Issiqlik va ish termodinamikaning eng muhim tushunchalaridan biridir. Issiqlik tushunchasi mohiyatan ish tushunchasiga yaqin. Issiqlik ham, ish ham energiya uzatish shakllaridandir. Shuning uchun ham jismning biror issiqlik yoki ish zaxirasi bor deb aytishning xech qanday ma'nosi yo'q. Faqat jismga ma'lum miqdorda issiqlik yoki ish berilgan deb ta'kidlash o’rinli bo'ladi.
Energiya turlari Protsess funksiyasi Issiqlik Ish Holat funksiyasi Ichki energiya Entalpiya Entropiya ISSIQLIK VA ISH. Issiqlik energiya uzatishning shunday shakliki, u jismlarning bevosita o'zaro kontaktlashishi (issiqlik o'tkazuvchanlik, konvektsiya), yoki energiyani nur holida uzatish bilan ifodalanadi. Energiya uzatishning bu shakli issiqlik uzatish deb, uzatilgan energiya miqdori esa issiqlik miqdori deb ataladi. Binobarin, issiqlik miqdori ham energiya birliklarida o'lchanishi lozim.
Mexanikaviy ish bajarilgan holda jismning hajmi albatta o'zgaradi. Bu usul energiyaning ish shaklida uzatilishi, protsessda uzatilgan energiya miqdori esa ish deb ataladi. Jismning ish shaklida qabul qilgan energiya miqdori jismning sarflangan ishi deyiladi.
Issiqlik miqdori va bajarilgan ish holat funktsiyasi bo'lmasdan, balki protsess funktsiyasidir. U faqat jismning boshlang'ich va oxirgi holatlari bilan emas, balki jism holatining o'zgarishi amalga oshgan yo'l bilan ham aniqlanadi.
Jismning holati 1 dan 2 ga o’zgarganda uzatilgan issiqlik miqdori va bajarilgan ish termodinamik protsessga bog'liq bo’lganligi uchun quyidagicha belgilanadi.
Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni tabiatning umumiy xarakterga ega bo'lgan fundamental qonunidir.
Bu qonunga ko'ra energiya yo'qdan bor bo'lmaydh bordan yo'q bo'lib ketmaydy bir turdan ikkinchi turga o'tib turishi mumkni bunday o'tishda energiya bir turining muayyan miqdori ikkinchi tur energiyaning shunga teng miqdoriga aylanadi. Ya'nk izolyatsiyalangan liar qanday sistema ichidagi energiya miqdori o'zgannasdan saqlanib turadi. Energiyaning saqlanishi va aylanishi qonunining umumiy ta'rifi M. V Lomonosov tomonidan XVIII asming birinchi yarmida berilgan.
R. Mayer 1842 yilda tajribalar natijasida sarflangan ish L va hosil qilingan issiqlik miqdori Q orasida to'g'ri proportsionallik borligini aniqladi:
Q = A + L Ishning issiqlik ekvivalenti issiqlik hosil qilish usuli, ish turi. jism temperaturasi va xokazolarga qaramasdan doimo bir xil qiymatga ega:
Agar ish va issiqlik bir xil birliklarda o'lchansa. u holda ekvivalent A birga
teng bo'lib quyidagi ko’rinishga keladi:
Shunday qilib, hosil qilingan issiqlik miqdorining sarflangan ish miqdoriga ekvivalentligi ko'rsatildi; issiqlik sarflash hisobiga ish bajarilganda ham bu munosabat to'g'ri bo'ladi.