Jiyanmuratova G. S0TS10L0 I d I y


RAMZIY INTERAKSIONIZMNING VUJUDGA KELISHI



Download 11,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/101
Sana20.07.2022
Hajmi11,54 Mb.
#825335
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   101
Bog'liq
Jiyanmuratova G.Sh. Sotsiologiya tarixi. 2020

RAMZIY INTERAKSIONIZMNING VUJUDGA KELISHI
VA RIV О JLANISHI
Reja:
1. Ramziy interaksionizmning paydo bo‘lishi
2. J. Mid ramziy interaksionizm asoschisi sifatida
3.
G. 
Blum em ing sotsiologik konsepsiyasi
4 .1. Goffman dramaturgiyasi
1. 
Sotsiologiyada 
kommunikatsiya 
muammosiga 
bo‘lgan 
qiziqishning ortishi, xususan, nuqtayi-nazarlar har xilligida bir-birini 
tushunish, qarama-qarshi tomonga nisbatan o‘z nuqtai-nazarini 
belgilash muammolarining dolzarb ekanligini isbotladi. Bu esa, 
psixologik jarayonlami tadqiq etishga nigilistik munosabatda bo‘lish 
va insonning butun hayotiy qiyofasini faqatgina chetdan kuzatiladigan 
xulq-atvoriga qiyoslash (hayvonlaming reaksiyasi) kabi xususiyatlar 
xos bo‘lgan bixevioristik urf-odatlarini sustlashtirdi. Bixeviorist va 
freydistlardan farqli o‘laroq «uchinchi kuch», ya’ni yaxlit insoniy 
« 0 ‘zlik» va mikrosotsial muhitda uning shaxsiy o‘zligini belgilashga 
qaratilgan interaksionistik yo'nalish shakllandi.
Keng nazariya sifatida, ramziy interaksionizm XX asming 20- 
yillarida Chikago maktabida vujudga kelgan. Uning asoschisi 
amerikalik sotsiolog Jorj Mid hisoblanadi. «Ramz» deganda bir-biri 
bilan interaksiya, ya’ni o‘zaro aloqaga kirishganda individlar 
tomonidan tushuniladigan « т а ’no» nazarda tutiladi, ushbu nazariyada 
jamiyat o‘zaro interaksiyaga kirishgan individlaming harakati nuqtai- 
nazaridan qaraladi. 
Boshqa 
so‘z bilan aytganda, jamiyatni 
insonlaming xulq-atvori tamoyillarini ko‘rib chiqish y o ii bilan 
tushuntirish mumkin, chunki faqat shunday yo‘sinda xulq-atvomi 
belgilovchi ramz o‘zini namoyon qiladi.
Tashqi muhitdan kiruvchi ma’nolardan iborat ramzni aniqlash 
tafakkurda ro‘y beradi. Ramziy interaksionizm ijtimoiy ayirboshlash 
jihatlarini tahlil qilishga asoslanadi. Individ o‘zini o‘zgalaming bahosi 
asosida ta’riflashi, ya’ni shaxs ijtimoiy dunyoda boshqalar uchun 
qanday qiyofada namoyon bo'lsa, o‘zini shunday tasavvur qilishi, 
interaksionizmning asosiy tamoyili bo‘lib hisoblanadi.
3 3 3


Ramziy interaksionistlami qat'i nazariya birlashtirmaydi, ularga 
sotsial ma’nolami ishlab chiqish va o‘zgartirish, vaziyatlami doimiy 
belgilash va qayta baholash jarayoni sifatida ta’riflanadigan ijtimoiy 
jarayonga bir xil yondoshuvning umumiyligi xos hisoblanadi. Bunday 
qayta baholash davomida sotsial faoliyatning ob’ektiv muhiti (o‘zaro 
aloqadagi individlar nuqtai nazaridan) ham o‘zgaradi, chunki 
interaksionistlarning qarashlariga ko‘ra dunyo tamoman ijtimoiy kelib 
chiqadi. Turli guruhlar turlicha dunyolami ishlab chiqadi, ular ham 
ijtimoiy hamkorlik davomidagi ma’nolaming o‘zgarishi natijasida 
o‘zgaradi.
Ramziy interaksionizm uch asosiy g‘oyaga asoslanadi: 
birinchidan, insonlar o‘z muhitlaridagi elementlarga o‘zlari 
bergan baho asosida qaraydilar,
ikkinchidan, bunday ma’no (ko‘rinish va ramzning o‘zaro 
bog‘lanish usuli) kundalik ijtimoiy shaxslararo hamkorlikning mahsuli 
- interaksiya - sifatida namoyon boiadi, va, nihoyat, uchinchidan, 
bunday sotsiomadaniy ma’nolar o‘zaro hamkorlik oqibatida individual 
tasawuming o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.
«Men» 
va 
«boshqalar» 
yaxlit 
hisoblanadi, 
chunki 
ishtirokchilaming xulq-atvori yigindisini ifoda etadigan jamiyat 
individning xulq-atvoriga ijtimoiy cheklovlar qo‘yadi. Biroq nazariy 
jihatdan, Men va jamiyat o‘rtasida chegara o‘tkazish mumkin b o isa 
ham, interaksionizm birinchisini to iiq anglash ikkinchisini xuddi 
shunday to iiq anglash bilan uzviy bogiiqdir, degan g‘oyaga 
asoslanadi.
Ramziy interaksionizm muhim va qiziqarli g‘oyalaming keng 
doirasini taklif etadi. Bir qator yirik mutafakkirlar, shu jumladan, Joij 
Gerbert Mid, Charlz Xorton Kuli, U.A.Tomas, Gerbert Blumer va 
Irvin Goffman kabi olimlaming nomlari bu yo‘nalish bilan b o g iiq 1.
G.ye.Zborovskiy sotsial o‘zaro aloqa muammolarini ko‘rib 
chiqishga katta e'tibor qaratgan, buning ustiga, uni sotsiologiya 
fanining asosiy predmeti sifatida ifodalagan olimlar haqli ravishda 
ramziy interaksionizm o‘tmishdoshlari, deb e'tirof etilishi lozimligin, 
bunday tadqiqotchilar qatoriga esa, awalambor, Ch.Kuli, G.Zimmel,
G eorge Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition Me Grav/-Hill. 2010. - P. 351.
3 3 4


U.Tomasni kiritish lozimligini ta’kidlaydi1 (bu olimlar ijodi o ‘tgan 
mavzularda to‘liq qarab o‘tilgan).
Ramziy 
interaksionizm 
m a’lum 
darajada 
strukturaviy 
funksionalizmga qarshi turadi. Agar strukturaviy funksionalizm 
vakillari sotsial jarayon strukturasidan odamlaming harakatlariga 
tomon yo‘nalgan bo‘lsa, ramziy interaksionizm tarafdorlari esa 
harakatdagi shaxsdan sotsial struktura tomon yo‘naladi. Shu tariqa, bu 
strukturaga 
sub'ektivistik 
qarash 
shakllanadi. 
Strukturaviy 
funksionalizmning nazariy yo‘nalganligidan farqli o‘laroq, ramziy 
interaksionizm asosan empirik yo‘nalgandir. Uning muhim xususiyati
- odamlar o‘rtasidagi ramziy o‘zaro aloqaning aniq kommunikatsiya 
shakllarini, ular orasidagi aloqa vositalarini, birinchi navbatda tilni 
o‘rganishdan iborat.
Ramziy interaksionizm asoschisi J.G.Mid o ‘z konsepsiyasini 
“sotsial bixeviorizm” deb e'tirof etgan (“ramziy interaksionizm” 
tushunchasini uning shogirdi Blumer fanga kiritgan). U bilan parallel 
ravishda Moreno anologik g‘oya tushunchasini kiritgan edi (hatto 
sotsiologiya tarixi adabiyotlarida uning g‘oyalari kam yoritilgan, 
aksincha uning sotsiometriya g‘oyasi ko‘proq e'tirof etilgan). Ramziy 
interaksionizmda odatda 2 ta maktab (yo‘nalish) faoliyati alohida 
o‘rganiladi:
1. 
Chikago maktabi (J.Mid, G.Blumer, T.Shibutani va 
boshq.).
2. 
Ayova maktabi ( M.Kun, T.Partlend va boshq. )
M.Kun va uning izdoshlari ijtimoiylashuv jarayoni yo‘nalishidan 
voz kechib, pozitiv-metodologik me'yorlarga o‘tishni o‘zlashtirdi. 
Shaxs ichki tuzilishi haqidagi qarashdan voz kechib, jamoaviy norma 
va qadriyatlarga alohida urg‘u bergan holda, sotsial rol haqidagi 
nazariyalami yoqlab chiqdi.
Ramziy 
interaksionizmda 
mustaqil 
yo‘nalish 
sifatida, 
Goffmanning sotsiodramatik qarashini e'tirof etish lozim (uning ko‘p 
g‘oyalari Morenoning sotsiodramatik konsepsiyasiga yaqin).
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, ramziy interaksionizm juda 
turli-tuman ko‘rinishlarga ega. J.G.Mid, G.Blumer, I.Goffman 
ta’limotlarida ko‘tarilgan masalalar, o‘z mazmun-mohiyati borasida 
bir-biridan jiddiy farq qiladi. Bu yo‘nalish namoyandalari ko‘pincha
1
Зборовский Г.Е. И стория социологии: соврем енный этап: учеб. 
д л я
вузов. 2-е изд., испр. и доп.
- Сургут [и др.]: РИО Сур ГПУ, 2015. - С. 119.
335


jamiyat faoliyati, uning strukturalari, institutlari va tashkilotlari 
masalalarini hal etishdan qochib, asosiy e'tibomi shaxsga, uning 
tevarak olamni, boshqa odamlar va ularning aloqasini his etishiga 
qaratadilar.
Ramziy interaksionizmning asosiy tamoyillarini sanab o‘tish 
uchun bu nazariyani umumlashtirilgan ko‘rinishda ifodalash talab 
etiladi. Bu esa oson ish emas. Ramziy interaksionizmda muhim 
tafovutlar borki, biz ularning bir qismi quyiroqda ko‘rib chiqiladi.
Ba’zi ramziy interaksionistlar (masalan, Blumer) bu nazariyaning 
asosiy tamoyillarini sanab o‘tishga harakat qilganlar:
1. Odamlar, 
tuban hayvonlardan farqli 
o‘laroq, 
fikrlash 
qobiliyatiga (imkoniyat) ega.
2. Fikrlash qobiliyati sotsial o‘zaro harakat orqali shakllantiriladi.
3. Sotsial o ‘zaro harakat chog‘ida odamlar m a’nolar va ramzlami 
o‘zlashtiradi, ular insonga xos b o igan fikrlash qobiliyatini amalga 
oshirishga imkon beradi.
4. Ma’nolar va ramzlar insonga xos bo igan harakatlar va o‘zaro 
harakatlami amalga oshirishga imkon beradi.
5. Odamlar vaziyatni o‘zicha talqin etish asosida, harakat va 
o‘zaro harakat paytida qoilaydigan ma’nolar va ramzlami 
yangilashga yoki o‘zgartirishga qodir.
6. Odamlar qisman o‘zi bilan o‘zaro harakatga kirishish 
qobiliyati tufayli, bu yangilanish va o‘zgartirishlami amalga 
oshirishga qodir, bu esa ularga harakatning ehtimolli yo‘nalishlarini 
tadqiq etishga, o'zlarining nisbiy ustunliklari va kamchiliklarini 
baholashga, so‘ng esa yoilardan birini tanlashga imkon beradi.
7. Harakat va o‘zaro harakatning aralash misollari gumhlar va 
jamiyatlami hosil qiladi1.
Ramziy 
interaksionizmni 
ko‘rib 
chiqishni 
Mid 
ijodidan 
boshlaymiz. Umuman ramziy interaksionizmning va qisman Mid 
ijodining eng muhim intellektual manbalari - pragmatizm falsafasi va 
psixologik bixeviorizmdir2.
2. 
Jorj Gerbert Mid - ramziy interaksionizm tarixida eng taniqli 
mutafakkir, uning «Aql-idrok, o‘zlik va jamiyat»3 kitobi esa - mazkur
1
Qarang: G eorge Ritzer. Sociological Theory. Eighth Edition. Me Graw-Hil}. 2010. - P. 369.
2
0 ‘sha joyda. - B . 351.
3
Mead. Mind, S e lf and Society. - Chicago, 1934.
3 3 6


an'ana doirasidagi eng muhim asardir. Falsafiy jihatdan Mid 
amerikalik olimlar U.Jeyms va J.Dyuining izdoshi edi.
«Aql-idrok, o‘zlik va jamiyat» kitobiga yozgan sharhida Elsvot 
Feris ta’kidlagan ediki, «ehtimoi, [Mid] aql-idrok va keyin jamiyat 
emas, balki birinchi navbatda jamiyat, undan keyin esa aql-idrok 
paydo bo‘ladi. deb hisoblardi»1. Feris tomonidan kitob sarlavhasidagi 
so‘zlaming o‘mi almashtirilishi Midning o'zi anglab yetgan keng 
e'tirof etilgan bir faktni aks ettiradi: Midning tahlilida jamiyatga, yoki 
kengroq ma’noda butun sotsial tushunchalarga ustuvorlik beriladi.
Jorj Gerbert Mid (1863-1931) Massachusets shtatida tug‘ilgan. 
Garvard universitetini tugatgach va Germaniyada tajriba oshirgach, u 
Chikago universiteti professoriga aylanadi va u yerda 1931-yilga 
qadar o'qituvchilik qiladi. Ko‘p vaqt davomida Mid faqat ikkinchi 
o‘rindagi ijtimoiy psixolog sifatida qabul qilindi; faqat 1950-yillaming 
oxiri - 1960-yillaming boshida u o‘ziga xos falsafiy-sotsiologik 
konsepsiya muallifi, tez orada esa - sotsiologiya va falsafaning 
mumtoz namoyandasi sifatida tan olindi. Bu ham uning o‘ziga xos 
ijodiy yondashuvi, ham asarlari taqdiri bilan izohlanadi. Mid 
hayotligida iste'dodli ma’ruzachi va turli nashrlarda bosilgan ko‘plab 
maqolalar muallifi kabi tanilgan edi. U kitoblar chiqarmas va 
zamondoshlari aytganidek, o‘z ijodini juda past baholardi. Hatto u 
o‘zini haddan tashqari, patologik qobiliyatsiz, deb baholagani haqida 
gapirishadi2. Midning vafotidan so‘ng uning sobiq talabalari o‘z 
konspektlariga tayanib, maqolalar va ma’ruzalar matnlarini to ‘plashdi 
va 1930-yillar mobaynida ulami to‘rt jildlik kitob ko‘rinishida nashr 
etishdi, va aynan ular Midga shuhrat keltirdi.
Mid ta’limotining markaziy tushunchasi - shaxslararo o‘zaro 
aloqalardir. Mid ijodida boshqa yana bir muhim tushuncha - sotsial 
harakat ana shu kategoriya bilan chambarchas bog‘liq. U shaxslar 
o‘rtasidagi muloqotni ular o‘rtasidagi doimiy, beto‘xtov harakatlar 
almashinuvi sifatida talqin etadi.
Mid harakatni o‘z nazariyasining eng «oddiy birligi» sifatida 
ko‘zdan kechiradi. 0 ‘zining harakat tahlilida Mid bixevioristik 
yondashuvga yaqin keladi va rag‘bat hamda reaksiyaga diqqat 
qaratadi. Ammo hatto shu yerda ham rag'bat insonning ongsiz
1
G eorge R itzer Sociological Theory. Eighth Edition. M e Graw-Hill. 2010. - P. 355.
2
Qarang: И стория теоретической социологии / Отв ред. И .Ф,Девятко. - М.: КА НО Н + ОИ 
«Реабилитация», 2002. - С. 277.
33 7


avtomatik reaksiyasini qo‘zg‘atmaydi. Mid aytishicha, «Biz rag‘batni 
majburlash yoki buyruq kabi emas, balki harakat uchun sabab yoki 
imkoniyat kabi tushunamiz»1.
Mid to‘rtta asosiy o‘zaro aloqa bosqichlarini ajratib ko‘rsatdi: 
impuls, 
his 
etish 
(persepsiya), 
manipulyasiya 
va 
iste'mol 
(konsummatsiya). Ular uyg'un birlikni hosil qiladi. Tuban hayvonlar 
ham, 
odamlar ham harakat qiladi. 
Midni 
ular o‘rtasidagi 
o‘xshashliklar va ayniqsa farqlanishlar qiziqtiradi. Ulami birma-bir 
qarab chiqamiz:
Birinchi bosqich - impuls bosqichi bo‘lib, u «bevosita hissiy 
rag‘batni» va aktoming bu da’vatga reaksiyasini, bu borada biror ishni 
bajarish ehtiyojini o‘z ichiga oladi.
Harakatning ikkinchi bosqichi - his etish, aktor uning yordamida 
impuls bilan bog‘liq rag‘batlami izlaydi va ularga javob qaytaradi 
hamda uni qoniqtirishning qulay usullarini aniqlaydi.
Uchinchi bosqich - manipulyasiya. Impuls aniqlangan, obyekt esa 
his etilganidan keyingi qadam shundaki, aktor obyekt bilan 
manipulyasiya qiladi yoki kengroq ma’noda, unga nisbatan ma’lum 
harakatlar bajaradi.
Harakatning so'nggi bosqichi - iste'molni yoki boshlang‘ich 
impulsni qanoatlantiradigan harakatni amalga oshirishni nazarda 
tutadi, ya’ni boshqacha qilib aytganda obyektdan foyda olish va uni 
baholash j arayonidir2.
Garchi harakatning to‘rt bosqichi oson bo‘lishi uchun ketma-ket 
tartibda ko‘rib chiqilgan va bir-biridan ajratilgan bo‘lsa-da, Mid ular 
o ‘rtasida dialektik aloqani ko‘radi.
Sotsial harakatni o ‘zaro aloqa sifatida talqin eta turib, Mid uning 
ikki tipi - noramziy va ramziy o ‘zaro aloqani ajratadi. Birinchi tip 
odamlaming bir-birining xarakatlariga bevosita reaksiyasini anglatadi. 
Ikkinchi, asosiy o‘zaro aloqa tipi - ramziyga kelsak, uni amalga 
oshirish jarayonida turli shakllardagi "ko‘rsatmalar, ma’nolar va 
mohiyatlar", birinchi navbatda til almashinuvi yuz beradi. Til esa 
kommunikatsiyaning ishoraviy, yozma, og‘zaki shakli ko‘rinishida 
ifodalanishi mumkin. Ishoralaming turli shakllarini ko'rib chiqa turib, 
Mid ovoz ishorasi tahliliga va uning o‘zaro aloqaning muhim ramziga
! Qarang; G eorge 
Ritzer.
Sociological Theory. Eighth Edition M e Graw-Hill. 2010. - P. 356-358.
2 Qarang George Ritzer. Sociological Theory. E ighth Edition. M e Graw-Hiil. 2010. - P. 358-359.
3 38


aylanishiga alohida e'tibor qaratadi. Ovoz ishoralarining majmui va 
o‘zaro bog‘liqligini u nutq sifatida qabul qiladi.
Mid doim ta’kidlaganidek, inson va insoniyatning sotsial dunyosi 
sotsial o‘zaro aloqalar jarayoni ta’sirida shakllanadi. Bunda "ramziy 
muhit" katta rol o‘ynaydi. Midga ko‘ra, odamlar o‘rtasidagi muloqot 
maxsus vositalar - ramzlar yordamida amalga oshiriladi. Ishora va 
tilni u shu ramzlarga kiritadi. Insonni qurshagan ramziy muhit unga 
hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi, chunki shaxs ongi va inson Meni 
shakllanishiga yordam beradi. Ishora - bu inson harakatining 
boshlang‘ich, tugallanmagan unsuridir. Ishora va unga javob go‘yoki 
ishora va uni qabul qiluvchi odam o‘rtasida "joylashadigan" mohiyat 
bilan ifodalanadi.
Ishoraning mazmuni instinktiv reaksiyani chaqiradi (agar u 
tushunarli bo‘lsa). Mid "Ishoradan - ramzga" asarida shunday yozadi: 
"Ishora sotsial harakatning qandaydir bir yakunlovchi jihatini 
ifodalaydi. Bu jihatga sotsial harakatga jalb etilgan shaxslar muayyan 
javob qaytaradi, shu tariqa, mazmun javob atamalarida beriladi yoki 
ifodalanadi"1.
Ammo ishora sotsial mustahkamlangan mohiyatga ega emas. 
Holbuki, unga til ega. Sotsiolog bu asarida yana ko'rsatishicha, 
"tilning inson ongi rivojianishi uchun hal qiluvchi ahamiyati shundaki, 
bu stimul gapirayotgan shaxsga, boshqasiga ta’sir etgandek ta’sir 
ko‘rsatishga qodir bo‘ladi"2. Ramzlami translyasiya qilish jarayonida 
shaxs o‘z sherigiga harakatga undovchi bir qator stimullami ham 
beradi. Shu asosda shaxslararo o‘zaro aloqa "rollami taqlid qilib 
o‘rganish" jarayonidan iborat b o iib qoladi. Sotsial sherikning 
harakatlaridan o‘ziga xos nusxa ko‘chirish natijasida, muayyan sotsial 
ahamiyatga molik axborot uzatiladi.
Midning shaxslararo o‘zaro aloqasi konsepsiyasi esa, o‘zaro 
aloqaning sotsial omillar bilan bogiiqligi haqida qoidani o‘z ichiga 
oladi. Shaxs tomonidan atrofdagi sotsial voqyelikni his etish esa, 
uning boshqa odamlar bilan muloqot qilish tajribasi hamda dunyo va 
o‘zini boshqalar ko‘rgandek va ramzlar (ishora va til) bilan 
ifodalangandek his etish qobiliyati bilan belgilanadi.
1
М ид Дж. О т ж еста к сим волу // А мериканская социологическая мысль. Тексты - М 1996 - С
2 2 1
.
2 O 'sh a joyda. - В. 217
3 3 9


Mid fikricha, inson harakatlari dastawal muhim boigan sotsial 
xususiyatga ega. Shaxs harakatini faqat sotsial guruhning uyushgan 
harakatlari atamalarida izohlash mumkin; agar shaxs harakatlariga bir 
butun yaxlitlikda qaralmasa, ulami izohlab bo‘lmaydi.
Mid sotsial jarayon doirasida shaxslar harakatlarining bir-biriga 
moslashuvi muammosini batafsil tadqiq etadi. U o ‘zaro aloqa deb 
ta’riflagan moslashuv "kommunikatsiya vositasida yuz beradi: inson 
evolyutsiyasining ancha past darajalarida ishoralar orqali va inson 
evolyutsiyasining ancha yuqori darajalarida m a’noga ega boigan 
ramzlar orqali"1. Mid fikricha, shaxslar harakatlari moslashuvining 
asosiy omili "mazkur inson organizmining ishorasi va shu 
organizmning keyingi harakati o‘rtasidagi munosabatlar maydonida 
vujudga keladi va joylashadi"2. Istalgan sotsial harakat chogida bir 
organizmning boshqasining ishorasiga javobi esa ana shu ishoraning 
ma’nosi boiadi.
Midning qarashlariga ko‘ra, o‘zaro aloqa jarayonlari majmui 
jamiyatni va sotsial shaxsni yaratadi. Menning kelib chiqishi butkul 
sotsialdir, uning bosh xususiyati - o‘zi uchun ob'ektga aylanish 
qobiliyati, demak, o‘zini anglash qobiliyatidir. Bu esa uni jonsiz 
jismlar va tirik organizmlardan ajratib turadi.
Mid ijodida ramziy interaksionizm konsepsiyasi uning shaxs 
konsepsiyasi bilan uzviy bogiangan. Bu tabiiy hoi, chunki ramziy 
interaksionizm asosiga aynan shaxs konsepsiyasi qo‘yiladi. Bu 
konsepsiyada, olim "Men" tizimining strukturasi sifatida qabul qilgan 
shaxs strukturasi masalasi alohida o‘rin egallaydi.
Mid "Men" tizimida ikkita kichik tizimni ajratib ko'rsatadi: "I" va 
"Me". "Me" - "boshqalaming" mazkur shaxsga xos ko‘rsatmalari, 
hamjamiyatning qadriyatlari va me'yorlari majmuidir; bu shaxslar 
o‘zlarini boshqa shaxslaming ko‘zi bilan qanday ko‘rishi va ular 
o‘zlari haqidagi bu umumlashtirilgan tasawurlami o‘z!ashtirishidir. 
Aksincha, "I " mustaqil xususiyatga ega, shaxsning o‘zini o‘zi 
tasaw ur etishini anglatadi va uning o‘zligi b o iib xizmat qiladi. U 
kutilmagan harakat manbasi boiib, shaxsning sotsial stimullarga 
o‘ziga xos reaksiyasini aks ettiradi.
1
0
‘sha joyda. - B. 
220
2
М нд Дж. О т жеста к символу // А мериканская социологическая мысль. Тексты. - М., 1996. - С.
220.
3 40


"I" sotsial jarayonga aynan o‘xshaydi, u bilan uyg‘unlashib 
ketgan. Aslini olganda, Mid "I"ni nafaqat sotsial jarayon, balki 
insonning mustaqilligi va erkinligi, uning sotsial rollami tanlash va 
qayta tuzish imkoniyatlari va istiqbollari bilan tenglashtirishga intilar 
edi.
"I" kutilganidek chetga chiquvchi tarzda reaksiya ko‘rsatib, 
o'zaro aloqalar strukturasiga o‘zgarishlar kiritadi. Bu o‘zgarishlar esa 
jamlanib, sotsial jarayonning qat'iy sotsial tartibga aylanishiga yo‘l 
qo‘ymay, uning mazmunini o‘zgartiradi.
Midning shaxs strukturasiga nisbatan nuqtayi nazari esa, uning 
aslida shaxs strukturasining ikki yoqlama tabiatini e'tirof etishini 
anglatadi. Bu tabiat, bir tomondan, shaxsning o‘zligi ta’rifi 
(kimningdir fikrlari va baholariga bog‘liq bo‘lmagan ichki o‘zak) 
bilan, boshqa taraflama esa - boshqa odamlar tomonidan o‘zi haqida 
tasawurlami aniqlash va his etish bilan bogiiqdir. Shaxsga berilgan 
ana 
shu 
talqindayoq 
shaxsning 
tabiatida 
va 
strukturasida 
mujassamlashgan sotsial o‘zaro aloqa manbalarini tushunish yotadi.
Midning "I" va "Me"ning o‘zaro nisbatiga qarashlarini ko‘rib 
chiqa turib, biz "istiqbol" tushunchasini ishlatdik. U Midning ijodida 
juda katta o‘rin egallaydi.
Olim nafaqat kelajakda kutilayotgan harakat mahsulini ko‘rsatish 
uchun, balki har bir shaxsning o‘z sotsial muhitiga o‘ziga xos 
munosabatini aniqlash uchun istiqbolni tahlil qiladi. Bu sotsial muhit 
shaxs uchun "umumlashtirilgan boshqa" sifatida namoyon bo‘ladi - 
bu esa Mid tomonidan fanga kiritilgan yana bir muhim tushuncha 
hisoblanadi. 
Sotsial 
o‘zaro 
aloqalaming 
bir 
qatorida 
ular 
ishtirokchilarining kommunikatsiyasiga aynan shuning uchun ham 
yo‘l 
qo‘yiladiki, 
ular 
umumiy 
istiqbolda 
qatnashadilar 
va 
"umumlashtirilgan boshqa" rolini o‘z zimmasiga oladilar. Bu 
tushunchada guruhning (aniq sotsial muhitning) umumiy o‘zaro aloqa 
ob'ektiga nisbatan fikri aks etadi va umumlashtiriladi. "Aynan 
umumlashtirilgan boshqa shaklida, - deb yozadi Mid, - sotsial jarayon 
o‘ziga jalb etilgan va uni qo‘llab-quvvatlovchi shaxslaming harakatiga 
ta’sir qiladi. Ya’ni, hamjamiyat o‘z shaxsiy a’zolarining harakatini 
nazorat qiladi, chunki aynan shu shaklda sotsial jarayon (hamjamiyat) 
belgilovchi omil sifatida shaxs tafakkuriga kirib boradi"5.

Download 11,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish