O’zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi vazirligi
Namangan viloyati
Xalq ta’limi boshqarmasi
To’raqo’rg’on tumanidagi 17-sonli Davlat
ixtisoslashtirilgan maktab-internatining
7-A sinf tarbiyachisi
Sarimsoqov Maqsudjonning
ma’naviyat soati mashg’ulotidan “o’zbekona urf odatlar”mavzusida tayyorlagan bir soatlik
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga o’zbekona urf-odatlarni o’rgatish.
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni o’zbekona urf-odatlarga amalqilishga o’rgatish.
c) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarni o’zbekona urf-odatlarga ota-bobolarimiz o’gitlari asosida o’rgatish.
Darsning usuli: suhbat, baxs,munozara.
Tashkili qismi:
a)salomlashish.
b)davomatni aniqlash.
c) o’quvchilarni darsga tayyorlash.
d) oldingi darsda o’tilgan mavzu yuzasidan takrorlash savol-javob o’tkazish.
e) o’quvchilarni baholash.
f) yangi mavzu bayoni.
Darsni jihozlanishi: mavzuga oid rasmlar, kitoblar.
Darsning borishi:
reja:
1. Insoniylik ma’suliyati yaxshi fazilatlar va sifatlar haqida.
2. Yaxshilik- insonga xos.
Darsning qisqacha mazmuni.
Bir insonga xos bo’lgan halollik,kamtarlik,mehnatsevarlik,totuvlik xush muomalalilik saxiylik kabi fazilatlar qatoridagi insoniylik eng noyob fazilat ekanligiga iqror bo’lamiz. Chunki inson boshqalarga inson parvar bo’lib, harqanday holdaham insoniylikni ko’zdan qochirmaslik kerak, qolgan hamma narsa o’z-o’zidan yaxshilik sari burilib ketaveradi. Shahrimizning barcha tumanlarida Navro'zi olamga bag'ishlab o'tkazilgan xalq sayillari ko'ngillarni xushnud etdi.
Yaratish, yashnatish, yangilanish, mehr-oqibat, hamjihatlik, nafosat va go'zallik ayyomi fasli navbahor bu yil ham o'zining ajib iforlari, gulu chechaklari bilan muazzam o'lkamizga tashrif buyurdi. Bahor o'z qadamlarida ezgu niyatlarni, mehru muruvvatni, xayru saxovatni mujassamlashtirib, qadriyatlarimiz qadrlangan ulug' Navro'zni ham olib keldi. Intiqib kutilgan ushbu bayram xalqimiz quvonchiga, ko'ngil shodiyonalari tantanasiga aylanib ketdi.
Poytaxtimiz aholisi va mehmonlari uchun shahrimizning barcha tumanlaridagi 11 ta maydonning 14 ta sahnasida bayramga bag'ishlab, «Elimning shodligi, rizq-ro'zi — Navro'z!» deb nomlangan umumxalq sayli va kontsert dasturlari bo'lib o'tdi.
Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy bog'i, G'afur G'ulom, Mirzo Ulug'bek, «Quyoshcha nuri», Furqat, Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog'larida, «Baxt diyor» guzari, «O'zbektsirk», Toshkent hayvonot bog'i oldi maydonlarida Navro'z bayramiga bag'ishlangan xalq sayillari ko'ngilli o'tdi.
Sayillar o'tkaziladigan joylardagi sahnalar gullar, sharlar, osori-atiqalar, bahor fasli tasvirlangan samodagi oy, quyosh, yulduzlar burjlarining aksi tushirilgan pannolar bilan bayramona badiiy tarzda bezatildi.
Estrada xonandalari, sozandalar, 42 ta xalq ashula va raqs dastalari, «Comedy.uz», «Shosh», «Ayyom», «ElDiDo» guruhlari va boshqa bir qator san'atkorlar bayram saylining mazmunli va ko'ngilli chiqishini ta'minlab berdilar.
Shu bilan birga shahar Madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasi tasarrufidagi qo'shiqchilar ham o'zlarining dilrabo kuy-qo'shiqlari bilan bayram tarovatiga ko'tarinkilik ulashishdi.
«Jarchilar hangomasi», «Sog'lom bola bahori — Navro'z», «Istiqlolim — bunyodkorim», «Farzandlari sog'lom yurt qudratli bo'lur» nomli teatrlashtirilgan kompozitsiya va sport turlari bo'yicha chiqishlar ham bayram sayli tantanalariga yanada zavq va shavq bag'ishladi.
Shuningdek, tumanlardagi madaniyat va san'at markazlarida, mahalla guzarlarida Navro'z umumxalq bayramiga bag'ishlangan keng qamrovli madaniy tadbirlar yuqori saviyada bo'lib o'tdi.
Uchtepa tumani aholisi bayram saylini «Bog'ishamol» madaniyat va istirohat bog'ida o'tkazdi. Karnay-surnay navolari-yu jarchilarning chorlovi bilan boshlangan bayram tadbirida o'zbekona go'zal udumlarga amal qilindi. Ohanrabo kuy va qo'shiqlar, dilbar raqslar, aktyor va qiziqchilarning chiqishlari ko'ngillarga quvonch bag'ishladi.
Tuman aholisi xushovoz xonandalarning chiqishlari, sumalak, halim, ko'k somsa kabi Navro'z taomlari, jozibali xalq o'yinlari va tomoshalaridan bahramand bo'ldilar.
— Navro'z mehnatni qadrlashga, ko'klam mo''jizalaridan bahramand bo'lishga, hayotning boqiyligiga iymon keltirishga o'rgatadi, — deydi «Ko'rkamobod» mahalla fuqarolar yig'ini raisi Sotvoldi Saidkarimov. — Navro'zda tabiat uyg'onadi, tuyg'ularimizda tiniqlik yuzaga keladi. Ezgu niyatlar qilinib, gina-kuduratlar unutiladi. Ilohim, yurtimizning to'ylari va bayramlari ko'paysin, xalqimizning tinchligiga, to'kinligi va farovonligiga ko'z tegmasin...
Bayram saylida xalqimizning milliy hunarmandchilik, kulolchilik, naqqoshlik, chevarchilik va osori-atiqa buyumlari namunalaridan ko'rgazmalar ham tashkil qilindi.
Chilonzor tumanidagi bayram saylida ham kuylar qo'shiqlarga ulanib ketdi. o'afur o'ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog'ida Go'zal Jumaniyozova, Abbosxon Hamroev, Sardor Sodiqov, Shoira O'ktamova, Elmurod Mirdaev, Javohir Ochildiev kabi taniqli xonandalarning dilbar qo'shiqlari yig'ilganlarga bahoriy kayfiyat ulashdi. Muqimiy nomidagi o'zbek davlat musiqiy teatrining iqtidorli aktyorlari tomonidan uyushtirilgan sahna ko'rinishlari esa barchaga manzur bo'ldi.
— Navro'zni qanday kutib olishimizda va bu tabarruk ayyomga o'zimizni qanday chog'lashimizda gap ko'p, — deydi sayil ishtirokchisi Ikrom Xujiev. — Navro'z hayot chirog'ining o'chmasligidan, ona zaminning buyuk samo bag'rida aylanishi va bobo quyoshning mangu nur sochishidan dalolat beradi. Qalbimizda esa go'zal tuyg'ular g'uncha ochadi. Tilagimiz ilohim shu muqaddas yurtimizga ko'z tegmasin.
Mirzo Ulug'bek tumanidagi xalq sayli «Lokomotiv» nomidagi madaniyat va istirohat bog'ida bo'lib o'tdi. Bayram elimizning azaliy qadriyatlari an'anaviy urf-odatlari, dilrabo kuy-qo'shiqlariga hamohang ravishda nishonlandi.
— Navro'z xalqimizning azaliy qadriyatidir, — deydi Ma'naviyat targ'ibot markazi tuman bo'limi rahbari Dilafro'z Jumaniyozova. — To'rt ming yillik tarixga ega bo'lgan bu bayram tabiatga o'ziga xos tarovat bag'ishlaydi, yangi umid, yangi rejalar, ruhiyatimizga ham engilliklar olib kiradi. Ushbu bayram yillar osha hayotimiz mazmuniga aylanib bormoqda.
Bayram sayli doirasida varrak uchirish, tosh ko'tarish, arqon tortish, kurash va milliy o'yinlar, turli sport musobaqalari tashkil qilindi. Muqaddas qadriyatlarimiz timsoli bo'lgan Navro'zi olam shukuhi dillarga quvonch bag'ishladi.
Yashnobod tumanidagi xalq sayli O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoshidagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi oldidagi maydonda ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi. Tuman mahallalari Navro'z ruhini namoyon etuvchi o'zbekona milliy supalarni bezatishdi, undan bahor taomlari, shirinliklar o'rin oldi.
— Tuman aholisining madaniy hordig'ini ta'minlash, xalq saylini tashkil etish ishlari xayrli an'anaga aylangan, — deydi Yashnobod tumani Madaniyat va aholi dam olish markazining badiiy rahbari Said Rahmatov. — Bu yilgi saylimiz «Elimning shodligi, rizq-ro'zi — Navro'z!» deb nomlandi. Bunda «O'zbeknavo» estrada birlashmasi xonandalari bilan bir qatorda tumanda joylashgan tuman Madaniyat va sport ishlari bo'limi tasarrufidagi 3 ta Madaniyat va aholi dam olish markazlari qoshidagi badiiy-havaskorlik jamoalari qatnashchilari tomonidan teatrlashtirilgan bayram tomoshasi namoyish etildi. «Farzandlari sog'lom yurt qudratli bo'lur» blokida yosh sportchilarning ko'rgazmali chiqishlari uyushtirildi.
Yoshi ulug' insonlar uchun qozonlarda osh damlanib, dasturxon yozildi. Keksalar yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini tilab qo'llarini duoga ochishdi. Kelajagimiz ertasi bo'lmish bolajonlar turli xil attraktsionlarda uchib, ularning shodon kulgusi yangradi.
Yunusobod tumanida joylashgan Toshkent hayvonot bog'idagi xalq sayli tuman ahli va poytaxtimiz mehmonlariga manzur bo'ldi.
Bu erda tuman hokimligi, Toshkent hayvonot bog'i, tuman xotin-qizlar qo'mitasi, Ma'naviyat targ'ibot markazining tuman bo'limi, tuman Savdo departamenti, «Kamolot» YoIH, tuman madaniyat va sport ishlari bo'limi, «O'zbeknavo» estrada birlashmasi va boshqa tashkilotlar tomonidan «Har kunimiz Navro'z bo'lsin!» shiori ostida bayram sayli tashkil etildi.
Nuroniy otaxon-onaxonlar, tumandagi faol mahalla maslahatchilari, kasb-hunar kollejlari o'quvchilari, tumanda joylashgan o'quv markazlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari yangilanish va yasharish bayramini ko'tarinki kayfiyatda nishonlash imkoniga ega bo'lishdi. O'zbek milliy akademik drama teatri aktyor va aktrisalari sahna ko'rinishlari bilan tadbir ishtirokchilarini samimiy muborakbod etishdi. Tadbirning badiiy qismida jajji bolajonlar tomonidan kuy-qo'shiqlar, raqslar ijro etildi. Sport ustalarining ko'rgazmali chiqishlari, «O'zbeknavo» estrada birlashmasining xonandalari, 22-sonli madaniyat va aholi dam olish markazi xonandalari ijrosidagi kuy-qo'shiqlar barchaga xush kayfiyat bag'ishladi. Ertamiz egalari bo'lmish yoshlar o'rtasida varrak uchirish musobaqasi ham qizg'in tarzda o'tkazildi. Shu bilan birga hayvonot bog'i bo'ylab sayohat ham uyushtirildi. Bahoriy taom bo'lmish sumalak va shirinliklar tarqatildi.
— Azaldan Navro'z xalqimiz tomonidan qut-baraka, mehr-oqibat hamda to'kin dasturxon ramzi sifatida qadrlanadi, — deydi «Navro'z» mahalla fuqarolar yig'inining diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo'yicha maslahatchisi Ma'suda Isoxodjaeva. — Xalqimiz uchun Sharqona yangi yilning boshlanishi, eng qadimiy, asl milliy va ardoqli bayram bo'lmish Navro'z ayyomini tantana bilan kutib olish va nishonlash nasib qilganiga shukronalar aytamiz. Qadimiy va betakror, milliy o'zligimizni anglash timsoli bo'lmish Navro'z bayramining mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa yoshlar orasida keng targ'ib etish, keksalarga hurmat-ehtirom, mehr-oqibat ko'rsatish, ona tabiatni, milliy an'analarni e'zozlashga qaratilgan keng qamrovli ishlar yoshlarimiz ma'naviyatini boyitadi. Mazkur bog'da tashkil etilgan sayilda nabiralarim bilan qatnashib, mustaqil yurtimizga faqatgina shodu xurramlik, bayramlar yarashishini his etdim. Keksalari e'zozlangan yurtda tug'ilib, yashayotganimdan behad mamnunman. Jannatmakon yurtimizga ko'z tegmasin.
O'zbekiston Davlat tsirki atrofidagi maydonda tashkil etilgan xalq sayli shayxontohurliklar va bu erga tashrif buyurgan poytaxtimiz ahli dilini shod etdi. Karnay-surnay sadolari ostida boshlangan xalq sayli barchani bayramni ko'tarinki kayfiyatda nishonlashga chorladi. «Kamolot» YoIH tuman Kengashi faollari tomonidan milliy xalq o'yinlari ijro etildi. Respublika rassomchilik kollejining iqtidorli o'quvchilari rasmlar bo'yicha iqtidorlarini namoyon qilishdi. Toshkent mehmonxona xo'jaligi va servis kasb-hunar kollejining o'quvchilari esa karving san'ati bo'yicha bor mahoratlarini ko'rsatishdi. Kitoblar yarmarkasi ham tashkil etildi.
Bayram dasturida xonandalar, sozandalar, milliy va estrada yo'nalishidagi kulgi ustalari o'z san'atlari bilan yig'ilganlarni xushnud etishdi.
— Navro'z saylida qalbimiz g'ururga to'ldi, — deydi uy bekasi Dilafro'z Mansurova. — Iqtidorli o'quvchilarning karving san'ati bo'yicha mahoratlarini ko'rib, farzandimda ham shunday hunarni chuqurroq o'rganish istagi tug'ildi. Tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirib qolaman. Yurtimizning go'zal bayramlari, to'yu tomoshalari ko'paysin. Keksalarimizning umrlari uzoq bo'lsin.
— Mazkur xalq saylini yoshlarimizning qalbida g'urur va iftixor tuyg'usini tuydirish, urf-odatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida uyushtirilgan tadbir desam adashmagan bo'laman, — deydi «Kamolot» YoIH Shayxontohur tuman Kengashi raisi Laziz To'raev. — Bugungi kunda yoshlarimiz orzu-niyatlarining ro'yobga chiqishi yo'lida barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Berilayotgan imkoniyatlardan foydalanib, mas'uliyatni oqlash vazifamiz ekanligini unutmasligimiz lozim.
Muxtasar qilib aytganda, shu kuni poytaxtimizning barcha tumanlarida xalq sayli ko'tarinki kayfiyatda o'tdi. Yurtimiz bo'ylab joylarda o'tkazilayotgan shodiyona tadbirlari xalqimiz qalbiga cheksiz quvonch bag'ishlamoqda.
Hayotimiz tinch farovon, qut-baraka va fayz bizni tark etmaydi. Yaxshilik qilish insonni buyukligi ifodasidir. Faqat buyuk inson yaxshilik qilishga qodir. Va bu qilingan yaxshiliklari unga qaytadi. Umri davomida yaxshilik qilishni o’ziga kasp qilgan inson, keksalikda ham izzat ikrom va hurmat e’tiborda bo’ladi.
Darsni mustahkamlash: Siz qanday o’zbekona urf odatlarni bilasiz?
Vazifa:
mavzuga tayyorlanib kelish, mavzuga doyir insho yozish.
Do'stlaringiz bilan baham: |