Beshinchi yo‘nalish - xavfsizlik, millatlararo to- tuvlik va diniy bagrikenglikni ta’minlash, chukur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar. Bunda dunyo qalqib turgan, turli mintaqalarda urush davom etayotgan, qon to‘kilayotgan bir sharoitda milliy xavfsizlikni ta’minlashga jiddiy e’tibor beriladi. 10 dan ortiq diniy konfessiyalar, 130 dan ortiq millat va elat yashayotgan Uzbekistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, o‘zaro ishonch, bir-birini tu- shunish, turli e’tiqodlar va madaniyatlarni xurmat qilish singari bag‘rikenglik fazilatlarini yanada chuqurlashtirish choralari belgilangan. Uzbekiston deb atalgan umumiy xo- nadonimiz, 32 millionli oilamiz istiqboli uchun diniy e’tiqodi, milliy mansubligi, kasbu kori va yoshidan qati nazar, har bir fuqaro mas’ul ekanligini anglash, uning ja- vobgarligini oshirish, majburiyatini tushunish mexanizmi- ni takomillashtirish vazifalari qo‘yiladi.
Uzbekistonning tashqi siyosatida O‘zbekiston Respub- likasi Konstitutsiyasida belgilanganidek, davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan taxdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro xuquqning umume’- tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asosla- nib, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatning ustu- vor yo‘nalishlarini ishlab chiqish muxim vazifa qilib qo‘yilgan.
Quyida O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish- ning beshta ustuvor yo‘nalishiga doir Harakatlar strate- giyasi mumkin qadar taxlil etiladi. Zotan, ushbu tarixiy xujjatni o‘rganish, targ‘ib qilish va uni xayotga tatbiq etish shu kunning eng dolzarb muammolaridan biridir.
DAVLAT VA JAMIYaT QURILIShI TIZIMINI
TAKOMILLAShTIRIShNING USTUVOR
YO‘NALIShLARI
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xalq hoki- miyatchiligi, keng jamoatchilik, xar bir fuqaroning davlat boshqaruvida ishtirokini xuquqiy asoslab, «davlatning birdan-bir va yagona manbai xalkdir» deb aloxida ta’- kidlangan. Asosiy qonunning ana shu talablaridan kelib chiqib, Harakatlar strategiyasida demokratik isloxotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis va siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish masalalari jiddiy ravishda ko‘tarilgan.
O‘zbekistonda istiqlol davrida milliy qonunchilik instituti shakllandi, rivojlandi, jaxon parlamentariz- mining ishonchli va teng xuqukli sub’ektiga aylandi. Oliy Majlis ana shunday tarixiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. 700 dan ortiq qonun qabul qilindi. Huquqiy demokratik davlatning va jamiyatning barcha sohalarini rivojlanti- rishning qonuniy asoslarini yaratdi. Bu shubhasiz tarixiy hodisa.
Biroq, zamon bir nuqtada to‘xtab qolgani yo‘q. Hayot davom etayapti. Yer aylanayapti. Bu o‘z-o‘zidan bugungi kun- ning o‘ziga xos bo‘lgan va xalqimizning butun istiqbolini belgilaydigan yangidan-yangi muammolarni, talablar- ni, ehtiyojlarni keltirib chiqarmokda. Bunday talab va ehtiyojlar islohotlarga zamon bilan hamnafas, katta pro- fessional mahorat, chuqur aql-idrok va keng intellektual qobiliyat bilan yondashuvni talab qiladi. Ana shu tabiiy talab o‘zbek milliy parlamentarizmi faoliyatini, Oliy Majlisning yillar mobaynida to‘plagan tajribalarini sarhisob qilib, uning faoliyatini isloh qilishni taqozo etmoqda.
Harakatlar strategiyasida keng miqyosli islohotlarni yanada davom ettirish, uni sifat va samaradorlik jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish maqsadlari ilgari suriladi. Bu de- mak, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va ma’naviy sohadagi islohotlarni amalga oshirishda parlamentning ro- lini kuchaytirish, zamonaviy shakl va usullari, uslublari va tamoyillarini ishlab chiqishni talab qiladi.
Ma’lumki, jamiyatni isloh qilish va demokratik islo- hotlarni chuqurlashtirishda siyosiy partiyalarning rolini oshirish muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda, siyosiy partiya- lar vakolatlari qonun bilan kengaytirilgan, ularning dav- lat va jamiyat boshqaruvidagi ishtiroki to‘la ta’minlan- gan. Biroq, yaxlit jamiyatning g‘oyaviy saviyasi, siyosiy bi- lim darajasi, siyosiy saviya va siyosiy ong muammosi hali dolzarb bo‘lib turibdi. Siyosiy partiyalarning elektorati hajmi keskin oshmayapti. Mavjud elektoratning siyosiy ongi, siyosiy jarayonlarda ishtiroki darajasi hali yetarli emas. Bu bevosita jamiyat siyosiy elitasi - siyosiy faol qatlami kengayishiga monelik qilmoqda. Vaholanki, ayni siyosiy elitaga - jamiyatning faol, harakatchan, jarayonlarni munosib baholay oladigan, mafkuraviy jihatdan chiniqqan, davlat va jamiyat manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yib, uni har qanday sharoitda himoya qila oladigan qatlamini kengaytirishga ehtiyoj sezilmokda. Siyosiy partiyalar odam- lar qalbida fuqarolik tuyg‘usini kuchaytirishga, jamiyat va davlat taqdiriga taqdirdosh ekanligini chuqur anglaydigan, o‘zining, oilasining, farzandlarining istiqbolini shonli, shukuhli Vatani, qudratli davlati taqdiri bilan bog‘liq holda tushunadigan aholi qatlamini kengaytirishga xizmat qilmog‘i lozim.
Siyosiy saviya, siyosiy ong har bir fuqaro qalbini jun- bishga keltirishi, uning iymonini uyg‘otishi, insonlik sha’ni bilan bog‘liq bo‘lgan, o‘zini o‘zi qadriyatga aylantira oladigan mafkuraviy immunitetini, ichki his-tuyg‘usini, insoniy instinktini jonlantirmog‘i lozim. Ana shunda har bir fuqaro o‘z taqdirini, oilasi tavdirini himoya qilish orqali yaxlit Vatan, O‘zbekiston deb atalgan umumiy xona- donimiz, ulkan oilamiz sha’nini va qadru qimmatini himoya qila oladigan ma’naviy-siyosiy qudratga, ichki irodaga ega bo‘ladi.
Fuqarolik jamiyatining asosiy tamoyillaridan biri jamiyatda nodavlat, notijorat tashkilotlarini rivoj- lantirish, ularning faoliyatini takomillashtirishdir. Zotan, fuqarolar o‘zlarining siyosiy, ijtimoiy, ma’na- viy va huquqiy ehtiyojlarini rasmiy-ma’muriy idora- lar orqali emas, ko‘proq jamoat tashkilotlari orqali qondirish ko‘nikmasiga ega bo‘lmog‘i lozim. Ana shunda ja- miyat taraqqiyoti va boshqaruvida davlatning roli qisqaradi, byurokratik to‘siqlar kamayadi, jamiyat o‘zini o‘zi boshqarish kabi demokratik mexanizmga ega bo‘ladi.
Siyosiy partiyalar nodavlat tashkilot sifatida fuqaro- larning siyosiy ehtiyojini qondiradigan, siyosiy manfaat- larini himoya qiladigan va, ayni paytda, jamiyatda siyosiy qarashlar tizimining mustahkamlanishiga xizmat qiladigan uyushmadir. Shuningdek, ular jamiyatda siyosiy tafakkur- ning shakllanishiga, fuqarolar siyosiy faolligi oshirili- shiga, ularning davlat va hokimiyat organlari tizimining shakllanishiga munosib hissa qo‘shishadi. Natijada, siyosiy elitaning - jamiyatning siyosiy faol qatlamining kengayi- shiga olib keladi.
Ma’lumki, biz yaqin o‘tmishimizda bir partiyali tizim sharoitida yashadik. Hatto, o‘sha bitta partiya butun dav- lat hokimiyati vakolatini ham egallab olgan edi. KPSS ham siyosiy, ham boshqaruv va hukm chiqarish vakolatlari- ga ega edi. U davlat nomidan gapirar, ish yuritar va qaror qabul qilar edi. KPSSning eng quyi tashkilotidan tortib eng oliy organigacha bo‘lgan yaxlit tizimda partiyaning har qanday qarorini barcha birday bajarishga majbur bo‘lgan, uni muhokama qilish mumkin emas edi.
Ko‘ppartiyaviylik g‘oyalar xilma-xilligiga, mafkura- lar qarama-qarshiligiga, umumiy maqsadlar va manfaatlar atrofida turlicha xulosalarga ega bo‘lishga imkon yaratdi. Buni birgina saylovlar tizimida yaqqol ko‘rish mumkin. Ayni ana shu siyosiy kompaniya jarayonida davlat xokimiyati va vakillik organlariga munosib nomzodni tanlab, saylash singari demokratik qadriyat yuzaga keldi. Shu tarzda davlat xokimiyatini shakllantirishda siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalarining taklif va istaklarini inobatga olish kabi sof insonparvar turmush tarzi qaror topdi.
Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 25 dekabrda «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi jamiyatda ko‘ppartiyaviylik ti- zimining qaror topishida va rivojlanishida muhim voqea bo‘ldi. Qonun jami 17 moddadan iborat. Unda siyosiy par- tiyalarning umume’tirof etilgan demokratik tamoyillar asosida faoliyat yuritishi uchun jahon tajribasining ilg‘or namunalari asos qilib olindi. Xususan, qonunning 5-mod- dasiga muvofiq: «Davlat siyosiy partiyalar xuquqlari va qonuniy manfaatlari muhofaza etilishini kafolatlaydi. Nizomda belgilangan o‘z maqsadlari va vazifalarini ba- jarishlari uchun ularga teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi»1.
Demak, davlat ko‘ppartiyaviylik asosida shakllanadigan mafkuralar xilma-xilligi va g‘oyalar qarama-qarshiligidan manfaatdor. Qonunning 12-moddasida Uzbekistonda mavjud va shakllangan siyosiy hayotda birinchi marta siyosiy partiya- larning huquqlari va kafolatlari aniq ko‘rsatib berilgan. Jumladan, «Siyosiy partiyalar quyidagi huquqlarga ega:
o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni erkin tarqatish, o‘z g‘oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ‘ib qilish;
saylab qo‘yiladigan davlat organlaridagi o‘z vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish;
qonunda belgilangan tartibda O‘zbeksiton Respublika- si Prezidenti, davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish;
partiya faoliyati bilan bog‘liq yig‘ilishlar, konferen- siyalar va boshqa tadbirlar o‘tkazish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda omma- viy axborot vositalarini ta’sis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish;
O‘zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bi- lan ittifoq (blok) tuzish, boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o‘rnatish. Siyosiy par- tiyalar ushbu Qonunda hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida nazarda tutilgan o‘zga huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin»1.
Fuqarolik jamiyatining muhim belgilaridan biri - bu davlatning siyosiy jarayonlarda fikrlar xilma-xilligi- ning erkin ifoda qilinishiga, siyosiy partiyalarning o‘z mafkuralari va dasturlari doirasida erkin faoliyat olib borishlariga, erkin fikr yuritishlariga huquqiy asos yara- tib berishdan iborat. Ayni ana shunday sharoitda jamiyatda fuqarolar plyuralistik siyosiy madaniyatga ega bo‘lishadi va jamiyatning siyosiy madaniyati oshadi.
Qonunning 13-moddasida parlamentdagi partiya fraksiya- larining erkin faoliyat yuritishlari, jamiyat siyosiy mada- niyati va faolligini oshirishga doir jahon tajribasini joriy etishlari nazarda tutiladi: «Siyosiy partiyalarning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi fraksiyala- ri siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan deputatlar- ning ta’sis yig‘ilishlarida o‘z partiyalarining siyosati- ni uyushqoqlik bilan o‘tkazish uchun tuziladi. Fraksiya- lar fraksiyaning rahbari bergan tegishli ariza va ta’sis hujjatlariga asosan Oliy Majlis tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Siyosiy partiyaning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj- lisidagi fraksiyasi quyidagi ququqlarga ega:
sessiya kun tartibini tuzishda ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi tashabbus bilan O‘zbekiston Respubli- kasi Prezidentiga murojaat qilish;
sessiya kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha muzoka- ralarda fraksiya vakiliga kafolatlangan so‘z berilishi;
tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj- lisining Raisiga va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga, vazirlarga, boshqa davlat organlarining rahbarlariga so‘rovlar bilan murojaat etish;
Oliy Majlis rahbarligiga, qo‘mita va komissiyalar raisligiga nomzodlar bo‘yicha takliflar kiritish;
sessiyada muhokama qilinayotgan masala bo‘yicha fraksiya fikrini deputatlar orasida tarqatish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifa- larni amalga oshirish.
Siyosiy partiya fraksiyasining rahbari Oliy Majlis Kengashi tarkibiga kiradi.
Fraksiyalarning faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqa xizmatlar ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kotibiyati tomonidan ta’minlanadi»2 3.
Umuman olganda, fuqarolik jamiyati bu ulkan ijtimo- iy makon. Unda hamma vaqt qonun ustuvor bo‘lishi lozim. Unda har bir fuqaro o‘zini o‘zi boshqarishi, yo‘naltirishi, umumiy manfaatlar sari intilishi singari qadriyatlar chuqurlashadi. Inson manfaatlari, uning huquq va erkin- liklari to‘la kafolatlanadi. Shu bilan birga odamlarning
mutlaq individuallashishiga, shaxsiy
икаси Қонуни. «Ха^иСс
17
manfaatlari bilan cheklanib qolish rib, umumxalq va umumjamiyat man
lashishga chaqiradi. Demak, xar qanday erkinlik, demokra- tiya va qonunga bo‘ysunish, qonun doirasida erkin faoliyat ko‘rsatish bir vaqtning o‘zida bir-birini to‘ldiradi. Qonun ustuvorligi va qonunga rioya qilib yashash talablari hamma uchun birday.
Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, demokratiyaning miqyosi, ko‘lami va darajasi siyosiy partiyalar sonining ko‘pligi yoki ozligi bilan belgilanmaydi. Aksincha, partiya- larning qay darajada jamiyat ichiga kirib borgani, mumkin qadar ko‘proq elektorat qatlamiga egaligi, mafkurasi va dasturida ko‘tarilgan masalalarning jamiyat taraqqiyoti bi- lan bog‘liqligida ko‘rinadi. Shu bilan birga siyosiy partiya- larning asosiy va birdan-bir tamoyili davlatning konsti- tutsiyaviy huquqlarini hurmat qilish va ularga rioya etishdan iborat bo‘lmog‘i lozim.
«Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi bilan hozirgi zamon demokratik jamiyatining belgilaridan biri bo‘lgan ko‘ppartiyaviylik asosidagi saylovlar o‘tkazishning huquqiy asoslari yaratildi. Bu mustaqil respublikamizning huquqiy davlat va fuqarolar jamiyati qurish yo‘lidagi eng muhim tarixiy rivojlanish bosqichidir. Hozirgi zamon demo- kratik jamiyatini qurish jarayonida sivilizatsiyaga erish- gan mamlakatlar tajribasi asosida davlatimiz jamiya- tining bosh islohotchisi sifatida siyosiy partiyalarning quyidagi maqsadlarini erkin bajarishi uchun zaruriy shart- sharoitlarni yaratib beradi:
ijtimoiy guruxdar va tabaqalarning manfaatlarini aniklash va ifoda etish;
o‘z siyosiy qarashlari konsepsiyasini yaratish;
saylovlar kompaniyasi davrida hokimiyat tizimlariga o‘z vakillarining saylanishiga erishish uchun kurash va dav- latning kelajak ravnaqi uchun muqobil dasturlar ishlab chiqish;
jamoatchilik fikrini shakllantirish;
jamiyatga siyosiy jihatdan ta’sir o‘tkazish, fuqa- rolarning siyosiy ongi va madaniyatini shakllantirish va yuksaltirish;
- siyosiy partiyalarning demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etishi.
Utmishda faoliyat ko‘rsatgan barcha yo‘nalishdagi jamoat tashkilotlarining chuqur mafkuraviy maqsadi va faoliyati- dan qat’i nazar bir xil fikrlaydigan bo‘lib, kommunistik partiyaning malaylari edi. Ular doimiy ravishda tegishli partiya tashkilotlarining nazoratida turishar va, hatto, ular tomonidan boshqarilardi. Jamoat birlashmalari siyosiy partiya manfaatlarini himoya qilar, uning yakkahokimlik siyosatini qo‘llab-quvvatlar edi. Jamoat tashkilotlarida fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, ularning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish singari umuminsoniy qadriyatlar o‘z ifodasini topmagan edi. Barcha jamoat tashkilotlari soxta demokratlashgan, totalitar tuzum rejimiga asoslangan maqsadlarini demo- kratik yorliqlarga o‘rab targ‘ib etish, dunyo jamoatchiligida xalqchillikni ko‘z-ko‘z qilish singari mantiqsiz va soxta faoliyat yuritishardi.
Mustaqillikning o‘tgan davrida jamoat birlash- malari, nodavlat, notijorat tashkilotlar faoliyatini chuqurlashtirish orqali fuqarolik jamiyatini rivojlan- tirish chora-tadbirlari ko‘rildi. Bu borada qator qonunlar tizimi vujudga keldi. Jumladan, Uzbekiston Respubli- kasi Konstitutsiyasining 13-bobi jamoat birlashmalariga bag‘ishlangan. Ana shu bobdan kelib chiqib «Nodavlat noti- jorat tashkilotlar to‘g‘risida»gi, «Uzbekiston Respublika- sida jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi, «Nodavlat, noti- jorat tashkilotlarning kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Jamoat fondlari to‘g‘risida»gi, «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi, «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi.
Prezident Sh.M.Mirziyoev tomonidan ishlab chiqilgan «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivoj- lantirishning beshta ustuvor yo‘nalishiga doir Harakatlar strategiyasi»da tuplangan tajribalar, yig‘ilib qolgan ma- salalar va zamon extiyojlaridan kelib chiqib «Ijtimo- iy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Uzbekiston Respublikasida jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi, «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilinishi tavsiya etilgan. Ushbu qonunlarning qabul qilinishi Uzbekistonda jamo- at tashkilotlarining faoliyatini yanada chuqurlashtirish va ularning samaradorligini oshirish imkonini beradi.
O‘zbekistonda huquqiy davlat, ochiq fuqarolik jamiyati barpo etilmokda. Bunda fuqarolarning jamoat uyushmalari- ga birlashishi, davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirok eti- shi kabi konstitutsiyaviy huquqlari ta’minlangan. Ushbu huquqni amalga oshirish uchun nodavlat notijorat tashki- lotlarining turli shakllari - jamoat fondlari, jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, xay- riya tashkilotlari kabilarni tuzish imkoniyatini beradigan qonunchilik bazasi barpo etilgan.
O‘tgan davr mobaynida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarining huquqiy maqomi, roli va ahamiyatini kuchaytirishga qaratilgan 200 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, ularning soni yildan-yilga oshib bormokda.
NNTlarning jamiyat ichiga chuqur kirib borishi va sa- marali faoliyat ko‘rsatishida 2007 yilda qabul qilingan «Nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati erkinligi- ning kafolatlari to‘g‘risida»gi qonun muhim ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga bu sohaning institutsional bazasi ham shakllantirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Demokratik institutlar, nodavlat tash- kilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi, Inson huquklari bo‘yicha vakili, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Res- publika baynalmilal madaniyat markazi, O‘zbekiston Respub- likasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tash- kilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutla- rini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil in- stituti tashkil topdi.
Xususan, davlatimiz rahbari tomonidan 2010 yil, 12 no- yabrda Oliy Majlis palatalarining qo‘shma yig‘ilishida il- gari surilgan «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyili asosida mamlakatimizda amalga oshirilayot- gan izchil tadbirlar katta samara berdi. Shuningdek, mamla- katni modernizatsiya qilish, jamiyatni erkinlashtirish ja- rayonida boshqaruv tizimini demokratlashtirish, ochiq jami- yat qurish vazifalari ilgari surildi.
Ana shu tarzda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va tamoyillarini ro‘yobga chiqarish va takomillashtirish, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy man- faatlariga rioya etilishini ta’minlash, ularga ijtimoiy qayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib berishga yo‘naltirildi.
Ular NNTlar faoliyatini kuchaytirish bilan birga uchin- chi sektorning davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklik asosida hamkorlik qilish, tabiatni muhofaza qilish usti- dan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, davlat organlari fa- oliyatining ochiqligini ta’minlash masalalaridagi xuquq va imkoniyatlarini kengaytirdi. Nodavlat notijorat tash- kilotlarining samarali va erkin faoliyat ko‘rsatishi uchun bir qancha imtiyozlar berildi. Jumladan, yuridik shaxslar- dan olinadigan foyda solig‘i, suv resurslaridan foyda- langanlik uchun, mol-mulkka solinadigan soliq, yer solig‘i va boshqa soliqlar, shuningdek, nodavlat notijorat tashki- lotlari o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlari, mansabdor shaxslarning amaldagi qonunlarga zid harakatlari yoxud befarqligi, sansalorligi va o‘zibo‘larchilik illatlari ustidan sudga shikoyat qilganda davlat boji to‘lanishidan ozod etildi. «Mamlakatimizda demokratik islokotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlanti- rish konsepsiyasi»da belgilangan islohotlar natijasida NNT tizimini keng rivojlantirish, eng muhimi, ularni tashkil etish hamda faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida ortiqcha to‘siqlar olib tashlandi, byurokratik illatlar- ga, ortiqcha qog‘ozbozlikka barham berildi. Shuningdek, NNTlar uchun qonunchilikdagi ayrim tashkiliy-huquqiy mexanizmlar hamda tartib-taomillarni takomillashti- rish va soddalashtirish maqsadida 2013 yil 12 dekabrda Uzbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazish sohasida hujjatlarni rasmiylashtirish tako- millashtirildi hamda to‘lov mikdorlari kamaytirildi. Bu esa fuqarolik jamiyati institutlari bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarning rivojlanib borishiga katta rag‘bat bermoqda. Agar 2000 yilda NNTlar soni 2585 ta, 2010 yilda esa 5100 dan ziyodni tashkil qilgan bo‘lsa, bu- gungi kunda bunday tuzilmalarning soni 8500 dan oshdi va ular turli yo‘nalishlarda samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
Fuqarolik jamiyatini barpo etish davrida jamoat bir- lashmalarining faoliyati, asosan, quyidagi maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan:
jamoat tashkilotlari faoliyatining Konstitutsiya va mavjud qonunlar doirasida bo‘lishini ta’minlash;
jamoat tashkilotlarining O‘zbekiston Respublika- si Prezidentining jamiyatimizda siyosiy va ijtimoiy barqarorlikni saqlash, jamiyatni har tomonlama isloh qilish g‘oyalarini hayotga tatbiq qilishda faol ishtirok eti- shi;
o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini bozor mu- nosabatlariga o‘tkazish, jamiyatimizdagi boqimandalik, loqaydlik, ijtimoiy passivlik, mutelik ruhiyatini barham toptirish, xalqimizda milliy g‘urur va iftixor, vatanpar- varlik, yangi komil insonni shakllantirish, ishbilarmonlik va tadbirkorlik fazilatlari va xislatlarini shakllanti- rishga safarbar qilish;
jamoat birlashmalari a’zolarining o‘z nizomlarida- gi huquqlarini himoya qilish va ularning manfaatlarini qondirishga imkoniyatlar yaratish;
jamoat tashkilotlarining davlat hokimiyati va bosh- qaruv idoralari qarorlarini tayyorlashda keng ishtirok eti- shi;
jamoat birlashmalari bilan davlatning hamkorligini rivojlantirish, ularni ilg‘or mamlakatlar tajribasi aso- sida faoliyat ko‘rsatishlari maqsadida mustaqil o‘z-o‘zini boshqarish, demokratik me’yorlarga amal qilgan holda fao- liyat ko‘rsatish tajriba va an’analarini egallash.
Bugungi kunda Adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish sohasidagi huquqiy islohotlar davom etmoqda. «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respub- likasi Qonuni loyihasi joriy yilning 25 aprelida parla- ment tomonidan qabul qilindi. Shuni ta’kidlash kerakki, endi NNTlar davlat organlari uchun faqat nazorat ob’ekti emas, balki, eng faol hamkorlar, xususan, Adliya vazirligi o‘zining barcha asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha NNTlar bilan hamkorlik qiladigan mas’ul rasmiy-huquqiy organ- ga aylandi. Jumladan, huquqiy targ‘ibot, inson huquqlari, tadbirkorlar, xorijiy investorlar huquqlarini himoya qilish, qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash, ularni ekspertiza qilish yo‘nalishlaridagi mas’uliyati oshirildi. Natijada, vazirlik qator yirik NNTlar bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzoladi.
Harakatlar strategiyasida davlat boshqaruvini isloh qilish va jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillash- tirishga katta e’tibor berilgan. Bu bevosita O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida belgilanganidek, xalq hokimiyatchiligining vujudga kelishida eng muhim talab- dir. Zotan, jamoatchilik boshqaruvi davlat boshqaruvini erkinlashtirish va demokratlashtirishning yorqin ko‘ri- nishidir.
Prezident Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan xalq qabulxonalarining tashkil etilishi davlat boshqaruvida yangi bosqichni boshlab berdi. U hali Prezident vazi- fasini bajaruvchiligi paitidayoq Bosh vazir elektron qabulxonasini tashkil etganligi bilan butun jamiyat- da katta samimiyat, o‘zaro ishonch, to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat hokimiyati rahbarlari bilan muloqotga kirishishdek keng imkoniyatni vujudga keltirdi. Ochiq jamiyat tamoyilining tobora chuqurlashib borayotganligi, jamiyat, davlat va uning turli bosqichdagi mahkamalari bilan fuqarolarning ochiq muloqotlari mexanizmining takomillashib, rivojlanib bo- rayotganligi jamiyatda ma’naviy-ruhiy sog‘lom vaziyatni, er- tangi kunga ishonch va katta maqsadlar bilan yashash tuyg‘usini kuchaytirmoqda.
Har qanday davlatning qudrati uning qonunlarining mustahkamligida va amaldagi qonunlarning to‘la quvvat bi- lan ishlashida namoyon bo‘ladi.
Demak qonun ustuvorligi, qonunni to‘la quvvat bi- lan ishlashi davlat barqarorligi va ijtimoiy adolatning mustahkamligi demakdir. Ana shunday sharoitda chinakam de- mokratik rejim yuzaga keladi. Davlat, jamiyat va fuqarolar maqsadlarining mushtarakligiga erishiladi.
Hayot davom etyapti. Yangilanishlar islohotlar jarayoni tobora chuqurlashmokda. Jadal taraqqiyot davri boshlandi. Bu esa o‘z-o‘zidan qonunchilik hokimiyatini yanada rivojlan- tirishni taqozo etadi. Jumladan, Oliy Majlisning fao- liyat doirasini kengaytirish, uning jamiyat ichiga, odamlar orasiga chuqurroq kirib borishi va fuqarolarning kunda- lik tashvish va muammolarini, ehtiyojlarini hal etishning huquqiy asoslarini yaratish zarurati oshib bormokda.
Oliy Majlisning davlat hokimiyati tizimidagi roli- ni oshirish bu bevosita boshqaruvning qonunlar asosida ishlaydigan mexanizmini yanada takomillashtirishga, xalq hokimiyatchiligini butun choralar bilan vujudga keltirish- ga, fuqarolarning davlat boshqaruvi ishida ham bevosita, ham bilvosita ishtirok etishini ta’minlashga, shu yo‘l bi- lan davlat va jamiyat, xalq va Prezident orasidagi munosa- batlarning yanada mustahkamlanishiga zamin yaratadi. Ana shunda, aytish mumkinki, Uzbekiston Respublikasi Kon- stitutsiyasida belgilanganidek, «xalq davlatning yagona va birdan-bir manbai»ga aylanadi.
Utgan yillar mobaynida Oliy Majlisning vakolat- lari kengaytirildi. Jumladan, Konstitutsiya va qonunlar qabul qilish, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, Uzbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining aso- siy yo‘nalishlarini ishlab chiqish kabi. Siyosiy partiyalar- ning Qonunchilik palatasi tarkibidagi roli oshirildi. Qonunchilik palatasidagi partiyalar fraksiyalari raisla- riga Spiker o‘rinbosari maqomi berildi. Bu partiyalarning parlament tarkibida ham, jamiyatda ham mavqeini oshirdi. Shu bilan birga, Oliy Majlisni jamiyatga, fuqarolarga yaqinlashtirdi.
Harakatlar strategiyasida ayni parlament faoliyati- ni yanada takomillashtirish, «Davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, mamlakat uning ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini yanada kengaytirish» vazifalari ilgari surildi. Aytish mumkinki, amaldagi qonunlar ijrosini va ijro hokimiyati faoliyati usti- dan parlament nazoratini yanada kuchaytirish lozimligi davr talabi bo‘lib qoldi. Bu bevosita «Parlament nazo- rati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish zarurligini taqozo etmoqda. Ayni paytda, mamlakatimiz Prezidenti tashab- busi bilan deputat va senatorlar har oyda ma’lum bir muddatda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliya- tini o‘rganib borishi, uni tahlil qilishi, tegishli masa- lalar bo‘yicha aniq takliflar kiritishi, shu orqali davlat boshqaruvi sifati va samaradorligini oshirishi muhim vazifa qilib qo‘yildi. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatlarini huquqiy jihatdan himoya qilish maqsadida Oliy Majlis qoshidagi vakil - biznes ombudsman tizimini vujudga keltirish g‘oyasi ilgari surildi.
Prezident Sh.M.Mirziyoev ishlab chiqqan Harakatlar strategiyasida adolatli va insonparvar jamiyat qurish- ning oddiy, sodda, xalqchil tamoyili o‘rtaga tashlandi. Davlat rahbari tomonidan «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan talabning qo‘yilishi jamiyatda ijtimoiy adolat prinsiplarining barqaror bo‘lishiga, qonun ustu- vorligiga erishishga, qonun oldida barchaning tengligi ta’minlanishiga olib keladi.
Parlament butun mohiyati bilan xalq hokimiyati. U va- killik organi sifatida butun vakolatni xalkdan oladi va Konstitutsiya doirasida faoliyat yuritadi. Demak, har bir fuqaro parlament tarkibida o‘zi saylagan, unga ovoz ber- gan shaxs orqali hokimiyat va davlat faoliyatida o‘z ovo- ziga ega. Boshqacha qilib aytganda, parlament a’zosi - har bir deputat yoki senator o‘z saylovchilari orzu-o‘ylarini, maqsad va intilishlarini, jamiyat va davlat faoliyatiga munosabatini o‘zida ifoda etadi. Demak, ana shu tarzda qonunchilik hokimiyati xalq irodasini va manfaatlarini himoya qiladi.
Deputatlar va senatorlar o‘z saylovchilari bilan doimiy uchrashuvlar, ochiq muloqotlar jarayonida jamiyatning yaxlit kayfiyatini, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ehtiyojlarini o‘rganishadi. Bu esa jamiyat taraqqiyotini belgilab bera- digan, islohotlar jarayonini tartibga soladigan, uning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qiladigan qonunlar yaratish im- konini beradi.
Masalaning ikkinchi tomoni x,am bor. Prezident Sh.M.Mirziyoev talab qilayotganidek xalq orasida yurish, odamlar bilan samimiy muloqotda bo‘lish, ularning ehtiyojlarini hisobga olish va muammolari yechimini to- pishda oliy va mahalliy vakillik organlari keng imkoni- yatga ega bo‘ladi. Ayni ana shu jarayonda vakillik organlari faoliyati jonlanadi, hayotga yaqinlashadi, real voqeliklar ichida yashaydi. Boshqa tomondan esa, fuqarolarning siyosiy faolligi oshadi, o‘z takdirini jamiyat va davlat taqdiri bi- lan bog‘liq holda his etadi. Natijada, davlat - bu men, dav- lat - mening taqdirim, mening borligim, mavjudligim, qadru qimmatim, degan fikrga boradi. Bu esa, tafak kurdagi evrilish, fuqarolar ongi va qalbidagi jiddiy yangilanishning o‘zginasidir. Mana shu jarayonni tahlil qilgan akademik O. Salimov buni Renessans hodisasi deb baholaydi. Zotan, har qanday milliy uyg‘onish va Renessans hodisasi odamlar tafakkurining yangilanishidan, g‘oyaviy jihatdan uyg‘onishdan boshlanadi.
Prezident Sh.M.Mirziyoev tomonidan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasida «Uzbekiston Resublikasi Oliy
Majlisining tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili (biz- nes ombudsman) to‘g‘risida»gi Uzbekiston Respublikasi
Qonunini qabul qilish alohida vazifa qilib qo‘yilgan. Ay- tish mumkinki, biznes ombudsman instituti O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishning butunlay yangi hodi- sasi bo‘lib dunyoga keldi. U o‘z vakolatlari doirasida quyi- dagi vazifalarni bajaradi:
- tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkor- lik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini amaldagi qonunlar doirasida himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va uni amalga oshirishda faol ish- tirok etish;
tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati nazorat qilina- yotganida yoki tekshirilayotganida ularni huquqiy va ma’- naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, manfaatlarini himoya qilish, har qanday sharoitda butun choralar bilan qonun ustuvorligini ta’minlash;
tadbirkorlik faoliyati erkinligining qonuniy ka- folatlari va huquqiy imtiyozlarini amaldagi qonunlar va me’yoriy hujjatlar talablari asosida o‘rganish;
hozirgacha qabul qilingan amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyati samaradorligi- ni oshirishga ta’sirini, zamon talablariga javob bera olish darajalarini o‘rganish, zarur bo‘lganda qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish, yangi tahrirda qabul qilish to‘g‘risida takliflar bilan chiqish;
davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va na- zorat qiluvchi organlar, mahalliy davlat hokimiyati or- ganlarining tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi fao- liyatini nazorat qilish, bu boradagi qonunbuzarliklar, buyruqbozliklar, tamagirliklar, sansalorliklar va boshqa illatlarga huquqiy jihatdan chek qo‘yish4.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, biznes ombud- sman instituti mamlakatda har bir tadbirkor va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarning bunyodkor- lik salohiyatini, yaratuvchanlik iqtidorini rivojlan- tirishga ko‘maklashadi. Ularning ishchanlik kayfiyatini oshiradi, g‘ayrat-shijoatini qo‘llab-quvvatlaydi. Shu tarzda sog‘lom ishlab chiqarish muhiti yaxlit jamiyatni qamrab oladi.
Qonun ustuvorligiga erishish maqsadida va jamiyatda sog‘lom ma’naviy-ruhiy ishlab chiqarish muhitini yanada mustahkamlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Preziden- ti Sh.M.Mirziyoevning 2016 yil 28 dekabrda qabul qilgan
«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora- tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni xalq hokimiyatchiligini yanada takomillashtirish imkonini berdi. Farmonga ko‘ra, Uzbekiston Respublikasi Prezidentining xalq qabulxonasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat- lar va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shaharlar va tumanlarda Prezidentning xalq qabulxonalari tashkil etildi. Bu bevosita davlat bilan jamiyat o‘rtasidagi mu- nosabatlarni chuqurlashtirish, fuqarolarning kundalik o‘y-tashvishlariga davlat hokimiyati organlari befarq emasligini ta’minlashga imkon yaratdi.
Harakatlar strategiyasida jamiyatda siyosiy partiya- lar ta’sirini oshirish, ularning davlat hokimiyati boshqaruvidagi ishtiroki samaradorligini kuchaytirish, mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyati usti- dan nazorat qilish borasidagi huquq va vakolatlari- ni kengaytirishga alohida e’tibor berilgan. Jumladan, «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublika- si Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish g‘oyasi ilgari surilgan. Unda, ya’ni yangi tahrirda qabul qilinadigan qonunda mahalliy hokimiyat organlari tarkibidagi siyosiy par- tiyalar guruhlari faolligini oshirish, ijro hokimiyati organlari va mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitish mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining qoniqarsiz faoliyati haqida asosli xulosalarni taqdim etish huquqi va boshqa vakolatlar berilishi ko‘zda tutil- gan.
Do'stlaringiz bilan baham: |