42
18. DEMOKRATIYANI ALABO’JI QILIB KO’RSATISH
Butun dunyo e’tirof etgan qadriyatlar ham O’zbekistonda rad etiladi. (Xabarlar oqimidan).
Yig’lab, uxlamayotgan bolaga “Yot, ana, Alabo’ji kelayati” deb
aytilganini eshitmagan odam
bo’lmasa kerak. Buning yonida qishloqdagi qo’rqinchli yoki qandaydir qilig’i bilan ovoza bo’lgan
bir odamning nomini aytish odati ham uchraydi.
Bizning qishloqda esa “Yot, bo’lmasa, G’ulom Aliev qamatadi” deyishardi. Men G’ulom Aliev
kimligini katta bo’lib bildim. “Lenin yo’li” gazetasida fotomuxbir ekan. Badbashara emas.
Aksincha kelishgan. Bolalar ko’rganda qo’rqadigan ko’rinishi yo’q. Istarasi issiq. Ammo birov
bilan janjallashsa, o’sha odamni hech kechirmas, u bilan hech yarashmas ekan.
Bizning bolalik yillarimizda u qo’shnisi
bilan janjallashib, butun qishloqni aylanib, hamma uyga
kirib “Otasini ham, o’g’lini ham qamataman” deb aytib chiqqan ekan. U ilgari ham kimni
qamataman, desa o’sha odamni qamatar ekan. Lekin bitta qo’shnisi bilan besh-olti yil sudlashib,
ularni qamata olmay qolibdi. Shundan keyin qishloqdagilar uni masxara qilib, “Alabo’ji” o’rniga
qo’yishgan ekan.
Biz bir necha yil bu odam bilan birga ishladik. Janjal qilganimiz yo’q. Undan yomonlik ham
ko’rganim yo’q.
Yaqinda bilsam, u 75 yilligini yubiley qilibdi. Yuzga kirsin!
Yubileyidan oldin boshidan o’tganlarni bir kitob qilib yozdirib, Toshkentga olib borib, o’z
hisobiga 200 nusxada chop ettirib kelib, qishloqda tarqatibdi.
Gap qamata olmagan odamlari
haqida ekan. Yana u o’zining ustozi, uni gazetaga ishga olgan, yozish-chizishni o’rgatgan, uy-joyli
bo’lishida qo’llab quvvatlagan, ammo Karimovning quvg’iniga uchrab bir necha yil oldin olamdan
o’tgan taniqli jurnalist Ahmadjon Muxtorovni go’rdan olib, go’rga solibdi.
Yaxshilik qilib, yomonlik olgan Ahmadjon Muxtorov haqida o’ylasam, gazetada
ishlab
yurganimizdagi bir voqea yodimga tushdi.
Kech soat beshdan keyin redaktsida qolib ishlaydiganlar uchun bosh muharrir Ahmadjon
Muxtorovning uyidan ovqat kelardi. Bir kun Ahmadjon aka chet el safaridan qaytib kelib, ana shu
soat beshdan keyingi “ziyofat” ustida u tomonlardagi hayot va texnologiya haqida havas bilan
gapirib berdi. Bosh muharrir o’rinbosari, yoshi bir joyga borib qolgan Mannop aka degan kishi
negadir faqat u
tomonlarda ayollar, qizlar qanday kiyingani haqida so’ray boshladi.
“Qizlar yalang’och yurar ekan, shu rostmi?”
“Ayolar ko’chada ketayotgan erkakni daraxtning ostiga tortishar ekan, bunaqasiga
uchramadingizmi?”
“U erda bolalar ota-onani hurmat qilmas, betgachoparlik qilishar ekan, shundaymi?”
“U erda pora berish hadya berish bilan bir xil ekan…”
43
Ahmadjon aka avvaliga savollarni kulgiga oldi. Keyin jahli chiqa boshladi va oxirida׃
-U erda har kim o’zining kimligini yaxshi bilar ekan, odamlar g’ulom emas ekan,-dedi.
Bu gap boshqacha ohangda G’ulom Alievning qulog’iga borib etibdi. Balki endi kitob chiqarib
g’ulom bo’lmaganini ko’rsatib qo’ymoqchidir? Lekin nega Ahmadjon aka tirikligida emas,
o’lgandan keyin? Bu ham savol. Savol bo’lganda ham o’zbekning zehniyati bilan bog’liq juda
katta savol. Hali ko’rasiz, Karimov o’lgandan keyin u haqda yozadiganlar qancha ko’p bo’ladi!
…Men Mannop akaning tagdor savollarini tez-tez eslayman. 1990 yillar boshida Islom Karimov
Turkiya safaridan qaytib kelgan kunda ham eslagandim. O’shanda u Turkiyada kolbasaning turini
sanashda adashganini aytar ekan, lekin u erda demokratiyani betgachoparlik
deb tushunish ham
borligini qistirib o’tgandi.
Keyinchalik bilsam, o’shanda u Istanbulda Turkiston jamiyati faollari bilan uchrashganda, jamiyat
raisi, tibbiyot fanlari doktori Ahad Andijon׃
-Diktatura yo’lini emas, demokratiya yo’lini tanlang, hozir xato yo’lga bosh suqdingiz, bu yo’lga
kirgan odam chiqolmay qoladi,-degan ekan.
1994 yilda Karimov Antaliyada ta’tilda bo’lganida ham yuqoridagi hikoyani esladim. Karimovdan
suhbat olish uchun borgan Kamol ismli jurnalist aytib berga
ndi׃
Ular borishsa, Karimov
televizorga qarab, jahli chiqib turgan ekan.
-Shumi, demokaratiya?-debdi jurnalistlar bosh vazir Tansu Chillarning yo’lini to’sib, uni o’rab
olib, savolga tutayotganlarini ko’rsatib.-Bunaqa demokratiyaning bizga keragi yo’q!
U televidenieda qizlar yarim yalang’och bo’lib chiqishini ham demokratiyaning aybi, deb
baholagan ekan. Darhaqiqat, Toshkentga qaytgach׃
-Ana Turkiyada ko’rdim, televidenie emas, buzuqxona,-degandi Karimov.
Bu gap ancha vaqt
Turkiya matbuotida “aylanib yurgandi”.
O’shandan beri o’zbek matbuoti ikki xil demokratiya haqida yozadi. Sharqning o’ziga xos va
o’ziga mos – “ishtonli demokratiya”si bor emish. Har holda “Diktatura” kalimasi o’rniga “Sharq
demokratiyasi” iborasini qo’llanishmoqda! Nima emish, G’arb demokratiyasi -yalang’ochmish.
Bugun ham shu haqda gap bormoqda va maktablarda ham bu o’qitilmoqda. Ya’ni G’arb
demokratiyasi jamiyatni buzib yuboradigan unsur, deb tushuntirib kelinmoqda.
Yaqinda Karimovning ana shu targ’iboti asosida ulg’aygan toshkentlik bir talabadan xat oldim. U
meni G’arb demokratiyasini himoya qilishda ayblab, nima, qizlarimiz yarim yalang’och
yurishlarini istaysizmi, deya savol qo’ygan.
Kecha esa rus saytlaridan birida Toshkentga ta’tilga borgan bir kishi tushirgan suratlarni ko’rdim.
O’nlab suratlar. Hammasida o’zbek qizlari yarim yalang’och. Nahotki, Toshkentga G’arb
demokratiyasi kirib bordi? Agar kirib borgan bo’lsa, ota-onalar bolalarini “Yot, uxlamasang
44
Karimov kelib, qamatadi yoki otib tashlaydi!” deb qo’rqitayotgan bo’lsalar kerak?! Lekin ishonish
qiyin. Chunki bu nomdan bolalaridan ham ko’proq o’zlari qo’rqadilar!
Do'stlaringiz bilan baham: