Partikulyaristik muvaffaqiyatga erishish namunasidagi jamiyatlar
uchinchi tipga kiradi. Agar o‘tgan ikki tipdagi jamiyatlarda maqsadga
erishishlar (birinchi holda) va ko‘rsatmalar (ikkinchi holda) umumiy,
universal xususiyatga ega boisa, uchinchi tipdagi mamlakatlarda
hayotning qandaydir cheklangan sohalarida erishilgan yutuqlar haqida
gapirish
o‘rinlidir.
Shuningdek,
bu
iqtisodiyoti
monokultura
xususiyatiga ega boigan jamiyatlar ham boiishi mumkin. Bunday
tipdagi jamiyatga tarixiy misol qilib, sotsiolog qadimgi Xitoyni
keltirgan edi. Bu mamlakatda oilaviy va jamoaviy aloqalar butun
mamlakat hayoti uchun muhim ahamiyatga ega edi, chunki ijtimoiy
o‘zaro ta’sirlaming butun strukturasi va ierarxiyasiga singib ketgan
edi (imperator hokimiyatiga qadar). Shuningdek, ayrim odamlaming
muayyan faoliyat turlarida yutuq va muvaffaqiyatga erishish istagini
hisobga olmagan munosabatlaming qat'iy subordinatsiyasi hukm
surgan edi.
Nihoyat, Parsons partikulyaristik ko‘rsatma berish namunasidagi
jamiyatlami to‘rtinchi tipga kiritgan. Bu tipdagi mamlakatlarda
odamlar yutuqlami rejalamaydi, ko‘rsatmalar esa cheklangan
xususiyatga ega. Aholisi esa mehnatga nisbatan sust va hatto salbiy
munosabatda. Turmush tarzi an’analarining uzoq saqlanishi va hatto
konservatsiyasi sotsial strukturaning yetarli ifodalanmasligiga va
uning sekin-asta,
noizchil o‘zgarishiga olib keladi.
Bunday
sharoitlarda, sotsiolog fikricha, hokimiyatni tortib olish va alohida
rejimlar diktaturasini o‘matish mumkin. Ular keng ijtimoiy negizga va
aholining ommaviy qoilab-quvvatlashiga ega emasligi va buning
ustiga, o‘z mohiyatiga ko‘ra poraxo‘rlikka berilgani sababli, qisqa
vaqt o‘tgach boshqa o‘xshash diktatorlik rejimlari ulaming o‘mini
egallashi mumkin. Bunday tipdagi jamiyatlarga xos misol tariqasida,
Parsons Lotin Amerikasi mamlakatlarini keltiradi.
Parsons
tomonidan
taklif
etilgan,
juft
holdagi
“tipik
o‘zgaruvchilari”ni (universalizm — partikulyarizm, maqsadga erishish
4 2 2
— ko‘rsatma berish) qo‘llashga asoslangan jamiyatlar tasnifi ancha
keng va mavhum tusga ega. Shu bilan birga, u bir qator mamlakatlar
ichun xos bo‘lgan ba’zi umumiy, o‘ziga xos yashash va rivojlanish
tamoyillarini tushunishga imkon beradi. Bu tamoyillar ularning ham
iqtisodiy, ham siyosiy xususiyatlari bilan bog‘liqdir.
Parsons nazariy mulohazalarining murakkabligiga qaramay,
ularda sotsiologiyaning bosh vazifasi - jamiyatning sotsial tizim
sifatida
barqarorligini
ta’minlay
oladigan
strukturalar
va
mexanizmlami o‘rganish yotadi. Jamiyat to ‘rtta o‘zaro bog‘langan
asosiy elementlar strukturasi:
qadriyatlar, me'yorlar, rollar
va
jamoaviy tashkilotlar sifatida namoyon bo‘ladi. Qadriyatlarni Parsons
ijtimoiy va madaniy tizimlaming bosh bog‘lovchi elementi sifatida
ko‘zdan kechiradi. Me'yorlami esa, qadriyatlardan farqli ravishda,
asosan sotsial tizimelementlari sifatida ta’riflaydi. Rollar shaxsni
jamiyat bilan bogiaydigan element bo‘lib xizmat qiladi, jamoaviy
taslikilot esa ichki sotsial strukturani mustahkamlaydi.
Bu elementlaming har birini, Parsons konsepsiyasiga ko‘ra,
asosiy funksional kategoriyalar bilan solishtirish mumkin. Masalan,
me'yorlar, asosan, integratsiya funksiyasini bajaradi, qadriyatlar
sotsial tizimfaoliyati namunalarini saqlaydi, jamoaviy tashkilotlar bu
tizim manfaati yo'lida maqsadlarga chindan-da erishish bilan
bog'langan,
rollar
esa
shaxs
adaptatsiyasi
samaradorligiga
vo‘naltirilgan.
Strukturaviy funksional tahlilda uning birinchi qismi —
strukturaviylikka urg‘u berib, (ikkinchi qismni, ya’ni sotsial tizim
funksiyalarining ahamiyatini ta ’kidlagan Mertondan farqli o‘laroq),
Parsons strukturaning sotsial tizimlarga nisbatan barqarorligini
isbotlashga e'tibor qaratgan edi. Tizimning struktura bilan o‘zaro
bog‘langan holdagi barqarorligi tushunchasiga ta’rif berib, Parsons
shunday yozgan: «Agar tizim strukturasi va uning ichida yuz
beradigan jarayonlar, u va uning doirasi o'rtasidagi nisbat, biz
struktura deb atagan xususiyatlar va munosabatlar o‘zgarmas bo‘lsa, u
holda tizim barqaror va nisbatan muvozanatda bo‘ladi»’.
Strukturaviy funksional tahlil tizimning barqarorligini asoslash
vazifasini hal etishga qaratilgan edi. Unga ko‘ra, jamiyat va uning
kichik tizimlari muayyan funksiyalami bajarishlari nuqtai nazaridan
1 Парсонс Т. С истем а координат дейсгвия и общая теория систем действия: культура, личность и
место социальных систем // А мериканская социологическая мысль. Тексты. - М., 1996. - С. 464.
423
o‘z strukturalari orqali ko‘zdan kechiriladi. Bunda sotsial hodisalar
tahlilining strukturaviy va funksional jihatlari turlicha birikuvda
uchraydi.
Strukturaviy yondashuvda ob'ekt bir qator o‘zaro
bog‘langan elementlarga differensiatsiyalash orqali muhokama etiladi,
funksional yondashuvda esa, umuman, elementlar o‘rtasidagi aloqalar
aniqlanadi.
1960-yillarda shu narsa ayon bo‘ldiki, ijtimoiy jarayonlar Parsons
kabi tahlil etilgudek bo‘lsa, ziddiyatlar, beqarorlashuv, nizolar, ko‘p
anomal hodisalami tushuntirish qiyin bo‘lar ekan. Shu bois,
strukturaviy-funksional tahlilni chuqurlashtirish zaruriyati tug‘ildi.
Merton bu ishni disfunksiyalar (noqulay oqibatlar), yaqqol va latent
funksiyalar
(anglanadigan
va
anglanmaydigan
oqibatlar)
tushunchalarini keng qo‘llash hisobiga bajardi. Parsons esa o‘z
konsepsiyasini kuchaytirishning boshqa yoilarini izladi.
6.
Shu tarzda Parsonsning neoevolyutsionizmi vujudga keldi, u
jamiyatning strukturaviy differensiatsiyasi tahlili bilan bog‘liq edi.
Evolyutsion xarakteristika nuqtai nazaridan, u bosqichma-bosqich -
jamiyatning primitiv holatidan (birinchi bosqich) zamonaviy holatiga
(uchinchi
bosqich)
tomonga
qarab
sotsial
strukturaning
murakkablashuvini anglatar edi. Bu esa jamiyat va uning kichik
tizimlari barqarorligini zaiflashtirardi. Agar primitiv jamiyatda
differensiatsiya mavjud boim asa, oraliq tipdagi jamiyatda u asta-
sekin o‘zini namoyon etishni boshlab, zamonaviy jamiyatda o‘zini
ro‘y-rost ko‘rsatadi. «Ibtidoiy jamiyatdan oraliq jamiyatga o‘tish
chog‘ida, — yozgan edi Parsons, awalambor, madaniy tizimning bir
qismi bo‘lmish til muhim rol o ‘ynaydi. Oraliq jamiyatdan zamonaviy
jamiyatga o‘tish chog‘ida esa, sotsial strukturaga xos bo‘lgan va u
bilan huquq tizimi orqali bogiangan me'yoriy tartibdagi kodlarning
institutsionallashuvi xuddi shunday rolni
0
‘ynaydi»1.
Ibtidoiy jamiyatdan oraliq jamiyatga o‘tish chog‘ida yozuv
muhim o‘rin egallaydi, chunki u «madaniy tizimning jamiyatning
yanada o‘tkinchi ehtiyojlaridan mustaqil bo‘lishiga yordamlashadi»;
qonun esa, zamonaviy jamiyatga o‘tish chog‘ida zarur darajaga qadar
rivojlangach, «sotsial struktura me'yoriy komponentlarining siyosiy va
iqtisodiy manfaatlar majburiyatidan ozod bo‘lishiga yordamlashadi»2.
1 Qarang: С истема координат действия и общ ая теория систем действия. Ф ункциональная теория
изменения. Понятие общ ества // А мериканская социологическая мысль. - М ., 1996. - 462-525.
2
0 ‘sha joyda.
4 2 4
Parsons zamonaviy jamiyatning evolyutsiyasiga alohida e'tibor
ajratadi, u kengayish va bir bosqichdan boshqasiga o ‘tish jarayonida
inqiloblaming izchil almashinuvini boshidan kechiradi. Albatta, bu
yerda gap ijtimoiy inqilobni Markscha tushunishda emas. Parsons
zamonaviy jamiyatning uch inqilobi - sanoat, demokratiya va ta’lim
inqiloblari haqida so‘z yuritmoqda. Sanoat inqilobi jamiyatning
iqtisodiy
va
siyosiy
tizimlarini
bir-biridan
“ajratadi”,
differensiyalaydi. Demokratik inqilob esa siyosiy va sotsial tizimlami
ajratadi. Ta’lim inqilobi esa madaniyatni sotsial tizimdan ajralgan
holda tiklashni ko‘zlaydi.
Zamonaviy jamiyat hayotida evolyutsiya va inqilob nisbati
muammosini nazariy jihatdan ilgari surish o‘ziga e'tibor qaratadi.
Nazariy sotsiologiyada Parsons bunday muammoga nafaqat e'tibor
bergan, balki evolyutsiya va inqilobning haqiqiy bir-biriga ta ’sir etish
mexanizmlarini
ochib
bergan
va
ulami
qanday
o‘rganish
mumkinligini ko'rsata olgan Parsonslardan biri edi.
Sanoat inqilobini u fabrika ishlab chiqarishi tizimining, bozor va
kredit-moliya munosabatlarining paydo boiishi va rivojlanishi bilan
chambarchas
bogiaydi.
Aynan
ular
sotsial
strukturaning
differensiatsiyasiga, yangi professional rollaming paydo bo‘lishiga,
millatlaming vujudga kelishiga olib keldi. Sanoat inqilobi negizida
demokratik inqilob amalga oshirildi, u esa, inson erkinligi,
jamiyatning
mansabdor
shaxslar
ustidan
nazorati
(saylovlar
mexanizmi) sezilarli o‘sishini, fuqarolik jamiyati va huquqiy
davlatning paydo bo‘lishini anglatdi. Nihoyat, ikkala inqilob (sanoat
va demokratik inqilobiar) har bir odamga m a’lumotli bo‘lish borasida
teng imkoniyatlami taqdim etgan ta’lim inqilobiga olib keldi.
Parsonsga ko‘ra, bu inqilob natijasida ijtimoiy tabaqalanish negizi
o‘zgardi, chunki endilikda boylik va hokimiyat emas, balki
qobiliyatlar, bilim, ma’lumot hal qiluvchi ahamiyatga ega b oigan edi.
Xronologiya
nuqtai
nazaridan,
sanoat
inqilobi
kapitalizm
taraqqiyotining
boshlangich
bosqichini,
uning
tugilishi
va
shakllanishini, demokratik inqilob esa — rivojlangan kapitalizm
bosqichini qamrab oldi; ta’lim inqilobi esa, Parsons fikricha, XX
asming ikkinchi yarmi uchun xos b o iib qoldi.
Parsons hayotligidayoq uning butun sotsiologik konsepsiyasi —
buni strukturaviy funksionalizm paradigmasi deb ataymiz — o‘zining
konservativligi, jamiyatdagi ziddiyatlar va tangliklami tahlil etishdan
425
qochishi tufayli, bir necha bor tanqidga uchradi. Ammo, keng tizimi i
orientatsiyasi bilan ajralib turuvchi strukturaviy funksionalizmning
o‘ziga xosligi ana shundadir. U Parsons shunday fikr yuritganligi
uchun emas, balki o‘z tabiatiga ko‘ra, ya’ni, konseptual jihatdan
konservativdir. Uni yanada rivojlantirish va ba’zi qarashlami
o‘zgartirish yo‘lida qanday urinishlar qilinmasin, u ijtimoiy
hamjihatlikni hamda jamiyatdagi tartib va birlikka intilishni
ta’kidlovchi konsepsiya b o iib qolaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |