Prezidentlik boshqaruvi - favqulodda holatlar joriy etilganda davlat boshqaruvida qoʻllaniladigan vaqtinchalik boshkaruv shakli. U, asosan, federativ tuzilishdagi davlat boshqaruvi (mas, AQSH, Hindiston)da qoʻllaniladi. Subʼyektlar federal konstitutsiya yoki qonunlarni, hukumatning qonuniy talablarini buzganda, inson huquqlari poymol etilganda, jiddiy tartibsizliklar roʻy berganda, federativ davlatning yagonaligiga xavf solinganda, kuchli zilzila, suv toshqinlari va shahrik.da amalga oshiriladi. Prezidentlik boshqaruvi davlat boshligʻining maxsus farmoni (dekreti) bilan eʼlon qilinadi. Prezidentlik boshqaruvi paytida tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari vakolatlari toʻxtatiladi, ularning vazifasini bajarish prezident tuzadigan organ yoki prezident tayinlagan mansabdor shaxs zimmasiga yuklanadi
Prezident - Prezident (lotincha: "pre"(avval) va "sedere" (oʻtirmoq) oʻzb. "oldinda oʻtirgan"):
- 1) hrz. koʻpchilik (respublika shaklida idora qilinadigan) mamlakatlarda saylab qoʻyiladigan davlat boshligʻi. BMT ga aʼzo boʻlib kirgan 189 mamlakatning 140 dan ortigida P. lavozimi joriy qilingan (2000). Bunday boshkaruv shakli ilk bor AQSH da 1787-yil vujudga kelgan. Oʻzbekiston tarixida birinchi P.lik lavozimi 1990-yil 24-martda taʼsis etildi. 1991-yil 29 dekabrda esa alternativ asosda oʻtkazilgan umumxalq saylovida I.A. Karimov Oʻzbekiston Respublikasining P.i etib saylandi (qarang Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti);
- 2) ayrim ilmiy va jamoat tashkilotlarida, partiyalar, jamiyatlar, uyushmalar (shu jumladan, xalqaro uyushmalarda ham) ijrochi organ boshligi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti - Oʻzbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi. Oʻzbekistonda prezidentlik lavozim sifatida 1990-yil 24-martda taʼsis etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik boʻlmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil Oʻzbekiston hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatning 18 yoshga toʻlgan fuqarolari umumiy, teng va toʻgʻridantoʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berishi yoʻli bilan oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 5 yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida“gi qonun (1991-yil 18-noyabr) va uning yangi tahririda (2004-yil 3-dekabr) qabul qilingan tegishli moddalarida belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |