4
3. QULLAR
“Qozog’istonda o’zbeklar qul qilib ishlatilmoqda. Ularga past nazar bilan
qaraydilar va haqlarida
ko’plab latifalar to’qilgan.(Xabarlar oqimidan).
Bir kuni Rashidov Olmaotaga borganda hojatxonada qo’lini yuvarkan yordamchisiga:
-Ehtiyot bo’lib tur, bir kor-hol yuz bersa,
juda ustalik bilan, obrazli qilib ayt, bo’lmasa kulgiga
qolishimiz mumkin,- debdi.
Keyin Kunaev Rashidovni beshmarmoq
bilan ziyofat qilib, ortidan palov buyuribdi. Palov eb
turgan Rashidovning labida bitta guruch qolganini ko’rgan yordamchisi:
-Xo’jayin boqqa bulbul qo’ndi,-debdi.
Nuktafahm Rashidov
darhol sochiqni olib, lab-lunjini artibdi.
Ko’p o’tmay Toshkentga kelgan Kunaev hojatxonada qo’lini yuvarkan, yordamchisini
ogohlantirib qo’yibdi.
Ular osh eb o’tirganlarida Kunaevning labida bitta guruch qolibdi, shunda uning yordamchisi:
-O’dag’asi, o’dag’asi, tualetta aytg’aningiz o’ldi!-degan ekan “madaniyatli” qilib.
Mana endi hatto latifalar ham teskari aylandi .
“Bir kuni Karimov, Nazarboev va Rahmonov o’zlarini maqtash bo’yicha poygaga kiribdilar:
-Men Andijonda revolyutsionerlarni qirib tashlab, xalqimni demokratlar kelishidan qutqarib
qoldim,- deya maqtanibdi Karimov.
-Men Pomir tog’idagi muzlikning ustiga kul sepib xalqimni suv
toshqinidan asrab turibman,-debdi
Rahmonov.
-Ilgari qozoqlar Kelesda, Qo’yliqda mardikor edilar. Mana endi har bir qozoqning uyiga bittadan
o’zbekni bog’lab qo’ydim. Bu bilan ham xalqimga, ham Karimovga yaxshilik
qilayapman,- debdi
Nazarboev. Keyin Rahmonovning qulog’iga pichirlabdi:
-Shu ketishda bu tentakning o’zini ham eshagimning qozig’iga bog’layman!
Bular latifalar. Ammo latifa bilan haqiqatning farqi bo’lmagan davrdagi latifalar bu.
Shulardan keyin ham O’zbekning Erkin Vohidov, Abdulla Oripovlari … va muxolifatga tinmay
tosh otayotgan Chori Latipovlari bor ekan, uning ko’rgiliklari hali beri kamaymaydigan ko’rinadi.
O’tkinchi mansab uchun,
5
Onasin tortiq etgan.
Magar bu chin emas chin,
Bundan ne ortiq etgan?
Nom berdilar “Chori” deb,
Yanglishdilar, cho’ridir.
“Mahalla”da to’y-to’ylab,
Haqiqatning go’ridir.
“Qo’y” desam gar dod solding,
Magar, itsan, talayver!
Elni titar qozonning
Ostiga o’t qalayver.
Hayvon
va ham odamzot,
Tangri uchun teng maxluq.
Sen bariga bo’lding yot,
Shaytonga qilib qulluq.
Minganing bu faytonning,
Bir kun baytali tolar.
O’shanda ul shaytonning,
Ishtoni senga qolar.
Do'stlaringiz bilan baham: