Fakultetlar
FARMATSIYA FAKULTЕTI
SANOAT FARMATSIYASI FAKULTETI
FARMATSEVTLAR MALAKASINI OSHIRISH VA QAYTA TAYYORLASH FAKULTETI
QO'SHMA FAKULTETI
Professor-oʻqituvchilar tarkibi
Toshkent farmatsevtika instituti
(TFI)
Asl nomi
Toshkent Farmatsevtika Instituti
Xalqaro nomi
Toshkent Pharmaceutical Institute
Asos solingan
1937
Oʻquv yurti turi
Institut
Rektori
K.S.Rizaev
Talabalari
3500+
Fakultetlar
4 ta
Bakalavriat
6 ta yoʻnalish
Magistratura
5 ta mutaxassislik
Professorlar
45 ta
Manzili
Toshkent shahri, Oybek koʻchasi, 45, 100015,
Oʻzbekiston
Vebsayti
www.pharmi.uz (http://www.pharmi.uz//)
Koordinatalari
41°17′52.01″N 69°16′32.02″E / 41.2977806°N
69.2755611°E (https://tools.wmflabs.org/geoha
ck/geohack.php?pagename=Toshkent_farmats
evtika_instituti¶ms=41_17_52.01_N_69_16
_32.02_E_scale:100000_type:city)
Institut haqida
2019
yilga kelib institutning 18 ta kafedrasida jami 252 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat
koʻrsatib, ularning 45 nafari professor va fan doktorlari, 164 nafar fan nomzodlari va
dotsentlaridir. Bugungi kunda institut ilmiy salohiyati 49 % ni tashkil etadi.
Bugunga kelib tayanch doktoranturada (PhD) 10 ta, doktoranturada (DSc) 2ta hamda 31 ta
mustaqil izlanuvchilar ta’lim olishmoqda. 2019-yilda institut xodimlari tomonidan 1 ta doktorlik
va 4ta Phd dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi.
Institut tuzilishi
Farmatsevtika sanoati bugungi kunda mamlakatimizda jadal rivojlanib kelayotgan sohalardan
biridir. Institut farmatsevtika sohasini rivojlantirish uchun har yili 300 dan ziyod kadrlarni xalq
xoʻjaligiga etkazib bermoqda. Institutimizda 4 ta fakultet bakalavriatura va magistratura
bosqichlarida kadrlar tayyorlamoqda. Institutda Farmatsiya, Qo'shma fakultet, Sanoat
farmatsiyasi va Farmasevtlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetlarida 11
mutaxassislik boʻyicha kadrlar tayyorlanmoqda.
Institut Umumjahon sog'liqni saqlash tashkilotining Yevrobo'limi bilan
Markaziy Osiyo
davlatlari
uchun farmatsevtika taʼlimini isloh qilish boʻyicha maxsus loyihada
Rossiya
,
Qozog'iston
,
Ukraina
,
Pokiston
,
Hindiston
,
Xitoy
oily oquv yurtlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qililinmoqda.
Institutning yuqori ilmiy salohiyatini e’tiborga olib, ilmiy izlanishlarni ta’lim yoʻnalishlariga toʻliq
mos kelgan holda farmatsiyaning quyidagi asosiy yoʻnalishlariga qaratilmoqda:
Mahalliy dorivor oʻsimliklar va koordinatsion birikmalar asosida mukammal dori vositalari
yaratish va tibbiyot amaliyotiga tadbiq etish. Amaliyotga joriy etilgan generik dori vositalarini
yangi takomillashgan texnologiyalarini ishlab chiqish. Farmatsevtik va toksikologik tahlil
usullarini takomillashtirish. Oʻzbekistonda qayd etilgan dori voitalari va tibbiy buyumlarning
marketing va farmakoiqtisodiy tahlili. Fiziologik faol moddalar va biologik faol
qoʻshimchalarning farmako-toksikologiyasini oʻrganish. Institut olimlari olib borgan izlanishlar
natijalari asosida 2017-yilda e’lon qilingan ishlar soni 709 boʻlib, shulardan 222 ta maqola va
487 ta tezislar, 4 ta monografiya, 7 ta uslubiy qoʻllanma chop etildi, 10 ta ihtironi qayd qilish
uchun intellektual mulk agentligiga talabnoma topshirildi. Institut xodimlari tomonidan 2 ta
patent olindi, 8 ta patentning amal qilish muddati davom etmoqda.
Instituda bajarilayotgan tadqiqot ishlarining innovatsion ishlanmalar bilan yakunlanishiga
alohida ahamiyat beriladi. Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi
tomonidan e’lon qilinadigan innovatsion va amaliy loyihalar tanlovlarida institut xodimlari oʻz
Institut ilmiy faoliyati
ilmiy loyihalari bilan muntazam ishtirok etib, bugungi kunda 6 ta amaliy va 3 ta innovatsion
loyihalar ustida ishlar davom ettirilmoqda.
Institutda bajarilgan ilmiy ishlar natijasi 2008-2017-yillarda oʻtkazilgan “Innovatsion gʻoyalar,
texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi”da namoyish etildi va 78 nomdagi preparatlar
Davlat ma’lumotlar bankiga kiritildi. Institutda yaratilgan ilmiy ishlanmalarning amaliyotga
tadbiqini yanada faollashtirish hamda Respublikamizga kirib kelayotgan dori preparatlarni
standartlash maqsadida 2002-yilda “
Dori vositalarini standartlash ilmiy markazi (https://www.g
oldenpages.uz/)
” tashkil etildi. Tashkil etilgan vaqtdan boshlab 15 yil davomida ilmiy markaz
xodimlari tomonidan institut ilmiy ishlanmalarini amaliyotga tadbiq boʻyicha katta amaliy va
uslubiy yordam berib kelinmoqda. Ilmiy markazda xom ashyo va substansiyani standartlash
ishlari amalga oshirildi hamda xom ashyo va substansiyaga VFM loyihalari ishlab chiqilishi
keng yoʻlga qoʻyilgan.
Taʼlim bosqichlari: oʻrta taʼlim (1 ta litsey), bakalavriat (6 ta yoʻnalish), magistratura (5
mutaxassislik), va doktoranturadan iborat.
Institutda har yili “Farmatsiyada ta’lim, fan va ishlab chiqarishning dolzarb muammolari” xalqaro
ekspertlar ishtirokda respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazilib kelinadi.Undan tashqari
"Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammo va istiqbollar" xalqaro ilmiy-amaliy
konfirensiyasi,"Talabalar ilmiy anjumani", " Ibn Sino izdoshlari" respublika konfirensiyalari ham
har yili tashkillashtiriladi. Undan tashqari institut o'zining "Farmasevt" nomli ilmiy jurnalini davriy
ravishda chop etib boradi.
Institut sahifasi (http://pharmi.uz)
Institut elektron kutubxonasi (http://moodle.pharmi.uz/library/) Arxivlandi (https://web.archi
ve.org/web/20190822184011/http://moodle.pharmi.uz/library/)
2019-08-22
Wayback
Machine
saytida.
Farmasevt ilmiy jurnali (http://www.farjur.uz/) Arxivlandi (https://web.archive.org/web/2021
1130194129/http://farjur.uz/)
2021-11-30
Wayback Machine
saytida.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Institutda bugun
Havolalar
Soʻnggi tahrir 4 oylar avval InternetArchiveBot tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Toshkent_farmatsevtika_inst
ituti&oldid=2448827
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |