Jahongir mamatov karimovning kirdikorlari



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/44
Sana21.06.2022
Hajmi0,53 Mb.
#688546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
1 5033119556814504073

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


11 
6. ”QIYNOQLAR QIROLI”
O’zbekistonda mahbuslar qaynoq suvga solib qaynatilmoqda. (Xabarlar oqimidan). 
Avropa safari paytida, 1982 yilda Olmoniyaning Veymar shahrida Buxenvald kontslageriga 
borgandik. Hitler bu yerda qariyb oltmish ming odamni saqlagan ekan. O’sha kunlardan ikki 
“nuqta” yodimda qolgan. 
Birinchisi, Hitler kontslagerlarda B-52 gazini qo’llanib, odamlarni o’ldirganini aytishgandi. O’sha 
paytda O’zbekistonda ayni gaz g’o’zaning bargini tushirishi uchun defoliant sifatida osmondan 
sepilardi. Bu paytda kasalaxonalar sariq kasalidan aziyat chekanlar bilan to’lib ketardi. 
Men deputat bo’lib saylangan Jomboy tumanida onalarning 52 foyizi bu kasallikka uchragandi. 
Masalani Moskvaga qadar olib chiqqandik. Markaziy televidenieda mening ham ishtirokimda 
maxsus ko’rsatuv berilgandi. SSSR xalq deputatlarining dastagi bilangina bu gazni qishloq 
xo’jaligida qo’llanish ta’qiqlangandi. 
Lekin “mustaqilik sharofati” – ta’qiq o’z kuchini yo’qotgan va keyinchalik yana qo’llanila 
boshlabdi. 
Yodimda qolgan ikkinchi “nuqta” shuki, Buxenvald 1958 yilda muzey holiga keltirilganda bir 
keksa odam kelib, 20 yil davomida har kungi sayyohlarga “Hitler qiynoqlar qiroli, u mening 
o’g’limni ham qiynab o’ldirgan” der ekan. 
Unga muzeydan maosh tayinlasalar olmas, ammo har kuni mehmonlarga Hitler haqida gapirishni 
ham kanda qilmas ekan. 
Shu odam Buxenvaldning temir darvozasi yonida o’lib qolgan ekan. 
Mazkur voqeani o’ylar ekanman, Hitler-insofsiz, Karimov esa Hitlerdan ham insofsiz, degan fikr 
xayolimdan o’tadi. Chunki Hitler o’sh odamning o’g’lini qiynab o’ldirib, o’ziga tegmagan ekan. 
Karimov esa, nafaqat bolasini, balki otasini ham, onasini ham qiynoqqa solmoqda. 
“He, buncha Karimov, Karimov deysiz, unda nima ayb? Uning shaxsan o’zi mana bunday qilib 
qiynaysan, deb o’rgatmaydi-ku?” deguvchi ham topiladi. Podsholar “mana bunday qilasan” deb 
aytmaydilar. Ishora qiladilar. Ammo Karimov aytadi. 
Esingizdami, u televidenie orqali “Ota-onalar qayoqqa qaramoqda, bundan keyin bolasi jinoyat 
qilgan ota-onadan ham so’raymiz” dedi. Shundan keyin bir aybni kimningdir elkasiga ilish kerak 
bo’lsa, uning ko’z oldida otasini qiynash yoki onasini zo’rlash uchun kameraga olib kirish odat 
bo’ldi. Agar endi ham bog’lanish topa olamasaniz, u holda holimizga voy! 
Iroqda Abi G’reyib (aslida balki G’aroyib bo’lsa kerak-JM) qamoqxonasida amerikalik bir ayol 
askar erkak mahbuslarning ustidan “kulgani”, ularni qiynagani butun dunyoning diqqatidan 
tushmadi. Ayol askarni qamashdi. Lekin bugunga qadar hamma demokratik davlatlarda shu haqda 


12 
eslanadi. Musulmon davlatlarining matbuoti esa har kuni bu haqda yozadilar, rahbarlari bu haqda 
tinmay gapiradilar, mullalari ma’ruzani shunday boshlaydilar… 
Lekin O’zbekistonda erkak mirshablar ayol mahbuslarni iskanjaga solishlari, izzat-nafslarini
nomuslarini toptashlari dalillar bilan o’rtaga qo’yilsa ham birovning ishi yo’q. Hatto uncha-
bunchaga ovozini chiqarmaydigan BMTning vakili borib, bu mamlakat surunkali qiynoqlar o’lkasi 
ekan, deb qaytsa ham birov pinagini buzmaydi. 
Yaqinda (3 Sentyabr, 2006) AQShning “Vashington post” (The Washington post) gazetasida 
Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi sobiq elchisi Kreg Murrey(Craig Murray)ning kattagina 
maqolasi chiqdi. U O’zbekstonda mahbuslarni qanday qiynashlari haqida yozgandi. Shunda 
O’zbekiston bilan yaqindan qiziqadigan amerikalik bir keksa odam׃ 
-Bu saylov oldi o’yini,-dedi,- hozir butun musulmon matbuoti Iroq masalasida bizni “urmoqda”. 
Biznikilar kun tartibini o’zgartirish uchun bu maqolani chiqarishgan. Endi butun musulmon 
dunyosi odamlarni tiriklayin qaynatayotgan Karimovga hujum boshlaydi. 
Men kuldim va׃ 
-Adashasiz…-dedim. 
-Ha, o’qiganman,-dedi u.-O’zbekistonda qiynoqning inson bolasi xayoliga keltira olmaydigan 
turlari bor ekan. Karimovning muxoliflariga u maqtalgan she’rlarni yodlatisharkan. Dindorlarga 
esa Karimovning kitobiga sajda qilishni buyurarmishlar. Ularni sharmanda qilish uchun uyatli deb 
bilingan kasalliklarni yuqtirisharkan. Lekin yoshim saksonga etib, tirik odamni qaynoq suvda 
qaynatishlari haqida eshitmaganman. Bu dahshat-ku! Insoniyat bunga qanday chidashi mumkin? 
-Insoniyat chiday olmasligi mumkin, ammo “musulmon davlatlari” deb ataladigan mamlakatlar 
chidaydilar, chunki ularning o’zida ham ayni hol. Har birida bittadan Karimov o’tiribdi,-dedim. 
-Menimcha Karimov ularning qiroli bo’lsa kerak!-dedi chol kinoya bilan. 
Bu kinoya ortida “Karimov qiynoqlar qirolidir!” degan gap bor edi. 


13 
7

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish