Faoliyatning har xil turlari bilan shug`ullanganda sarflanadigan energiya
Ovqatga qo`yiladigan eng muhim gigiyenik talablardan biri shundaki, ovqat organizmni kecha-kunduzdagi energiya sarfini to`liq qoplashi zarur.
Buni amalda baholash uchun bir kecha-kunduzdagi energiya sarfi vashu kecha-kunduzda iste`mol qilinadigan ovqat ratsioni kalloriyasi taqqoslanadi.
Kecha-kunduzdagi energiya sarfi yuqorida bayon qilinganidek, uch qismdan iborat:
1. Asosiy modda almashinuviga sarflanadigan energiya;
2. Ovqatni hazm qilishga sarflangan energiya;
3. Ish bajarishga sarflanadigan energiya.
Yuqoridagi uch qismdan iborat energiya sarfi va ovqatning energiya qiymati kkal o`lchovi birligida baholanadi.
Eneriya sarfini aniqlashda turli xil usullar mavjud. Shulardan energiya sarfini gaz alamashinuvi usulida aniqlash keng qo`llanadi.
Rossiya olimlari (O. P. Molchanova, A. N. Krestovnikov, B. D. Kravchinskiy, A. A. Minx va boshqalar) tomonidan organizm tinch turgan, badan tarbiya, shaxsiy gigiyena, tadbirlarini bajargan, ovqatlangan, transportda yurgan, ish joyida kasbiga taalluqli ish harakatlarini, sog`lomlashtirish, sport mashg`ulotlari va boshqa harakatlarni bajarganda bir minutda bir kilogramm tana vazniga sarflanadigan energiya miqdori (kkal) 2-jadvalda ko`rsatilgan.
2-jadvalda ko`rsatilgan turli xil faoliyatlarda bir minutdabir kg.tana vazniga bo`lgan umumiy energiya sarfi tarkibiga organizm energiya sarfining uchta qismi ham kiradi: asosiy moddalar almashinuviga, ovqat hazm qilishga va ish (harakat) bajarishga energiya sarflari.
2-jadvalda ko`rsatilgan turli xil faoliyatlardagi bir minutda 1 kg tana vazniga kkal ko`rsatgichida sarflangan energiya miqdori, sportchi yoki boshqa kasbdagi odam bir kecha-kunduz davomida har bir faoliyatni bajarishga sarflagan vaqtiga, ya`ni minutga ko`paytiriladi va 24 soatda 1 kg tana vazniga sarflangan energiya miqdori (kkal) aniqlanadi. Bir kecha-kunduzda bir soatda turli faoliyatlarni bajarishga sarflangan energiya miqdori 70 kg ga (odamning o`rtacha tana vazni)g a ko`paytirilib, mazkur kasb egasining kunlik energiya sarfi aniqlanadi.
3-jadvalda ko`rsatilgan 42,27 kkal 24 soatda 1 kg tana vazniga sarflangan energiya tana vazniga ko`paytirilsa shu odamning umumiy energiya sarfi kelib chiqadi.
3-jadvalda ko`rsatilgan ma`lumotlar qilichbozlik bilan shug`ullanuvchi sportchiga taalluqli. Uning asosiy kasbi laborant bo`lib, institutning sirtqi bo`limi talabasi. Sportchining tana vazni 75 kg. Sportchining kun davomida bajargan ishlari (kun va vaqt xronometraji) 2-jadvalga kiritilgan. Bu ishlarga 1 minutda 1 kg tana vazniga sarflanadigan energiya (1-jadvalga asosan), ish bajargan minutlarga ko`paytiriladi va 3-jadvalga yoziladi.
Bu 24 soatda 1 kg tana vazniga sarflangan energiya miqdori. Bu sportchining tana vazni 75 kg. ga ko`paytiriladi, ya`ni 42,27 x 75=3170 kkal. Bunga hisobga kirmay qolgan ishlar uchun 15 foiz qo`shiladi (476 kkal).
Jami: 3170+476=3646 kkal.
Ana shu sarflangan energiya miqdoridan kelib chiqqan holda sportchining (shu to’lfadagi sportchilar guruhining) bir kunlik ovqat ratsionining kalloriyasi aniqlanadi, shunga ko`ra kunlik ovqat ratsioni tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |