Andijon mashinasozlik institutida volontyorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan talaba-yoshlar faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan volontiyorlik markazini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 23-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda O‘zbekiston volontyorlar assosiasiyasi 2021-yil 27-maydagi 2701-07/26/40-Q/Q/10QQ/01-son qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida
B U Yu R A M A N:
Qo‘shma karor ijrosi yuzasidan institut talaba-yoshlari orasidan viloyat volontiyorlar markazi a’zolarining faoliyatini institut talaba-yoshlar orasida keng targ‘ib etish to‘g‘risidagi Yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkilot yetakchisining taklifini inobatga olinsin.
Andijon mashinasozlik institutida volontyorlik markazi tashkil etilsin.
Andijon mashinasozlik institutida volontyorlik markazini tashkil etish bo‘yicha institut ishchi gurux tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Andijon mashinasozlik institutida volontyorlik markazini tashkil etish bo‘yicha Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Andijon mashinasozlik instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi I.Kobulovdan:
Andijon mashinasozlik instituti volontyorlik markazi koordinatoriligiga loyiq nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish;
ushbu markaz faoliyatini muvofiqlashtirib borish vazifalarini bajarish so‘ralsin.
Barcha fakultet yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlariga volontyorlik markazini tashkil etish uchun faol talabalarni jalb qilish vazifasi yuklansin.
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorrektor A.Ermatov, Ishlar boshqarmasi boshlig‘i Gʻ.Akbarovlarga:
volontyorlik markazini zamonaviy moddiy-texnik bazasi bilan ta’minlash;
volontyorlik markazi infratuzilmasini ta’minlash;
markazning samarali faoliyat yuritishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berish;
eng faol volontyor talabalarni doimiy rag‘batlantirib borish vazifalari yuklansin.
Bosh buxgalter M.Saypiddinovga volontyorlik markazlarini tashkil etish bilan bog‘liq harajatlarni institutning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshirish vazifasi yuklansin.
Ushbu buyruqning ijrosini nazorat qilish Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorrektor A.Ermatov zimmasiga yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |