O'zbekiston dunyo hamjamiyatida tutgan o'rni



Download 17,61 Kb.
Sana29.04.2022
Hajmi17,61 Kb.
#592808
Bog'liq
o\'zbekiston dunyo hamjamiyatida tutgan o\'rni
Doc3, 5.1-mavzu, TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI, Cooking in Britain today lesson plan, Biosfera va inson, listening test 1 pdf, 2 5361539977769392168, 7-мавзу. Суғурта бозор таркиб, ҳолат ва муам, 30 talik test 9, 5, Psixogenetika fanidan testlar, Sezgining buzilishi, 1-tarbiya

O'ZBEKISTON DUNYO HAMJAMIYATIDA TUTGAN O'RNI
O‘zbekiston jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnini topishi kerak, lekin bitta prezidentning o‘zi bu vazifani uddalay olmaydi. O‘zbekiston davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida o‘tkazgan videoselektorda shu haqda fikr bildirgan. Bu haqda O‘zbekiston 24 telekanali xabar bermoqda. 
“Albatta, biz dunyo hamjamiyatida o‘zimizning o‘rnimizni topishimiz kerak. Lekin o‘zimizning o‘rnimizni bitta prezident o‘zi topolmaydi. Prezident harakat qiladi, prezident siyosat yuritadi. O‘rnimiz qachon topiladi? Odamlar rozi bo‘lsa topiladi. O‘zbekistonning obro‘ topishi oson ish emas. Atigi bir yil ichida Amerika prezidenti bekorga telefon qilmaydi. Prezident o‘z yo‘liga, Amerika siyosati bekorga telefon qilmaydi. Buni tushungan tushunadi, - dedi prezident. Xo‘sh, shunday ekan, biz qachon o‘zgaramiz?
Yaqinda Abdulla Nig‘matovich Tojikistonga borib tashrifni muhokama qilib keladi. Biz katta-katta shartnomalarga qo‘l qo‘yib, temir yo‘lni ham ochamiz, elektr energiyasi uzatishga kelishdik. Boshqa-boshqa masalalar ham shunday. Hamma o‘tadi bu dunyodan, ammo qo‘shni bilan yaxshi bo‘lmaganni hech kim, hech qachon kechirmaydi. Shuni hamma bilishi kerak. Bizga qo‘shnilarning hammasi yaxshi bo‘lishi kerak. Bu oson emas. Biz 20 yillik muzni eritishimiz kerak.
Dunyo hamjamiyati nima deydi: sen avval qo‘shning bilan til topishgin, biz keyin do‘st bo‘lamiz, deydi. Sen qo‘shning bilan til topishmasang, biz bilan qanday do‘st bo‘lishing mumkin, deydi”, - deya tashqi siyosat masalalariga doir fikrlarini bildirdi Prezident.
“Xalqaro hamjamiyatning to‘la huquqli a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq sub’ekti sifatida qatnashadi, uning maqsadlari mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o‘z hududini qurol-yarog‘lardan xoli qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy qirg‘in qurollarini yo‘qotish, suveren davlatlar o‘rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yo‘l qo‘ymaslikdan iborat”, - deb 1991 yil 31 avgustda Oliy Kengash VI sessiyasida qabul qilingan “Mustaqillik haqidagi Bayonot”da o‘z tashqi siyosatining asosiy yo‘lini belgilab olgan O‘zbekiston Respublikasi 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyamizning 17-moddasida bu yo‘lni qonun bilan mustahkamladi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor tamoyillari quyidagilarni tashkil etadi:
· milliy-davlat manfaatlarini ustun qo‘ygan holda tashqi siyosatda davlatlarning suveren tengligini hisobga olish;
· umumbashariy qadriyatlarni ustun qo‘ygan xolda nizoli mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish;
· tashqi siyosatdagi teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlikni o‘rnatishda boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik
· barcha tinchliksevar davlatlar bilan tashqi aloqalarni o‘rnatishga intilish;
· xalqaro huquq normalarini tan olgan xolda jahon hamjamiyatida xalqaro talablarga rioya qilish;
· tashqi siyosatda ko‘p tomonlama aloqalarni o‘rnatishda xalqaro tashkilotlar doirasida aloqalarni kengaytirish masalalari kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi butun jahon jamoatchiligi oldida xalqaro huquqning umumjahon e’tirof etgan normalariga sodiqligini Konstitutsiya darajasida ham mustahkamladi. Halqaro huquqning tamoyillari va normalarining butun bu majmui Konstitutsiyaga BMT Ustavidan, Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasidan va inson huquqlariga oid boshqa halqaro huquq bitimlardan, Xelsinki bitimi, Parij va Madrid xartiyalariga asoslandi. SHuningdek, asosiy qonunga kiritilgan qonunlarni rivojlantirish maqsadida “Diplomatik munosabatlarni o‘rganish tartibi”, “O‘zbekistonda xalqaro shartnomalarni tuzish, ijro etish va bekor qilish” haqida aktlar ham qabul qilindi. Ularda tashqi siyosatning har tomonlama asoslangan tamoyillari o‘z aksini topdi.
Shu o‘rinda aytib o‘tmoq lozimki, bu tamoyillar yosh suveren davlatning asosiy tashqi siyosiy doktrinasini ifoda etish bilan birga davlatlararo munosabatlar yo‘nalishlarining rivojlanishi va keng doiradagi tashqi muammolarni hal qilish imkonini berdi. Mamlakatimizni jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahon miqyosida mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta’minladi. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining tashqi siyosatdagi yo‘nalishlarini demokratik pritsiplarga asoslangan holda olib borar ekan, 1991 yil dekabrdan 1992 yil iyul oyigacha bo‘lgan davr ichida respublikani 111 davlat, 2015 yilga qadar esa O‘zbekiston mustaqilligini 180 dan ortiq davlat tan oldi. 2018 yilga kelib, ularning 134 tasi bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o‘rnatildi. Toshkentda AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqa rivojlangan mamlakatlarning elchixonalari ochildi. Poytaxtda 44 ta davlat diplomatik missiyasi akkreditatsiyadan o‘tdi. SHuningdek, O‘zbekistonda 88 ta xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 ta hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida O‘zbekistonning elchilari dunyodagi 46 ta davlatlarda faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Download 17,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
covid vaccination
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti