Jahongir mamatov karimovning kirdikorlari



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/44
Sana21.06.2022
Hajmi0,53 Mb.
#688546
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
1 5033119556814504073




Jahongir 
MAMATOV
 
KARIMOVNING 
KIRDIKORLARI



1.”MACHCHOYI”
Tojikistonda bir guruh O’zbek mardikorlari qo’lga olinib, g’ayriqoniy muhojirlar sifatida 
O’zbekistonga deportatsiya qilindi.
( Xabarlar oqimidan).
Bolaligimda “machchoyi” degan so’zni ko’p eshitardim. 
“Machchoyi kelibdi, o’tin yormoqda!” 
“Machchoyi kelibdi, hojatxona uchun chuqur qazimoqda!” 
“Machchoyi kelibdi, g’isht to’kmoqda!” 
Mardikorni “machchoyi” deganlariga e’tibor qilmasdim. Chunki u paytda mardikor deganini ham 
unchalik tushunmas edim-da. Rahmatli buvim juda rahmdil ayol edilar. Bir burda non qolsa ham 
buni “machchoyiga beramiz” deb olib qo’yardilar. Eski kiyimlar, ishlatilgan idish tovoqlarni ham 
machchoyi olib, boshini egib, rahmat aytib ketardi. 
-Bechoralarning ishi yo’q, yo’liga qaragan qancha bola-chaqasi bor, o’ying kuygur Moskop 
shularga ham ish bersa bo’ladi-ku! Biz tutgan pillani ular tuta olmaydilarmi?!- deb buvim achinar 
edilar. 
Shundan mening ko’z oldimda machchoyi degani o’ta g’arib, bir burda qotgan nonga ham zor 
odam bo’lib qolgan. 
Keyinchalik bildim-ki, asosan Tojikistonning Maschoh va Panjakent mintaqalaridan kelgan 
kishilar Samarqandda mardikorlik qilishar ekan. Shundan mardikor kalimasi “machchoyi”ga 
aylangan ekan. 
Mana endi Karimov o’zbeklarni “machchoyi”ga aylantirdi. 
 
 
 
 
 
 
 
 



2. “UZBEKI”
O’zbeklar Moskvada va Isroilda hojatxonlarni tozalashmoqda va bundan xursand. 
(Xabarlar 
oqimidan).
Bolaligimda hamma joyda oyoq kiyimlarini tozalovchilarni “jugutlar” deyishardi va hojatxonlarni 
tozalovchilarni “ivan”lar. Bolalar hatto o’zaro janjallashib qolganda bir-birini kamsitish uchun 
“jugut” yoki “ivan” deb so’kishardi. 
Keyin bilsam, oyoq kiyimlarini tozalash bilan asosan yahudiylar shug’ullanishar va qolgan barcha 
“iflos” ishlarni “ivanlar” bajarishar hamda evaziga bir shisha araqni olib, xursand bo’lishar ekan. 
“Bechora jugutlarga qiyin, vatanlaridan ayrilib bevatan qolishgan, har qanday qora ishni indamay 
bajarishadi” deyishardi achinish bilan yahudiylar haqida. 
“Ivanning bola chaqasi urisiyatda qolgan. O’zi bu yerlarda sarson-sargardon. Alamini araqdan 
oladi, kun bo’yi ishlab, bir shisha araqqa qulluq qiladi. Sho’ring qursin, urusvoy” deganlarini 
eshitganman. 
Mana endi shu gapni o’zbeklar haqida ruslar va yahudiylar aytishmoqda. Endi achinish navbati 
ularda. Endi ularning jargonida “uzbeki” degan gap paydo bo’ldi. 
Ana shu “uzbeki”ning biridan so’rashibdi: 
-Shu iflos ishni qilar ekansiz, bunday ish O’zbekistonda ham to’lib yotibdi-ku? 
Javob esa quyidagicha bo’libdi. 
-O’zbekistonda sizni “ToshMI” (Toshkent mardikorlar istansasi)dan Karimovning kuchuklari 
ushlab olib ketadi, qamab qo’yadi, keyin uyidagi hojatxonasini tozalatadi, innankeyin 
bo’yningizga jarimani ilib, orqangizga tepa-tepa uyingizga jo’natadi! Urus ulardan ming marta 
yaxshi! Jugut esa ikki ming marta! 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish