51
21. RUSLASHTIRISH
O’zbek tili davlat tili bo’lgani holda O’zbekistonda davlat boshqaruvi rus tilida yuritiladi.
(Xabarlar oqimidan).
Bundan besh yil oldin Brazil-Amazon guruhiga kiruvchi Suruvaha tilida gaplashuvchilardan
sakkiz kishi zahar ichib, o’z joniga qasd qilgandi. Ma’lum bo’lishicha, ular o’zaro
muomala
vositasi, dunyo bilan aloqa ko’prigi va Xudoga sig’inishda ruhiyatlarini ifodalaydigan ona tillari
yo’qolib ketayotganiga qarshi isyon sifatida ana shunday ayanchli qismatni tanlagan ekanlar.
Ona tili insonga jon qadar azizdir. SSSR yiqilib ketayotgan kunlarda O’zbekistonda ham o’zbek
tilini davlat tiliga aylantirish harakati boshlangan va bu harakat millionlab odamlarni birlashtirgan
edi.
O’shanda bir kun televizorda akademik Ahmadali Asqarov,
akademik Erkin Yusupov va
O’zbekiston Kompartiyasi Markazqo’mining bo’lim mudiri Shoxobiddin Ziyomov rus tilining
ahamiyati haqida gapirdilar. Ahmadali aka o’zining Namanganning bir qishlog’idan chiqqani va
rus tilining qudrati bilan dunyoga tanilgan olim bo’lganini aytdi. Keyin ayni gapni Erkin Yusupov
ham uqtirdi.
Markazkom vakili esa, xulosa qilib, O’zbek tiliga davlat tili maqomini berishni so’rayotganlarni
qoraladi.
Muxolifat,
ziyolilar, oddiy odamlar o’z so’zlaridan qaytmadilar. Ammo kechagi bilimdonlar o’z
so’zlaridan qaytdilar. Ertasiga ular yana televizorga chiqib, o’zbek tilining ahamiyati haqida
gapirdilar.
Men o’shanda tepada nimadir o’zgarganini his qildim. Chunki tepaning eng tepasidan topshiriq
bo’lmasa, ikki tanilgan akademik bir kunda to’nlarini teskari, to’g’risi teskari to’nlarini rostasiga
o’girib kiymasdilar. Aytilgan so’z otilgan o’q. Ular ana shu otilgan o’qni bir kunda qaytib oldilar.
Buning sababini Oliy Kengashning sessiyasidan chiqqan qonun ko’rsatdi. O’zbek tilini
bilmaydigan Karimov kutilmaganda tashabbusni qo’lga olib, butun mamlakat talab qilayotganidan
ham o’tkazib, favqulodda muhim o’zgarishlar kiritgan edi. Hatto O’zbekistondagi rusiyzabon
odamlarga O’zbek tilini o’rganish uchun sakkiz yil vaqt tanigandi.
Bugun ba’zilar xalqning kuchi bilan Karimov ana shunday qilishga majbur bo’lgandi, deyishadi.
To’g’ri. Ta’sir bo’lmasa, aks ta’sir bo’lmaydi. Lekin vaqt shuni ko’rsatdiki, Karimov o’shanda
o’yin qilgan ekan.
Keyinchalik sakkiz yillik muhlatdan boshlab, boshqa talablar ham asta sekin
qonundan chiqarib
tashlandi. O’zbek tiliga rasman davlat tili maqomi berilgani bilan butun boshqaruv hujjatlari rus
tilida yozilib, rus tilida tarqatildi. Bugunga qadar ham qonun loyihalaridan tortib, prezident
farmonlariga qadar barcha davlat hujjatlari rus tilida tayyorlanadi va keyin o’zbek tiliga o’giriladi.
52
O’zbek
tilining ahvoli bugunga kelib, o’sha 1989 yildagidan ham yomon. Bugungi yoshlar bilan
1989 yildagi yoshlarning ona tilini bilish darajalarini solishtirib ko’rsangiz, vahimaga tushasiz.
Juda kichik bir misol. Mustaqillik yillarida O’zbekiston bilan bog’liq ochilgan vebsaytlarni bir
ro’yxat qilib chiqing. Qani qanchasi ona tilida va qanchasi rus tilida?
O’zbek tilidagi vebsaytlar bilan rus tilidagilarning saviyasini solishtirib chiqing, qani
qay biri til
qonuniyatlariga javob beradi? Yozilayotan maqolalar, fikr-mulohazalar ham ayni darajada.
O’zbek maktablarida bugun o’quvchilar etmay qolmoqda. Chunki hamma bolasini rus
maktablarida o’qitishga intilmoqda. Nega?
Yaqinda Amerikaga kelgan bir huquqshunos bilan gaplashdim.
-Meni viloyat sudidan Oliy sud idorasiga ishga olishdi. O’zbek tilida yaxshi yozardim. Huquqiy
hujjatlarni o’zbek tilida mukammal qilib yozadigan odam juda kam. Oliy sudda protokol bo’limida
ishlovchilardan biri uzoq vaqtga kasal bo’lib qoldi. Uning o’rniga meni o’tkazishdi. Hukumatdan
keladigan hamma hujjatlar rus tilida edi. Javoblar ham rus tilida bo’lishi talab qilingandi. Avvaliga
ajablandim. Keyin
bir-ikki qarshi gapirgandim, rahbarlarga etib boribdi. Ishdan quvishdi…,-dedi
u.
U endi Amerikaga ish qidirib kelgan. Ana shunday. Bugun o’zbek tilini mukammal biladiganlar
O’zbekistonda ishdan quviladi.
Sovet davrida partiya qo’mitalariga “ruslit”ni bitirganlarni olishadi. Ish emas hujjat muhim edi.
Samarqand viloyat partiya qo’mitasining qishloq xo’jalik bo’limida ham “ruslit”ni bitirgan odam
ishlaganiga o’zim guvoh bo’lganman.
Bugunga kelib ham hukumat ishlariga olinayotganlardan rus tilini bilish talab qilinadi. Rus tilini
bilsangiz ish tiqilib yotibdi. Nafaqat quyi idoralarda balki eng yuqori joylarda ham…
Vladimir Norov, Ruslan Mirzaev, Svetlana Inomova, Elyor G’aniev, Rustam Azimov va hokazo
va hokazo vaziru ulamolar asosan rus tilida gaplashadilar. Karimov ularning birortasi bilan o’zbek
tilida gaplashmaydi. Prezidentdan boshlab vazirlargacha qaerga bormasinlar hukumat nomidan
qiladigan nutqlarini rus tilida irod etadilar.
O’zbekiston
ana shunaqa boshi pastda, oyog’i teppada bo’lgan mamlakatga aylandi. Rasmiyatda
o’zbek tili-davlat tili. Amalda esa rus tili-davlat tili. Bu ham Karimovning “tarixiy” kashfiyotidir.
Men bundan bir necha yil oldin
O’zga tilda dod solmoq ixtiyordir,
Ona tilni yod bilmoq iftixordir!
deb yozgandim. Afsuski bugun teskarsini ko’rib turibman.
53
Yaqinda bir o’zbekdan rus tilida yozilgan maktub oldim. Unda jumladan shunday deyilgan:
-Rejim haqida zo’r narsalar yozayotgan ekansiz. Agar rostdan ham bu rejimga muxolif bo’lsangiz
nega shularni hamma o’qiydigan va hamma tushunadigan rus tilida yozmaysiz?!
Shundan keyin, Brazil-Amazon guruhiga kiruvchi Suruvaha tilida so’zlashuvchi sakkiz kishi o’z
joniga nega qasd qilganini anglagandek bo’ldim.
Do'stlaringiz bilan baham: