127
44. “TUZ”LARNI YO’QOTISH
Yana bir hokim arizasini yozdi. (Xabarlar oqimidan).
Qarta o’yinida har qanday qartani ura oladigan kozirlar bo’ladi. Kozirlar odatda tashqi kuch
ta’siridan paydo bo’ladi. Ammo kozirdan tashqarisini ura oladigan doimiy qarta bo’lmish tuzlarga
nisbat berib ba’zi odamlarni ham xalq orasida “tuz” deyishadi. Karimov ana shunday “tuz” larni
yo’qotishga usta.
1990 yillarning boshida uning uchun asosiy “tuz” Shukrullo Mirsaidov edi.
Birinchidan, u xalq orasida tajribali rahbar sifatida tanilgan.
Ikkinchidan, boshqaruv tizimlarida o’z tarafdorlariga ega. Uchinchidan, muxolifat bilan ham til
topisha oladi.
Aslida Karimov bu “tuz”ni ham boshqalari kabi faqat o’zi o’ynagisi bor edi. Ammo u Karimovga
tobe bo’lib qolishni istamadigina emas, balki “kozir”ni urmoqchi bo’ldi. Lekin urolmadi. Karimov
uning har uchchala ildiziga hujum qildi. Avval rahbar sifatida maydondan chetlatdi. Keyin
boshqaruv tizimlaridagi tarafdorlarini yo’qotdi va nihoyat muxolifat bilan ham aloqasini kesdi.
Karimov uchun yana bir “tuz” Nazir Rajabov edi.
Men Nazir Rajabov haqida ilk bor 1970 yillarning oxiri 1980 yillarning boshida u Buxoroda (u
asli romitanlik-JM) yong’inga uchragan bir yirik korxona binosini qayta tiklash loyihasini
tayyorlab, SSSR Davlat mukofotini olganda eshitgandim. Keyin u juda yosh bo’lishiga
qaramasdan juda katta vazifalarda ishladi, Qurilish vaziri bo’ldi, Namangan viloyat partiya
qo’mitasining birinchi kotibligidan Samarqand viloyatiga ayni vazifaga o’tkazilganda, uni
bevosita tanidim.
U yangicha fikrlaydigan, tashabbuskor, tinib-tinchimas, adolat tomonida mahkam turadigan,
adolatsizlikka chiday olmaydigan bir rahbar edi.
Ilgari Samarqandda xuddi ana shunday bir rahbar bo’lgan – Vladimir Nikolaevich Qodirov. Uni
43 yoshida zaharlab o’ldirishgan. (Bolalar uyidan chiqqan xalqparvar Qodirov haqida yozgan
kitobim oshkoralik yillarida “Qishloq haqiqati” gazetasida davomli o’laroq e’lon qilingandi-JM).
Menga Qodirovni eslatgan Nazir Rajabovning taqdiridan ham qo’rqardim. Kommunistik rejim
paytida ham xalq tomonida bo’lgan sanoqli rahbarlar etishgan, lekin ularni tezda yo’qotishgan.
O’g’rilar, militsiya, mafiya, hatto partiyaning ichidagilar ham Nazir Rajabovga qarshi edilar.
U adolatpesha rahbar bo’lish bilan birga adabiyotsevar ham edi. Mashrab she’rlarini to’laligicha
yoddan biladigan, Navoiy asarlari borasida hammani hayratga solib, lol etadigan bir inson edi.
Men yozgan yuzlab fel’etonlar bo’yicha u tekshirishlar o’tkazdirib, begunoh qamalgan yuzlab
odamlarni ozodlikka chiqargan, bukilgan haqiqatni tiklagandi. Ammo bir kun qo’rqqanim bo’ldi.
128
“Obkom”binosiga kelsam, hamma sarosimada. Ideologiya kotibi rahmatli Farog’at Shukurovaning
xonasiga borsam, u yig’lab o’tiribdi:
-Nazir akani qo’liga kishan solib olib ketdilar,-dedi u.
Keyin Nazir aka hikoya qilishicha, uni qurilish mashinasining beton qorishtiriladigan qutisi ichiga
tashlab, aylantira-aylantira bir joyga olib borib, u erdan Moskvaga etkazib, zindonband etishgan.
Unga qo’llanilmagan qiynoqning o’zi qolmagan. “Sport bilan shug’ullanganim jismonan va
Navoiy hamda Mashrabni yoddan bilganim ma’nan meni qutqazdi” degan edi u. Qiynoqlardan har
kuni hushidan ketib, hushiga qaytgan.
Biz Samarqandda “Nazir Rajabovni ozod qilish va o’z ish joyiga tiklash qo’mitasini” tuzdik.
Islom Karimov kelib, uni rosa maqtadi, birga o’qiganligi va vatanparvarligini, millatparvarligini,
haqiqatni himoya qiluvchi insonligini aytib, “Mana qamoqdan chiqdi, oqlangani haqidagi qog’ozni
olib kelishi bilan joyiga tiklaymiz” deya Samarqandda “birinchi”likka Po’lat Abdurahmonovni
tayinladi.
Nazir aka oqlandi. Ammo Karimov so’zida turmadi. Nazir aka haqida uni yomon otliq qiladigan
targ’ibot yurg’izdi va keyin ham Abdurahmonovni qayta tayinlab ketdi.
Nazir aka Karimovning qarshiliklariga qaramasdan 1990 yilda O’zbekiston xalq deputati etib
saylandi. Ammo Karimov unga nisbatan og’ir zug’umni bir kun ham to’xtatmadi. Uni hatto
Buxoroda o’zi ilk bor boshqargan qurilish tashkilotida ham ishlashga qo’ymadi.
Keyin uning Moskvaga ketib qolgani haqida eshitdim va bu tashkilotchi hamda adolatsevar
odamning bundan so’nggi taqdiri haqida boshqa ma’lumotga ega emasman.
Karimov bevosita o’z komandasidan chiqqan yoki komandasidagilardan “tuz”ligi iddao
qilinganlarni ham “kallaklab” turdi.
Kim bo’lishidan qat’iy nazar xalq orasida Karimovdan keyin uning o’rniga kelishi haqida gap
tarqalsa, uning boshi “sapcha” bo’lib ketaverdi. Uzoqqa bormaylik, Zokir Almatov, Qodir
G’ulomov, Kozim To’laganov va boshqalar ana shunday nomlari prezidentlikka taxmin qilinib,
har tomonda gapirila boshlangan qo’lbola “tuz”lardan edilar.
Yangi ”tuz”lardan biri haqida 2006 yilning 29 iyul kuni Demokratik O’zbekiston Kongressining
Internet sahifas
ida quyidagilar yozilgan edi׃
“Karimovdan keyin O’zbekistonni boshqarishga qodir rahbarlar yo’q degan gaplarni eshitamiz.
Bor va anchagina. Bazi manbalarga ko’ra yaqinda Islom Karimov bundan bir necha ayil oldin
2500 yilligi nishonlangan Samarqandning 2750 yilligini o’tkazish tashabbusi bilan chiqqan viloyat
hokimi Mamarizo Nurmurotov (pasportda: Mamarizo Berdimuratovich Nurmuratov)ning taklifini
qabul qilgan va uni chaqirib gaplashgan. Uning Bosh vazir etib tayinlanishi va Karimovdan keyin
mamlakatni boshqarishi mumkinligi aytilmoqda. Bunga hatto Putin ham qarshi emas ekan.
129
Chunki 1960 yilda Samarqand viloyatining Payariq tumanida tug’ilgan Nurmurotov
Leningraddagi moliya-iqtisod institutini bitirgan – Putining mahallasida. Yana mutaxassisligi
iqtisodchi, iqtisod fanlari nomzodi. Bu birinchi omil.
Ikkinchi omil esa, Karimov o’z otasi asli Payariqdan ekanligini aytadi va Nurmurotovni otasiga
jiyan-nevara deb biladi. Shuning uchun ham uni topishi bilan tez “tepa”ga ko’tardi.
Nurmurotov mehnat faoliyatini 1982 yilda Toshkent xalq xo’jaligi institutida (Karimovning
jonajon oliygohida) o’qituvchilikdan boshlagan. 1985-1988 yillarda Moskva moliya institutining
aspiranti bo’lgan. Moskvadan qaytgach, 1988 yildan 1991 gacha Toshkent xalq xo’jaligi institutida
o’qituvchi, 1991-1993 yillarda Toshkent moliya instituti dotsenti bo’lgan.
Bu yog’iga qarang:
1993-2000 yillarda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi maslahatchisi, o’rinbosari,
birinchi o’rinbosari vazifalarida ishlagan. Keyin 2000-2004 yillarda O’zbekiston Respublikasi
moliya vaziri. 2004 yil iyul oyidan buyon Samarqand viloyati hokimi.
2005 yil yanvar oyidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi.
Karimovning ko’nglida yotgan nomzodlardan biri ana shu! Yo’q desangiz vajingizni ayting!
Mamarizo Nurmurotovni yaqindan tanigan kishilardan biri:
-U Samarqand Universiteti oldidagi hech kim jura’t eta olmagan “Bulvar”dagi qadimiy chinorlarni
qo’porib tashladi. Falakning gardishi bilan prezident bo’lib qolsa, Karimovning “chinor”larini ham
qo’porib tashlashi mumkin!-dedi.
Lekin yana samarqanddan “poshsho” chiqishi qandaydir noroziliklarga sabab ham bo’lishi turgan
gap. Ammo bitta samarqandlikning xatosini ikkinchisi tuzatsa bu qadimiy shahrimiz obro’si uchun
yaxshi bo’ladi.
Aslida ham u prezident bo’lib qolsa, u reformator deb iqtisodiy islohotlar qilishi va demokratik
muxolifatga ham yo’l ochishi mumkinligiga ishonganlar bor. Ammo bu yil ham o’tgan yilgi kabi
Samarqand viloyati paxta planini bajara olmasa, bu uning yo’lini to’suvchilarga qo’l kelishi va
Mirziyoevlar uni Karimovning ko’nglidan chiqarishlari hech gap emas…”
Taxmin to’g’ri chiqdi. Karimovga kirib, “Nurmurotov prezident bo’laman” deb yuribdi va bu
haqda xabarlar ham chiqarmoqda, deyishgan ekan, Karimov unga telefon qilib, juda qattiq
haqoratlagan va arizani yozishni buyurgan. Nurmurotov bu xabar chiqib ketishidan bexabar
ekanligini tushuntiriish uchun Karimovning qabuliga kirishga harchand urinmasin, qabul
qilinmagan. Natijada ishdan ketish haqida arizani yozib topshirgan. Yana bir “tuz” yo’qotildi…
Vashington 2005-2007 yillar
130
Do'stlaringiz bilan baham: |