Jahongir mamatov karimovning kirdikorlari



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/44
Sana21.06.2022
Hajmi0,53 Mb.
#688546
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44
Bog'liq
1 5033119556814504073

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


48 
20. ISLOMLASHTIRISH
2006 yilning 28 Sentyabr kuni Rossiya va O’zbekiston maxsus xizmatlari ekstremizmga qarshi 
birgalikda kurash uchun shartnoma imzoladilar. (Xabarlar oqimidan). 
Ekstremizm deganda birinchi galda Islom fundamentalizmi tushuniladi. Shunday emasmi? Lekin 
Islom davlati bo’lgandan keyin Islom fundamentalizmi – ekstremizm kuchaymasdan 
zaiflashsinmi? 
1990 yillarning boshida bir latifa yozgandim. U “ERK” gazetasida chiqqach, mashhur bo’lib 
ketgandi. 
Mazmuni shunday edi׃ Karimov dindorlar bilan uchrashganda ularga Islom davlati qurib berish 
haqida va’da qiladi. Oradan yillar o’tib, unga so’zining ustidan chiqmagani eslatiladi. Shunda u׃ 
-Men so’zimning ustidan chiqdim, O’zbekiston Islom davlatiga aylandi, ya’ni mening 
davlatimga,-deb javob qiladi. 
Darhaqiqat, O’zbekistonda Islom ko’rsatmalariga ko’ra parlament tuzilgan va Islomiy nizom 
asosida qonunlar qabul qilinadi, hukumat ham Islom tartib qoidalari asosida ishlamoqda. Davlat 
ishlari Islomning fitratidan kelib chiqib boshqariladi. Islom fundamentalizmi shu qadar kuchayib 
ketdi-ki, hamma narsa oshkora qilinadigan va xalqdan hech narsa yashirilmaydigan bo’ldi. Islomiy 
oshkoralik jamiyatning hamma qatlamlariga singib ketdi. 
Sovet davrida mirshablar birovni ataylabdan ushlash uchun uning uyiga yashirincha kirib, 
gilamining ostiga nasha tashlab chiqishgan va keyin qaytib kelib, uni topishgan. Hozir esa, kerakli 
odamni “Yonidan nasha chiqdi”, deb katta ko’chada ushlashadi. 
Ovora bo’lib nashani tashib yurishmaydi. Tag’in chekib qo’ymasin, deb boshliqlari oddiy 
mirshablarga bermasa kerak-da! Yoki bekatda turgan muxolifatchining qo’liga bir paket 
tutqazishadi-da, “Dollar bilan pora oldi” deb ushlab ketishadi. Boshliqlar ahmoq emas, oddiy 
mirshablarga dollar bersa, dollar qaytib kelmasligini bilishadi. Shuning uchun ishni oshkora, 
nasiyaga bajartirishadi. Qani pora olmadim, deb ko’rsin. Bekatda turganlarning hammasi unga 
qarshi guvoh bo’ladi. 
Hukumat mulozimiga so’z qaytargan yoki uni tanqid qilib yozgan odamni xalqning ko’z oldida 
ushlab, jinnixonaga tiqishadi. Uni birinchi bo’lib doktorning o’zi koyiydi׃ “Ahmoq, jinni 
bo’lmasang hukumatga qarshi chiqasanmi?”. 
Mana hozir siz ham shuni o’qib turib aytayapsiz, “Haqiqatan ham jinni, axir bu hukumatni tanqid 
qilib bo’ladi-mi? Mana mendan o’rganib jim yurmaydimi?”. 
Ba’zan meni ham “Bu jinni bo’lib qolgan shekilli, faqat Islom haqida yozadi” deb o’ylashingizni 
ham bilaman. Ammo xafa bo’lmayman. Chunki bular Islom fundamentalizmining holvalari. 
Uning shunday toshlari bor-ki, ana undan Xudo asrasin. Aslida bu borada ham oshkoralik. 


49 
O’zbekning dardini aytgan shoiri Yusuf Jumaning uyiga MXXning vakili boradi va ochiqchasiga 
aytadi׃ 
-Jim yuring, topshiriq bor, avariyada o’lasiz, agar o’lmay qolsangiz, boshqa variantini ko’ramiz! 
Yoki insonlarning huquqlarini himoya qilaman, deb tashkilot tuzmoqchi bo’lgan shaxsning uyiga 
kelib׃ 
-Shu yilning ichida tashkilotingizga kirgan barcha faollarni qamaymiz. Bittasi poraxo’r, ikkinchisi 
jinni, uchinchisi tuhmatchi va hokazo ayblar bilan qamaladi. Bundan xulosa chiqarmaganlarni 
boshini yoramiz, o’g’lini qamaymiz! Buni oldindan aytib bera olamiz. Keyin navbat sizga keladi. 
Sizni esa tirik qo’ymaymiz, qanday kasalingiz bor, bilamiz,-deydi. 
Buni ochiq aytadi. Chunki oshkoralik. Chunki bu Islom fundamentalizmining muhim printsipi. 
O’qigan bo’lsangiz, Ismat Xushev, o’g’lining “qaysidir jihatlari bilan unga o’xshashini niyat qilib” 
ismini Islom deb qo’yganini, yozgandi. O’sha yillarda Islomlashtirish endi tug’ilayotgandi. Ism 
qo’yish alohida kampaniyaga aylantirildi. Bu kampaniyaning shayxul-ulamosi Ismoil Jo’rabekov 
edilar. Televidenie orqali “Hamma bolasiga Islom deb ism qo’ysin”, deya buyruq berilmasdi. Bu 
juda ham nokamtarinlik bo’lishini kim-kim Ismoil aka yaxshi bilardilar. Shuning uchun 
televidenie orqali maxsus programma berilib, unda o’z farzandiga Islom deb ism qo’ygan oila 
maqtalardi, ko’z-ko’z qilinardi, bu oilaga yurtboshi nomidan Xiva gilamini taqdim etayotgan 
Ismoil Jo’rabekov yoki Mavlon Umurzoqov tashrif buyurgani ko’rsatilardi. 
Bizning xalq er ostida ilon o’tsa biladigan. Bir tomonda Xiva gilami. Ikkinchi tomonda kazo-
kazolarning tashrifi, uchinchi tomonda televizorga chiqish… 
Uylanmaganlar uylanshga boshlashdi, xotini bilan yotmay qo’yganlar joydan turmay qolishdi… 
Maqsad bitta׃ o’g’il tug’ilsin va unga Islom deb ism qo’yilsin. 
Bir kun Afandi bolalarni aldamoqchi bo’lib, “Ana u muyulishda bepul shirinlik bermoqda” 
deganidan keyin hamma bolalar gurillab o’sha tomonga yugurganidan so’ng “Balki berayotgan 
bo’lsa-chi?”, deb o’zi ham yugurib ketganini bilasiz. Islomlashtirish shu qadar keng quloch otdi-
ki, hatto yurtboshining o’zi ham “Bir gap bor, shekili?”, deb nevarasiga “Islom”, deb ism qo’yib 
yubordi. 
Bugun istagan gazetani ochib ko’ring, hamma maqolada “Islom” degan so’zni topasiz. Bir emas, 
o’nlab. 
Faqat ta’ziyanomalar e’lon qilinadigan bo’limdan topolmasangiz kerak. Bu ham hozircha! 
Bugun istagan partiyaning vebsaytini ochib ko’ring, birinchi jumlasidayoq “Islom” degan so’zni 
ko’rasiz. 
Mamlakatning qaerida bo’lmasin, har qanday uchrashuvga boring so’z boshlagan odam albatta 
“Islom” degan kalimani ishlatadi. 


50 
Ko’chalarni aylaning va shiorlarga qarang, shu so’zni topasiz. 
Maktab kitoblarini ochib ko’ring. 
Mana-man degan shoirning she’rlarini o’qib chiqing. 
Parlamentning ochilishidan yopilishiga, televizorning boshlanishidan tugashiga qadar, xullas, 
hamma joyda shu so’z. 
Hatto BMTning minbaridan ham shu so’z baralla aytiladi. Ishonmaysizmi? Uzoqqa bormang. Ana 
O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norovning 2006 yilning 25 Sentyabrda BMTda qilgan 
nutqining 4-bandiga qarang. Shu kalima turibdi. 
Sovet davrida Brejnev hamma joyga “Xush kelibsiz!” deb yozishni buyurganidan keyin 
Turkmanistonda umumiy hojatxona teppasiga shunday shior ilingan ekan. Kulgandik. Keyin 
nafasimiz ichimizga tushib ketdi. Chunki O’zbekistonda qabriston darvozasining teppasiga “Xush 
kelibsiz!” deb yozib qo’yilgandi-da. Shunaqa xalqmiz. Buyruq bo’lsa bas. Bugun buyruq-
Islomlashtirish… 
Bu ketishda ertaga bir kun Eshmatlashtirish yoki Eshaklashtirish davrini ham yashamasak 
bo’lgani! 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish