Jiyanmuratova G. S0TS10L0 I d I y



Download 11,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/101
Sana20.07.2022
Hajmi11,54 Mb.
#825335
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   101
Bog'liq
Jiyanmuratova G.Sh. Sotsiologiya tarixi. 2020

biologik organizm.
Bu Parsons tomonidan alohida insonning anatomik tuzilishi sifatida 
emas, balki uning homo sapiens sifatida ajratib turuvchi biologik 
xususiyatlari yig‘indisi sifatida olib qaraladi. Tabiiyki, bu xususiyatlar 
o‘zicha mavjud bo‘la olmaydi, balki har bir tur vakilining o‘ziga xos 
va takrorlanmas moslashuvida namoyon bo‘ladi. Ular insonning 
alohida, mavhum biologik modeli sifatida namoyon bo‘ladi. Lekin 
individual biologik xususiyatlar konkret vaziyatda konkret individning 
harakatiga ta ’sir o‘tkazsa, u holda harakatning umumqamrovli modeli 
sifatida u yoki bu turning xususiyatlari olinadi. Masalan, fundamental 
biologik jihatdan ikki jinsga boiiriish insonning umuman barcha 
harakatlariga ta’sir ko'rsatuvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi.
Ikkinchi bir muhim omil sifatida Parsons 
madaniy
f/z/wlarni olib 
qaraydi. U madaniy tizimlami insonning gapira olish va genetik 
boim agan holda malaka uzatish qobiliyatiga asoslangan ramziy 
tashkil etilgan namunalar sifatida tushunadi. Albatta, bu qobiliyatlami 
insonning biologik tuzilishi belgilab beradi, lekin biologik daraja 
inson tomonidan yaratiladigan, foydalaniladigan va uzatiladigan 
o'ziga xos ramziy tizimlaming mavjudligini emas, balki faqatgina 
nutqning mavjud boiishini belgilab beradi. Parsons ta’kidlashicha, 
madaniy tizimlaming o ‘ziga xosligi shundaki, ular birgina inson 
tomonidan yaratilmaydi va ulami individual darajada tushunish 
mumkin emas. Madaniy tizimlaming asosiy namunalari (turg‘un 
namunalar) bir necha avlodlar hayoti davomida o‘zgarishi mumkin va 
ulardan juda ko‘plab insonlar foydalanadi. Parsonsga ko‘ra, yirik 
madaniy namunalar strukturaviy jihatdan turg‘un harakatlar tiziinini 
ta’minlaydiki, hatto bu turg‘unlikni biologik turning genetik kodiga 
ham o‘xshatish mumkin bo‘ladi
4 0 9


Yuqorida qayd etilgan bu ikki omil harakatning umumiy tizimiga 
barqarorlik xususiyatini baxsh etadi va uni chegaralaydi. Ulaming 
birgalikdagi mavjudligi yana ikki omilning paydo bo‘lishini taqazo 
etadi. Bular: individ va sotsial tizim. Bir tomondan genetik kod bilan, 
boshqa tomondan esa madaniy namunalar bilan chegaralanish 
doirasida individ yoki guruh o‘zining ulardan strukturaviy jihatdan 
mustaqil shaxsiy xulq-atvor tizimini rivojlantirish imkoniyatiga ega 
boiadi. Har bir individ o‘ziga xos biologik organizmdir, har bir 
individ boshqa individlar bilan umumiy muhitning u yoki bu jihatini 
o‘zlashtiradi. Biologik tuzilishi va atrof-muhitining o‘ziga xosligi 
uning o‘zining ham harakatning umumiy tizimida o‘ziga xosligini 
taqazo etadi. Shunday qilib, individning (shaxsning) genetik 
boim agan tarzda qabul qilingan xulq-atvori tizimi o‘z mohiyatiga 
ko‘ra, na biologik organizmga, va na madaniy tizimga aynan 
boimaydi. Parsons ta’kidlashicha, shaxs «yagona harakat»ning 
tahliliy mustaqil omilidir.
Parsons tomonidan sotsial harakatga ta’sir ko‘rsatuvchi to‘rtinchi 
omilning ajratilishi individni o‘rab turuvchi vaziyatlar qatorida 
moddiy yoki madaniy tizimlardan tashqari boshqa individlaming ham 
mavjud ekanligini taqazo etadi. Bu - sotsial tizim omilidir. U ham 
yuqoridagilari singari tahliliy mustaqil hisoblanadi. Uning nisbiy 
mutaqilligi sotsial tizimning potensial jihatdan nizo va ixtiloflarga 
moyil sotsial munosabatlar integratsiyasi ehtiyojlariga javob berishi 
lozimligidan kelib chiqadi.
Parsons tomonidan ajratilgan bu to ‘rtta omil harakatga 
kutilmaganda ta’sir o‘tkazmaydi. Ulaming har biri tsrukturaviy 
tashkillashgan va nisbatan mustaqildir. Ulaming barchasi «yagona 
harakat»ga ta’sir ko‘rsatuvchi harakatlar tizimini aks ettiradi: biologik, 
madaniy, shaxsiy, sotsial.
Shuningdek, ulaming barchasi «yagona harakat»ning rivojlanishi 
natijasi sifatida uning institutsionallashuvi jarayonida namoyon 
boiadi, deyish mumkin, tizimlaming har biri tizim sharoitlaridan 
birini qanoatlantiradi.
Demak, yuqoridagilardan umumiy xulosa chiqarib shuni aytish 
mumkinki, Parsonsning sotsial harakat konsepsiyasida u o‘zini o‘zi 
tashkil etuvchi tizim sifatida olib qaralganligini ko‘rish mumkin. 
Bunda u ikki ramziy mexanizm bilan boshqariladi, deyish mumkin: 
me'yoriylik (jamiyatda o‘matilgan me'yorlarga tobelik) va mustaqillik
410


; muhit sharoitlariga tobe bo‘lmagan). Harakat quyidagilardag tashkil 
opadi: konkret maqsad, konkret vositalar, konkret shart-sharoitlar 
amda vosita va maqsadlar o‘rtasidagi munosabatlarni boshqaruvchi 
onkret me'yorlar. Bulami o‘zaro bogiiqlikda olib qarash sotsial 
larakatni tizim sifatida olib qarashni taqazo etadi.
3. 
Parsonsning 
tizim 
konsepsiyasi 
tizimning 
umumiy 
.azariyasidan, xususan tizimli yondoshuvning ilk namoyandasi 
bo‘lgan L.Bertalanfi va kibemetika asoschisi N.Vinerning asarlaridan 
olib chiqadi. Tizimli yondoshuvni rivojlantirish tizimlardagi 
nuvozanat holatini tushuntirish uchun kerak edi. Bu muammoni hal 
tishga ochiq tizim tushunchasini kiritish bilan erishildi. U tashqi 
muhit bilan ayirboshlash munosabatlariga kirishib, murakkab tartibot 
oiatini ushlab turuvchi tizim hisoblanadi. Parsonsga ko‘ra, harakatlar 
izimi ochiq tizimlardir. Shuning uchun ular o‘z yashovchanligini 
tartibotga erishish) ta’minlash uchun to‘rtta tizimga xos ehtiyojlami 
oki 
funksional jihatdan zarur sharoitlami qondirishi lozim 
prerekvizit - old shart): adaptatsiya, maqsadga intilish, integratsiya 
va latentlik. Shunday qilib, har bir tizim quyi darajada to‘rt quyi tizim 
'irqali namoyon bo‘ladi. Ular esa, o‘z navbatida tizimning 
yashovchanligini ta’minlash maqsadida unga xos to‘rt ehtiyojni 
qondirish uchun tashkil topadi.
Buni Parsons barcha tizimlarga xos bo'igan to‘rtta funksiyaning 
nvariant jamlanmasi sifatida ifodalaydi: adaptatsiya (A), maqsadga 
erishish (G), integratsiya (I) va latentlik (L) yoki qadriyat modelini 
qoilab-quwatlash. Bu to‘rt funksiya birlashib AGIL tizimini tashkil 
.tadi. Demak, tizim yashab qolishi uchun quyidagi to‘rt funksiyani 
ajarishi shart:
1. 

Download 11,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish