Jo‘raev, Narzulla. Jadal taraqqiyot davri (So‘zboshi o‘rnida) «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivoj- lantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»



Download 219,48 Kb.
bet2/84
Sana12.07.2022
Hajmi219,48 Kb.
#781113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Bog'liq
Juraev Narzulla. Tamaddunga Davat

Birinchidan, siyosiy yetakchining qat’iy va o‘zgarmas siyosiy pozitsiyaga egaligi.
Ikkinchidan, boshlagan ishini oxiriga yetkazishdek qat’iyatli va uzoqni ko‘zlagan davlat arbobiga xos yuksak fazilat.
Uchinchidan, davlat rahbarining butun obro‘-e’tiborini, siyosiy imijini belgilaydigan so‘z bilan ish birligiga eri- shish.
To‘rtinchidan, siyosiy qarashlarda izchillik, uzviylik va ularni qayotda joriy etishda qat’iy talabchanlikning yuksak darajada namoyon bo‘lishi.
Beshinchidan, ulkan xotira quvvati va ichki iroda kuchi tufayli jamiyatning hamma soxa va yo‘nalishlarini, ijti- moiy qayotning barcha qirralarini bir yo‘la nazorat qila olish saloxiyati.
Oltinchidan, ko‘tarilgan masalalar va topshirilgan va- zifalarning o‘z vaqtida bajarilishiga erishish.
Yettinchidan, sharqona boshqaruv madaniyati va raxbarlik odobining yuksak darajada namoyon bo‘lishi. Jumladan, bun- da ochiq siyosiy munosabatlar, xalq bilan jonli muloqot, odamlar orasida yurish, ularning quvonch va qayg‘ulariga she- rik bo‘lish, xar bir fuqaro orzu-o‘ylari va maqsadlarini o‘rganish va unga sherik bo‘lish kabi sof insoniy fazilat- larning namoyon bo‘lishi.
Masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Bu bevosita zamo- naviy davlatchilikning ilg‘or tajribalarini o‘zlashtirish, jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan xabardor bo‘lish, ming yillar mobaynida davlat boshqaruviga doir to‘plangan mil- liy tajribalar va an’analarni xozirgi zamon davlatchiligi ilg‘or tajribalari bilan sintezlashgan xolda olib borish kabi noyob fazilatning namoyon bo‘lishi.
Darxaqiqat, Prezident Sh.M.Mirziyoev faoliyatida va ish uslubida xalqona boshqaruv, xalqqa yaqinlik hissi, ularning kundalik tashvish va quvonchlariga sherik bo‘lish tuyg‘usi ustuvorlik qiladi. Bu davlat bilan ja- miyat, davlat rahbari bilan fuqarolar maqsadlarining mushtarakligiga, ular orasidagi munosabatlarning uyg‘unligiga olib keladiki, natijada, O‘zbekistonda yalpi barqarorlik va yuksak bunyodkorlik ruhiyatining chuqurlashishiga erishiladi. Ana shu nuqtai nazardan qatiy ishonch bilan aytish mumkinki, «Buyuk kela- jagimizni oliyjanob va mard xalqimiz bilan birga quramiz»...
Har bir davrning o‘z taraqqiyot omillari, extiyojlari, talablari va hayotiy tamoyillari bo‘ladi. Har bir zamon- ning o‘z zayli, qarashlari, munosabatlari, tafakkur tarzi mavjud. Ana shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, 2017 yil Uzbekistonning tarixiy taraqqiyoti va rivojlanishida bu- tunlay yangi bosqichni boshlab berdi. Bu bevosita zamon bi- lan hamnafas, xozirgi sivilizatsiya talablariga javob bera- digan, bugungi kun milliy va dunyoviy extiyojlarini nazarda tutgan, jahon davlatchiligining ilg‘or tajribalari bilan milliy xususiyatlarimiz, qadriyatlarimiz, davlatchilik usul va uslublarimiz uyg‘unlashib ketgan, sintezlashgan kuchli va qudratli siyosiy tafakkur bilan bog‘liq.
«2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivoj- lantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» ayni ana shu zamonaviy tafakkurni mamlakatni modernizatsiya qilish, jamiyatni rivojlantirish, boshqaruvni erkinlashtirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish bilan birga xalqaro maydonda O‘zbekistonning o‘z so‘zi, qat’iy xulosasi, umumsayyoraviy masalalarni hal qilishda, ichki va tashqi siyosatda o‘zgarmas, izchil pozitsiyaning mavjud- ligi asnosida namoyon etadi.
Darhaqiqat, O‘zbekistonda mustaqillik davri mobay- nida butunlay yangi tarixiy sharoitlarda, yangi davlatchi- likka asos solindi. Huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati vujudga keltirildi. Siyosiy, huquqiy, iktisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohada tub burilishlar yasaldi. Tashqi siyosatda O‘zbekiston jahon hamjamiyatining teng huquqli sub’ektiga aylandi va o‘zining qat’iy siyosiy pozitsiyasini namoyon etdi. Dunyoning eng kuchli va katta dav- latlari O‘zbekiston bilan hisoblashadigan, uning umum- dunyoviy masalalarga tegishli fikr va xulosalarini inobat- ga oladigan bo‘lib qoldi. Endi hamma gap ana shu mustahkam poydevorga tayanib, O‘zbekistonning yangi davrdagi yangi taraqqiyotini ta’minlashdan iborat bo‘lib qoldi.
Prezident Sh.M. Mirziyoev tomonidan ishlab chiqilgan «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlan- tirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» mamlakat taraqqiyotining har tomonlama va muqim asosi bo‘lib xizmat qiladi. Jumladan:

Download 219,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish