Birinchidan, «Mehnat migratsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbe- kiston Respublikasi Qonuni loyihasini tayyorlash va uni qabul kilish. Ushbu qonunga mehnat migratsiyasiga doir davlat siyosatining asosiy tamoyillari, fuqarolarning xorijda ishga joylashishi mexanizmi va shakllari mehnat migrant- lari bilan ishlashga doir diplomatik vakolatxonalarning faoliyat yo‘nalishlari, xorijiy mamlakatlarda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolarining daxlsizligi va xavfsizligi- ni ta’minlash, ularni ijtimoiy ximoyaga olish masalala- ri kiritilishi ko‘zda tutilgan. Bu davlat ijtimoiy himoya siyosatining naqadar yuksak insoniylashayotganidan, \ar bir fuqaroning taqdiri, hayoti va uning kelajagiga befarq emas- ligidan dalolat beradi1.
Ikkinchidan, «Aholi bandligiga ko‘maklashish nodav- lat tashkilotlari (rekruting) agentliklari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini tayyorlash va qabul qilish. Ushbu qonunga ko‘ra mehnat bozori infratuzil- masini rivojlantirish, uning imkoniyatlarini kengaytirish aholi bandligini ta’minlashdagi mutasaddi tashkilotlar imtiyozlari va imkoniyatlarini amaldagi qonun doirasida kengaytirish talab etiladi. Shuningdek, aholi daromadlari va turmush darajasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rishga jalb etish, bu bilan mamlakatda mehnat bozori sifati va sama- radorligini oshirish, uni tashkil etadigan va boshqaradigan, yo‘naltiradigan idoralar mas’uliyatini oshirish, javobgar- lik va davlat ijtimoiy siyosatini samarali amalga oshirish- ga doir burchini chuqur his qilishni taqozo etadi.
Uchinchidan, «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiri- tish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini tayyorlash. Ushbu qonunga ko‘ra xususiy sektor- da ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomasini
’. 2017-2021 yillarda O‘zbskiston Rsspublikasini rivojlantirishning bsshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar stratsgiyasini «Xalk bilan muloqot va inson manfaatlari yilimda amalga oshirishga oid Davlat dasturini o‘rganish bo‘yncha ilmiy- uslubiy risola. 190-bet. - T.: «Ma’naviyat». 2017 yil.
tuzish jarayonlarini soddalashtirish, turli rasmiyatchi- lik, qog‘ozbozlik ortiqcha talablar va keraksiz ma’lumotlar to‘plashlarga chek qo‘yish, shuningdek, muddatli mehnat shartno- masi tuzish asoslarini kengaytirish nazarda tutilgan. Ishga olishning yangi shakllarini, jumladan, bir martalik yoki so- atbay ishga olish va ish haqi to‘lash tartibini joriy etish, uni amaldagi qonunlar doirasida tashkil etish va ijtimoiy adolat prinsiplariga qatiy rioya qilish masalalari kiriti- ladi. Xodimlar bilan mehnat munosabatlarini rasmiylash- tirmagani, mehnatni muhofaza qilish qoidalari, xodimning ijtimoiy sug‘urta qilish bo‘yicha talablarni buzganligi uchun ish beruvchining javobgarligini kuchaytirish, uning bunday befarqligi va mas’uliyatsizligi amaldagi qonunlar doirasi- da munosib bahosini olishi zarurligi qayd etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |