Jo‘raev, Narzulla. Jadal taraqqiyot davri (So‘zboshi o‘rnida) «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivoj- lantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»



Download 219,48 Kb.
bet33/84
Sana12.07.2022
Hajmi219,48 Kb.
#781113
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   84
Bog'liq
Juraev Narzulla. Tamaddunga Davat

Birinchidan, 15-16 yashar bola hali aniq hayotiy pozitsiya- ga ega bo‘lmagan, romantik o‘y-xayollar og‘ushida yashaydigan, aqldan ko‘ra hissiyot ustunlik qiladigan pallada bo‘ladi. Bu yoshdagilar o‘zini hamma narsaga qodir, ko‘p ishlarni amalga oshirishi mumkin bo‘lgan romantik kayfiyat bilan yashasha- di. Bunday paytda, ota-ona, ma\alla-ko‘y va maktab, ustozlar hamkorligi katta rol o‘ynaydi. Yoshlarni turli nomaqbul va, hatto, xatarli yo‘llarga kirib borishi mumkin bo‘lgan payt- da ularni asrab-avaylaydigan, to‘g‘ri yo‘lga soladigan va ja- miyatda foydali insonga aylantiradigan vosita sifatida o‘zini ko‘rsatadi.
Ikkinchidan, to‘qqiz yillik ta’limdan so‘ng yoshlar - yigitlar, qizlar uyidan ancha olisdagi kollejlarga borib ko‘ngli tusaganicha yashaydi. Ularni nazorat qiladigan, xatti- harakatlarini kuzatib turadigan odam yo‘q. Bunday paytda ayrim yoshlar turli guruhlar, oqimlar ta’siriga berilib, jamiyat uchun xavfli insonga aylanib qolishi mumkin. Un bir yillik ta’limda esa ma’lum darajada uy - mahalla - maktab marshruti ularni beboshlik va cheklanmagan erkin- lik illatlaridan asrab qolinadi. Uzluksiz nazorat ostida yashaydilar.
Davlat ijtimoiy siyosatining real hayot va konkret jami- yat takdiri bilan bog‘liq jihatlari faqat bugina emas. Umu- man yoshidan, ma’lumotidan, kasbu koridan, millati va di- niy e’tiqodidan qat’i nazar, har bir O‘zbekiston fuqarosi amaldagi qonunlar doirasida bir necha ming yilliklar mobaynida shakllangan ma’naviy-axloqiy me’yorlar chega- rasida yashamog‘i lozim. Qonun ustuvorligi esa, barchaning amaldagi qonunlar doirasidagi erkinligini, ozodligini, mustaqilligini kafolatlaydi.
Prezident Sh.M.Mirziyoevning «Mahalla instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirla- ri to‘g‘risida»gi Farmoni bu borada hozirgacha to‘plangan tajribalar, amalga oshirilmay qolgan imkoniyatlar, boy berilgan omillar va jamiyat ma’naviy taraqqiyotining istiqboli bilan bog‘liq bo‘lgan qator masalalarni qamrab olgan juda katta tarixiy, huquqiy hujjat hisoblanadi. Mazkur farmonga ko‘ra, jamiyatda mahalla institutining roli keskin oshirildi. Uning imkoniyatlari kengaytiril- di. Mahalla jamoat fondi oldiga yangi vazifalar qo‘yildi. Farmonda bayon etilgan vazifalar 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida qam o‘z ifodasini topgan va u rivojlantirilgan. (Mahalla insti- tuti va uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida keyinroq batafsil to‘xtalamiz).
Harakatlar strategiyasida xotin-qizlar masalasiga alohida e’tibor berilgan. Jumladan, Prezident Sh.M.Mirziyoev mamla- katimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqgisodiy rivojlantirish- ning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iktisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’- ruzasida ayollarning jamiyatdagi mavqei va ularning bandligi masalasiga to‘xtalib: «Uchinchi vazifa - ayollarni, ularga munosib mehnat bilan bandligini ta’minlash masalasi- dir. Ayollar uchun doimiy ish joylari yaratish borasidagi muhim masala bilan bir katorda oilaviy biznes, kasanachi- lik, hunarmandchilik, tomorqa xo‘jaligini keng rivojlan- tirish ishlari ham oksamoqda»,28 - dedi.
Demak, har bir oila, xdr bir xonadon o‘zining ijtimoiy- iqgisodiy ehtiyojlarini o‘zi qondirmog‘i lozim. Buning uchun erkagu ayol qaysidir foydali ish bilan band bo‘lishi, o‘ziga-o‘zi ish topishi, o‘z qiziqishiga qarab va ehtiyojini nazarda tutib, qandaydir kasbni egallashi zarur. Prezident oilaviy biznes, kasanachilik, xunarmandchilik, tomorqa xo‘jaligi deganda ana shuni nazarda tutmoqda. Demak, qaysidir korxona yoki tash- kilotda borib ishlash imkoniyati bo‘lmagan xdr qanday ayol o‘z qiziqishiga ko‘ra kasanachilik, xunarmandchilik yoki boshqa bir foydali mehnat bilan band bo‘lmog‘i lozim. Bu huquqiy de- mokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatining jahon tajribasidagi tamoyillaridan biri. Darhaqiqat, bunday sharoitda har bir fuqaro o‘z yaratuvchilik qobiliyatini ro‘yobga chiqarish orqali o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirmogi lozim. Harakatlar strategiyasi- da xotin-qizlarning va kollej bitiruvchilarining band- ligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, ayniqsa, tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash masalala- ri o‘rtaga tashlangan. Jumladan, «Mahallaning eng namu- nali tadbirkor ayoli» tanlovlarini tashkil etish, ularni mahallalararo va tuman, shahar bosqichlarini o‘tkazish na- zarda tutilgan. Ana shunday tanlovlar g‘oliblariga keng imtiyozlar berish ta’kidlangan. Shuningdek, «Tadbir- kor qizning eng yaxshi loyihasi» respublika tanlovini o‘tkazish tanlov natijalariga ko‘ra g‘oliblarni qo‘llab- quvvatlash va eng yaxshi biznes-loyihalarni amalga oshi- rish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratib berish ko‘zda tu- tilgan.
Ijtimoiy muammolari ko‘proq bo‘lgan Qo‘rg‘ontepa, Olot, Paxtakor, Dehqonobod, Koson, Nurota, Uzun va Qo‘shko‘pir tumanlarida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, qaytatayyorlash kurslarini tashkil etish, shu yo‘l bilan ushbu tumanlarda ishsizlikning oldini olish, uyda o‘tirgan ayollarning foydali mehnat bilan shug‘ullanishi va, eng muhimi, ma’naviy jihatdan ularni jamiyatning faol fuqarosiga va islohotlarning ishtirokchisiga ay- lantirish nazarda tutilgan.
Harakatlar strategiyasida hozirgacha hayotimiz taj- ribasida bo‘lmagan ayollar bilan bog‘liq bir g‘oya ilgari suriladi. Pedagogik ma’lumotga ega bo‘lgan, biroq bola parvarishlash tufayli vaqtincha ishlamayotgan ayollarga oilaviy maktabgacha ta’lim-tarbiyachi sifatida faoliyat yuritish imkoniyatini berish belgilangan.
Harakatlar strategiyasida bandlik bilan bog‘liq bo‘lgan, mamlakatda ishsizlik muammolarini hal qilishga qaratilgan qator tadbirlar rejasi kiritilgan. Jumla- dan:

Download 219,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish