Shaxsiy gigiyena – gigiyenaning bir boʻlimi; shaxsiy hayot va mehnat faoliyatida amal qilinishi zarur boʻlgan gigiyenik tartib yoʻli bilan odam sogʻligini saqlash va mustahkamlash masalalarini ishlab chiqadi. Shaxsiy gigiyena har bir kishining oʻziga va yoshiga bogʻliq boʻlib, aqliy va jismoniy mehnatni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish, vaqtida ovqatlanish, miriqib uxlash, mehnat va dam olishni toʻgʻri uyushtirishdan iborat.
Tor maʼnoda badan (teri, soch, tirnoq, tishlar), kiim-kechak, poyabzal, koʻrpa-toʻshak, turarjoy, ovqat tayyorlash gigiyenasi va h. k. ham shaxsiy gigiyenaga kiradi. Birinchi navbatda, badanni ozoda saqlashga eʼtibor berish zarur. Ayniqsa, badanning ochiq joylari, shuningdek, tirnoq osti tez kirlanadi, shuning uchun qoʻlni bobot sovunlab yuvib turish, tirnoqlarni toʻgʻri parvarish qilishga odatlanish kerak. Uyda ovqat tayyorlaganda ham qoʻlning tozaligiga eʼtibor berish lozim. Shaxsiy gigiyena qoidalariga bolalar juda yoshligidanoq odatlanishi zarur.
Kuniga dush qabul qilish yaxshi odat. Uyda dush boʻlmasa, badanning ochiq, ayniqsa, koʻp terlaydigan joylarini, qoʻltiq va koʻkrak ostini issiq suv bilan sovunlab yuvish lozim. Oʻringa yotishdan oldin oyoqni yuvish, agar barmoq burmalarida chaqalangan, bichilgan joylar boʻlsa davolatish kerak.
Ogʻiz boʻshligʻini toza tutish faqat tishlaning sogʻlom boʻlishini taʼminlabgina qolmay, balki ichki aʼzolardagi kasalliklarning oldini olishda ham muhim. Tishni har kuni ertalab yuvishga, shuningdek, ovqatlangandan keyin ogʻizni chayishga odatlanish kerak; agar ogʻiz hidlansa, darhol shifokorga koʻrinish zarur.
Shaxsiy gigiyenaga umumiy gigiyena tadbirlaridan tashqari, jinsiy aʼzolar parvarishi ham kiradi; buni bola balogʻatga yetganida emas, aksincha, bola tugʻilganidanoq muntazam amalga oshirish kerak.
Ichki kiyim toza boʻlishi, har kuni yoki kunora paypoqni almashtirib turish shaxsiy gigiyenada juda muhim; badan, kiyim-kechak, turarjoy, oshxona, ish joyi va boshqa(lar)ning toza boʻlishiga eʼtibor berish kerak (q. Gigiyena).
Har bir oila aʼzosining sochigʻi, koʻpa-toʻshagi alohida boʻlishi, koʻrpa-yostiq jildi, choyshabni haftada bir almashtirib turish zarur. Uyquga yotishdan oldin ichki kiyimni almashtirish lozim. Shaxsiy gigiyenaga oid tadbirlarni, ayniqsa, oila aʼzolaridan biror kishi ogʻriganda qatʼiy amalga oshirish talab etiladi, aks holda, kasallik atrofdagilarga, xususan, bolalarga tez yuqishi mumkin .
Qiz va oʻgʻil bolalar parvarishining oʻziga xos tomonlari bor (q. Goʻdak). Shaxsiy gigiyena konun-qoidalari barchaga tegishli boʻlishi bilan birga, uni kishining yoshiga, erkak va ayolning anatomik-fiziologik xususiyatlariga bogʻlik tomonlari ham bor.
Gripp eng keng va tez tarqaladigan oʼtkir yukumli kasallik boʼlib, deyarli dunyoning barcha mamlakatlarida uchraydi. Bu kasallik uchun mavsumiylik xos boʼlib, asosan kuz va qish oylarida koʼp holatda roʼyxatga olinadi. Gripp kasalligi koʼrsatkichlarini mavsumiy koʼtarilishi yilning noyabrь - mart oylariga toʼgʼri keladi.
Gripp virusining А, V va S turlari mavjud.
Kasallik manbai fakat bemor odam hisoblanadi. Kasallik atrofdagi sogʼlom odamlargaasosanhavo-tomchi yoʼli bilanbemoraksirganda, yoʼtalganda, gaplashgandatez yuqadi. Havoda saqlanib turgan gripp virusi sogʼlom odamga tezda yuqadi. Kasallikning birinchi belgilari paydo boʼlgunga qadar bir necha soatdan 3 kungacha vaqt oʼtadi. Kasallik toʼsatdan, oʼtkir boshlanadi.
Gripp kasalligiga barcha yoshdagilar moyil, ayniqsa zaif (nimjon, yaʼni immun xolati past) bolalar, keksa yoshdagi kishilar, xomilador ayollar hamda surunkali xastaliklari boʼlganlarda yaʼni immuniteti past kishilarda tez rivojlanadi va ogʼir kechadi.
Gripp nafas yoʼllarini yalligʼlanishi bilan boshlanib, keyinchanlik bemorda tana xarorati 38-40 darajagakoʼtarilishi, bosh va tomoq ogʼrishi, burun bitishi, burundan suyuklik ajralishi, yoʼtal, mushaklarda ogʼriq, holsizlik, ishtahani buzilishi baʼzi hollarda qusish xolatlari kuzatiladi. Kasallik bemorlarda yengil, oʼrta va ogʼir shakllarda kechadi. Kasallikning eng xafli asoratlari oʼpka toʼqimalarini yalligʼlanishi pnevmoniya (zotiljam), meningit (miya pardasining yalligʼlanishi), meningoentsefalit (miya pardasini va moddasining yalligʼlanishi), otit (oʼrta quloqning yalligʼlanishi, sinusit (burun yondosh boʼshliklarning yalligʼlanishi), nefrit, pielonefrit (buyrakning yalligʼlanishi). Shuning uchun ham, xalq orasida grippning oʼzi emas, balki uning asoratlari yomon degan fikr bejiz aytilmagan. Baʼzida, yaʼni grippning yengil shakllari bilan ogʼrigan bemorlar atrofdagilar uchun koʼproq xavf tugʼdiradi, chunki bunday bemorlar aksariyat hollarda uyida davolanmasdan, kasalligiga yetarli darajada eʼtibor bermay, oyokda oʼtkazadilar. Ularni kasal holatida jamoat joylarda, barcha trasportlarda, oʼqish va ish joylarda uchratish mumkin.
Grippni oldini olishda quyidagilarni tavsiya etamiz :
- grippgaqarshiemlanish
- mavsumga xos kiyinish
- oʼz vaqtida ovkatlanish va dam olish
- xonalarni
- vaqti-vaqti bilan shamollatib turish va kunda namli tazolov ishlarini oʼtkazish.
- ishlab chiqarish korxonalari, davolash profilaktika va oʼquv muassasalari, bolalar va qariyalar uylari, tashkilot va idoralarda hamda turar joy binolarida issiqlik rejimiga rioya qilish barcha xonalarning issiqlik harorati 22 darajadan past boʼlmasligi
- kasallikni erta aniklash maksadida maktabgacha muassasalar, maktablarda kirish joylarida ertalabgi filьtrni tashkil etishni va ertalabki filtrlar oʼtkazilishiga eʼtibor qaratilishini,
- gripp va oʼtkir respirator kasalliklariga xos boʼlgan simptomlar aniqlangan shaxslarni jamoaga qoʼymaslikni;
- gripp va oʼtkir respirator kasalliklariga gumon kilingan bolalarni izolyatorga joylashtirish xamda ota-onasiga va xududiy poliklinikaga xabar berishni;
- ertalabgi filьtr ishini amalga oshiradigan gripp va oʼtkir respirator kasalliklarga gumon kilinib izolyatorga yotkizilgan bemorlarni parvarish kiladigan xodimlarni respirator (nikoblar) bilan taʼminlanishini;
- oʼkuv-tarbiya muassasalarida tanaffus paytida shamollatish rejimini tashkil kilishni;
- maktabgacha tarbiya muassasalarida xar kuni bolalarni kamida 2 marotaba toza xavoga sayrga chikarishni;
- barcha oʼkuv-tarbiya muassasalarida sanitariya-targʼibot ishlarini olib borishni
- uyushgan jamoalarda kontsert zallari kinoteatr, oʼquv va ish joylarda kuniga vaqti bilan 3-4 marotaba shamollatib turish, xonalarda dezinfektsiya moddalarini qoʼllangan holda namli tozalov ishlarini olib borishdir
Oʼzingiz va atrofdagilar sogʼlom boʼlishini xoxlasangiz, gripp va oʼtkir respirator kasalliklariga gumon qilinsa, darhol shifokorga murojat qiling va doimo quyidagilarga amal qiling:
- gripp va oʼtkir respirator virusli infektsiya (OʼRVI) bilan ogʼrigan barcha bemorlar isitma davrida albatta yotishi va shifokorni uyiga chaqirishni
- Kasallikni oyokda oʼtkazmaslikni
- Shifokor maslahatlari va tavsiyalari asosida ish tutishni
- Аgar bemor uy sharoitida davolansa, unga alohida xona, idish, sochiq, oʼrin-koʼrpa ajratilib, kam harakat qilishni
- Bemorga qarayotganlar burun va ogʼizlarini respirator yoki dokali niqob bilan toʼsishlari va qoʼllarini tez-tez sovunlab yuvib turishlarini
- Bemor yotgan xonani tez-tez shamollatib, namli tazalov ishlarini amalga oshirishni
- Bemorlar koʼproq suyuqlik — quruq mevalar qaynatmasi, meva sharbatlarini ichirish hamda oson hazm boʼladigan oqsil va vitaminlarga boy taomlarni isteʼmol qilinishi tavsiya etiladi
- kasallangan davrda jamoat joylariga (ishxonaga, oʼqishga, kinoteatlarga, kontsert zallariga, yigʼilishlarga, mehmonga) bormaslikni
- yoʼtalganda va aksirganda ogʼiz-burninni roʼmolcha bilan yopishni
- oʼzboshimchalik bilan davolanish kasallikning ogʼir asoratlarga olib kelishini unutmaslikni!
Kasallikni oldini olishda tanani chiniqtirish, badantarbiya bilan muntazam shugʼullanish, ochiq havoda yurish, oʼz vaqtida ovkatlanish alohida ahamiyatga ega. Koʼprok sovuq kunlarda issiq kiyinish, albatta bosh kiyim kiyish, oyoqlarni issiq boʼlishi muhimdir. Kasallik avj olgan paytda (dekabrь, yanvarь, fevralь) oylarida nafaqat epidemik jihatdan muxim boʼlgan korxonalar va tashkilotlar ishchi-xizmatchilariga balki barcha fuqoralarimizga niqob taqish tavsiya etiladi.
Kasallik qanday boʼlishidan qatʼi nazar, inson salomatligi va turmush farovonligiga jiddiy putur yetkazadi. Shu bois, sogʼligimizga boʼlgan masʼuliyatni chuqur his qilgan holda, mavsumiy kasalliklardan ehtiyot boʼlaylik. Unutmang, kasallikni davolagandan koʼra, uning oldini olgan afzal.
Do'stlaringiz bilan baham: |