Jiyanmuratova G. S0TS10L0 I d I y



Download 11,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/101
Sana20.07.2022
Hajmi11,54 Mb.
#825335
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   101
Bog'liq
Jiyanmuratova G.Sh. Sotsiologiya tarixi. 2020

m e 'y o r la r d a n
voz kechishi mumkin.
Nihoyat, ijrochilar ehtimol, tomosha davom etishi uchun amalga 
oshirilgan istalgan haqoratlar, kamsitish va kelishuvlami yashirishi 
mumkin. Umuman olganda, ijrochilaming g‘arazli manfaati o ‘z 
ommasidan bunday turdagi barcha faktlami yashirishdan iborat1.
Dramaturgiyaning 
peshsahnadagi 
boshqa jihati 
shundaki, 
ijrochilar ko‘pincha ommaga haqiqatdagidan ko‘ra ko‘proq yaqindek 
taassurotni uyg‘otishga harakat qiladilar. Masalan, ijrochilar bu
1 Qarang: G eorge Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. M e Graw -Hul. 2010. — P. 377.
353


tomosha ular uchun yagona yoki hyech bo‘lmasa eng muhim 
bo‘lgandek taassurotni hosil qilishga urinishi mumkin. Buning uchun 
ijrochilar, ulaming ommasi bir-biridan shu tarzda ajratib qo‘yilganki, 
tomosha soxtaligini hech kim payqamasligiga amin bo‘lishlari kerak. 
Agar, hatto soxtalik aniqlangan taqdirda ham, Goffman ta ’kidlashicha, 
ommaning o‘zi ehtimol, ijrochining ideallashtirilgan qiyofasini 
buzmaslik uchun, soxtalik tasawurini yengib o ‘tishga harakat qilishi 
mumkin. Turmush haqida spektakllaming interaksiya xususiyati ana 
shunda 
namoyon 
bo‘ladi. 
Tomosha 
muvaffaqiyati 
barcha 
ishtirokchilaming jalb etilishiga bog‘liq. Taassurotni shu tarzda 
boshqarishga yana bir misol - ijrochining omma bilan munosabatidagi 
qandaydir noyob jihatning mazkur tomoshada ham mavjudligi haqida 
g‘ oyani yetkazishga urinishidir. Omma ham, noyob tomoshani 
kuzatayotganiga ishongisi keladi.
Ijrochilar muayyan tomoshaning barcha elementlari bir-biri bilan 
bog‘langaniga ishonch hosil qilishga intiladi. Ba’zi hollarda yagona 
ziddiyatli jihat spektaklni barbod etishi mumkin. Ammo toinoshalar 
talab qilingan muvofiqliklar soni bo‘yicha farqlanadi. Agar ruhoniy 
ibodat chog‘ida sirpanib yiqilsa, bu dahshatli xato bo‘lardi, agar 
taksichi boshqa ko‘chaga burilsa, bu tomoshaga jiddiy zarar yetkazishi 
dargumon.
Yanglishtirish - ijrochilar qo‘llaydigan boshqa usul. Ko‘pincha 
ijrochilar omma bilan aloqani cheklash orqali o‘z chiqishlari bilan 
yanglishtirishga intiladi. 0 ‘zi va omma o‘rtasidagi «sotsial masofani» 
yarata turib, ular ommada qandaydir e'zozli hayajon hissini 
uyg‘otishga harakat qilishadi. Bu esa o‘z navbatida, ommani 
tomoshaning 
haqiqiyligidan 
shubhalanishdan 
to‘xtatib 
turadi. 
Goffman yana bir karra ko‘rsatdiki, ijrochi bilan “masofani” saqlay 
turib, ijroning haqqoniyligi tasawurini saqlab turishga ko‘pincha 
ommaning o‘zi yordam beradi1.
Bu esa bizni Goffmanning jamoalarga qarashlariga olib keladi. 
Goffinan, ramziy interaksionist sifatida, m a’lum bir aktorlarga katta 
e'tibor berish o‘zaro aloqa haqidagi muhim m a’lumotlami yashiradi, 
deb hisoblardi. Tahlilning bazaviy birligi Goffman uchun jamoa emas, 
balki shaxs hisoblanar edi. Jamoa - bu istalgan individlar guruhi 
bo‘lib, ular muayyan hayotiy o‘zaro aloqalami amalga oshirishda
1 Qarang: George Ritzer, Sociological Theory. Eighth Edition. Me Graw-HiU. 2010. - P. 378.
3 5 4


qatnashadi. Shu tariqa, ijrochi va omma o ‘rtasidagi munosabatlaming 
tasvirlangan muhokamasi aslida jamoalarga taalluqli, Jamoaning har 
bir a’zosi boshqalarga bogianib qolgan, chunki har bir a’zo 
tomoshani barbod etishi mumkin va har bir a ’zo spektaklda mashg‘ul 
ekanligini anglaydi. Goffman shunday xulosa qiladi: jamoa — bu 
o ‘ziga xos «yashirin jamiyat».,
Goffman sahna ortidagi maydonni ham ko‘zdan kechirgan. U 
yerda old tomonda yashirilayotgan dalillar yoki turli xil norasmiy 
harakatlar namoyon boiishi mumkin. Sahna orti maydoni odatda 
peshsahnaga tutash, ammo shu vaqtning o‘zida undan ajratib ham 
qo‘yilgan. Shubhasiz, ijrochilar omma a ’zolari sahna ortida paydo 
boimasligiga umid qilishlari mumkin. Bunga ishonch hosil qilish 
uchun, ular taassurotlami boshqarishning turli usullarini qoilaydilar. 
Agar ijrochilar tomoshabinlaming sahna ortida paydo boiishiga y o i 
qo‘ygudek boisa, tomosha ko‘rsatish ehtimol, qiyin kechishi mumkin. 
Shuningdek, uchinchi, qoldiq soha, tashqi hudud ham borki, u na 
peshsahna, na sahna orti emas.
Hyech qanday hayot sohasi barcha vaqt davomida ana shu uch 
sohadan biri boiolmaydi. Buning ustiga, muayyan soha turli vaqt 
davrlarida uch sohaning barchasini egallaydi. Professoming ofisi unga 
talaba tashrif buyurganda peshsahnaga, talaba chiqib ketganda sahna 
ortiga, professor universitet basketbol musobaqasiga ketganida tashqi 
hududga aylanadi.

Download 11,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish