Jahongir mamatov karimovning kirdikorlari



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/44
Sana21.06.2022
Hajmi0,53 Mb.
#688546
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44
Bog'liq
1 5033119556814504073

12. SIRLI-SIRLI O’LDIRISH 
O’zbekistonda rejimga muxolifatda bo’lganlar orasida sirli o’limlar ko’payib bormoqda. (Xabarlar 
oqimidan). 
1970 yillarning boshida Samarqandga viloyat partiya qo’mitasining birinchi kotibi qilib 
yuborilgan Vladimir Nikolaevich Qodirov (U etimxonda o’sgani uchun unga uruscha nom 
berishgan-JM) inqilobiy ishlar boshlaydi. Juda qisqa vaqtda poraxo’rlik, talon-taroj, adolatsizlik, 
haqsizlikning oldi olinadi. Huquq-tartibot sohasidagilar, qassoblaru kazzoblar, savdo xodimlari-
yu mafiya qarshilik ko’rsata boshlaydi. 
Bu holning ip uchlari viloyatda uzoq yillardan beri ijroqo’m raisi bo’lib ishlayotgan Sindor 
Hamroqulov(Sharof Rashidovning tog’asi-JM)ga borib taqalayotgani uchun Qodirov u bilan 
kelishmay qoladi. 
Xalq orasida misli ko’rilmagan darajada obro’ qozongan Qodirovni chetlatish maqsadida 
Hamroqulov uning masalasini Markaziy Komitet byurosi muhokamasiga kiritishga muvaffaq 
bo’ladi. 
Bunda Markaziy Komitetda ishlagan urus og’aynilarni ishga soladi. Ammo Rashidov Qodirovga 
engil jazo berish va uni ishdan chetlatmaslik kerak, degan nuqtada to’xtaydi. 
Lekin byuro majlisidan oldin Qodirovni oshxonaga chaqirishadi. U ovqatlangandan keyin o’zini 
yomon his qila boshlaydi. Byuroda savollarga javob berolmay holsizlanib qoladi va darhol 
Samarqandga qaytadi. 
Ertasiga ertalab fizkultura qilaman, deb yiqilib qoladi. Uning o’limi sirli o’limga aylanadi. 
O’sha kun men Toshkentdan Samarqandga borsam, ko’chalar odamlarga to’lib ketgan. Eski 
shahardan Aeroport tomonga qarab xalq oqib bormoqda. Hamma bosh eggan va xafa. 
“Uni zaharlabdilar…” 
Bu gap tez-
tez quloqqa chalinardi. Uyga borsam, opamning jajji o’g’ilchasi yugurib keldi׃ 
-Tog’a, tog’a, Lenin o’libdi,-dedi u. 
O’shanda Leninga adolat timsoli deb qaralgani uchun Qodirovni Leninga tenglashtirishgan va bu 
hatto jajji bolalarning qulog’iga qadar etgan ekan. 
Qodirovning nomi afsonaga aylanib ketgandi. Uning qassoblarni qo’lga tushirgani, o’zi taksiga 
minib, taksichini ushlagani, militsiya xodimiga pora uzatib, qo’lga tushirgani… haqida gaplar 
quloqdan quloqqa o’tib yurardi. 


27 
Bu haqda “Samarqandni titratgan 525 kun” degan kitobda Ahmadjon Muxtorov bilan 
hammualliflikda batafsil yozganmiz. Bu kitob 1990 yillarning boshida “Qishloq haqiqati” 
gazetasida ham chop etilgandi. 
Qodirovdan keyin Samarqand viloyat partiya komitetining mafkura bo’yicha kotibi Tog’aev, 
undan keyin savdo idorasi rahbari Sharopov va boshqalar ham sirli ravishda o’ldilar. 
Oxir oqibatda Sindor Hamroqulovning o’limi ham sirli o’limga aylandi. 
O’zbekiston mustaqil bo’lganidan keyin tarix bularni unutdi. Balki bular unuttirildi. 
Men Samarqandni bilganim uchun uning tarixidan bir-ikki misol keltirdim. 
Bundan voqealar Toshkentda va boshqa viloyatlarda ham yuz bermagan, deb hech kim ayta 
olmaydi. Chunki tarix o’rganilmadi, undan xulosa chiqarilmadi. Shuning uchun bu narsalar 
Karimovga yangi “kashfiyotlar” uchun zamin yaratdi… 
1993 yilda bir muddat Turkmanistonda turganimizda Murod Jo’raevning oilasi ham bir necha kun 
biz bilan turgandi. Shundan uning o’g’lini yaxshi bilaman. Uning ajoyib ovozi bor edi. U mening 
Amir Temur nomidan yozgan she’rlarimni kuyga solib, qo’shiq qilib ayta boshlagandi. Juda 
qobiliyatli bola edi. U onasi bilan Muborakka qaytgach, kunlarning birida nafasi bo’g’ilib qoladi. 
Kasalxonaga olib borishadi. Ammo “Otasi kelsin” degan shart qo’yishadi. Otasi bu paytda 
Turkiyadan Almatiga borgandi. 
O’g’lining o’lim kuni Muborak atrofi o’rab olinib, Murod Jo’raevni poylashgani va chegaralarda 
uni qidirishgani ham uning o’g’lining o’limi sirli o’lim ekanligini ko’rsatadi. Zotan, 14-15 
yoshlardagi qo’ng’iroqdek ovozli yosh bola nafas etmay qolishidan o’lishiga men ishona 
olmayman. 
Buxoroda 90-yillarda “Erk”ning Kogon tumani kotibi Mirzo O’rinov va Jondor tumani kotibi 
Chuli Xidirovlar 40 yoshga kirmay sirli ravishda o’lib ketgan edilar… 
1990 yilarning boshida diniy partiya tuzgan Abdulla O’taev sirli ravishda yo’qolib ketdi. 
1994 yilda taniqli ulamo Abduvali qori Toshkent aeroportida sirli ravishda g’oyib bo’ldi. 
Karimovga qarshi chiqqan sobiq O’zbekiston xalq deputatlari Shovruq Ro’zimurodov, Toyiba 
To’laganova, keyin adib Emin Usmon… 
Bu ro’yxatni davom ettiraverish mumkin. Qanchadan-qancha yosh yigitlar dindor deya 
tergovlarda, avaxtalarda yoki ko’cha-kuyda o’lib ketdilar… 
Endi sirli o’limlar chegaralarni ham oshmoqda. 
Hali Markaziy Osiyo jumhuriyatlarida, hali Rossiyada va mana Amerikada ham… 


28 
Andijonlik qochqinlarga “Qaytmanglar” deya ularning orasida targ’ibot olib borgan ikki barvasta 
yigit – Olimjon Sobirov va Zohidjon Mahmedovlarning o’limi… 
Tarix adolatli hukm qilaman desa, bu bedodlikni batafsil tekshirib chiqishi kerak. 
Bir rivoyat bor. Devonbegi shohni o’ldirmoqchi bo’lgan kishini yo’qotishni buyuradi. Bundan 
xabar topgan shoh darhol devonbegini dorga osdiradi. 
-Nega bunday qildingiz?-deya so’raydi sevgan xotini. 
-Uning o’rnida sen bo’lganingda ham dorga osilarding,-deydi shoh. 
-Sizning dushmaningizni yo’qotsam ham-mi? 
-Ha! Lekin men buyurgan bo’lsam, mukofot olarding! Men buyurmagan bo’lsam, dorga tortilasan! 
Chunki bu ishing bilan mening vakolatimga sherik bo’lish istaging borligini sezdirib qo’yasan. 
Oldini olmasam, bir kun menga qarshi buyruq berishing ham mumkin! 
Ha, yakkahokimlik sharoitida hech bir amaldor o’z tashabbusi bilan bunday ishlarga qo’la ura 
olmaydi. Chunki qilgan ishidan diktator xabar topib qolsa, o’zining ham boshi ketishini biladi. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish