21
10. MADDOHLASHTIRISH
O’zbekistonda maddohlik odamlar ongiga bolalar bog’chalaridan boshlab singdiriladi. (Xabarlar
oqimidan).
Talabalik yillarida domlamiz, ToshDU professori Ochil Tog’aev “Taniqli qarindoshlaringizdan
biri haqida ocherk yozib kelinglar” deb vazifa berdi.
O’ylay-o’ylay Zohid tog’am haqida yozishga qaror qildim. Aslida Zohid tog’am dadamga
xolao’g’il. Dadam “tog’a” deganlari uchun biz ham tog’a derdik. Ammo faqat to’y-ma’rakalarda
ko’rganim uchun u kishi haqida tayinli bir narsa bilmasdim. Yozolmadim.
Keyin Toshkentdan
Samarqandga bordim. Tog’am-Zohid Narziqulovning kafedrasiga bordim. Rahmatli juda ko’ngli
ochiq, shirinsuxan, voqealarga inqilobiy ko’z bilan qaraydigan odam edilar. O’shanda meni ko’rib
quvonib ketdilar:
-Toshkentlarga ketib qolibsiz? Shu erda ham o’qish topilardi,-dedilar.
U kishi hammani sizlab gapirar edilar. Mikrobiologiya sohasida katta olim׃ fan doktori, professor,
kafedra mudiri…
U paytda bir talaba uchun bu etishi qiyin bo’lgan manzil edi.
Tog’amning ish joylarida bir qancha shisha-probirkalarda maxsus suv ichiga yangi tug’ilgan
ammo, terisi shilib olingan qo’zilar solib qo’yilgan edi.
-Bular ilmiy ishimning davomi,-dedilar mening hayratimni ko’rib. Men esa ilmiy ishlari nima
ekanligini ham bilmas ekanman.
-Diabet kasallariga insulin yuborib turishadi. Ana shu insulinni tayyorlashda to’ng’iz
hujayralaridan foydalaniladi. Men qo’zining hujayralaridan foydalanish yo’lini ko’rsatdim. Bu
iqtisodiy jihatdan ham foydali. Chunki ming-minglab qo’zilar tug’ilishi bilan qorako’l uchun terisi
shilib olinib, o’zi tashlab yuboriladi.
Gap bu masalada emas. Gap tog’am hikoyaning davomida aytganlarida:
-Moskvada doktorlik dissertatsiyamni yoqlayotgan kuni bir kishi “Nega KPSS Markaziy
Komitetining Bosh sekretari Leonid Ilich Brejnevning bu
borada aytgan gaplarini
qo’shmadingiz?” deb so’rab qoldi. Hammaning nafasi ichiga tushdi. Men “Hamma kitoblarni
ko’rib chiqdim, ammo bu borada ihtibos topolmadim”, dedim. “Bo’lishi mumin emas, u kishi
hamma sohada gapirganlar”, dedi haligi kishi. Muhokamadan keyin domlam ziyofatga chaqirdi.
Haligi savol bergan odam ham keldi. U meni chetga tortib׃ “Mana buni men o’zim yozib
berganman”, – deya Brejnevning mikrobiologiya sohasida aytgan gapini ko’rsatdi. O’sal bo’ldim.
O’sha odam KPSS Markaziy Komitetida ishlar ekan. Bundan keyin bir narsa yozganimda
Brejnevdan ihtibos keltirishni unutmasligimni tayinladi.
22
Ruslar bizga qaraganda insofliroq. Lekin qaynukam ilmiy ish qilayotganda maqola yozsa,
Toshkentdan “Falonchi odam bu
sohaning piri, uning nomini ham mualliflar qatoriga qo’shing”,
deyishibdi. Tanimasa ham qo’shibdi. Ammo jurnalda chiqishidan oldin birov olib tashlaganmi,
tushib qolganmi, xullas, o’sha “pir” haliga qadar unga yo’l bermayati. Tag’in ocherkingizga buni
qo’shmang, u keyin bir umr doktor bo’lolmay qoladi…
Tog’am Moskvada balki bundayroq odamga uchragan bo’lishlari mumkin. Lekin baribir o’sha
davr bugungi Karimov davridan beshbattar bo’lmagan. Karimovning davrida bo’lsa edi,
tog’amning ilmiy ishi orqaga qaytishi bir tomon, balki uni sen yurtboshining nomini qo’shmading,
to’ng’izning o’rniga qo’yning hujayrasini taklif qilding, bu diniy masala,
deya Jasliqqa
jo’natishgan bo’lishardi…
Karimov hokimiyat teppasiga kelgan paytlarda eng e’tibor bergan narsasi jurnalistlar, yozuvchilar,
shoirlar va olimlarni maddohga aylantirish bo’ldi. U ularga katta vazifalar berdi va mukofotlar
tarqatib turdi. Vazifa berishdan avval bir narsani yozish haqida topshiriq berardi.
Bir kuni meni teleradio qo’mitasiga rais etib tayinlash haqidagi farmonga qo’l qo’yib:
-Mana chislosi yozilmagan. Hozir borsangiz ish ko’payib ketadi. Shuning uchun oldin bir masala
bor, shu bilan shug’ullaning…,- shaklida gapirib, Shukrullo Mirsaidov va xotini Dilbar Mirsaidova
haqida hujjatlar to’plangan ikki “delo”ni berdi. Bundan qanday qutulganim va chislosiz farmon
natijasi haqida “IAK” da yozganman.
Boshqalarga ham xuddi ana shunday topshiriqlar berardi va ular sadoqatlarini ko’rsatib, bir narsa
yozsalargina mansabga o’tardilar.
O’shanda juda ko’p adiblar Karimov
haqida biror narsa yozib, katta-katta mansablar ola
boshladilar. Keyin u bu borada shug’ullanishni maddoh maslahatchilariga topshirdi.
Maslahatchilar shu qadar usta bo’lib ketdilar-ki, Karimovning dushmanlariga ham uni maqtab
asarlar yozdira boshladilar.
Karimovdan nafrat qilganlardan biri adabiyotshunos Ozod Sharafiddinov edi. U bilan
Karimovning qilmishlari haqida ko’p gaplashganmiz. Lekin birdaniga u O’zbekiston qahramoni,
o’g’li esa Ichki ishlar vazirining o’rinbosari bo’ldi. Aslida birdaniga emas.
U Karimov haqida
“Prezident” degan kitob yozdi. Kitob 2001 yilda nashr etildi, u 2002 da qahramon unvonini oldi.
Karimovga maddohlik-O’zbekiston qahramoni!
Shoira Gulchehra Nurullaeva iborasi bilan aytganda, “Sharafiddinov “maddohizm” kalimasining
muallifi” edi. Ammo rahmatli maddohizmning bosh qahramoni, bosh maddohlardan biriga
aylantirildi yoki aylandi.
1999 yil fevral voqealaridan keyinoq Erkin Vohidov Karimovga qarata “Sizga otilgan o’q menga
tegsin”, degan she’r bilan chiqdi va shu yo’nalishda ko’p narsa yozdi.
Avgustga borib, unga ham
“O’zbekiston qahramoni” unvoni berildi.
23
Xuddi ana shunday holni Abdulla Oripov, Said Ahmad, Zikir Muhammadjonov, Tulepbergan
Qaipberganov qabi “qahramon”lar faoliyatida ham kuzatish mumkin.
Unvonlar, ordenlar,
medallar, mansablar hatto biznes ham faqat va faqat Karimovni maqtagan
kishilarga berildi, berilmoqda. Olimlik ham shunday bo’ldi. Karimovni maqtab kitob yozsangiz
bas – siz tarix yoki siyosatshunoslik fanlari doktori.
Bolasiga “Islom” deb ism qo’yganlarga gilam tarqatilgani esingizdami?
Bugun endi maktab va oliygohlarda Karimovni maqtamagan talabalar tuzumning dushmanlari
ro’yxatiga kiritilib, ular jamiyatdan uzoqlashtirilmoqda.
Yaqinda bir tanishim aytib qoldi:
-Bir kuni bolalar bog’chasga borsam, endi tili chiqqan jajjilarga Karimov haqidagi she’r
yodlatilmoqda. Bolamni olib ketmoqchi edim. Ketmadi, “yodladim”, “yodladim” deb baqirdi.
Bilsam, kim tez yodlasa, tarbiyachi shokolad berarmish.
Qamoqdan yozilgan bir maktubni o’qidim:
“Karimovdan nafrat qilib, unga qarshi kurashganlarga u madh etilgan she’rlarni
yodlatishmoqda…”
Karimovning maddohlashtirish borasidagi “kashfiyoti” bu qadar keng tus olgani haqida o’ylar
ekanman, AQSh televideniesida juda mashhur bo’lib ketgan “Qamoqdan qochish” ko’p seriyali
filmidagi bir manzara ko’z oldimdan o’taveradi׃
Qamoqdan qochgan kishini ushlash
uchun uni tuzoqqa tushirib, o’rab oladilar.
-Tiz cho’k!-deb baqiradi unga qurol o’qtalgan mirshab.
-Mening kitobimda faqat Xudoga tiz cho’kish yozilgan, bu atrofda esa Xudoni ko’rmayapman,-
deya u quroliga qo’l cho’zadi.
Biladiki, shunday qilsa, uni otishadi…
Do'stlaringiz bilan baham: