Jahongir mamatov karimovning kirdikorlari



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/44
Sana21.06.2022
Hajmi0,53 Mb.
#688546
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44
Bog'liq
1 5033119556814504073

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


57 
23. MAMLAKATNI OBRO’SIZLANTIRISH
Bir paytlarning mashhur O’zbekistoni hatto Qozog’iston soyasida qolib ketdi. (Xabarlar 
oqimidan). 
1990 yilda Oshkoralik qo’mitasida ishlaganimda, “Ozodlik” radiosining muxbiri Furqat 
Yakvalxo’jaev qariyb bir soatlik suhbat yozib oldi. Ko’ngildagi hamma gaplarni ochiq aytdim va 
savollarga ham oshkora javob berdim. Radioda bu suhbatni bir necha kun davomida berib borishdi. 
O’shanda KGB (MXX) xorijiy radiolarda O’zbekiston haqida chiqqan materiallarning matnini har 
kun broshyura-kitobcha holida nashr etib, birinchi rahbarga taqdim etib borishini bilib qolgan va 
bu kitobchani hammaga tarqatishni talab qilgandik. Hamma bo’lmasa ham Oliy kengashning 
barcha qo’mitalari ham ola boshladilar. 
Keyinchalik to’xtatishdi. Xullas, Karimovning stoliga qo’yiladigan ana shu kitobchaning bir necha 
soni mening suhbatim matni bilan to’lgandi. 
O’sha kunlari Karimov׃ 
-Odamlar juda katta vazifalarda ishlayotganlarini bilishlari kerak. Oliy Kengash qo’mitasi 
raisining o’rinbosari bu juda katta lavozim. Bu lavozimdagi odamning har bir gapi rasmiy gapdir. 
Ba’zilar buni bilmay bizni dunyoga sharmanda qilishmoqda. “Ozodlik” radiosini butun dunyo 
eshitadi, uni minbar qilib olib, butun dunyoda mamlakatimizning obro’yini to’kishmoqda,-dedi. 
Bu gap menga tegishli edi. Karimov ismimni ochiq aytmagani uchun men ham umumiy tarzda 
javob qildim. Oshkoralik haqida eslatdim. Tanqidni bo’g’ishga o’rgansak, jamiyatni bo’g’ishga 
ham o’rganamiz, dedim. 
O’shanda Karimov shu qadar soddamidiki, “Ozodlik” radiosi butun dunyoga emas, faqat 
O’zbekistonga qaratilgani, uni o’zbeklargina tinglashi va hatto O’zbekistonda ham uni hamma 
eshitmasligini, dunyoning mana-man degan markazlarida o’zbek dasturini eshitish u yoqda tursin, 
o’zbek tili nima ekanligidan bexabar odamlar o’tirganini bilmasa, deb o’yladim. U bilardi. Lekin 
maqsadi mamlakatning obro’yini saqlash emas, balki tanqidni bo’g’ish edi. Buni vaqt ham 
isbotladi. 
Keyin ham u radiolar va bu radiolarning muxbirlari haqida gapirganda ularning mamlakatni 
obro’sizlantirayotganlari borasida gapirib, ularni hatto sotqin, deyish darajasiga qadar etib bordi. 
U ildiziga urib, shoxini zirqiratish rejasida bo’lgan. Chunki xorijiy muxbirlarga aytgan har bir gapi 
mahalliy televidenieda albatta ko’rsatilardi. Qolganlar bundan o’zlari xulosa chiqarib olardilar. 
1990 yil edi. Nazarboev qaerdadir O’zbekiston bizdan bug’doy olmoqda, deya maqtanibdimi, yoki 
narxi haqida gapiribdimi, nima bo’lsa ham Karimovning qulog’iga kelib etibdi. U sessiyada 
Qozog’iston haqida, uning rahbariyati haqida qo’lini “peshtaxta” (Karimov “pesh” so’zini 
“peshtaxta” deb ishlatishiga ishora-JM) qilib gapirdi. 
Biz Turkiston birligi uchun, deb yugurib yurganlarga bu og’ir botdi. Men sessiyada Karimovga 
savol berdim׃ 


58 
-Qo’shnilarimiz bilan shunday muammolar chiqqan taqdirda ham uni katta minbarga olib 
chiqmay, o’zaro muloqotlarda hal qilish mumkin emasmi? 
Karimovning jahli chiqdi va׃ 
-Bu mamlakatimizning obro’yi. Agar siz vatanparvar bo’lsangiz, bu obro’ uchun kerak bo’lsa, 
boshni kundaga qo’yish lozim!-dedi 
Karimovning ana shu gapidan keyin “Kundaga qo’yilgan bosh” degan katta maqolamni yozib, 
markaziy nashrlarda e’lon qilgandim. Ammo unda boshni kundaga qo’yishning boshqa muhim 
talablari borasida, ya’ni Karimovning gaplarining teskarisi haqida gap borgandi. 
Karimov o’sha kezdayoq ham ichki, ham tashqi tanqidni bo’g’ishni boshlagan va mamlakatni 
obro’sizlantirish masalasi uning niqobi bo’lgan. Mana bugunga kelib, ma’lum bo’ldiki, 
O’zbekiston jahondagi hamma hisobotlar va ro’yxatlarda sharmandali o’rinlarda. Qaysi bir sohada 
bo’lmasin, O’zbekiston eng obro’siz mamlakatlar qatorida. Mana Karimovning vatanparvarligi! 
Bir paytlar Karimov mensimay, tanqid qilib yurgan Qozog’iston lideri ham ba’zi masxarabozlik 
jabhalarida Karimovni quvlab etishga urinayotgan bo’lsada, lekin Qozog’istonni Markaziy 
Osiyoning, balki MDH mamlakatlarining lideri, deb atashmoqda. 
Yaqinda Nazarboevning Vashington safari oldidan Bi-bi-si ga bergan suhbatida(2006, 28 
Sentyabr)gi mana bu gaplarga endi Karimov nima deydi׃ 
“Bi-bi-si: Jahonda Qozog’istonni zaif va beqaror mintaqada barqarorlik oroli sifatida ko’radilar. 
Qirg’izistonda siyosiy inqiroz davom etmoqda, O’zbekiston hukumatining siyosatini G’arbda 
qattiq tanqid qilishadi va qoralashadi. Siz o’zingizning qo’shnilaringiz bilan qanday munosabat 
qurasiz va bu munosabatlarni rivojlantirish Siz uchun naqadar muhim? 
Nursulton Nazarboev: Mintaqamizdagi siz aytgan davlatlar – O’zbekiston, Qirg’iziston, Tojikiston 
va Turkmaniston juda yaqin davlatlar. Bizning tariximiz bir, madaniyatimiz, tilimiz, dinimiz bir. 
Qozog’iston siyosatida har doim ustun g’oya mintaqani integratsiyalash bo’lgan. Bizning asosiy 
vazifamiz – ixtilofli vaziyat yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslik va barqarorlashtiruvchi davlatga 
aylanish va biz buning uddasidan chiqayapmiz. 
Bi-bi-si: Qozog’iston iqtisodiy rivojlanib borishi barobarida aksar ekspertlar mamlakatingizga 
qo’shni davlatlardan muhojir ishchilar oqib kelishi muqarrar demoqdalar. Bu jarayon hozirning 
o’zidayoq davom etmoqda. Ammo kelajakda balki sizning O’zbekistondek mamlakatlardan 
chiqqan siyosiy muhojirlar muammosi bilan to’qnash kelishingizga to’g’ri kelar. Siz bunga 
tayyormisiz? 
Nursulton Nazarboev: Biz hozir Qozog’istonda ishlayotgan noqonuniy muhojirlarni 
legallashtirayapmiz. Fikrimcha, ularning soni bir million atrofida. Bundan tashqari biz 
O’zbekistondan va boshqa davlatlardan yana bir million odamni jalb etishga tayyormiz. Ular bizda 
ishlab o’zlarining oilalariga yiliga 300-500 million dollar yuborishadi…” 


59 
Karimov o’zini obro’sizlantirish barobarida, mamlakatni va ming afsuski, xalqniham 
obro’sizlantirdi. 
Bugunga kelib, mana shunday odamning hukumat teppasida qolayotgani xalqning ham qusuri, deb 
qaralmoqda va bu haqda ochiq aytila boshlandi. 
Yaqinda bir amerikalik׃ 
-Qaerdansiz?-deb so’radi. 
-O’zbekistondan,-dedim. 
-25 million odamni bir kishi eshak qilib minib o’tirgan mamlakatdan ekan-da,-dedi u kinoya bilan. 
Men unga׃ 
-Biroz adashadingiz,-dedim. 
U faktlarni 
qalashtirib tashlash uchun barmoqlarini sanashga chog’lagandi, men׃ 
-25 million emas, qariyb 28 million,-dedim… 
Tabiiyki, u eshak deganda “mehnatkash odamlar” degan fikrni nazarda tutgan. Chunki eshak 
Amerikada mehnatkashlik ramzi. 
Yana kim bilsin, balki u eshakning bizdagi ramzidan ham xabardordir?! 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish