Turli xil ishlarni bajarganda energiya sarfi.
2-jadval.
№
|
Ish turi
|
1 minutda 1kg vaznga energiya sarfi - kkal.
|
1
|
Yurish:
-110qadam - minut;
- 6 km – soat;
- 8 km – soat.
|
0,0690
0,0714
0.1548
|
2
|
Yugurish tezligi:
- 8 km – soat;
- 10,8 km – soat;
- 320metr – soat.
|
0,1357
0,178
0,320
|
3
|
Gimnastika:
- erkin masg`ulotlar;
- snaryaddamashg`ulotlar.
|
0,0845
0,1280
|
4
|
Eshkak eshish.
|
0,1100
|
5
|
Velosipeddayurish tezligi:
10-20km – soat.
|
0,1285
|
6
|
Konkidauchish
|
0,1071
|
7
|
Chang`i sporti:
- chang`ini tayyorlash;
- o`quv mashg`ulotlari;
- belgilangan hududdaharakatlanish.
|
0,0546
0,1707
0,2086
|
8
|
Boks:
- sakrash mashqlarini bajarish;
- havo to`ldirilgan qop;
- soyabilan mashq;
- qopni urish.
|
0,1033
0,1125
0,1733
0,2014
|
9
|
Kurash.
|
0,1866
|
10
|
Suzish tezlik: 50metr min.
|
0,1700
|
11
|
Qilichbozlik.
|
0,1333
|
12
|
Jismoniy mashg`ulotlar.
|
0,0648
|
13
|
Mashinadao`tirib safar qilish.
|
0,0267
|
14
|
Mashinadapechatlash.
|
0,0338
|
15
|
Maktabdao`qish.
|
0,0264
|
16
|
O`tirib ovqatlanish.
|
0,0236
|
17
|
Dam olish:
- tik turib;
- o`tirib;
- yotib (uyg`oq).
|
0,0264
0,0229
0,0183
|
18
|
Uxlash.
|
0,0155
|
19
|
Ko`rpa-to`shakni yig`ishtirish.
|
0,0329
|
20
|
Tikuvchi.
|
0,0321
|
21
|
Muqovalovchi (perepletchik).
|
0,0405
|
22
|
Etikdo`z.
|
0,0429
|
23
|
Duradgor, temirchi.
|
0,0571
|
24
|
Gisht teruvchi.
|
0,0952
|
25
|
Traktorchi.
|
0,0320
|
26
|
Kombaynchi.
|
0,0390
|
27
|
Qishloq xo`jaligi ishchisi (suvchi, chopiq qiluvchi).
|
0,1100
|
28
|
Polizdaishlovchi (ogorodnik)
|
0,0806
|
29
|
Uy xo`jaligi ishlari.
|
0,0573
|
30
|
Qo`l mashinasidatikish.
|
0,0267
|
Sportchining bir kecha-kunduzdagi energiya sarfini aniqlashning ishchi jadvali.
3-jadval.
№
|
Faoliayt turi
|
vaqt, soat, minut
|
Ish baja-rish vaqti, minut.
|
Energiya sarfi 1minut1 kg vazn, kkal.
|
1 kg vaznga hisoblangani energiya sarfini (kkal) ish vaqtiga ko`paytirish
|
1
|
Badantarbiyamashg`uloti.
|
7.00-7,15
|
15
|
0,0648
|
0,0648 x 15=0,972
|
2
|
Shaxsiy gigiyena.
|
7.15-7.30
|
15
|
0,0329
|
0,0329 x 15=0,493
|
3
|
Ko`rpa-to`shakni yig`ish.
|
7.30-7.40
|
10
|
0,0329
|
0,0329 x10=0,329
|
4
|
Nonushta–o`tirib.
|
7.40-8.00
|
20
|
0,0236
|
0,0236 x 20=0,472
|
5
|
Avtobusdaishgaborish.
|
8.00-8.30
|
30
|
0,0267
|
0,0267 x 30=0,801
|
6
|
Laboratoriyadao`tirib ishlash.
|
8.30-12.30
|
240
|
0,0250
|
0,0250x 240=6,000
|
7
|
Tushlik - o`tirib.
|
12.30-13.00
|
30
|
0,0236
|
0,0236x30=0,708
|
8
|
Dam olish - o`tirib.
|
13.00-13.30
|
30
|
0,0229
|
0,0229x30=0,687
|
9
|
Laboratoriyadao`tirib ishlash.
|
13.30-17.30
|
240
|
0,0250
|
0,0250x240=6,000
|
10
|
Avtobusdatrenirovkagaborish.
|
17.30-18.00
|
30
|
0,0267
|
0,0267x30=0,801
|
11
|
Trenurovka:
-razminka- yugurish;
-erkin jismoniy mashq;
- qilichbozlik;
-erkin jismoniy mashq.
|
|
5
15
60
10
|
0,1357
0,0845
0,1333
0,0845
|
0,1357x5=0,678
0,0845x15=1,27
0,1333x60=7,98
0,0845x10=0,85
|
12
|
Dush - shaxsiy gigiyena.
|
19.30-19.40
|
10
|
0,0329
|
0,0329x10=0,329
|
13
|
Avtobusdauygaqaytish.
|
19.40-20.20
|
40
|
0,0267
|
0,0267x40=1,068
|
14
|
Kechki ovqatlanish-o`tirib.
|
20.20-20.40
|
20
|
0,0236
|
0,0236x20=0,472
|
15
|
Uyda aqliy ish-o`tirib.
|
20.40-22.40
|
100
|
0,0243
|
0,0243x100=2,43
|
16
|
Sayr qilish.
|
22.20-22.50
|
30
|
0,0690
|
0,0690x30=2,070
|
17
|
Shaxsiy gigiyena.
|
22.50-23.00
|
10
|
0,0399
|
0,0399x10=0.399
|
18
|
Uyqu.
|
23.00-7.00
|
480
|
0,0155
|
0,0155x480=7,44
|
|
Jami:
|
|
24 soat
|
|
42,27 kkal
|
Ovqatning energetik va plastik material ekanligi.
Ovqat odam organizmida ikkita muhim funksiyani bajaradi:
1. Ovqatning energetik funksiyasi. Ovqat moddalari organizmda kislorod yordamida oksidlanib, energiya hosil qiladi. Bu energiya to`qima va a`zolarning normal ishlashi, tana harorati doimiyligini ta`minlash, odamning harakatlanishi, aqliy va jismoniy mehnati uchun sarflanadi.
2. Ovqatning plastik funksiyasi. Ovqat tarkibidagi moddalar, ayniqsa oqsil hujayralarning tarkibiy qismiga kiradi, ya`ni hujayralar bo`linib ko`payishi, ularning eskirgan qismlari yangilanishini ta`minlaydi.
Ratsional ovqatlanishning ahamiyati va qoidalari.
Ahamiyati. Odam sog`lom va baquvvat bo`lishida, yoshlar normal o`sishi va rivojlanishida, aqliy va jismoniy ish bajarish qobiliyatining yaxshi bo`lishida ratsional ovqatlanish muhim ahamiyatga ega.
Qoidalari. Ovqatlanishning gigiyena qoidalari asosida ratsional (oqilona) tashkil etilishi uchta qoidaga asoslanadi:
1. Ovqatlanishning miqdor qoidasi. Bir kecha-kunduzda ovqatdan organizmda hosil bo`ladigan energiya miqdori sarflanadigan energiya miqdoriga teng bo`lishi kerak.
2. Ovqatlanishning sifat qoidasi . Bir kecha-kunduzda ovqat tarkibidagi oqsillar, yog`lar va uglevodlar, suv, mineral tuzlar, vitaminlarning miqdori odam organizmining shu moddalarga bo`lgan ehtiyojini qondirishi kerak.
3. Ovqatlanishning uchinchi qoidasi-ovqatlanish tartibidir. Bir kecha-kunduzdagi ovqat miqdori (kalloriyasi) to`rt qismga bo`lingan holda iste`mol qilinishi kerak.
Ovqatlanish tartibi taxminan quyidagicha tuzilishi mumkin:
-ertalabki nonushta– bir kecha-kunduzdagi ovqat kalloriyasining 25-30 foizini tashkil etishi kerak (soat 7-7.30da);
-tushki ovqat – bir kecha-kunduzdagi ovqat kalloriyasining 35-40 foizini tashkil etishi kerak (ish yoki o`qish joyida belgilangan tartib bo`yicha soat 12-13 gacha yoki 13-14 gacha);
-kechki ovqat – bir kecha-kunduzdagi ovqat kalloriyasining 15-20 foizini tashkil etishi kerak (soat 19-20da).
Yuqorida ko`rsatilgan uch marta asosiy ovqatlanishdan tashqari, qo`shimcha ovqatlanish ham ko`zda tutiladi. Bu bir kecha-kunduzdagi ovqatning 10-15 foizini tashkil etishi mumkin (soat 16-16.30 da).
Ovqat miqdori va sifatiga gigiyenik talablar.
1. Ovqat miqdori, uning kalloriyasi organizmning energiya sarfini to`liq qoplashi va bajaradigan faoliyatga mos bo`lishi zarur.
2. Ovqat tarkibidagi moddalar (oqsillar, yog`lar, uglevodlar, suv, mineral tuzlar, vitaminlar) organizmning fiziologik jarayonlari me`yorida kechishi, hujayra-to`qimalarning muntazam yangilanib turishi, yosh organizmning o`sishi va rivojlanishini ta`minlashga yetarli bo`lishi zarur.
3. Ovqatning harorati, tashqi ko`rinishi, hidi va mazasi yoqimli, ishtaha ochadigan bo`lishi talab etiladi. U yaxshi hazm bo`lishi kerak.
4. Ovqat turi, uning mahsulotlari tarkibi har kuni o`zgartirilishi-yangilanishi lozim.
5. Ovqatning tarkibi yashayotgan iqlim va ob-havo sharoitiga mos bo`lsin.
6. Ovqatlanish gigiyena qoidasi asosida tuzilgan kun tartibi asosida amalga oshirilishi lozim.
Ovqat ratsionining kalloriyaligi.
Ratsional ovqatlanishning birinchi sharti-bu ovqat ratsionining kalloriyaligidir, ovqatdan hosil bo`lgan energiya organizmning energiya sarfini to`liq qoplashi kerak. Sportda ovqatning energiya qiymati ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Chunki, muntazam o`tkaziladigan trenirovka mashg`ulotlari ko`p energiya sarflanishini talab qiladi.
Ovqat tarkibidagi organik moddalar hujayralarda kislorod bilan oksidlanib parchalanganda energiya hosil qiladi. Chunonchi, 1 gr oqsil 4,1 kkal, 1 gr yog` 9,3 kkal, 1 gr uglevod 4,1 kkal energiya hosil qiladi.
Odam organizmida bir kecha-kunduzda sarflanadigan energiya 3 qismdan iborat:
1. Asosiy moddalar almashinuvini ta`minlash uchun sarflanadigan energiya. Ertalab nahorda odam tinch yotgan paytda uning nafas olishi, yuragi, jigari, buyraklari, miya hujayralari va boshqa hayotiy muhim to`qimaa`zolarini tinch-osoyishta ishlab turishini ta`minlash uchun sarflanadigan energiya. Bu odamning 1 kg tana vazniga 1 soatda 1 kkal. ga teng. Tana vazni o`rtacha 70kg bo`lgan odamda asosiy moddalar almashuvi bir kecha-kunduzdagi energiya sarfi 1680 kkal.ga teng.
2. Iste`mol qilingan ovqatni hazm qilishga sarflanadigan energiya. Aralash ovqatlarni hazm qilishda energiya sarfi, asosiy moddalar almasinuviga nisbatan, 10 foizga ko`payadi. Bu 168 kkal.ga teng.
3. Umumiy moddalar almashinuvini ta`minlash uchun sarflanadigan energiya. Bu asosiy moddalar almashinuvi, ovqatni hazm qilishga hamda bajargan ishida moddalar almashinuvi kuchayishiga sarflanadigan energiyadan iborat.
Umumiy moddalar alamashinuvini ta`minlashga sarflanadigan energiya miqdori bo`yicha, ya`ni bajaradigan ishlarining turiga ko`ra odamlar 4 guruhga bo`linadilar:
1-guruh. Aqliy va yengil jismoniy mehnat bilan shug`ullanuvchi odamlar. Bularning energiya sarfi 2500-3000 kkal.
2-guruh. Mexanizatsiyalashgan jismoniy mehnat bilan shug`ullanuvchi odamlar. Bularning energiya sarfi 3000-3500 kkal.
3-guruh. Qisman mexanizatsiyalashgan jismoniy mehnat bilan shug`ullanuvchi odamlar, muntazam ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchilar ham shu guruhga kiradi. Bularning energiya sarfi 3500-4000 kkal.ni tashkil etadi.
4-guruh. Mexanizatsiyalashmagan og`ir jismoniy mehnat bilan shug`ullanuvchilar. Bularning energiya sarfi 4000-6500 kkal. gacha bo`lishi mumkin.
3-jadvalda mehnati bo`yicha turli guruhlarga bo`lingan odamlarning kunlik ovqat kalloriyasi ko`rsatilgan.
Sportning ko`p harakatlanish va og`ir mashqlar bajarish bilan bog`liq turlarining vakillari to`rtinchi guruhga kiradilar.
Ta`kidlash lozimki, sportning ayrim turlarida energiya sarfi 4-guruhga nisbatan ham ko`p bo`ladi.
Masalan: A. N. Krestovnikov olib borgan kuzatuvlar natijasiga ko`ra sportning qisqa, lekin juda tez bajariladigan sprint, irg`itish, sakrash kabi turlarida 3-jadvaldagi 4-guruh energiya sarfiga 500-800 kkal qo`shish tavsiya etiladi.
Trenirovka mashg`uloti uzoq davom etadigan sport o`yinlari, kurash, boks, o`rta va uzun masofaga yugurish, suzish, chang`i (eshkak eshish) sport turlarida 3-jadvaldagi 4-guruh energiya sarfiga yana 800-1500kkal qo`shiladi.
4-jadval.
Bajaradigan mehnati bo`yicha 4-guruhga bo`lingan odamlarning kunlik ovqati kalloriyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |