Jo‘raev, Narzulla. Jadal taraqqiyot davri (So‘zboshi o‘rnida) «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivoj- lantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»



Download 219,48 Kb.
bet1/84
Sana12.07.2022
Hajmi219,48 Kb.
#781113
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Bog'liq
Juraev Narzulla. Tamaddunga Davat


Jo‘raev, Narzulla.
JADAL TARAQQIYoT DAVRI
(So‘zboshi o‘rnida)
«2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivoj- lantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» yangi tarixiy davrning, jadal taraqqiyot palla- sining tayanchi bo‘lib dunyoga keldi. U nafaqat besh yillik, balki undan keyingi bir necha o‘n yilliklar taraqqiyotiga, O‘zbekistonning uzoq yillardagi takdiri va istiqboliga asos bo‘ladigan muxim dastur vazifasini o‘taydi.
Albatta, hozirgi taraqqiyot jarayoni o‘ziga xos asosga, mustahkam zaminga, yillar mobaynida to‘plangan tajri- balarga tayanadi va mustaqillik davrida erishilgan tari- xiy yutuqlar, amalga oshirilgan keng miqyosli islohotlar oqimida eng yangi davrning ehtiyojlaridan, talablaridan, uzoq yillarga mo‘ljallangan dasturiy qarashlardan va to‘planib qolgan muammolarning izchillik bilan yechimini topib, foydalanilmay qolgan omillardan samarali foy- dalanishni talab qiladi. Ayni ana shunday keng miqyosli, chuqur ildizlarga ega bo‘lgan va olis istiqbolni belgilab beradigan qat’iy dasturning yuzaga kelishi yaqin o‘tmishdan saboq chiqarishni ham, boshimizdan o‘tgan og‘ir, iztirobli va mashaqqatli jarayonlarni ham eslashni taqozo etadi.
Prezident Sh.M.Mirziyoev mustaqilligimizning dast- labki kunlaridan boshlab, avval tuman hokimi, so‘ng ikkita viloyat hokimi va o‘n uch yildan ko‘proq Bosh vazir lavozi- mida ishlab, O‘zbekiston qisqa muddatda erishgan juda katga tarixiy yutuqlarga munosib hissa qo‘shdi. Shu yillar mo- baynida u mamlakatning har bir qishloq va mahallalarida bo‘ldi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarini va muammolar- ni chuqur o‘rgandi. Ularni hal etishda, o‘z vaktida yechimini topishda, o‘ziga xos keng imkoniyatlarini yorkin namoyon etdi.
2016 yil dekabrida bo‘lib o‘tgan Prezident saylovla- ri xalqimizning yuksak siyosiy madaniyatini, intellektu- al saloxiyatini, ko‘p millatli va ko‘p e’tiqodli jamiyatda xar bir fuqaro millatidan, elatidan, diniy e’tiqodidan qat’i nazar Vatan va xalq taqdiriga juda katta javobgar- lik hissini yana bir bor sinovdan o‘tkazdi. Saylovlar ara- fasida mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan to‘rtga partiya o‘z nomzodlarini ko‘rsatdi. Shuni aloxida ta’kidlash kerak- ki, to‘rtala nomzod ham jamiyat va xalq uchun munosib xizmat qilgan, odamlar orasida yetarli obro‘ va e’tiborga ega bo‘lgan shaxslar edi.
Darhaqiqat, yuqorida aytganimizdek, saylov barcha fuqarolarni yangi siyosiy va ijtimoiy sinovdan o‘tkazdi. Ularning mamlakat taqdiriga, Vatan istiqboliga va har bir inson kelajagiga befarq emasligini, ovoz berish mas’uli- yatini chuqur his etganligini ko‘rsatdi. Nazarimizda, saylov byulletenini olgan har bir saylovchi nomzodlarni tanlash xo- nasiga kirganida bitta narsani o‘yladi va bir muammo atro- fida mulohaza yuritdi. To‘rtala nomzoddan qaysi biri me- ning taqdirimga, bolalarim kelajagiga, oilam tinchli- gi va hayotim xavfsizligiga ko‘proq kafolat bo‘la oladi? Ulardan qaysi biri mustaqillik tufayli erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, mamlakat taraqqiyotini yangi bosqichga chiqara oladi. O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatida milliy manfaatlarning qaysi biri ko‘proq himoya qila oladi degan savollarga javob izlashdi va yakdil- lik bilan Shavkat Miromonovich Mirziyoevga ovoz berishdi. Markaziy saylov komissiyasi xulosalari e’lon qilinganida bir narsa qalbimizda g‘urur va ishonch uyg‘otdi. Demak, xalqimizning ko‘pchilik qismi o‘z taqdiri va istiqboli haqida o‘ylar, Vatan taraqqiyoti va yurt tinchligi xususida fikr yuritar ekan. Ular fikrdosh, maslakdosh va umumiy manfaatlar atrofida birlashib kurashishga tayyor bo‘lgan kuchli intellektual saloqiyatni va siyosiy hushyorlikni na- moyon etishdi. Ana shu jarayonning o‘zi, aytish mumkinki, eng yangi tariximizning butunlay yangi saxifasi, maxobatli ta- riximizning burilish nuqtasi edi.
Prezidentlikka nomzod Sh.M.Mirziyoev saylovchilar bi- lan uchrashuvda o‘zining nomzodlik dasturini e’lon qildi. Ushbu dastur o‘zining keng miqyosliligi, serqirraligi, ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab olganligi, xalqchil va samimiyligi, ichki va tashqi siyosatda esa qat’iy pozitsiyaga egaligi bilan yaqqol ko‘zga tashlandi. Mazkur nomzodlik dasturida ilgari surilgan beshta ta- moyil Uzbekistonning yangi tarixiy sharoitlardagi jadal taraqqiyotini ta’minlaydigan, to‘planib qolgan muammolar yechimini topishga qaratilgan g‘oyalar ilgari surilgani bilan ko‘pchilikning diqqatini tortdi.
Saylovdan so‘ng, Uzbekistonning yangi Prezidenti si- fatida ish boshlagan Sh.M.Mirziyoev ayni nomzodlik das- turini qayta ko‘rib chiqib, unda ko‘tarilgan masalalar- ni chuqurlashtirib, konkretlashtirib, har bir soha va yo‘nalishlarni jadal rivojlantirishning ham nazariy, ham amaliy jihatdan chora-tadbirlarini ishlab chiqib, uni «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»ga aylantirdi. Ana shu jarayon- ning o‘zida siyosiy yetakchining, davlat rahbarining hech kimga o‘xshamagan, o‘ziga xos fazilatlari namoyon bo‘ldi. Jumladan:

Download 219,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish