To‘rtinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah- kamasining «Mehnat stajini hamda byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga sug‘urta to‘lovlari davriyligini ro‘yxatga olish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘ri- sida»gi qarori loyihasi ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu qaror mehnat stajini elektron tarzda ro‘yxatga olish hamda davlat ijtimoiy sug‘urta to‘lovlarini amalga oshiruv- chi jismoniy shaxslarning yagona reestrini yuritish imkoni- ni beradi.
Harakatlar strategiyasida sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilishga katta e’tibor berilgan. Albatta, bu borada hozirgacha qilingan ishlar ko‘lami juda katta. Jumladan, 2016 yil - «Sog‘lom ona va bola yili» deb e’- lon qilindi. Ana shu shior yuzasidan davlat dasturi qabul qilindi. Dasturga ko‘ra, mamlakatimizdagi tibbiyot muas- sasalarini zamonaviy diagnostika va davolash uskunala- ri bilan jihozlash uchun 80 million dollar qiymatidagi kredit va grant mablag‘lari yo‘naltirilgan. Umuman, mustaqillik yillarida bolalar va onalar o‘limi keskin kamaydi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ming yillik rivojlanish maqsadlariga to‘liq erishdi. Nufuzli xalqaro institutlarning
эъти
etishicha, O‘zbekiston dunyoning 125 ta davlati orasida
xotin-qizlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va onalikni muhofaza qilish borasida yetakchi o‘rinlardan birini egallab turibdi. Jahon reytingida mamlakatimiz yosh avlod salomatli- giga eng ko‘p g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan 10 ta davlag safidan joy oldi. Aholi genofondini yaxshilash borasida amalga oshiri- layotgan chora-tadbirlar natijasida ayollarning o‘rtacha umri 66 yoshdan 73,5 yoshga uzaydi. Onalar va go‘daklar o‘limi uch barobar kamaydi1.
Prezident Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan 2017-2021 yil- larda sog‘liqni saqlash tizimida yuqori texnologiyalar asosi- da ixtisoslashgan markazlar va tez tibbiy yordam stansiyalari bo‘yicha mavjus kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiyot xodim- lari malakasini oshirish tizimini butunlay isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqishni talab qilmokda. Shuningdek, 340 nomdagi dori vositalari va tib- biyot buyumlari chegaralangan narx bo‘yicha sotilishini tashkil etishga jiddiy e’tibor qaratilgan. Harakatlar strategiyasiga muvofiq 78 ta tuman tibbiyot birlashmasini, 7 ta shahar va 2 ta viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini qayta qurish, tez tib- biy yordam xizmatini 1200 ta maxsus avtotransport bilan ta’- minlash rejalashtirilgan.
Prezident Sh.M.Mirziyoev sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish va xizmat madaniyatini oshirish xususida to‘xtalib: «Tibbiy xizmat inson manfaatlarini ta’minlashning muxim omillaridan biridir. Tibbiyot xodimlari uyma-uy yurib, kasalliklarni profilaktika qilishi, sohadagi o‘zgarishlarni odamlar sezishi kerak. Buning uchun shifo- korlarning madaniyatini, ma’naviyatini, mas’uliyatini oshirish, ishga va bemorlarga munosabatini o‘zgartirish '.2017-2021 yillarda O‘zbskiston Rsspublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar stratsgiyasini «Xalk bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o‘rganish bo‘yicha ilmiy- uslubiy risola. - T.: «Ma’naviyat». 170-bet. 2017 ynl.