Strukturaviy funksionalizm - структурный функционализм
-
structural functionalism
- funksionalizmdan farqli ravishda u turli
strukturalaming tahlilidan ular tomonidan bajariladigan funksiyalarni
topishga e'tibor qaratadi. T.Parsons tomonidan kiritilgan.
Stratalar - страты - stratum
- boylik, prestij, hokimiyat va
ta’limga turlicha imkoniyatlari bilan farqlanuvchi katta sotsial
guruhlar.
Vertikal mobillik - вертикальная мобильность - vertical
mobility
- Sorokinga ko‘ra, individ yoki sotsial guruh mavqyeining
bir sotsial qatlamdan boshqa bir qatlamga, yuqoriga yoki quyiga qarab
o‘zgarishi.
401
T. PARSONSNING STRUKTURAVIY-FUNKSIONAL
NAZARIYASI
Reja:
1. Talkott Parsonsning hayoti va ijodi
2. Sotsial harakat nazariyasi
3. Sotsial harakat tizimi
4. Strukturaviy funksionalizm g'oyasi
5. Jamiyat va uning turlari
6. Jamiyat evolyutsiyasi bosqichlari
1.
Talkott Parsons
XX
asming yung yirik sotsiolog-
nazariyotchilaridan biri. Ilmiy jumal sahifalarida uning ilk ishlari
nashr etilganda yevropada jahon urushi oqibatida barqarorsizlik hukm
surgan va bundanda ogMrroq voqyealar, sotsiologik nazariyaning
buyuk namoyandalarining ilk avlodi sahnadan ketishi kuzatilayotgan
edi (E.Dyurkgeym 1918-yil, M.Veber 1921-yil, V.Pareto 1923-yil
vafot etgan edi; F.Tyonnis o ‘z ishlarini yozsada, ta’lim sohasidan
ajratiigan, xalqaro ilmiy jamoatchilik bilan aloqalari uzilgan edi),
AQSh esa ilmiy potensial kengayib borgan boisada, xali veri ilmiy
dunyoning bir chetida qolib ketaverdi. Parsons vafot etganda AQSh
yirik ilmiy hokimiyatga aylandi. Parsonsning olim sifatidagi hissasi
nafaqat bunda, balki sotsiologik nazariyalar taraqqiyotida vorisiyikni
y o ig a qo‘yganligi bilan belgilanadi. Klassik sotsiologlar ishlarini
chuqur o‘rganib (ayniqsa, yevropa olimlari), ularning g ‘oyalarini
chuqur tahlil qilib, ularning boy tajribasini o ‘z konsepsiyalarida
boyitdi. Parsonsning nazariy ishlariga e'tibor qilsak, ularda klassik
sotsiologlaming bugungi kunimizgacha ham eskirmagan, boy
me'rosini to‘la holda saqlab qolinganini ko‘rishimiz mumkin.
Talkott Parsons (1902-1979) 1902-yil 13-dekabrda AQShda,
Kolorado shtatining Kolorado-Springs shahrida tug‘ilgan. U ziyoli
oiladan kelib chiqqan, otasi kongregatsiya ruhoniysi, professor va
oxir-oqibat uncha katta boim agan kollejning prezidenti boigan.
Parsons noyob iste’dod egasi boigan, shuningdek o ‘ziga xos sintetik
tafakkurga ega bo‘lib, u tabiatshunoslik, iqtisod, sotsiologiya faniari
sirlarini chuqur o‘rgandi. Dastlabki taiim ni 1920-1924-yillarda
Garvarddagi Amxerst kollejida tibbiyot bo‘yicha olgan, uning
402
Junyoqarashi shakllanishiga ushbu davming mashhur iqtisodchi olimi
Hilton Xamilton katta ta’sir etdi - uning ijtimoiy fanlarga bo‘lgan
qiziqishi kuchaydi. Afsuski, Parsons kollejni bitirishiga bir yil
qolganda bu olim kollejdan haydaladi. Psrsons biologiya, falsafa, va
ayniqsa I.Kantning «Sof aqlning tanqidi» asarini chuqur o‘rgandi. U
Angliya adabiyoti kurslarida qatnashmoqchi edi. Aspiranturada
o'qishni juda orzu qilardi, hatto meditsina bo‘yicha ham shuhrat
qozonmoqchi boidi.
Bobosining
yordamida
Londondagi
iqtisod
maktabida
aspiranturada o‘qishni davom ettirgan. Undan so‘ng 1925-1926-
villarda Germaniyaning Geydelberg universitetida ta iim olgan.
Geydelbergda Maks Veber o‘zining eng obro‘-e'tibor qozongan
davrlarini o ‘tkazgan Parsonsning bu yerga kelishidan besh yil oldin
vafot etgan edi. Vebeming bevasi o‘z uyida uchrashuvlar tashkil etar
edi, Parsons ham ularga tashrif buyurar edi. Vebeming ijodidan kuchli
ta’sirlangan Parsons uning «Protestant etikasi va kapitalizm ruhi»
asarini ingliz tiliga tarjima qilgan. Geydelbergda u Edgar Zamin
rahbaligida «Yangi nemis adabiyotida kapitalizm tushunchasi»
mavzusida dissertatsiya yozishga kirishadi, asosiy e'tiborini Vemer
Zombartning «Hozirgi zamon kapitalizmi» nomli yirik asari va Maks
Veber taiim otiga qaratadi. Parsons ilmiy tadqiqotining ikki asosiy
yo‘nalishi quyidagilar boigan:
1.
Kapitalizmning ijtimoiy iqtisodiy tizim sifatidagi tabiati;
2.
Maks Veber sotsiologiyaning yirik nazariyotchisi.
Amxrestda o‘qituvchilikning birinchi tili hamda dissertatsiya
ustida nutq bilan ishlash jarayonida iqtisod va siyosat o‘rtasidagi
o'zaro munosabat masalasini o‘rganishga kirishish zarurligini sezdi.
Nomzodlik darajasini olganidan so‘ng Parsons fakultet dekani
boiib kelgan Richard Merdiam bilan uchrashadi. U Pas’hrsonsga
katta yordam beradi. Merdiam Parsonsning Geydelbergda olgan
iqtisodiy bilimlarini yanada chuqurlashtirishga turtki beradi va
yordam qiladi. Natijada parsons Germaniyaning falsafa doktori
unvonini oladi. Merdiam Parsonsni Garvardga o‘qituvchilikka tavsiya
beradi va joylashishga yordam beradi. 1927-yildan boshlab Garvard
universitetida iqtisodiyotdan dars berishni boshlaydi. Garvardlik
iqtisodchilar T.Parsons dunyoqarashiga katta ta’sir etdi. Ayniqsa,
tarixchi va iqtisodchi Edving Gey unga juda samimiy munosabatda
boiadi va yordam qiladi. Iqtisod nazariyasi asta-sekin Parsons uchun
403
“ichki nazariy matritsa b o iib bordi”. Bunga yana sotsiologiya
nazariyasi ham qo‘shila boradi. Parsonsni, ayniqsa, Alfreyd Marshall
iqtisodiy nazariyasi juda qiziqtirdi. Marshall o‘sha davr «ortdoksal»
yoki «neoklassik» iqtisodiy nazariyasi bo‘yicha dunyoda juda
mashhur edi.
Marshallning iqtisodiy sotsiologiyasi, ya’ni iqtisod bilan
sotsiologiyani birga qo‘shilishi Parsons uchun kelgusida shuhrat
qozonishga va to‘g ‘ri nazariy yo‘l olishga imkon berdi. Shu yeming
o‘zida 1931-yilda sotsiologiya fakultetida ishga o‘tadi va shu yerda
P.Sorokin bilan tanishadi. Bu universitetda u 42 yil davomida ishlagan
va
1973-yilda
nafaqaga
chiqqan.
1944-yilda
u
Garvard
universitetining sotsiologiya fakultetiga dekan boigan. 1949-yilda
AQShning sharqiy shtatlari sotsiologiya assotsiatsiyasining prezidenti
etib saylangan. Parsons Amerika Fanlar Akademiyasiga prezident
bo‘lgan, u bunday yuqori martabaga erishgan birinchi jamiyatshunos
boigan.
Talkott Parsons 1979-yil 8-mayda Myunxenda olamdan o‘tgan.
Parsons o‘z faoliyatini iqtisodchi sifatida boshlagan. Angliyada
b o ia turib A.Marshall, Germaniyada o‘qiyotgan paytida esa
qarashlari o‘ziga yaxshi ta’sir ko‘rsatgan F.Tyonnis, G.Zimmel,
M.Veber faoliyati bilan tanishib chiqqan. Darvoqye, uning birinchi va
eng asosiy kitobi hisoblangan “Sotsial harakat tizimi”ni (1937)
“Zimmelni hozir kim o‘qimoqda?”, degan savol bilan boshlagan1. Bu
kitob XX asming eng yaxshi nazariy sotsiologik izlanishlardan biri
hisoblanadi. Parsonsning o‘zi ushbu kitobni professional faoliyatidagi
katta burilish nuqtasi, deb hisoblagan.
Yuqoridagidan tashqari quyidagi asosiy kitoblari mavjud: “Sotsial
tizim” (1951), “Harakatning umumqamrovli nazariyasiga” (E.Shilz
bilan hammualliflikda, 1951), “Jamiyat: evolyutsion va qiyosiy
istiqbollar” (1966), “Sotsiologik nazariya va zamonaviy jamiyat”
(1967), “Sotsial struktura va shaxs” (1970), “Sotsial tizim va harakat
nazariyasi evolyutsiyasi” (1977), “Harakat nazariyasi va inson
tuzilishi” (1978) kabi asarlami yozgan. Rus tiliga Parsonsning 2 ta
yirik asari taijima qilingan. Uning asarlari tushunish uchun qiyin
boiib hisblanadi.
5 Qarang: Парсонс Т. О структуре социального действия. - М .; А кадемический проспект, 2002.
4 0 4
Parsons o‘zining tashqi dunyodan uzilgan hayoti davomida
(deyarli butun ijodiy hayotini Garvard universitetida o‘tkazgan)
sotsiologiya doirasida yirik asarlar boim agan bir paytda mashhurlik
cho‘qqisiga ko‘tarilgan paytlari ham bo‘lgan, shuningdek, 1970-
yillarda uning faoliyati qattiq tanqid ostiga olingan va asarlarining
qadr-qimmati yerga urilgan paytlami ham boshidan o ‘tkazgan.
Shunday b o isa ham u o‘ziga hamda fikr va g‘oyalarining kelajakda
sotsiologiya fani va umuman jamiyatga katta foyda keltirishiga
ishongan.
Parsons yaratgan asosiy konsepsiyalarga quyidagilar kiradi:
sotsial harakat,
sotsial
tizim
va
strukturaviy
fimksionalizm
nazariyalari. Uslubiy jihatdan ular bir-biri bilan bog‘liq va ularning
asosida birinchisi, ya’ni sotsial harakat nazariyasi turadi. Bu
nazariyalaming har birining mazmun-mohiyatini qolgan ikkisining u
yoki bu jihatiga to‘xtalib o‘tmasdan tushuntirishning iloji yo‘q.
Bundan tashqari, ushbu nazariyalar Parsons ijodida mana shu ketma-
ketlikda taqdim etilgan.
Umumiy qilib aytganda, Parsonsning jamiyatga va uning
evolyutsion taraqqiyoti tahliliga bag‘ishlangan sotsiologiyasi undagi
barqarorlik, integratsiya, tartib va muvozanatni asoslashga qaratilgan
deyish mumkin. Uning ijodi mavhum xususiyatga ega bo‘lgan sof
nazariya taraqqiyotining namunasi hisoblanadi. Parsonsdan nega
bunday umumiy va mavhum nazariya bilan shug‘uIlanayotganligini
so‘rashganda u: “Men jamiyatni o‘rganishga kirishayotganimda
sotsiologik nazariyaning barcha xususiy sohalari allaqachon tanlab
boiingan edi, shu sababli ham umumqamrovli nazariyani tanlashdan
boshqa choram qolmagan edi”, deb yarim hazil tarzda javob bergan
ekan1.
Parsonsning mavhum tabiatga ega boigan nazariyasi bir necha
bor kulguga ham olingan. Bir misolni keltiradigan boisak, u
R.Mertonning
mashhur
sotsiolog
va
sotsial
psixolog
olim
G.M.Andreevaning savoliga javobi bilan bogiiq.
Merton 1960-yillarda Sovet Ittifoqiga boigan tashrif buyurib
Faniari Akademiyasi Falsafa institutida zamonaviy sotsiologik
nazariyalar holati haqida ma’ruza qilgan edi. Hisobotdan so‘ng unga
1 Qarang: Зборовский Г.Е. И стория социологии: современный этап: учеб. для вузов. 2 -е изд.,
испр.
и
доп.
- С ургут [и др.]: РИО СурГПУ, 2015. - С . 61.
405
bir necha savollar bilan murojaat qilishgan. Usha savollardan biri
Andreevaga tegishli edi va u Parsonsning mavhum nazariyalarini
tushunish qiyinligi bilan bog‘liq bo‘lgan. Savol quyidagicha edi:
“Janob Merton! Parsonsning nazariyalari mazmun-mohiyatini qanday
qilib tushunasiz? Men ulami o‘qiganimda ko‘pi bilan 10% ini
tushunaman”. Merton hazilomuz tabassum qilib, darhol javob berdi:
“Bilasizmi, men ham uni
o‘qiganimda 20%
dan ortig‘ini
tushunmayman, lekin o‘ylashimcha, Parsons ham o‘z asarlarini
o‘qiganida 30% dan ko'pini tushunmagan bo‘lsa kerak” 1.
Ko‘pgina
nazariyotchi
olimlar
Parsonsning
qarashlari
shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Ular orasida birinchi navbatda
E.Dyurkgeym va M.Veber nomlarini tilga olmay ilojimiz yo'q.
Parsons E.Dyurgeymni tushunish uchun uning «Ijtimoiy mehnat
taqsimoti to‘g‘risida» (1893) asarini o‘rgandi. Natijada u Dyurkgeym
qarashlari Vebeming kapitalizm rivojlanishi va Marshallning erkin
tadbirkorlik konsepsiyasi bilan bogianganligini ko‘rsatdi. Dyurkgeym
va Vebeming asosan sotsial harakat va strukturaviy funksional tahlil
nazariyalariga ta’sirini e'tirof etish lozim.
Bundan tashqari, jamiyat va uning tarkibiga tizimli yondashuv
borasidagi fikrlar haqida gapirganda V.Pareto va A.Marshallami ham
eslab o ‘tish joiz. Parsonsning jamiyatning sotsiomadaniy taraqqiyoti
borasidagi qarashlariga Britaniya sotsial antropologiyasi va uning eng
ko'zga ko‘ringan ikki vakillari hisoblangan B.Malinovskiy v
A.RadklifT-Braunlaming faoliyati jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Parsonsning
o‘zi sotsiologik nazariyasini uch yo‘nalish sintezi sifatida talqin etgan:
Dyurkgeymning strukturaviy funksional tahlili, Vebeming sotsial
harakat nazariyasi, Malinovskiy va Radkliff-Braunning sotsial
antropologiyasi.
Parsons nazariyasining g‘oyaviy asoslarini qidirishda shuni
inobatga olish zarurki, Amerika sotsiologik nazariyasi yevropa
sotsiologiyasining Dyurkgeym, Veber, Pareto va shu kabi yirik
vakillari tomonidan asos solingan nazariy an'analari negizida paydo
bo'lgan.
Parsons ishlarining asosiy qismi ulaming g‘oyalariga xos boigan
xususiyatlar bilan yo‘g‘rilgan. Parsons olamni qadriyat, me'yor,
ahamiyat kabi g‘oyaviy tushunchalari asosida ko‘rgan. U asosiy
1 Зборовский Г.Е. И стория социологии: современный этап: учеб.
для
вузов. 2-е изд., испр и доп
- Сургут [и др.]: РИО СурГПУ, 2015. - С. 61.
4 0 6
e'tibomi harakatlar tizimida inson harakatini tashkil etishga qaratgan.
Bunda u tizimni qismlaming oddiygina yig‘indisi emas, balki bir-
biriga uzviy bog‘liq qismlar yig‘indisi sifatida tasaw ur qilgan. Bu
ma’noda u jamiyatni tirik organizm tizimi sifatida olib qaragan.
Parsons
«tizim» i
«funksiya» tushunchalarini
fanga kiritib,
T.Gobbsning “Sotsial tartibga qanday erishiladi?”, degan savoliga
javob izlagan. Uning asosiy javobi shundan iborat b oigan edi: tizim
muvozanatga, qismlami muvofiqlashtirishga, o ‘z mustaqilligini saqlab
qolishga intiladi.
2.
Yuqorida
ta ’kidlab
o‘tganimizdek,
Parsons
o‘zining
nazariyasini shakllantirishda A.Marshall, V.Pareto, E.Dyurkgeym aa
M.Veberlar tomonidan taqdim etilgan nazariyalaming eng ilg‘or
jihatlarini umumlashtirishga harakat qilgan. Bu nazariyalar individ o ‘z
harakatlarini ongli va ratsional tarzda amalga oshirishi g‘oyasini ilgari
suradi. Shuningdek, aynan onglilik va ratsionallik individlaming bir-
biriga nisbatan amalga oshiradigan harakatlarining asosini tashkil
etadi. Lekin, individlar xulq-atvoridagi bu “egoizm” amalda ijtimoiy
tartibga erishish mumkin emasligini taqazo etadi. Bu muammodan
chiqib ketishning ikki y o ii bor edi: ijtimoiy tartibni individlaming
ko‘ngilli va ongli tarzdagi kelishuvi natijasi sifatida olib qarash, yoki
individlardan tashqarida - ulami o‘z harakatlarini bir-birlariga
moslashtirishga majbur qiladigan “tashqi” omillarning mavjudligini
tan olish.
Parsonsning sotsial harakat nazariyasi bu ikki y o in i murosaga
olib kelishi lozim edi, ya’ni individlar xulq-atvorining ongliligi va
ratsionalligi rad etmagan holda ijtimoiy tartibning shart-sharoitlari va
unga erishish mumkinligini ko‘rsatishi lozim edi. Parsons bunday
nazariyani yaratish uchun sotsial harakatga “utilitar” qarashga
asoslangan mavhum muholifatni yaratishdan boshlaydi. Bu “utilitar
konsepsiya”ning mazmun-mohiyati individning harakatlari uning
ichki motivlariga asoslanganligi va o‘ta samarali usullar bilan o‘zining
egoistik maqsadlariga erishishga yo‘naltirilganligi to ‘g‘risidagi
tasawurni qamrab oladi. Sotsial harakatga bunday “pragmatik” qarash
- barchani barchaga qarshi qo‘yish - sotsial tartibsizlikka olib keladi,
kelishuv va barqarorlikka erishuv ehtimolini yo‘qqa chiqaradi.
Sotsiologik nazariya mumtozlarining asarlarini ko‘rib chiqib,
Parsons ularda individual harakat turli xil maqsadlar va ularga
erishishning turli usullaridan birining vaziyat bilan chegaralangan
407
ongli va ratsional tanlovi sifatida talqin etilgan, degan xulosaga keladi.
Parsons vaziyatnining ikki turini farqlaydi: o‘zgaruvchan va
o‘zgarmaydigan. Birinchisi inson tomonidan o ‘zgartirilishi mumkin
bo‘lgan omillami o‘z ichiga oladi, ular maqsadga erishish vositalari
sifatida taqdim etilishi mumkin; ikkinchisi esa o ‘zgarmaydi, ya’ni
harakatni aniqlaydigan shart-sharoitlami qamrab oladi. Bundan
tashqari, har bir harakat ramziy darajada qayd etilishi zarur. Shunday
qilib, harakat tarkib va jarayonlardan tashkil topadi, ular yordamida
individ ahamiyatli (“belgilangan”, ramzli tarzda taqdim etilgan)
intensiyalami shakllantiradi va konkret vaziyatlarda ulardan u yoki bu
tarzda foydalanadi. Intensiya va uni qo‘llash harakat tizimining
vaziyatdan kelib chiqib munosabatlami maqsadli tarzda o‘zgartirishga
yo‘nalganligini (individual yoki jamoaviy) nazarda tutadi.
Parsons xulq-atvor tushunchasidan ko‘ra, harakat tushunchasini
afzal ko‘radi, chunki nazariyotchi sifatida uni xulq-atvoming
ko‘rinishlari emas, balki xulq-atvor ko‘rinishlarining barqaror
yig‘indisi shaklanishi jarayoni, bu jarayonni boshqaruvchi uning
natijalari va mexanizmlari qiziqtirar edi.
Faoliyat - insonning dunyo va ongni maqsadli o‘zgartirishi va
qayta shakllantirishida namoyon boiuvchi, maqsad, vositalar va
natijadan tashkil topgan jarayon.
Xulq-atvor - sub'ekt tomonidan m aium bir funksiyani
realizatsiya qilish maqsadida amalga oshiriladigan va atrof-muhit
bilan o ‘zaro ta’sirlashuvini taqozo etadigan, bir-biri bilan o‘zaro
aloqador xatti-harakatlar tizimi. Xulq-atvorda inson shaxsi, uning
xarakterining, temperamentining o‘ziga xos xususiyatlari, ehtiyoj lari,
did-farosati namoyon bo'ladi, uning predmetlarga bo‘lgan munosabati
ko‘rinadi.
Sotsial harakat konsepsiyasi va harakatning umumqamrovli
nazariyasini Parsons o‘zining urushdan keyingi davrdagi ijodiy
ishlarida ham davom ettiradi. Bulardan “Sotsial tizim” va
“Harakatning umumqamrovli nazariyasiga” asarlarini misol qilib
keltirish mumkin. U tomonidan taqdim etilgan harakatning umumiy
modeli (Parsons uni «yagona (unit) harakat" deb nomlaydi) insonning
har qanday harakatining umulashgan modeli sifatida tahliliy
abstraksiyani namoyon etadi. Bu model o‘z ichiga quyidagilami oladi:
birinchidan, harakat qiluvchi shaxs (aktor) - harakatga qilishga
intilayotgan, ma’lum bir maqsadlarga ega va ularga erishish usullarini
408
■alqin etishga qodir inson;ikkinchidan, vaziyat - harakat yo‘naltirilgan
va uni shartlab qo‘yadigan o‘zgaruvchan va o‘zgarmas omillar
Vaziyat bir necha ijtimoiy, madaniy, moddiy omillardan tashkil
topadi, ular harakatning mavjud bo‘lishi ehtimolini belgilaydi va uni
ianlash makonini chegaralaydi. Individual harakat sifatida xulq-atvor
namunalari ma’lum bir belgilar tizimi bilan talqin etiladigan ongli
xohish-istaklar asosida u yoki bu maqsadlarga erishish sifatida
iushuntirilishi mumkin. Lekin inson harakatni amalga oshirishi uchun
organizm va ramziy tizim (qayd etish tili) zarur, ulami individual
darajada tushunib yetish mumkin emas.
Vaziyatni belgilab beruvchi birinchi omil - bu
Do'stlaringiz bilan baham: |