudki, unga befarq qarash mumkin emas. Xu- susan, axborot xuruji avj olayotgan, axborot-psixologik taxdid globallashib borayotgan bir sharoitda «g‘oyaga qarshi g‘oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma’rifat» tamoyili har bir fuqaroning fe’l-atvorida, turmush tar- zida da’vatkor va ta’sirchan vositaga aylanmog‘i lozim. Xu-
susan, x.ali-hamon ongu shuurimizda saqlanib qolgan kom- munistik mafkura, ijtimoiy qayotning turli bosqichlarida o‘zini namoyon etayotgan kosmopolitizm, buyuk davlatchilik shovinizmi, irqchilik, fashizm, panislomizm, panturkizm, agressiv millatchilik va, qolaversa, maqalliychilik illat- lariga qarshi tura oladigan, umummilliy manfaatga xizmat qiladigan mafkuraviy immunitetni, g‘oyaviy kurashchanlik fazilatlarini rivojlantirmog‘imiz lozim.
Insonga g‘oyaviy ta’sir etish omillari xilma-xildir. Jumladan, g‘oyaviy ta’sirda vaqt omili alohida aqamiyatga ega. Bu bevosita o‘qish vakti va bo‘sh vaqt bilan bog‘liq bo‘lgan voqelikdan iborat. G‘oyaviy ta’sir yo‘nalishlari esa aqliy, ruxiy, axloqiy, mexnat va estetik omillar- dan iborat. G‘oyaviy ta’sir etish shakllari ham ta’siri, miqyosi va ko‘lamiga qarab individual, jamoaviy va omma- viy yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin. Demak, ayrim qollarda, alohida-alohida odamlar bilan yakka tartibda g‘oyaviy ta’- sir o‘tkazishga, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borishga to‘g‘ri kelsa, jamoaviy shaklda ma’lum bir jamoa to‘plangan joyda amalga oshirish mumkin. G‘oyaviy ta’sir etishning om- maviy shaklida esa, bevosita ommaviy axborot vositalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri butun jamiyatda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishni qamrab oladi.
Darhaqiqat, yoshlar qalbida mafkuraviy immunitetni uyg‘otish va g‘oyaviy ta’sirchanlikni kuchaytirishda doimiy ravishda uzluksiz tarzda ish olib borilmasa, ma’naviy-ma’- rifiy faoliyat shakllangan tizimga ega bo‘lmasa aniq nati- jaga erishish mushkul. Har bir inson alohida va to‘laqonli tizim ekan, uning ana shu serqirra, rang-barang va ziddiyatli olamiga mos ravishda g‘oyaviy ta’sir kompleks tarzda, keng miqyosli, inson olamini yaxlit holda qamrab olgan shaklda olib borilmog‘i lozim. Bu vazifa bizdan yana uchta o‘ziga xos vazifani hal etishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |