Mavzu: ALOQA TIZIMLARI HAQIDA ASOSIY TUSHUNChALAR
Reja:
EAA fanining vazifasi.
Axborot manbai va axborot iste’molchisi
Elektromagnit to‘lqinlar
Aloqa tizimining funksional sxemasi.
“Elektraloqa asoslari ” fani signallar, aloqa kanallari turlari va ularning matematik modellari; raqamli signallar; modulyatsiya va demodulyatsiya; xalaqit bardoshlik; kodlash; signallarni kogerent va nokogerent qabul qilish; axborot nazariyasi haqidagi asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi oldiga qo‘yilgan vazifalarni yechish yo‘llarini belgilab beradi. Buning uchun axborot, xabar, signal tushunchalari; turli aloqa tizimlari va ularning asosiy texnikn ko‘rsatkichlari; signal va kanallarning matematik modellari; turli modulyatsiyalangan signallar va ularni qabul qilish usullari hamda ta’minlanadigan xalaqitbardoshlik; axborot nazariyasi va kodlash haqidagi asosiy bilimlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |