mavhum; idealistik
jamiyatlar esa hissiylik va diniylikning o ‘rtasidagi tumi ifodalaydi.
Sotsial o‘zgarishlami amalga oshiruvchi kuch har bir tizimning
ichki m antigiga borib taqaladi, ya’ni ichki bosim ostida tizim o‘ziga
xos boigan tafakkur tarzini imkon darajasida kengaytiradi. Shunday
qilib, hissiy jamiyatda oxir-oqibat his-tuyg‘ulaming roli shu qadar
oshib ketadiki, u o‘zining halok boiishigi asos yaratadi. Hissiylik eng
so‘nggi mantiqiy nuqtaga yetib boradi, va insonlar mavhum
(mushohadaga asoslangan) tizimdan chora izlaydilar. Tizim hal
qiluvchi ta’sirga ega boigan paytdan boshlab, u ham o‘zining so‘nggi
nuqtasiga intiladi, natijada jamiyat ortiqcha darajada diniy bo iib
qoladi. Keyingi faza - idealistik madaniyatning rivojlanishni
boshlashi, oxir-oqibat, sikl yana takrorlanadi. Sorokin nafaqat sotsial
o‘zgarishlar nazariyasini ishlab chiqdi, balki uning isboti uchun san'at,
falsafa siyosat va boshqa sohalardan yorqin dallillar ham keltirdi.
Shubhasiz, bu juda buyuk ijod edi.
Sorokin nazariyasini maqsadi - kitobxonga uning ijodini his
qilish imkonini berishdan iborat bo igan bu qadar qisqa sharh bilan
tugallash mumkin emas. Nima uchun Sorokin sotsiologlaming
g‘azabiga uchraganligining sababini tushuntirish qiyin. Balki, bu
Sorokinning tanqid qilishni yoqtirganligi va bu haqida «Zamonaviy
sotsiologiya va u bilan
aloqador fanlaming erkaliklari
va
kamchiliklari» (1956) asari bilan bo g iiq boiishi mumkin. Balki,
Sorokin sotsiologiya nazariyotchilarimng keyingi avlodi bilan qayta
kashf etilishi mumkin. Hozirgi paytda uning ijodi sotsiologiya
nazariyasining hukmron tendensiyasi ortida qolmoqda1.
7.
Sorokinning shaxs sifatida shakllanishi jarayonini qarab chiqib,
shu m aium boidiki, uning hayotida ikki davrni - rus va Amerika
davrini ajratib olish kerak boiadi. Rus davrining ahamiyati o‘zining
qisqaligiga
qaramasdan
muhim,
chunki
shu
davrda
uning
dunyoqarashi, olim sifatidagi ijtimoiy-siyosiy pozitsiyasi poydevori
qo‘yilgan. Emigratsiyada Sorokin o‘zining Rossiyada tanishib chiqqan
1 George Ritzer. Sociological Theory. E ighth Edition. M e G raw -H ill 2010. - P. 207.
3 9 7
g‘oyalarini rivojlantirgan va tadqiq qilgan. Aynan xorijda uning
tarixiy, sotsiologik, falsafiy qarashlariga ehtiyoj boigan va ular tan
olingan. Garvardda Pitirim Sorokin o‘zining g ‘oyalarini hayotga
tadbiq qilish uchun zarur shart-sharoitlarga ega boigan. Jahon
miqyosidagi
tadqiqot markazlari,
XX
asming buyuk
ilmiy
kashfiyotlari bilan tanishish uning ilmiy yo‘nalishini shakllanishida
muhim bir boshlang‘ich nuqta bo‘ldi.
Sorokinning ilmiy qarashlari shakllanishiga N.K.Mixaylovskiy,
P.L.Lavrov, V.M.Chemov, P.A.Kropotkinlar nazariyalari ta ’sir
ko'rsatgan. Sorokinning XIX asr oxiri - XX asr boshlarida
Rossiyadagi sotsiologik fikr namoyandalari - M.M.Kovalevskiy,
ye.V. de Roberti, L.I.Petrajitskiylar g‘oyalari bilan tanishuvi olimning
shaxsiy ilmiy pozitsiyasini shakllantirishiga, o‘z tadqiqiy qiziqishlari
doirasini aniqlashiga yordam berdi.
Jamiyatni
o‘zini
anglashiga
barcha
ijtimoiy
fanlaming
birgalikdagi harakatlari bilan eirishish mumkinligini tushungan
Sorokin umumiy va xususiy fanlar metodlarini, ayniqsa sotsiologiya
va tarixni, sintezlash samarali boiishini ta’kidlaydi. Sotsiologiyaning
«generalizatsiyalash»
rolidan
farqli
ravishda
tarixga
u
«individualizatsiyalash»
-
dunyoning
organikdan
yuqori
xususiyatlarini o'rganishga asoslangan rolini beradi. Tarixning ob'ekti
bo‘lib, Sorokin fikriga ko‘ra, insonlaming o ‘zaro ta’sirlashuvi
natijasini namoyon qiluvchi empirik faktlar o‘rtaga chiqadi. Sorokin
tarixni avloddan-avlodga o‘tuvchi ijtimoiy malaka sifatida talqin
qilgan, shuning uchun tarixiy tahlilning asosiy vazifasi kelajakni
bashlrat qilish uchun hodisalar va ulaming oqibatlari o‘rtasidagi
sabab-oqibat munosabatlarini o‘rganishdan iborat bo‘lishi lozim.
Shuningdek,
Sorokin
integral
nazariyasida
tarixiy
o‘zgarishlaming siklik xususiyati tarixiy jarayonni harakatga
kelitruvchi kuchi, davriyligi to‘g‘risidagi qarashlari muhim o‘rin
egallagan. U madaniyatningtuzilishi, funksiyalari, siklik taraqqiyotini
tizimli yondoshuv asosida tushunishga ko‘maklashuvchi supertizimlar
dinamikasi tizimini ishlab chiqdi. Bu sxemaga asosan madaniyat
mohiyat tashkil etuvchi aloqalar asosida shakllanuvchi me'yoriy-
semiotik tizimdir. Madaniyat turlari ular asosida qanday qadriyatlar
turganligiga ko‘ra farqlanadi. 0 ‘zining integralizm falsafasi bilan
birga Sorokin qadriyatlaming uch tizimini, shunga mos ravishda
madaniyatning uch turini farqlaydi. Har bir madaniyat turi ijtimoiy
3 9 8
jihatdaninsonlaming
harakatlari
va
munosabatlarining
mustahkamligini, barqarorligini, oldindan bilish mumkinligini,
nurasalililigini ta’minlagan holda funksionallashadi. Qachonki
e'tiqodlar
zaiflashsa,
madaniy
tizimning
yaxlitligi
buziladi,
qadriyatlaming eski tizimi yangisi bilan almashadi, jamiyat esa nizolar
va fojialami boshdan o‘tkazadi.
Tarixiy jarayonni uch sotsiomadaniy turlar almashinuvi sifatida
qarab, Sorokin ularning har birining o‘zigagina xos bo‘lgan siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, diniy va mental tashkiloti, qadniyatlari
tizimi va shaxs tipi mavjudligini qayd etadi.
Sorokinning urush va tinchlik muammosiga qarashlari uning
hayot davomida o‘zgarib borgan. Ijodining ilk bosqichlarida bu
masalalami yoritishda neopozitivizm va bixeviorizm nutai nazaridan
yondoshgan. Bunda urush va tinchlikni o‘rganishda insonlaming
reflektor xulq-atvori asos qilib olingan. Urushning asosiy sababi,
Sorokin fikriga ko‘ra, sotsium a’zolari katta qismining asosiy
instinktlar ini su'stemol qilinishi va siyosiy rejimning «eskirib ishdan
chiqishi»; uning ijtimoiy ehtiyojlarga munosib tarzda javob qaytara
olmay qolishi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, Sorokinga
ko‘ra, urushlar va inqiloblar bir xil tabiatga ega, ular sotsium
zaiflashib qolgan va o‘zining kuchi bilan muammolami hal qila
olmaydigan holatga tushib qolgan, asosan aholining asosiy
ehtiyoj larini qondira olmay qolgan murakkab paytda amalga oshadi.
Emigratsiyada bo'la turib,
Sorokin o‘zining urush haqidagi
tasawurlarini o‘zgartirdi, ular hissiy sotsiomadaniy tartibotning
dezintegratsiyasiga misol bo‘ldi. Urushning oldini olishda asosiy
vosita sifatida jamiyatdagi mavjud madaniyat turini o‘zgartirish, yangi
madaniyatni barpo etish olindi.
Dunyo tarixiy sahnasida yangi sotsiomadaniy integral siklning
o‘sishi va hukmronligini bashorat qilib, Sorokin uning inson
faoliyatining barcha sohalarida namoyon bo‘lishini tahlil qildi, u
turlicha dunyoqarash yo‘nalishlarining o‘zaro singib ketishi va
integratsiyasi xususiyatlarini ochib berdi. U Sharq va G‘arb
o‘rtasidagi munosabatlarda izolyasionizm davrining tugashini, G‘arb
va
Sharq
qadriyatlarining
bir-biriga
tobeligi
va
o‘zaro
ta’sirlashuvining kuchayishini, kapitalistik va kommunistik tartibotlar
va turmush tarzining integratsiyalashuvini oldindan ko‘ra bildi. Sotsial
davriylik nazariyasini qo‘llab-quvvatlovchilardan farqli ravishda
3 9 9
Sorokin sivilizatsiyaning sifat jihatdan boshqacha bashoratini ilgari
surdi: hissiy siklning halokati emas, balki tugashi, va yangi integral
siklning boshlanishi.
Bugungi kunda Pitirim Sorokin ijodi kam o‘rganilgan, shuning
uchun uning merosi o‘ziga xos diqqatli e'tibomi talab qiladi. Hozirda
Sorokin ijodiga ham G ‘arb olimlarining, ham Rossiya olimlarining
qiziqishi ortgan. Professor Garold Braun qayd etadi: «Pitirim
Sorokinning jamiyatimiz qaysi yo‘nalishda ketishi haqidagi bashorati
yuz foizga isbotlandi». Lekin bu olimning fikrlarining haqqoniyligini
bilish va uni tushunish hammaga ham nasib qilmagan. Shuning uchun
sotsiologlar oldida turgan birdan-bir muhim vazifa - olimning asosiy
asarlarini tarjima qilish va nashr etishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |