Jo‘raev, Narzulla. Jadal taraqqiyot davri (So‘zboshi o‘rnida) «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivoj- lantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»



Download 219,48 Kb.
bet37/84
Sana12.07.2022
Hajmi219,48 Kb.
#781113
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   84
Bog'liq
Juraev Narzulla. Tamaddunga Davat

Birinchidan, yangi ta’lim tizimi barkamol avlod kadr- larini tayyorlashdagi o‘zgarishlar va yangicha yondashuvlar, za- monaviy kasb sohalarining paydo bo‘lgani hamda uning mam- lakatimiz sharoiti bilan bog‘liqligidir.
Ikkinchidan, ta’lim tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot natijasida muayyan davrdan boshlab inson fao- liyatining alohida mustaqil sohasiga aylanib, jamiyatning ijtimoiy tajribasining keyingi bosqichiga uzatadi.
Uchinchidan, ta’lim inson shaxsining intellektual- ma’naviy qirralarini shakllantirish, uning jamiyat ish- lab chiqarishi va ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol va muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlashga qaratilgan harakatlar yig‘indisi bo‘lib, ma’rifat va bilim berishni anglatadi.
To‘rtinchidan, fan jamiyatning ijtimoiy institutla- ridan biri bo‘lib, tabiat va jamiyat qayotini aks ettiruv- chi ijtimoiy ong shakli. U katta ilmiy salohiyatni, ijodiy kuch-quvvatni birlashtirib, ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashga, mamlakatda qudratli ilmiy salohiyatni yara- tishga xizmat qiladi30.
Ko‘rinib turibdiki, ta’lim va fan insoniyat hayotining tadrijiy rivojini u qo‘lga kiritgan tarixiy va madaniy sivilizatsiyalar yutug‘ining asosi hisoblanadi. Xususan, tub yangilanishlar va jadal taraqqiyot davrida ta’lim va fan har qanday ijobiy natijaning asosi, poydevori hisoblanadi. Shuni nazarda tutgan Prezident Sh.M.Mirziyoev endigina prezidentlik lavozimiga saylangan paytidayoq dastlab- ki uchrashuvini fan arboblari bilan o‘tkazdi. 2016 yil 30 dekabr kuni Uzbekiston Fanlar akademiyasida fani- mizning yirik darg‘alari - akademiklar bilan qilgan uch- rashuvi butun xalqimiz kayfiyatida va ruhiyatida yoqimli ko‘tarinkilik, yangilanishlar jarayoniga qat’iy ishonch bi- lan qarash imkonini berdi.
Harakatlar strategiyasida ta’lim sohasiga e’tibor bir necha yo‘nalishlarda bayon etilgan. Jumladan, maktabgacha ta’- lim sifatini yuksaltirish, barkamol avlodni tarbiyalash- ning muhim sharti ekanligi ta’kidlanadi. Zotan, murg‘akkina bolaning endigina paydo bo‘layotgan aql kurtaklari, tafak- kuri ayni ana shu maskanda shakllanadi, rivojlanadi. Bo- laning ilk orzu-umidlari, qiziqishlari, intilishlari va maqsadlari paydo bo‘ladi. Ana shu orzu-umid, intilish qaysi tomonga bursang, o‘sha tomonga yo‘rg‘alab ketadigan vaziyatda uni to‘laqonli inson, barkamol shaxs bo‘lib yetishishiga asos bo‘ladi. Shuning uchun Harakatlar strategiyasida ta’lim va tarbiyaning ayni ana shu bosqichiga juda katta e’tibor be- riladi. Umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirish, fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rgatish ta’lim tizimining tub- dan modernizatsiya qilishning tayanchi hisoblanadi. Har bir fanni o‘quvchilar qiziqishiga qarab chuqurlashtirilgan tarz- da o‘qitilishi kelajakda kuchli, bilimli va barkamol muta- xassisning yetishib chiqishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kasb-xunar kollejlari talabalarini bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan mutaxassisliklar bo‘yicha tay- yorlash xamda ishga joylashtirish mexanizmini takomillash- tirish dolzarb masalalardan biridir. Harakatlar strategi- yasida 2017-2021 yillarda amalga oshiriladigan tadbirlar natijasida 135 ta o‘rta maxsuo kasb-hunar ta’limi muassa- salarining moddiy-texnik bazasi yanada mustaxkamlanadi. Ayni paytda, kasb o‘rganib, xunar egallayotgan iqtidorli yoshlarimiz shaxsiy bizneslarini tashkil etish istagini bildirishmoqda. Buni quyidagilarda ko‘rish mumkin:

  • kollejlarda ta’lim-tarbiya ishi zamon talablari daraja- sida tashkil etilayotganligi, o‘kuv ustaxonalarining sohaga oid eng ilg‘or vositalar bilan jihozlanganligi natijasida biti- ruvchilarda o‘zi tanlagan mutaxassislik bo‘yicha yetarli bilim va kasbiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish imkoni kengayib bormoqda;

  • kichik biznes va tadbirkorlik davlat tomonidan xar tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganligi yosh avlodning yara- tuvchilik, ixtirochilik, bunyodkorlik qobiliyatlarini mus- taxkamlamokda. Ularning tadbirkorlik va kichik biznes bi- lan shug‘ullanish istagini kuchaytirmokda;

  • bitiruvchilarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish maqsadida «Mikrokreditbank», Savdo-sanoat palata- si, Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda yosh tadbirkorlarni ruhlantiruvchi, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini kuchay- tiruvchi seminarlar, ko‘rik-tanlovlar va boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazilmoqda;

  • tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik faoliya- ti bilan shug‘ullanish istagini bildirgan bitiruvchilarga imtiyozli kreditlar berilmoqda. Ular faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun maxalliy hokimiyat organlari va tegishli no- davlat tashkilotlari ko‘maklashmokda.

Harakatlar strategiyasida ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlariga o‘tishda oliy ta’lim muassasalari faoliyati va samaradorligini oshirishdagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. Unga ko‘ra, oliy o‘quv yurtlarida ta’lim samaradorligini oshirish, fanlarni chuqur o‘zlashtirishga qaratilgan pedagogik texnologiya- larni o‘rganish, fanlararo integratsiyani yo‘lga qo‘yish orqali keng dunyoqarashga ega bo‘lgan, hayot falsafasidan saboq olgan va yetuk mutaxassis bo‘lgan kadrlar yetish- tirilishi nazarda tutilmoqda. Ana shuni nazarda tutib, Prezident Sh.M.Mirziyoev «Yoshlarni mustaqil fikr- laydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz», dedi.
Ilm-fan taraqqiyotining yangi bosqichi boshlandi. Harakatlar strategiyasida belgilanganidek, fan, ilmiy tadqiqot, innovatsiya yutuqlarini rag‘batlantirish va ular- ni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish hamda ixtisoslashgan laOboratoriya, yuqori texnolo- giya markazlari va texnologiyalarni joriy etish masalalari aloxida ta’kidlangan.
DavlatimizrahbariSh.M.Mirziyoevning2017 yil 17fev- ralda qabul qilgan «Uzbekiston Respublikasi Fanlar aka- demiyasi faoliyatini takomillashtirish va rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi Farmoni Uzbekistonda fan taraqqiyotini hozirgi zamon sivilizatsiyasi talablari asosida tash- kil etish, xususan, mamlakatda joriy etilayotgan jadal taraqqiyotlar strategiyasining ilmiy asoslarini yaratish va ishlab chiqarishni fan asosida rivojlantirish zarurligini ko‘rsatib berdi. Shu bilan birga Fanlar akademiyasi fao- liyatini takomillashtirish, fan arboblarini har tomonla- ma qo‘llab-quvvatlash, yuqori malakali, iste’dodli kadr- lar tayyorlash sifatini oshirish va uni rag‘batlantirish zarurligini uqtirdi. Prezident Sh.M.Mirziyoev fanimiz darg‘alari, maktab yaratgan ulkan allomalar bilan bo‘lgan uchrashuvda bir qator dolzarb masalalarni sanab o‘tdi. Jumladan:

Download 219,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish