Jiyanmuratova G. S0TS10L0 I d I y


Sotsial tizim modeli



Download 11,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/101
Sana20.07.2022
Hajmi11,54 Mb.
#825335
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   101
Bog'liq
Jiyanmuratova G.Sh. Sotsiologiya tarixi. 2020

418


Sotsial tizim modeli
F u n k s iy a la r
Q u y i tiz im lar
S otsial in s titu tla r
A k to r la r
A daptatsiya
Iqtisod
Zavod, banklar
Tadbirkor-ishchi
M aqsadga
erishish
Siyosat
Partiya, harakatlar
Funksioner-oddiy
a ’zo
Integratsiya
Sotsial nazorat
D avlat apparati
A m aldor-fuqaro
Qadriyat
modelini
q o ila b -
q u w atlash
Ijtim oiylashuv
Oila, maktab, din
0 ‘qituvchi-
o‘quvchi
Strukturaviy funksionalizm:
• Sotsial voqyelikni universal jihatdan tushuntirishga qaratilgan 
yuqori darajada abstraktlashgan, qat'iy kodlashtirilgan nazariy 
qurilma;
• Sotsiologiya sotsial institutlaming funksiyalarini va jamiyat 
sotsial strukturasida ma’lum bir o‘rin (status) egallovchi hamda 
ijtimioy me'yorlar va qadriyatlar tomonidan belgilangan sotsial 
rollami bajaruvchi individlaming sotsial harakatlarini o‘rganish bilan 
shug‘ullanadi;
• Sotsial statika va sotsial dinamika, sotsial tizim va sotsial 
struktura o‘rtasida uzviy bog‘liqlik.
Strukturaviy funksionalizmda jamiyat - jamiyat taraqqiyotiga 
qo‘shgan hissasi nuqtai nazaridan olib qaraluvchi har qanday voqyea- 
hodisa, muassasa yoki institut.
Jamiyatga qo‘yiladigan talablar:
• 
jamiyat muhitga moslashgan bo‘lishi shart;
• 
jamiyat o‘z oldiga maqsadlar qo‘ygan bo‘lishi lozim;
• 
jamiyatning barcha elementlari koordinatlashgan boiishi
lozim;
• 
jamiyatda qadriyatlar saqlanishi lozim.
Strukturaviy-funksional tahlil - sotsial voqyea-hodisa va
jarayonlami tizim sifatida tadqiq etish prinsipi. Bunda strukturaning 
har bir elementi m aium bir fimksiyani bajaradi. Sotsiologiyada 
funksiya - m aium bir sotsial institut bajaradigan rol yoki yaxlitlikka 
(davlatning, oilaning va h.k. jamiyatdagi funksiyasi) nisbatan amalga 
oshiriladigan j arayon.
419


5. 
Parsonsning sotsial tizimlari konsepsiyasini ko‘zdan kechira 
turib, uning jamiyatni qanday tushunishi xususida to‘xtalib o ‘tish 
lozim. Sotsiolog sotsial tizim va jamiyat tushunchalarini bir-biriga 
bog‘lasa-da, ulami birlashtirmaydi. Uning fikricha, jamiyat sotsial 
tizimning o‘ziga xos tipi hisoblanadi, ya’ni u mustaqillikka, o‘z 
doirasida “o‘z muvozanati”ga erishgan. «Jamiyat, — deb yozgan edi 
Parsons, — bu istalgan sotsial tizimlar universumi ichidagi shunday 
sotsial tizim tipiki, u o‘z doirasiga nisbatan eng yuqori mustaqillikka 
erishadi»1.
Jamiyatning «mustaqilligi» nima? Jamiyatning uni qurshab olgar 
muhitga munosabati ko‘zdan kechirilganda, sotsiologda bu tushuncha 
“ish beradi”. U ko‘rsatadiki, «muhitga nisbatan mustaqillik o‘zaro 
almashuv munosabatlarinmg barqarorligini va o‘z faoliyatini ko‘zlab 
o‘zaro almashuvni nazorat qilish qobiliyatini anglatadi». Bu ma’noda 
sotsiolog muhitga awalambor jismoniy muhit sifatida qaraydi. Muhit 
moddiy resurslar manbayi ekanligi ma’nosida jamiyat uchun adapti\ 
ahamiyatga ega. Bu resurslardan jamiyat ishlab chiqarish, texnologik 
va iqtisodiy mexanizmlar orqali foydalanadi. Jismoniy muhitning 
jamiyat uchun ahamiyatga ega bo‘lgan ikkinchi jihati ham bor. Unga 
muvofiq, «samarali ijtimoiy maqsadga erishish ma’lum hudud 
chegarasida harakatlar uzra nazoratga muhtojdir. Shuning uchun biz 
jamiyat mustaqilligining ikki ko‘rinishi bilan ish ko‘ramiz. Ular 
jismoniy muhit bilan munosabatlarda tegishli ravishda iqtisodiy va 
siyosiy faoliyatga taalluqli boiadi. Harbiy va politsiya faoliyatini 
amalga oshirish chog‘ida esa, bu texnologiya va kuchdan uyushqoqlik 
bilan foydalanishni anglatadi».
Parsonsning umumiy harakat nazariyasi nuqtayi nazaridan. 
jamiyat - individlaming yig‘indisi emas. Odamlaming tanalari va 
shaxsiyatlari sotsial tizimlaming tashqi doirasi kabi namoyon bo‘laci; 
va shu sababli jamiyat tushunchasiga kirishi mumkin emas. Sotsial 
tizimning yadrosi esa, Parsonsga ko‘ra, me'yoriy namunalar tizimi 
(«strukturalangan me'yoriy tartib»)dir. Ular vositasida individlaming 
o‘zaro hayot faoliyati tartiblashtiriladi va tashkil etiladi. Parson 
qarashlariga binoan, bu tizimning bosh jihatlari - odamlar o‘rtasidagi
5 П арсонс T 
Понятие общества: компоненты и их взаимоотнош ения // Американская 
социологическая мысль: Тексты. - М., 1996. - С. 499.
4 2 0


munosabatlaming tartibliligi 
va ular hayotining jamoaviyligi 
hisoblanadi.
Jamiyat 
tipologiyasini 
esa 
Parsons 
ijtimoiy 
harakatlar 
tipologiyasiga muvofiq ko‘zdan kechiradi. Ularning mezonlari bo‘lib, 
o‘zgaruvchan mohiyatlaming to‘rt juffligi xizmat qiladi: universalizm 
— partikulyarizm, muvaffaqiyatga erishish — ko‘rsatma berish, 
affektivlik - affektiv neytrallik, diffuzlik — o‘ziga xoslik. Ilk ikki 
juftlik chorrahasida jamiyatning to‘rt tipi paydo boiadi: universalistik 
muvaffaqiyatga 
erishish 
namunasidagi 
jamiyat, 
universalistik 
ko‘rsatma 
berish 
namunasidagi 
jamiyat, 
partikulyaristik 
muvaffaqiyatga erishish namunasidagi jamiyat, paptikulyaristik 
ko‘rsatma berish namunasidagi jamiyat.
Birinchi 
tipga 
universalistik 
muvaffaqiyatga 
erishish 
namunasidagi jamiyatlar kirib, ular bu tipdagi mamlakatlardagi 
ko‘pchilik aholining maqsadga erishishi va muvaffaqiyatga intilishi 
bilan ifodalanadi. Aslida, bu ikki maqsad o‘z tevaragida butun 
jamiyatni birlashtiruvchi ijtimoiy taraqqiyotning yagona maqsadiga 
aylanadi. Bunday tipdagi jamiyat faoliyatining xarakteri awalambor 
aniq foyda olishni ko‘zlagan odamlaming instrumental (vositaviy) 
qadriyatlari va harakatlari bilan belgilanadi. Undagi mavjud ijtimoiy 
stratifikatsiya tizimi, ijtimoiy qatlamlaming bir-biriga nisbatan 
“joylashuvi” awalambor ular faoliyatining natijalari, real yutuqlari va 
muvaffaqiyatlari bilan bogiiqdir. Instrumental qadriyatlar va 
harakatlar shuningdek odamlaming maqomiy va rol xususiyatlarini, 
ularning ko‘tarilish va karera imkoniyatlarini belgilaydi. Bunday 
mamlakat namunasi sifatida Parsons, aw alo, AQSh ni hisoblashini 
payqash qiyin emas.
Ikkinchi tip universalistik ko‘rsatma berish namunasidagi 
jamiyatlami 
qamrab 
oladi. 
Bunday 
jamiyatlar 
tegishli 
mamlakatlaming totalitar va avtoritar rejimlami o‘matishga intilishi 
bilan ifodalanadi. Bu rejimlar aholiga barcha hayot faoliyati 
sohalarida me'yorlar va qadriyatlami buyuradi (ko‘rsatadi) va qattiq 
ijtimoiy nazorat tizimiga asoslanadi. Bu tipdagi jamiyatning 
maqomiy-rol xususiyatlari shaxsiy xizmatlar va muvaffaqiyatlami 
e'tirof etishga emas, balki ayrim odamlaming o ‘z jamoalari bilan olib 
borgan faoliyati natijalarini bir-biriga bogiashga asoslanadi. Buning 
oqibatida qattiq ijtimoiy va g‘oyaviy dixotomiya, ya’ni, “biz bilan 
birga boiganlar” va “bizga qarshi boiganlar” ga boiinish kelib
421


chiqadi. Odamlami biror guruhga kiritish birmuncha ixtiyoriy 
xususiyatga ega boiishi mumkin, bu esa bunday tipdagi jamiyatlarda 
huquqiy va ma’naviy me'yorlar tizimini muntazam buzish va hatto 
noto‘g‘ri talqin etish ehtimolini nazarda tutadi. Parsons uchun bu 
tipdagi jamiyatlarga taalluqli mamlakatlarga eng yorqin namunalar -
Sovet Ittifoqi va fashistlar Germaniyasi boiib, olim ulami ko‘p 
jihatlardan bir qatorga qo‘yardi.
Download 11,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish