Birinchidan, tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish orqali qishloq xo‘jaligini izchil rivojlantirish, mamla- katimiz oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash va eksport salohiyatini yuksaltirish.
Ikkinchidan, paxta va boshoqli don ekin maydonlari- ni qisqartirish evaziga kartoshka, sabzavot, poliz, ozuqa va moyli ekinlar, yangi intensiv bog‘lar va uzumzorlar maydo- nini kengaytirish, ularni optimallashtirish.
Uchinchidan, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ hola- tini yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya ob’ektlarini ri- vojlantirish, tarmoqqa intensiv, suv va resurslarni tejay- digan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unum- dorligi yuqori texnikalardan foydalanish.
To‘rtinchidan, qishloq xo‘jaligi ekinlarini kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy yer iqdimi va eko- logik sharoitlarga mos yangi seleksiya navlarini va yuqori maxsuldorlikka ega chorva zotlarini yaratish hamda uni amalda joriy etish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini ken- gaytirish.
Beshinchidan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash asosida oziq-ovqat va qadoqlash mahsu- lotlarini ishlab chiqaradigan zamonaviy qayta ishlash kor- xonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va moder- nizatsiya qilish.
Oltinchidan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, tayyorlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish.
Yettinchidan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish, sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa moliyaviy bozor xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmalarini rivojlantirish.
Sakkizinchidan, global iqlim o‘zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo‘jaligi va aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha tizimli chora va tadbirlar ko‘rish.
Harakatlar strategiyasidagi mazkur sakkiz yo‘nalish, aytish mumkinki, qishloq xo‘jaligi sohasini tubdan mo- dernizatsiya qilish va uning samaradorligini oshirishning keng imkoniyatlarini yaratib beradi. Ayni paytda, mil- liy dehqonchilik an’analari bilan jahon ilg‘or agrotex- nik tajribalari va zamonaviy fan yutuqlari asosida uni qayta isloh qilish orqali zamonaviy dehqonchilik va chor- vachilik muhiti vujudga keladi. Bu, albatta, qishloq ahli dunyokarashi, ongi, tafakkuri va turmush tarzining tubdan o‘zgarishiga, hayot madaniyatining keskin oshishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Navoiy viloyati sanoaglashgan xuduslardan biri bo‘lib, aynan «Navoiy viloyatida erkin industrial-iqgisodiy zona tashkil etish to‘g‘risida»gi Prezident Farmoniga asosan hudus erkin industrial-iqgisodiy zonaga aylantirildi21. Ushbu Far- mon ijrosi yuzasidan yangi ishlab chiqarish tarmoqpari va za- monaviy korxonalar bunyod etildi hamda xorijiy investor- larga soliq va boj to‘lovlari bo‘yicha strategik ahamiyatga ega bo‘lgan imtiyozlar belgilab berildi. Xorijiy investorlarning hududga qiziqishi yillar o‘tgan sari ortib bormoqda va buning natijasida husudda yirik logistika markazlari tashkil etildi hamda ko‘shma korxonalar soni ko‘paygani kuzatilmokda.
Shuningdek, Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 13 dekabrdagi «Angren maxsus industrial zonasi- ni barpo etish to‘g‘risida»gi, 2013 yil 18 martdagi «Jizzax maxsus industrial zonasini barpo etish to‘g‘risida»gi, 2016 yil 26 oktyabrdagi «Erkin iqgisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tad- birlar to‘g‘risida»gi hamda 2017 yil 12 yanvardagi «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqgisodiy zona- larini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmonlari hududlarda ishlab chiqarishning yangi bosqichga o‘tishiga muhim poydevor qo‘ydi.
Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 oktyabrdagi «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faol- lashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni bevosita hududlarda xorijiy inves- torlarga mamlakatimiz iqgisodiyotining real sektorlariga investitsiya kiritishi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida erkin iqtisodiy zonalar uchun yagona huquqiy re- jimni belgilash, soliq va bojxona imtiyozlari, preferen- siyalarni bir xillashtirish imkonini berdi22.
Harakatlar strategiyasida belgilanganidek, hududlardagi mahalliy mineral xomashyo resurslarini chuqur qayta ish- laydigan va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqaradigan yuqori texnologiyali va mahalliylashtiriladigan zamonaviy korxonalarni tash- kil qilish uchun to‘g‘ridan-tug‘ri investitsiyalarni, avva- lambor, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, erkin iqtisodiy zonalarning muayyan sohaga ixtisoslashuvini qo‘llab-quvvatlash va ularda sanoat kooperatsiyasini rivoj- lantirishga zamin yaratadi.
Hududlarda yangi kichik sanoat zonalarini tashkil etish va faoliyat yuritayotganlarining samaradorligini oshirish asosida ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish hajmi oshi- shiga, aholining bandligi darajasining keskin ortishiga erishiladi.
Prezident Sh.M.Mirziyoev iqtisodiy islohotlarning yangidan-yangi muammolari, usullari va uslublarini kashf etar ekan, hududlarda kichik sanoat zonalariga ularning ix- tisoslashuvidan kelib chiqib mavjud resurs salohiyatidan oqilona foydalanish yaxshilanadi, hududning resurs salo- hiyatini inobatga olgan holda, ishlab chiqarishning yangi turlarini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etish va ixtisoslashuvidan kelib chiqib joylashti- rish mexanizmini takomillashtirishni talab qiladi.
Bu albatta Prezident Sh.M. Mirziyoevning o‘ziga xos islohotchi-arbob ekanligidan dalolat beradi.
Erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida amalga oshirila- yotgan islohotlarda nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘rni va roli beqiyos ekanini alohida qayd etish joiz.
Ayni paytda, yurtimizda 9 mingdan ortiq nodavlat no- tijorat tashkiloti mavjud. 29 ta xalqaro va xorijiy nohukumat tashkilotlarining filial va vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda. 2017 yilda «Nuroniy» jamg‘armasi, Yoshlar ittifoqi, Uzbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari
va tomorqa yer egalari kengashi, Savdo-sanoat palatasi, o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqpashtirish bo‘yicha Respublika kengashi kabi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish va ularni ko‘llab-kuvvatlashga qaratilgan alohida farmon va qarorlar qabul qilindi.
Ammo ana shunday muhim sa’y-harakatlarga qaramasdan, aholi kundalik hayotidagi muammolarini tizimli o‘rganish, ularni o‘z vaqtida va uzil-kesil hal etish, ayniqsa, ijti- moiy sharoiti og‘ir ayollarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularni ish bilan ta’minlash masalalarida yuqoridagi tashkilotlarning ishtiroki yetarli darajada se- zilmayapti. Ular faqat nomiga yig‘ilishlar o‘tkazish bilan mashg‘ul bo‘lib qolmokda.
Prezident nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatla- ri yuzasidan jiddiy tanqidiy fikrlar bildirmokda. Uning talablariga ko‘ra mazkur jamoatchilik kengashlari davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlaydigan, ular- ni aholi bilan bevosita bog‘laydigan ko‘prik vazifasini bajarishi lozim.
O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat, ochiq fuqarolik jamiyati barpo etilmokda. Bunda fuqarolarning jamoat uyush- malariga birlashishi, davlat va jamiyat boshqaruvida faol ish- tirok etishi kabi konstitutsiyaviy huquqlari ta’minlangan. Ushbu huquqni amalga oshirish uchun nodavlat notijorat tashki- lotlarining turli shakllari - jamoat fondlari, jamoat tash- kilotlari, siyosiy pargiyalar, kasaba uyushmalari, xayriya tashki- lotlari kabilarni tuzish imkoniyatini beradigan qonunchilik bazasi barpo etilgan. O‘tgan davr mobaynida nodavlat notijo- rat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarining huquqiy maqomi, roli va ahamiyatini kuchaytirishga qaratilgan 200 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilindi.
Ma’lumki, NNTning jamiyat ichiga chuqur kirib borishi va samarali faoliyat ko‘rsatishida 2007 yilda qabul qilingan «Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati erkinligi- ning kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun muhim ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga, bu sohaning institutsional bazasi ham shakllantirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Demokratik institutlar, nodavlag tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi, Inson xuquqlari bo‘yicha vakili, Inson xukuqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, Respublika bay- nalmilal madaniyat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi xuzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab- quvvatlash jamoat fondi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tashkil topdi.
Masalaning ikkinchi tomoni bor. Jamoatchilik nazorati shakllangan xuquqiy demokratik davlatda hokimiyatning bar- cha tizimi qonunlar asosida shakllangani sababli uni nazorat qilish aynan qonun ustuvorligini jamiyatda qdy darajada ekan- ligini bildiradi. Qonun ustuvorligi emas, balki zo‘ravonlikka asoslangan, taxdid soluvchi, nazoratsiz bo‘lgan xokimiyat jamiyat uchun xavfli hisoblanadi. Aynan shu sababdan jamiyatda ishonch- li demokratik nazorat zarur.
Davlat tashkilotlari faoliyatini jamoatchilik tomoni- dan nazorat qilishdan maqsad fuqarolarni davlat tashkilot- lari, o‘z faoliyati jarayonidagi qonuniy huquqi, erkinligi va manfaatlariga rioya qildirishgina emas, balki jamoat- chilikning ehtiyoj va irodasi davlat miqyosidagi vakolat- larini amalga oshirishning me’yoriy mexanizmini qo‘llab- quvvatlashdan iboratdir. Lekin bunda mas’uliyat va javob- garlik tamoyillarigina emas, balki huquqiy munosabatlar sub’ektining zimmasidagi nazorat mas’uliyati va nazorat tarzida yuklangan fuqarolik majburiyatlarini psixologik qabul qilish ham hisobga olinishi shart.
Jamoatchilik nazoratidan ko‘zlangan maqsadlarga eri- shish uchun nazorat tashkilotlari oldida turgan vazifalarni aniq oydinlashtirib olish muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat tashkilotlarini nazorat qilish borasida asosiy vazifalar Prezident Sh.M.Mirziyoev nazarida quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |