Jahongir mamatov karimovning kirdikorlari


  42. KAMBAG’ALLASHTIRISH



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/44
Sana21.06.2022
Hajmi0,53 Mb.
#688546
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
1 5033119556814504073

 


121 
42. KAMBAG’ALLASHTIRISH
O’zbekistonda boylar bo’lmaydi.(Islom Karimov). 
Esingizda bo’lsa kerak, 2005 yilning dekabr oyida Konstituttsiya qabul qilingan kun munosabati 
bilan gapirgan Islom Karimov “O’zbekistonda boylar bo’lmaydi” degan edi. Buni ikki xil 
sharhlashdi. Ba’zilar “Karimov sotsializm yo’liga qaytmoqda” deyishsa, ba’zilar “Endi xalqning 
qolgan-qutgan narsasi ham tortib olinadi” deyishdi. 
Birinchi qarash bo’yicha shuni aytish kerakki, Karimov zotan kommunistik-sotsialistik yo’ldan bir 
qadam ham chekingan emas, balki ancha ilgari ketdi. Sho’rolar bu rejimni qattol bir tuzumga 
aylantirgan bo’lsalar, Karimov “qattol”ning qavatiga “battol”ni ham qo’shdi. Ikkinchi fikrni 
aytganlar ancha narsani ko’ra oladigan ekanlar, haqiqatdan ham Karimov xalqning qo’lida qolgan 
qolgan-qutganini ham tortib oldi. 
2005 yilning Konstitutsiya bayramigacha O’zbekistondan chiqib ketganlar soni 1,5 million 
atrofida ekanligi aytilayotgandi. 2006 yilning ayni kuniga ozgina qolganda AQSh hukumati 
O’zbekistondan chiqib ketganlar soni 3,5 million atrofida bo’lganini aytdi. Menimcha, bundan 
ham ko’proq. Bugun to’rt milliondan ziyod o’zbekistonlik dunyo bo’ylab sarson-sargardon. 
Karimov, uning rejimi va O’zbekistonda qolgan aholi ana shuning hosobiga yashamoqda. 
Kimdir 4 million odam oyida bir dollardan yuborsa 4 million, 100 dollardan yuborsa mamlakatga 
400 million dollar kirmoqda, demak, O’zbekiston kambag’allashmayati, balki boyimoqda, deyishi 
mumkin. Zotan hukumat ham odamlarning kallasiga ana shu fikrni suqmoqda. Lekin pul kirishi 
ko’paygani bilan O’zbekiston kambag’allashmoqda va odamlarning hayoti it yotish, mirzo 
turishga aylanmoqda. Bunga chetga chiqib ketganlarning ham 99 foyizi kiradi. 
Nega? 
Yaqinda televizorda Meksikadan tayyorlangan bir soatlik ko’rsatuvni tomosha qildim. O’ylab 
yurgan juda ko’p xayollarimning tasdig’ini topdim. Qishloqlar huvillab qolgan. Hammayoq 
xaroba. Uylarda bir ikki ayolni uchratish mumkin. Qolgani bolalar. Loy kechib yurishibdi. 
Maktablar bo’m-bo’sh. Ammo markazda hammayoq gullab yashnagan. Umum aholining juda va 
juda oz qismi shohona yashamoqda va qolgan aksariyat qismi qashshoq. Ko’z oldingizga 
O’zbekiston kelmoqda, shunday emasmi? 
Darvoqe qishloqlar huvillab qolgan bo’lsa, erkaklar qaerda? Qaerda bo’lardi, Amerikada. Butun 
Amerikaning qora ishini shular bajarishadi. Qurilishdan tortib, ko’cha supurishga qadar hamma 
joyda shular. Bir uyda 10-20 kishi bo’lib yashashadi. Ko’z oldingizga Rossiya va Qozog’istondagi 
o’zbeklar kelmoqda, shunday emasmi? Chunki men ham ko’rsatuvni ko’rib, shu o’zbeklar haqida 
o’yladim. 
Amerikada norasmiy yashayotgan ispanlar soni bugun 10-15 million ekani aytilmoqda. Ular tong 
otmasdan kun botganga qadar ishlaydilar. Naqd pul oladlar. Qo’llarida telefon. Unga to’laydilar. 
Mashinalari yo’q. Tashuvchiga to’laydilar. Uylari yo’q. Ijaraga to’laydilar. Uyda ovqat pishirish 
yo’q, oshxonaga to’laydilar va hokazo. Qolganini vatanga jo’natadilar. Vatandagilarning ham 


122 
qorni och – kelgan pulni eb bitirishadi. To’yga, o’yin-kulgiga sarflashadi. Oshxonaga sarflashadi. 
Kelib turibdi, kelaveradi deb o’ylashadi-da! Qarzni ham qaytarish kerak. Axir bolasi Amerikaga 
borish uchun 15-20 ming dollar qarz olib yo’lga chiqqan-da. Yana O’zbekiston ko’z oldingizga 
keldi-a? 
Ispanlarning mana shu manzarasi 50-60 yildan beri davom etmoqda. 
Ularning juda oz qismi oilasini olib kelib, muqim hayotga kirishgan. Mana endigina ular o’z 
haqlari uchun kurashib, AQShdan hammalariga fuqarolik berilishini talab qilmoqdalar. Bu ham 
afsona. 
Meksikada ilgari zulm hukmron bo’lgan, ammo bugun demokratiya. Lekin vaziyat o’zgarmayapti. 
O’zbekiston ham shu yo’ldan ketmoqda. 
Bundan bir necha yil oldin jiyan bo’lmish tanishim chetga chiqib, pul ishlab, uyiga yubora 
boshladi. Uydagilar rohatda, u esa do’zzax azobida. Bir kuni unga׃ 
-Yoshing o’tib ketmoqda. Avval besh-to’rt so’m to’plab, o’qigin. Keyin yaxshi ish topib, ota-
onangni ham olib chiqasan. Agar ular chiqmasalar, yordam qilib turasan. Birinchi galda o’zing 
oyoqqa tur,- dedim. 
Yosh bolada, men aytgan gaplarni oqizmay-tomizmay ota-onasiga aytibdi. Ular unga mendan uzoq 
turishni maslahat qilishdimi, har holda besh yilki u telefon qilmaydi. Yaqinda surishtirsam, ahvoli 
o’sha-o’sha ekan. Qora ish qilib yuribdi va topgan pulini Vatanga jo’natmoqda. U pul aylanib-
aylanib Karimovning xazinasiga tushmoqda. 
Bugun O’zbekistondan chiqqan 4 milliondan ziyod odamning akasariyati xuddi ana shu yo’l bilan 
Karimov rejimiga ishlamoqda. Ular bu rejimni xalq tashvishidan ozod qilish bilan birga, uning 
xazinasini ham to’ldirmoqdalar. 
…1990 yillarning boshida Karimov barcha kolxoz-sovxozlarga “Toyota” engil mashinasi sotib 
olishga buyurdi. Yo’llar yomon. Ta’mirlash xizmati yo’q. Ehtiyot qismlar keltirish yo’lga 
qo’yilmagan. Mashinalar qisqa vaqtda to’kilib, yo’q bo’lib ketdi. Mamlakatning millionlari ko’kka 
sovurildi. 
Keyin Karimov Yaponiyadan to’qimachilk korxonlari uchun 4-“avlod” texnikasini sotib olishga 
buyurdi. Hammayoqni stanok bosib ketdi. Ishlatadigan, ta’mirlaydigan mutaxassis yo’q. Bu ham 
mayli, yaponlar allaqachon mazkur jihozlarning 8-“avlodi”ni chiqarishga o’tishgandi. Dunyo 
bozorida ana shu “avlod”ning mahsulotlari. 
-Nega bunday qildik?,-deb so’radim bir majlisda Karimovdan. 
-Bu iqtisod, bu bizning ishimiz, bitta sakkizinchi “avlod”ning puliga 20 ta 4-“avlod” stanogini 
beradi…,-dedi Karimov xuddi siri ochilib qolganda jahli chiqqan odamdek zaharxanda ohangda. 
Hammasi yo’q bo’lib ketdi. 


123 
Karimov shunday bo’lishini bilmagan deb ayta olmayman. U bilgan. Men iqtisoddan uzoq bo’lgan 
bir odam tushungan narsani iqtisodchi Karimov tushunmaydimi? Tushungan va tushungani uchun 
ham shunday qilgan. Unga xalqning boyishi emas, balki kambag’allashuvi kerak bo’lgan. U mana 
shunday bitimlar orqasidan o’ziga oladiganini olgan. Xalq esa qashshoqlashmog’i zarur. Bugun 
ham Rossiya bilan qilinayotgan shartnomlarni qarang, hammasi Karimov va oilasining boyishiga, 
xalqning talanishiga qaratilgan. 
U bekordan bekorga “Kambag’al xalq itoatkor bo’ladi” deb aytmagan edi. U bugunga kelib, 
O’zbekiston xalqini qashshoqqa aylantirib bo’ldi. Lekin xalq ochdan o’layotgani yo’q. O’lmaydi 
ham. Qancha kambag’allashasa, shuncha ko’p chetga ketadi. Qancha ko’p ketsa, shuncha ko’p pul 
keladi. Qancha ko’p pul kelsa Kaarimovga yaxshi. Aylanib xazinasiga tushadi. Mana sizga 
“kashfiyot”! 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish