Tuproq unumdorligi va madaniyligi reja. Tuproqning unumdorlik xususiyati



Download 0,59 Mb.
bet1/3
Sana15.12.2022
Hajmi0,59 Mb.
#886757
  1   2   3
Bog'liq
MT3



TUPROQ UNUMDORLIGI VA MADANIYLIGI
REJA.
1. Tuproqning unumdorlik xususiyati
2. Tuproq unumdorligining kategoriyalari
3. Tuproqlarni madaniylashtirish
Tuproq unumdorligi. Tuproqning turli tog‘ jinslaridan farq qiladigan eng muhim sifat belgilaridan biri unumdorlikdir. Qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy vositasi hisoblangan tuproqning halq xо‘jaligidagi ahamyati ham, ana shu unumdroligi bilan belgilanadi. О‘simliklar uchun oziq moddalardan tashqari yorug‘lik, issiqlik va kislorod, uning yashil qismi uchun karbonat angidirid zarur. Ana shu moddalar va zarur shart- sharoitlar о‘simliklarga tuproq orqali turli darajada yetkazib turiladi.
Tuproq unumdorligi haqidagi ta’limotning rivojlanishi akademik Vilyams nomi bilan bog‘liq. Hozirgi ilmiy adabiyotlarda ham olimning tuproq unumdorligi haqidagi tushunchasi keng tarqalgan. V.R. Vilyams bо‘yicha (1936 yil) unumdorlik deganda tuproqning unumdorliklarini suv va ozuq yelimentlar bilan bir vaqtning о‘zida, uzluksiz ta’minlab tura olish qobilyati tushuniladi. О‘simliklar uchun zarur issiqlik va yorug‘likni Vilyams kosmik omillar jumlasiga kiritadi. Unumdorlik tuproqning juda murakkab xossasi sifatida tuproqda kechadigan kо‘plab kimyoviy, fizikaviy va biologik jarayonlarga bog‘liq. Unumdor tuproq о‘simliklarni zarur oziq moddalar, suv, havo, issiqlik bilan ta’min eta olishi, mо‘tadil reaksiyaga ega bо‘dishi, har xil zararli moddalar saqlamasligi zarur.
Unumdorlik deb tuproqning о‘simliklarni о‘sishi va rivojlanishi(hosil berish ) uchun zarur suv, oziq elimentlar va shuningdek boshqa shart-sharoitlar ilan ta’min eta olish qobilyatiga aytiladi.
Demak, tuproqning ishlab chiqish qobilyati, unda kechadigan kо‘plab jarayonlar va hodisalarga bog‘liq. О‘simlikning barcha о‘sib rivojlanish hayotiy davrlari bevosita tuproqning turli xossalari yoki unda kechadigan jarayonlar bilan bog‘liq. Shuning uchun xam tuproqdan foydalanilayotganda unumdorlikning barcha omillariga va shart – sharoitlarga bir vaqtning о‘zida ta’sir eta olish kerak.
Tuproq unumdorligi nisbiy tushuncha bо‘lib, unumdorlikning nafaqat tuproq xossalariga, balki о‘stiriladigan ekinlar turiga xam bog‘liq. Masalan, muayyan bir tuproq aloxida о‘simliklar uchun unumdor hisoblansa, boshqasiga kam unumli bо‘ladi. Chunki har xil о‘simliklarning tuproq unumdorligiga (faktorlariga) bо‘lgan talabi bir xil emas.
Tuproq unumdorligi deganda uning о‘simlik о‘sishi va rivojlanishi uchun kerak bо‘ladigan oziq moddalar bilan ta’minlanish darajasi nazarda tutiladi.
Tuproqning suv, oziq moddalar va boshqa bilan taʼminlash xususiyati. Tuproq togʻ jinslaridan unumdorligi bilan farq qiladi. Unumdor tuproqlarda insonga asosiy oziqovqat mahsulotlarini beruvchi qishloq xoʻjaligi. oʻsimliklari oʻstiriladi. Yer faqat unumdorlik xususiyati tufayli qishloq xoʻjaligi.da ishlab chiqarish. vositasiga aylangan. Tuproq unumdorligi tuproqhosil qiluvchi omillar: iqlim, relyef, tuprok hosil qiluvchi jinslar, tabiiy va madaniy oʻsimliklar bilan uzviy boglik, ammo unumdorlik darajasida, ayniqsa, yerdan foydalanish xarakteri katta ahamiyatga ega. Tuproq unumdorligining eng muhim omillar: oʻsimlik rivojlanishi uchun zarur oziq moddalar va ular turining yetarli miqdorda boʻlishi; oʻsimlik oʻzlashtirishi mumkin boʻlgan namning mavjudligi; yaxshi tuprok, aeratsiyasi; tuproqning granulometrik tarkibi, struktura holati va tuzilishi; zaharli moddalar (kislota, ishqor, tuz va boshqalar) miqdori; tuproq reaksiyasi va boshqalardan iborat. Bu xususiyatlar yigindisi tuproqning madaniylashganlik holati darajasini belgilaydi. Unumdorlikning barcha elementlari bir-biri bilan chambarchas bogʻliq. Bu elementlardan birortasining oʻzgarishi boshqalariga ham taʼsir koʻrsatadi. Har xil oʻsimliklarning Tuproq unumdorligiga talabi turlicha boʻlganligi sababli va oʻsimlik biologiyasiga bogʻliq holda bir tur oʻsimlik uchun unumdor hisoblangan tuproq boshqa tur uchun unumdor boʻlmasligi mumkin.

Yer sayyorasida turli xil tuproq turlari
Unumdorlik, asosan, tabiiy va samarali turlarga boʻlinadi. Tabiiy unumdorlik tuprokdagi oziq moddalar umumiy zaxirasi bilan xarakterlanadi; uning shakllanishi esa tuprok hosil boʻlish sharoitlari va omillari hamda genezisiga bogʻliq. Samarali (sunʼiy) unumdorlikning inson mehnat faoliyati bilan, yaʼni yerga ishlov berish, sugʻorish, oʻgʻitlash, shoʻrini yuvish kabi agrokompleks tadbirlar bilan boshqaradi (qarang Melioratsiya). Sunʼiy yoʻl bilan qumlik, toshloq, botqoqlik kabi unumsiz yerlarda unumdor tuproklar paydo qilish mumkin. Tabiiy unumdor tuproklar baʼzan kam samaraga ega boʻlishi mumkin va aksincha yuqori agrotexnika tadbirlarini qoʻllash natijasida unumsiz tuproqlarda yuqori unumdorlikka erishish mumkin. Tuprokdagi oziq moddalar miqdori (azot, fosfor, kaliy, kaltsiy, magniy, oltingugurt, temir, bor, marganets va boshqa mikroelementlar) tuprok, hosil qiluvchi jinslar va uning tagidagi yotqizikdar (tagzamini) tarkibiga hamda tuproq hosil qiluvchi jarayonlarga bogʻliq. Oʻsimliklarning mikroelementlarni oʻzlashtirishiga tuproq reaksiyasi katta taʼsir koʻrsatadi (qarang Tuproknordonligi). Tuprokdagi oziq moddalar zaxirasi mineral va organik oʻgʻitlar solish bilan boshkarib turiladi. Tuprokda suvda oson eruvchi tuzlar, asosan, natriy, shuningdek, magniy, kaltsiy va boshqa kationlarining ortiqcha miqdorda boʻlmasligi unumdorlikning muhim shartidir. Tuproqda tuzlar miqdorining meʼyordan oshib ketishi — tuproqning shoʻrlanishi, asosan, notoʻgʻri sugʻorishdan vujudga keladi, natijada unumdorlik keskin pasayib ketadi. Tuproq qatlamidagi zararli tuzlarni yoʻqotish uchun shoʻr yerlar yuviladi (qarang Shoʻr yuvish). Shoʻrlanishning oldini olish uchun esa tuproq xususiyati va tarkibiga karab suyurish rejimi belgilanadi. Qurgʻoqchilik rnlarida, jumladan, sugʻorma dehqonchilik zonalarida suyurish Tuproq unumdorligini tubdan oshiradi. Tuproq unumdorligining past boʻlishi, koʻpincha patogen organizmlar mavjudligiga ham boglik. Ularni kimyoviy (xasharotlarni bepusht kilish, fungitsidlar sepish va boshqalar) va agrotexnik tadbirlar (almashlab ekish, tuprokka ishlov berish) yordamida yoʻk kilish tuproqning samarali unumdorligini keskin oshiradi. Tuproq unumdorligini saklash uchun tuprokka eroziyaga yoʻl koʻymaydigan usullarda ishlov beriladi, dala ihota oʻrmonzorlari barpo kilinadi, daryo va kanallar qirgogʻi mustahkamlanadi


Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish