29
13. MA’NAN YIQITISH
O’zbekistonda o’zgacha fikrlovchilarni ma’naviy jihatdan ham yiqitish odat tusiga kirgan.
(Xabarlar oqimidan).
1980-yillarda O’zbekiston televideniesining Moskvadagi muxbiri bo’lib ishlagan Raimjon
Sultonov Sharof Rashidovning so’n
ggi kunlari haqida shunday hikoya qilgandi׃
-Sharof Rashidovich kutilmaganda O’zbekistonning Moskvadagi vakolatxonasida bir necha kun
turib qoldi. Hech kayfiyati yo’q edi. Bilishimcha, har kuni ertalab Andropovning qabulxonasiga
telefon qilardi. Keyin u erdan kun bo’yi javob kutardi. Bir hafta ana shunday o’tgandan
keyin u
qabulga borolmay Toshkentga qaytdi. Aeroportda Hindistonga ketayotgan Haydar Aliev bilan
uchrashdi. Keyin Xorazmga bordi. U erdan Qoraqalpog’istonga o’tib, o’sha erda o’lib qoldi…
Islom Karimovga ustozlik qilganlardan biri G’afur G’ulomning kuyovi Qudrat Axmedovdir. 1990
yillarning boshida u Saylov komissiyasining raisi edi. “IAK” da yozganimdek, bir kun Karimov
hujjat yurituvchi, asosiy yordamchisi Ravil Abduqodirovga׃
-Ravil, bu qariyani infarktgacha olib bor!-deganiga guvoh bo’lganman.
Shundan keyin Karimov Axmedovni qabul qilmay qo’yadi va u yurak xurujidan vafot etadi…
Mustaqillik deklartsiyasi qabul qilinganda Oliy kengashga rais bo’lgan Mirzaolim Ibrohimov
sessiyaning ertasi kuni kabinetida yomonlashib qoldi. Ma’lum bo’lishicha, Karimov telefon
qilgandan keyin u yurak xurujiga uchragan…
“Xalq so’zi” gazetasi bosh muharriri Ahmadjon Muxtorovni jurnalistikadan
chetlatgan Karimov
unga hech qaerdan ish berilmasligini buyurgan. Hayotini jurnalistikasiz tasavvur qila olmaydigan
bu odam qiynalib yurib, miyaga qon quyilishidan vafot etdi…
Ubaydulla Abdurazzoqov Karimovga eng astoydil xizmat qilganlardan biri. 1993-1994 yillarda
Turkiyada elchi edi. Tashqi ishlar vaziri vazifasidan elchilikka badarg’a qilingandi. Kutilmaganda
uni Toshkentga chaqirishdi. Uchqichdan tushishi bilan diplomatik pasportini qo’lidan olib qo’yib,
o’zini Tashqi ishlar vazirligiga oddiy bir ishga tayinlashibdi.
U Karimov qabuliga kiraman, deb
ko’p uringan, ammo qabul qilinmagan. U ham Karimovga chin dildan xizmat qilib ma’nan yiqilib
olamdan o’tgan…
Karimovning komandasida bo’lib, keyin ma’nan yiqitilganlarning son-sanog’i yo’q. Ozgina
yoqmay qolsa yoki birov bir gap etkazsa tamom, o’sha odam uchun Karimovning eshiklari
yopiladi.
Karimov nafaqat o’zining atrofidagilarni balki muxolifatdagilarni ham ma’nan yiqitish choralarini
ko’rdi. Ularga ish bermaslik, agar mustaqil
ish qilsalar, tinimsiz tekshiraverib tinkalarini quritish,
har narsani bahona qilib tergovga tortish… shu yo’llar bilan o’zgacha fikrlovchilarni jamiyatdan,
odamlardan uzoqlashtirishga urindi va bunga muvaffaq ham bo’ldi.
30
O’zgacha fikrlovchilarning o’zlari-ku o’zlari qanchadan-qancha yaqinlari ham ma’nan yiqildilar.
Bizning oilamizga qilingan zug’umlar, umr yo’ldoshimni sudga tortish, doimiy tazyiqlar, ayriliq
uqubatlarini ko’tara olmay qaynonam, iste’dodli olima Salomat Qodirova 1995 yilda 58 yoshda
yurak xurujidan olamdan o’tdilar.
Muxolifatchilar va rejimdan kuyganlarning ana shunday ma’nan yiqitilgan ota-onalari,
qarindoshlari ozmi? Buni o’ylab ham ko’rmaymiz va bunga parvo ham qilmaymiz.
Bu aslida xalqimizning asrlar davomida ma’nan yiqitilgani bilan ham bog’liqdir.
Sahroda yalpiz
o’sarmi?!
Tayoqqa mansab berib qo’ysangiz, o’shanga ham egilib, salom berishadi.
Xalq haqida yonib-kuyib, mansabidan ayrilgan odamni xalq o’sha kuni tark etadi.
Xalqqa qarshi turib, boylik to’plab, keyin mansabdan ketganlarning esa ziyofatini, oshini eb
yuraveradi.
Pul va mansab uning uchun Tangridan ham balandroq turadi. Albatta, so’zda emas, amalda.
Karimov ana shu nuqsdan ustalik bilan foydalandi va foydalanmoqda.
Hech esimdan
chiqmaydi, qishloqda kimningdir to’yi edi, to’yni ochish uchun “og’zi katta”lardan
biriga so’z berishdi. O’shanda KGBdan chiqqan Andropov SSSRning rahbari bo’lgan payt edi.
“Og’zi katta” mamlakatga ana shunday qattiqqo’l rahbar kerakligini aytib, uni uzundan uzoq duo
qilishdan gap boshlagandi.
Shunchaki siyosat bo’lsa kerak, deb o’ylagandim. Oradan ko’p o’tmay Andropov o’ldi. Haligi
“og’zi katta” uni ko’zda yosh bilan eslab yurdi.
Keyinchlik shu odamning Usmonxo’jaev “latta”, Nishonov “lapashang”, mana Karimovga
o’xshagan qattiqo’l rahbar kerak, deganini ham eshitdim.
U menga ham dashnom berib, Karimovga qarshi chiqma, oilada ota mahkam bo’lmasa,
bolalar
taltayib ketadi, oila barbod bo’ladi, degandi. Yaqinda eshitsam, o’sha “og’zi katta”ning bolalari
chet ellarga ketib qolishgan, u bir o’zi g’arib, bechoralikda yashab, o’lganini ham bir necha kundan
keyin bilib qolishibdi…
Do'stlaringiz bilan baham: