40
17. QON BILAN QO’RQITISH yoki AKULA
O’zbekiston xalqi ruhiy qo’rquv va depressiyaga yo’liqtirilmoqda.(Xabarlar oqimidan).
Bolaligimda bir kun hovlimizdagi daraxtdan meva tushirish uchun tosh otayotgandik, opam
uloqtirgan tosh mening peshonamga urildi. Bir seskanib ketdim. Opamning rangi uchib ketgan,
erda o’tirib olib yig’lay boshladi. Mening yuzimdan issiq bir narsa oqqandek bo’ldi. Qo’lim bilan
silib qarasam, peshanamdan qon oqayati. Birdan vujudimni qo’rquv bosdi. Opam qonni ko’rib,
qo’rqqanidan yig’lay boshlagan ekan. Men ham opamga qo’shilib yig’lab yubordim.
O’shandan bilamanki, odamda qondan qo’rqish instinkti bor. Balki odam kattalashib
borgan sari
bu instinkt kuchsizlanib borar. Ammo bolalikda bu juda kuchli bo’ladi. 4-5 yoshlarimdagi o’sha
voqea xudi kechagidek yodimda turgani uning ruhiyatga ta’sirini ko’rsatadi. Bu ta’sir shu qadar
kuchli bo’lganki, xotira uni bir umrga o’z xazinasiga muhrlagan.
Amerikaga kelganimizdan keyin ba’zi filmlar, televidenie dasturlari oldidan ”Bolalaringizga
ko’rsatmang, o’ta qonli joylari bor” deb ogohlantirishganini ko’rdim va demak, qon ko’rinishining
inson ruhiyatiga ta’siri asosli ekaniga inondim.
1990 yillarning boshida har kuni O’zbekiston televideniesida Tojikistonda yuz bergan qonli
to’qnashuvlar haqida soatlab dasturlar berilar ekan,
vujuddan uzilib ketgan bosh, bir chetga tushib
yotgan qo’l, peshanadan sharillab oqayotgan qon tasvirlangan kadrlarni takror va takror
ko’rasatishardi. Orqasidan “Bizda ham vaziyatni Tojikistondagi kabi darajaga etkazuvchilar yo’q
emas” deyilardi. Keyin Bo’kada, Parkentda yig’layotgan ayollar… Zaminga qorishgan qon..
Bir kun Teleradio qo’mitasi raisi Ganja Yoqubovga׃
-Hech kimni o’ylamasangiz ham bolalarimizni o’ylang, bu dahshatni ko’rib, qo’rqib
ketishmoqda,-dedim.
-Agar men sizlarning bolalaringizni o’ylasam, mening bolalarimni kim o’ylaydi?,-deya Ganja aka
juda tagdor gap qildi.
Keyin׃
-O’zi ko’rib o’tiradi. Televizorchasini quchoqlab yotadi. “Shu joylarini qayta-qayta ko’rsat!”, deb
talab qiladi. Shunda ham ishonmay, har kuni bir-ikki kishini jo’natib nazorat qiladi,-dedi u
Karimovni nazarda tutib.
Asli xorazmlik bo’lgan Ganja Yoqubov ko’nglidagini ana shunday ochiq aytib,
demokratiyaga,
oshkoralikka moyil ekanligini yashirmaydigan odam edi. Tagdor gaplarning ham ustasi edi. Bir
kun men unga׃
-Ganja aka? Siz ham Xorazmdan, bugunning maddohboshisi Erkin Samandarov ham Xorazmdan,
bir joydan ham unday, ham bunday odam chiqar ekan-da,-dedim.
41
U darhol javob qildi.
-Siz ham Samarqandan, u ham…,- Ganja aka barmog’i bilan teppani ko’rsatdi.
-Nima u
Xudoga aylandimiki, osmonga ishora qilayasiz?,-dedim.
-Qarab turing, Xudo qolib, unga sig’inamiz hali…
Xullas, qonli kadrlarni har kuni ko’rsatish Karimovning bevosita topshirig’i ekan. Bu bilan u
odamlarni qo’rqitib, “Shu kuningga shukur qil, bo’lmasa mana bunaqa kunga qolasan”, degan
fikrni kallalarga quyayotgan ekan. Keyinchalik ham qaerda qon to’kilsa, O’zbekiston televideniesi
eng dahshatli nuqtalarini boz-boz ko’rsatar va orqasidan bir ikki mulozim va albatta bitta mulla
chiqib, tinch yashayotganimizni eslatishardi.
Vaqt o’tishi bilan Tojikistondagi kabi voqealar atrofda yuz bermagach, Karimov o’z tajribasini
takomillashtirdi.
1999 yilning 16 fevralida Toshkent shahrida yuz bergan portlashlar haqida Abdusaid Ko’chimov
rahnamoligida olingan ikki qismli hujjatli film yodingizdadur? Bir marta arang ko’rasiz. Bu filmni
ko’rganlar depressiyaga tushib qoladilar. Shu qadar ko’p qon, shu qadar ko’p ko’z yoshi…
Depressiya-bu odamning ma’nan yaroqsiz bo’lishi, ma’nan bichilishidir. Karimov shu yo’l bilan
butun xalqni ma’nan bichib
tashlashni rejalagan shekilli, bugunga qadar O’zbekiston atrofidagi
davlatlarda yuz bergan voqealarning eng qonli nuqtalarini bot-bot ko’rsatib, odamlarni qon bilan
qo’rqitmoqda.
“Ogoh bo’ling”!-degan jarangdor ovoz yangraydi. Orqasidan qon oqaveradi, oqaveradi…Bu
nafaqat ko’rsatiladi. Majlislarda aytiladi, gazetalarda yoziladi, hatto qo’shiqlarda yangraydi…
Kecha AQSh televideniesining ilmiy izlanishlar asosida olingan badiiy filmlarni
namoyish
qiladigan kanali ertalabdan kechgacha akulalar haqidagi filmlarni ko’rsatdi. Akula tashqi
ko’rinishdan juda sokin, hujumkorga o’xshamaydi. Ammo qon isini biladi. Yoqtiradi. Qon oqqan
joyga etib boradi. Odamlar cho’milayotgan
sohilga kelganda esa, birovni tishlab yo oyog’ini, yo
qo’lini o’zib ketadi. Suvni qonga qorishtiradi. Qo’rquv sochadi. Sohildagi odamlar tum-taraqay
bo’lib qochadilar. Yozda odamlar okean sohillariga boramiz, deyishsa, bolalari Internetdan o’sha
joylarda akula bo’lib bo’lmaganini qidirishadi. Akuladan qo’rqishadi. Chunki akula deganda har
kimning ko’z oldiga qon keladi-da!
Do'stlaringiz bilan baham: