Jiyanmuratova G. S0TS10L0 I d I y



Download 11,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/101
Sana20.07.2022
Hajmi11,54 Mb.
#825335
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   101
Bog'liq
Jiyanmuratova G.Sh. Sotsiologiya tarixi. 2020


Q aran g : 
К р а в ч е н к о
Л И
С-оц*к>жн и я 
г 
2
п. 
ix-ории
’н п хл
социологического воображения. - М . : Ю райг 20 М. -
С.
506- 507.


guruhlar darajasi va jamiyat ularning yig‘indisi sifatida) tasvirlashiga 
e'tibor qaratsak, individlar integratsiyalashuvini turlicha mexanizmlar 
bilan amalga oshiriladigan umumiy ta’sirlashuvning darajalari 
sifatida, 
shuningdek 
bu 
darajalaming 
integratsiyalashuvi 
mexanizmlari ularning bir-biriga bogiiq holda boiishi m aium
bo‘ ladi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, bu yerda integratsiya 
tushunchasi 
Emil 
Dyurkgeymning 
«...me'yorlar, 
qadriyatlar, 
maslaklar taqsimlanishi asosida individuumning o‘zini u yok bu 
sotsial guruhga yoki jamoaga mansubligini his qilishi darajasi» 
sifatidagi talqiniga yaqin hisoblanadi5.
Shuningdek, Sorokin asarlariga integralizmdan o‘z pozitsiyasini, 
nazariy g‘oyalarini talqin etishda foydalanish xususiyati xos deyish 
mumkin. Bunday tushunish asosiga «oltin o‘rtalik» tamoyilini qo‘yish 
mumkin. Umumlashgan holda uni ikki bir-biriga zid yoki ko‘plab 
turlicha tendensiyalar, tasavvurlar, nuqtai nazarlar, «polyuslar», 
attityudlaming optimal sintezini topish va taqdim etish sifatida 
ifodalash mumkin. Bu «oltin o‘rtalik» ko‘pchilikning barchasini 
«eklektik 
qorishma»sini 
emas, 
balki 
ko‘pchilikning 
integratsiyalashayotgan elmentlarining maksimal darajada pozitiv va 
minimal darajada negativ jihatlarini ifodalaydi.
Integralizmni shu tarzda tushunish mohiyati Sorokinning barcha 
asarlarini qamrab oladi, o‘zaro ta ’sirlashuv shakllari, polyarizatsiya, 
konvergensiya nazariyalari, sotsiomadaniy tizimlar almashinuvi 
g‘oyasini eslashning o‘zi kifoya. Bundan tashqari ham ko‘plab 
misollar keltirish mumkin.
Ammo, nisbatan to iiq , hajmli va ko‘p qirrali integralizm 
konsepsiyasini Sorokin o‘zining oxirgi asarlarida taqdim etadi va 
ta’kidlaydi: «Mening falsafam - integralizm»2.
Bu konsepsiya o‘zida Integral Haqiqat (integral fanning asosini 
tashkil etuvchi), integral mavjudot sifatidagi Inson, integral 
superorganik olam va Oliy integral qadriyat tushunchasini qamrab 
olgan murakkab tizimni ifodalaydi. Bu falsafa «...butun borliqni 
cheksiz sifat va miqdorlaming cheksiz X: ma’naviy va moddiy, davriy 
va boqiy, o‘zgaruvchan va o‘zgarmas, shaxsiy va shaxsdan yuqori
1 Д ж ери Д., Д ж ери Дж.. Большой толковы й социологический словарь. В 2-х томах. Т. 1. - М : 
ACT, Вече, 2000. - С. 249.
z Qarang: С орокин П.А. М оя философия - интеграллзм // СОЦИС, 1992, №10.
392


uruvchi, zamonli va zamonsiz, makonli va makonsiz, yagona va 
.ichikdan ko‘ra kattaroq va kattadan ko‘ra kattaroqlar. Bu ma’noda 
Haqiqat qo‘rqinchli sir-asromi va qarama-qarshiliklar birligi sehr- 
iodusini ifodalaydi».1
«Yangi integral nazariya bilan birga biz bir emas, balki kamida 
■ichta bilish kanaliga ega bo‘lamiz: hissiy, ratsional va hissiy dan 
yuqori-ratsionaldan yuqori ».2
Sorokinga ko‘ra, bilishning barcha uch kanalidan - sezgi, aql va 
intuitsiya - foydalangan holda erishilgan Haqiqat ulardan faqatgina 
bittasi orqali olingan haqiqatga nisbatan butunroq va qadrliroq 
haqiqatdir. «Inson bilimi tarixi - noto‘g‘ri empirik kuzatishlar, 
noto‘g‘ri talqinlar va yolg‘on intuitsiyalar bilan to‘ldirilgan qabrdir. 
Bu uch kanaldan integral tarzda foydalanilganda ular bir-birini 
to‘ldiradi va nazorat qiladi».3
Inson, Sorokinga ko‘ra, «g‘aroyib integral mavjudot» sifatida 
yetishib chiqadi: «u nafaqat hayvon organizmi, shuningdek ratsional 
fikrlovchi va faoliyatni amalga oshiruvchi ham ...»,4 «...u, 
shuningdek o‘zining ongsiz va ongli kuchlarini nazorat qila oladigan 
va ulardan chetga chiqa oladigan, va uni o‘zining intensiv ijodining 
eng yangi davrlarida «ilohiy ilhomlanish» paytida amalga oshira 
oladigan yuqori ongli ijodkordir».5 Sorokin, shuningdek, buyuk 
dinlarda ustuvor bo'lgan insonning triada konsepsiyasi bilan parallel 
o'tkazadi. Shuningdek, Sorokin noorganik, organik va superorganik 
(yoki madaniy) hodisalardan iborat «voqyelikning yangi saltanati»ni 
aniqlaydi. «...madaniy dunyo hodisalari «mohiyat»ining (g‘oya, 
qadriyat, 
axloq-odob 
me'yorlari) 
jismoniy 
va/yoki 
hayotiy 
komponentlami qoplaydigan «nomoddiy» komponentiga ega».6
Bundan tashqari, Sorokin ta’kidlaydiki, mohiyat komponenti 
noorganik va organik hodisalar tabiatini o ‘zgartiradi: « ...o ‘zining 
mohiyatidan mahrum bo‘lgan Venera Milosskaya marmaming oddiy 
bo‘lagiga aylanadi».7 Superorganik dunyo madaniy dunyoning 
mafkuraviy (til, fan, texnika, din, falsafa, huquq, etika, turlicha
1 O ’sha joyda. - B . 134.
2 С орокин П.А. Главные тенденции наш его времени. - М., 1997,- С. 48.
3 С орокин П .А М оя ф илософ ия - и н тегр ал и зм / / СОЦИС. 1992. № 1 0 .- С . 134.
4 С орокин П. А. Главные тенденции наш его времени. - М ., 1997 - С. 51.
5 С орокин П А. Моя философия - интегрализм
И
СОЦИС. 1992. № 10. - С. 135.
6 0 ‘sha joyda.
7 0 ‘sha joyda.
3 9 3


nazariyalar va h.k. tizimiga birlashgan mohiyatlar), moddiy (butun bir 
moddiy 
madaniyat), 
shaxsga 
oid 
(sotsiomadaniy 
shaxs 
va 
sotsiomadaniy guruh sifatidagi barcha individlar) va bixevioristik 
(individlaming barcha ochiq harakatlari, marosimlari, udumlari, xulq- 
atvorlari) hodisalarini o ‘z ichiga oladi. Va bu atrof-muhit «...har bir 
individni va guruhni o‘rab oladi, shartlaydi va shakllantiradi».1
Superorganik olamning mohiyatli qadriyatlari orasida Sorokin 
oliy integral qadriyatni ajratib oladi - «ezgulikning haqqoniy 
cho‘qqisi» - «Haqiqat, Ezgulik va Go‘zallikning ko'rinmas yaxlit 
uchligi». «Va Yaxlit uchlikning har bir a’zosi o‘ziga xos 
individuallikka ega boisada, ulami bir-biridan ajratish mumkin 
emas... Haqqoniy Haqiqat doim yaxshi va go‘zal; haqqoniy Eezgulik 
doimo haq va go‘zal; va sof Go'zallik doimo haq va yaxshi boiadi. 
Bu buyuk qadriyatlar nafaqat bir-biridan ajralmas, balki xuddi bir 
energiya shakli boshqasiga o‘zgargani kabi ular ham bir-biriga 
aylanish xususiyatiga ham ega».2 Muallif ta’kidlaydiki: «...yangi 
shakllanayotgan sotsiomadaniy tuzum din, falsafa, fan, etika, 
san'atning ixtiyoriy tarzda Haqiqat, Ezgulik va Go‘zallikning oliy 
qadriyatlari integratsiyalashgan tizimiga birlashishini bildiradi».3
Yuqorida tasvirlangan murakkab tizim Integral jamiyatning 
asosiy xususiyatlarini ifodalaydi, buni Sorokin sotsiomadaniy 
tizimdagi inqirozni yengish uchun eng ma’qul tarixiy strategiya deb 
biladi. Sorokin Integralizmga boiajak ijtimoiy tuzumning paradigmal 
asosi sifatida qaraydi.
Lekin Sorokin nafaqat Integral jamiyatni tushuntiradi va uni 
qurish lozimligini asoslaydi, balki u yanada uzoqroqqa boradi va unga 
yordam berishi mumkin boigan strategiyani chuqur tahlil qiladi. 
Uning asosiga - butun olamga altruistik muhabbat g'oyasini yoyishni 
qo‘yadi, uni har tomonlama o‘rganishga umrining qolgan so‘nggi 
yillarini, o‘zi tomonidan tashkil etilgan ijodiy altruizmni o‘rganish 
bo‘yicha Garvard markazida ishlarini bagishlaydi.
Pitirim Sorokin uchun jamiyat - millionlab individlaming 
uyg‘unlashgan harakati hisoblanadi, agar jamiyat ijtimoiy yovuzlikni 
yo‘q qilish va integral barqarorlikka erishishni xohlasa, insonlami 
yaxshi qilishi, ya’ni «insonning barcha insonlarga, barcha tirik
1 0 ‘sh a jo y d a. - В 136.
2 С о р о к и н П
А. 
М о я ф и л о с о ф и я - и н т е гр а л и з м // С О Ц И С . 
1992. № 10. -
С. 
136.
3 С орокин П. А. Главные тенденции нашего времени. - М., 1 9 9 7 - С . 86.
3 9 4


jonzotlarga, butun olamga diniy-axloqiy yo‘nalgan, sharllanmagan va 
doimiy muhabbati yo'liga turishi lozim bo‘ladi».'
Ijodiy altruizm bo‘yicha tadqiqot markazini tashkil etishga 
Sorokin Amerikada mashhur filantrop, biznesmen va metsenat Eli 
Lilining moddiy qo‘llab-quvvatlashi, ya’ni u tomonidan Markaz 
ehtiyojlari uchun ajratilgan 100 ming AQSh dollari tufayli erishadi, va 
qisqa muddatda Markaz 12 jilddan iborat ilmiy asarlarni nashr ettiradi, 
ulaming har birida Sorokinning o‘zining ishlari muhim o‘rin tutadi.
Sorokin ko‘proq xatib va diniy ulamolar faoliyati maydoni 
bo‘lgan etika sohasini ishlab chiqadi, u ayrim diniy tushunchalar va 
qadriyatlami qan korpusiga assimilyasiyalashga erishadi.
Uning konsepsiyasi asosini quyidagilar tashkil etadi. «Muhabbat 
rohati» - insonga ma’lum bo‘lgan uchta yuqori enenrgiyadan biri, и 
pozitiv polyarizatsiyani mobilizatsiya qiluvchi kuchidir va tarixiy 
progressni yaratuvchi energiya sifatida xizmat qiladi. Sorokin uning 
funksiyalarini ajratadi: «... и shaxslararo va guruhlararo agressiyani 
to‘xtata oladigan; adovatli munosabatlarni do‘stona munosabatlarga 
aylantira oladigan real kuch bo‘Iib kelgan va bo iib qoladi, ular 
[tadqiqotlar] yana shuni ko‘rsatdiki: muhabbat muhabbatni keltirib 
chiqaradi, nafrat esa nafratni; muhabbat xalqaro siyosatga ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin va konfliktlami tinchitadi; muhabbat - hayot 
baxsh etuvchi kuch bo‘lib, ham jismoniy, ham ma’naviy sog‘lik uchun 
zarur; 
altruistlar xudbinlarga qaraganda ko‘proq yashaydilar
muhabbatni his etmagan bolalaming ma’naviy va ijtimoiy defektli 
bo‘lish ehtimoli yuqori; muhabbat jinoiy, patologik va suitsidal 
tendensiyalarga, nafratga, qo‘rquvga va psixonevrozlarga qarshi dori 
vazifasini o‘taydi; muhabbat bilishga oid va estetik muhim 
funksiyalami bajaradi; и insoniyatni ma’rifatli qilish va m a’naviy 
jihatdan yaxshilash uchun xizmat qiladigan eng yuqori va eng 
samarali tarbiyaviy kuchdir; и erkinlik va barcha asosiy m a’naviy 
hamda diniy qadriyatlaming yuragidir; har qanday jamiyatning 
hayotini uzaytirish uchun, uyg‘un ijtimoiy tartibot va ijodiy progress 
uchun minimum muhabbat zarurdir; va nihoyat, hozirgi kundagi 
tarixning fojiali paytda rost «muhabbat-energiyani ishlab chiqarish
taqsimlash va sirkulyasiya qilish»ning o‘sishi va individlar, institutlar 
va madaniyatning m a’lum m a’noda altruizatsiyasi yangi urushlami
1 С орокин П. А. Таинственная энергия лю б ви 
Н
СОЦИС. 1991. № 8. - С . 119.
3 9 5


oldini olish va shaxslararo va guruhlararo nizolami yumshatishning 
muhim sharti bo‘lib xizmat qiladi».1
Bu holatlaming barchasi ming yillik tarixni va bir necha ming 
tarjimai hollami, kollej talabalari, kasalxona bemorlari, 500 ga yaqin 
amerikaliklar - «rahmdil va yaxshi qo‘shnilar»ni tahlil qilish asosidagi 
sotsiologik tadqiqotlar orqali isbotlanadi. Har qanday ijtimoiy hodisa 
singari muhabbat energiyasi miqdoriy jihatdan oichanishi mumkin.
Sorokin muhabbat kuchining beshta o‘lchamini ajratadi -
intensivlik, ekstensivlik, davomiylik, soflik va adekvatlilik. Altruistik 
maqsadlaming sub'ektivligi ham ularning ob'ektiv natijalari bilan 
birga altruistik muhabbat energiyasining jamlanma oichamini olishga 
harakat qiladi. «ishlab chiqarish, to‘plash va taqsimlash kabi iqtisodiy 
terminlaming muhabbat energiyasiga nisbatan ishlatilishi paradoksal 
(mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan) bo‘lib ko‘rinadi. Lekin, haqiqatda u 
resurs 
va 
investitsiyalami 
taqsimlash, 
siyosiy 
maqsad 
va 
ustuvorliklami aniqlash, ijtimoiy institutlaming yaratilishi va 
funksionallashuvi, ta’lim jarayonlarining - bolalar bog‘chasidan tortib 
to kattalami o‘qitishgacha, teatr repertuarlarini, teledasturlami, 
adabiyotlami nashr etishni, vaqtli matbuotning mohiyatini aniqlashda, 
va nihoyat, iqtisodiyotni va jamiyatni harbiylashtirishga ajratiladigan 
mablag‘ni cheklash bilan bogiiq chuqur ma’noga ega».2
Markazning tadqiqot dasturi sotsial harakatning beshta darajasini 
jamlagan: individlami tayyorlash, birlamchi guruhlar, ikkilamchi 
guruhlar, hamjamiyatlar, davlatlar. Aslida, u Sorokinning yangi asrga 
kirish proektini, jamiyatni rekonstruksiya qilish dasturini anglatardi, 
yangi Integral sivilizatsiya konturlarini yaratishni, shuningdek, 
altruizmni inStitutsionallashtirishni vazifa qilib olgan edi.
Pitirim Sorokin (1889-1968). Sorokin Parsonsnikidan ko‘ra 
kengroq va murakkabroq nazariyani yaratgan. Uning nisbatan to iiq
izohini 1937-va 1941-yillar oraligida nashr etilgan to‘rt jildlik 
«Sotsial va madaniy dinamika» kitobida ko‘rish mumkin. Bu asarida 
sotsial va madaniy o‘zgarishlaming yaxlit nazariyasini ishlab chiqish 
maqsadida Sorokin keng koiam li empirik maiumotlami keltiradi. 
Sotsial o‘zgarishlaming evolyutsion nazariyasini ishlab chiqqan 
olimlardan farqli ravishda, Sorokin siklik nazariyani ishlab chiqdi. U
1 Я ковец Ю.В. Великие прозрения П итирима Сорокина // СОЦИС. 1999. №6. - С. 9.
2
Яковец Ю.В. Великие прозрения П итирима Сорокина // СОЦИС. 1999. №6. - С. 9.
3 9 6


jamiyatlar uchta turli xil mentalliklardan o‘tadi, deb hisoblaydi: hissiy, 
mushohadaga asoslangan (mavhum) va idealistik. 
Hissiy
tur 
hukmronlik qilgan jamiyatlar voqyelikni anglashda hissiyotlarning 
roliga asosiy ahamiyat beradi; voqyelikni transsendental va diniy 
tomonlama tushunish xos b o ig an jamiyatlar -

Download 11,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish