Jahongir mamatov karimovning kirdikorlari



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/44
Sana21.06.2022
Hajmi0,53 Mb.
#688546
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44
Bog'liq
1 5033119556814504073

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


66 
26. VOZ KECHDIRISH
O’zbekistonda siyosiy sabablar bilan sudga tortilganlar advokat yordamidan voz 
kechmoqdalar.(Xabarlar oqimidan). 
1990 yillarning boshida mirshablar inson huquqlari faoli Abdumannob Po’latovni Bishkekdagi 
xalqaro anjumandan ushlab kelishdi. Sud boshlandi. Katta shov-shuv ko’tarildi. 
Yaqinda o’sha kezda prezidentning matbuot kotibiyatida ishlagan bir tanishim bilan gaplashib 
qoldim. Uning aytishicha, shov-shuvni ko’rib Karimov huquq tartibot sohasi bo’yicha 
maslahatchisi Temur Alimovga׃ 
-To’xtat! Yo’qot! Bas qil! –deya baqirgan ekan. 
Darhaqiqat, prezidentning amri bilan Abdumannob Po’latovni sud zalidan chiqarib yuborishdi. U 
darhol xorijga ketdi. Kazo-kazolarning sarson-sargardon bo’lib ushlab kelganlari esa o’zlariga 
qoldi. 
Shunday keyin bu borada har odimni ipidan-ignasiga qadar spektakl tarzida oldindan yozib, 
Karimovning o’zi bilan maslahat qilib olingandan keyin tomosha ko’rsatishga o’tildi. 
Ma’lumki, huquqshunoslikda “Vishinskiy uslubi” degan gap bor. Buni Beriyaga bog’lab ham 
aytishadi. Nima bo’lganda ham Stalin davrida kashf etilgan bu uslubga ko’ra, mahbusning o’zi har 
qanday aybga iqror bo’ladi. U hech qanday aloqasi bo’lmagan holda ham o’zini “sotqin”, “qotil”, 
“Stalinga qarshi suiqasdchi” deb baralla aytadi, yozadi, imzolaydi. Shundan keyin uni otib 
tashlashadi yoki umrbod zindonband etishadi. 
Karimov rejimining dastlabki 14 yili davomida ana shu usul qo’llanildi. Ming-ming odamlar 
“emagan somsa uchun pul to’ladilar”. Albatta Karimov “Vishinskiy uslubi”ni takomillashtirib 
bordi. Uning yangi-
yangi qirralarini ochdi. Masalan, mahbus iqror bo’lmasa ham sud unga׃ “Sen 
shuni qilgansan” deb aybni bo’yniga osishi shulardan biridir. 
Sirdaryoda o’tgan bir yopiq sud haqidagi xabarlar yodingizda bo’lsa kerak. Yashirin kamera bilan 
videotasmaga tushirilgan bu sud jarayonida shunday hol kuzatiladi. Sudya mahbusga׃ 
-Sen “Vahobiy”san va seni konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilishda ayblab, 159 modda bilan 20 
yilga jazolash talab qilinmoqda,-deydi. 
Shunda mahbus׃ 
-Ha, men bu tuzumga qarshiman. Lekin o’sha “vahobiy” degan joyini tuzatinglar. Men Xudoga 
ham, vahob-pahobga ham ishonmayman, men kommunistman, Sarvar Azimov tuzgan 
Kommunistik partiyaning a’zosiman, men Karimovning gaplariga ham ishonmayman, uning o’zi 
ham aslida kommunist, unga qarshi bo’lganim uchun meni “vahobiy” deb qamatmoqchi,-deydi. 


67 
-Sen osmondan kelma,-deya unga qarshilik ko’rsatadi yopiq sudga raislik qilayotgan hakam.- 
Prokuror seni “vahobiy” dedimi, uning dalili etarli. Mana hozirgi gaplaring ham buni 
isbotlamoqda. Sen “vahobiy”likning ta’siriga tushgansan va bu rejimga qarshi bosh ko’targansan. 
Aslida buning jazosi-otuv! 
-Mayli otuvga hukm qiling, lekin “vahobiy” emas, kommunist bo’lganimni ayting! 
-Kommunistga otuv hukmi chiqarish yoki 20 yil jazo berish haqida hali qonun chiqmadi. Shuning 
uchun hozircha senga “vahobiy” deb 20 yil beraman va yangi qonun chiqsa, keyin ishingni qayta 
ko’rib chiqamiz… 
Bu latifanamo sud. Ammo bu sudning videotasmasi dunyo aylangach, Karimov sudlarni yanada 
takomillashtirish ustida bosh qotirdi. Dunyoni ishontiirsh uchun endi mahbusdan majburiy tarzda 
olingan iqrorni videotasmaga yozdirib, suddan oldin televidenie orqali ko’rsatishga o’tildi. 1999, 
2004 portlashlari va Andijon voqealari sudlaridan oldingi teleko’rsatuvlarning o’zi ham bunga 
misol. 
Ulug’ adib Mamadali Mahmudov(Evril Turon)ning O’zbekiston televideniesida ko’rsatilgan iqrori 
yodingizdadur. Bu maxsus filmga ham kiritilgan. Bu videoyozuvni suratga olishda qatnashgan IIV 
polkovnigi A
ziz Ernazarov׃ 
-Bu kadrni yozguncha hammaning ona suti og’ziga keldi,-deganini O’zbekiston televideniesida 
ishlaydigan jurnalistlar eshitib qolgani haqida o’qigandim. Adibning o’zi ham qamoqdan yozgan 
va umumning diqqatiga tushgan maktublarida buni tasdiqlagan. 
Andijon voqealari yuzasidan tayyorlangan tomosha-sudlar ham oldingilari kabi Karimovni 
qoniqtirmagan. U mazkur sudlar haqida dunyo matbuotida yozilganda Vishinskiy va Beriyaning 
nomlari tilga olinishidan norozi bo’lgan. 
Ana shularning hammasidan keyin Karimov kashfiyot yaratdi. Shov-shuvlarga asos bo’ladigan 
sudlar boshlanishidan oldin mahbuslar advokat yordamidan voz kechadilar va sud imi-jimida, 
mahbusning talabi bilan yopiq tarzda o’tadi. 
Dalillarga murojaat qilamiz׃ 
“Sud jarayoni ochiq deb elon qilingandi, lekin sud raisining talabi bilan yopiq holda 
o’tkazilmoqda. Sud boshidayoq Dadaxon Hasanov yuqori mansabli mulozimlarning bosimi ostida 
o’z himoyachilari va advokatdan voz kechdi. Sud raisi Ilhom Jalolov, maslahatchilar Rahimov, 
Isoqov, ayblovchi Hayitovdan iborat “to’rtlik” tomonidan o’tkazildi.(Sur’at Ikromov, 2006 yil, 11 
sentyabr, 
http://www.uzbekcongress.org
). 
Malumki, 2005 yil Andijon voqealari bo’yicha “Birlik” partiyasi faollari Hamdam Sulaymon 
(partiya raisining o’rinbosari), Akbar Oripov (partiyaning Andijon viloyati tashkiloti raisi) , 
Musajon Bobojonov (partiyaning Marhamat tuman tashkiloti raisi), Nurmuhammad Azizov (ayni 
zamonda O’zbekiston Inson huquqlari jamiyatining faoli), Dilmurod Muhiddinov (ayni zamonda 
“Ezgulik”ning Marhamat tuman bo’limi raisi), Muhammadqodir Otaxonov (ayni zamonda Shaxs 


68 
huquqi himoyasi komitetining faoli) qamalishgandi. Ularning sud jarayonlarini nazarda tutib, 
(2006 11 Sentyabrda “Birlik” sayti Dadaxon Hasanov haqida xabar qilar ekan-JM), quyidagilarni 
ham yozgandi׃ 
“Toshkentdagi ish bo’yicha faqat bir ayblanuvchi bor edi – bu Dadaxon Hasan. U kishi 
yumshoqroq jazo olish uchun bir narsani qurbon qildilar, ya’ni oshkoralikni. Biz o’zbeklar uchun 
oshkoralik “havodek” lozim bo’lmagani uchun, bu voqea jamiyat tomonidan normal qabul qilinsa 
kerak, deydi muxbirimiz. Qolaversa, Dadaxon aka birinchi misol emas. O’tgan yili sud qilingan 5 
nafar “Birlik” faoli ham shu yo’lni tanlashgan edi.(2006 yil, 11 Sentyabr. 
http://www.harakat
 net). 
Bu yerda Dadaxon Hasan yoki boshqa sudga tortilganlarga dakki berish emas, balki bu 
kashfiyotning muallifini ayblash mantiqli bo’ladi. Chunki rejim mana shunday natijaga erishmoq 
uchun hamma narsani ishga soladi va yuqorining kashfiyotini amalga oshirish yo’lida har qanday 
insonni sindiradi. 
“Nigora Hidoyatovaning singlisi ma’lum qilishicha, sudlanuvchi o’zini noodatiy tarzda tutgan. 
Qo’lida Bibliya bo’lgan va advokatdan voz kechishini aytib, sudning yopiq o’tishini talab qilgan. 
(Bi-bi-si, 25 Yanvar, 2006). 
“Jizzaxlik jurnalist hibsga olinganidan o’n kundan keyingina katta qiyinchiliklar bilan Haydarov 
bilan uchrashishga erishgan rafiqasi uning salomatligi birdan yomonlashganini sezgan: Ulug’bek 
o’zini yaxshi tuta olmagan, uning diqqat jamlashi qiyin bo’lib qolgan, o’zini parishonxotir 
kishilarday tutgan, to’xtalib-tutilib gapirgan va psixotrop dorilar berilgan kishiday ko’rinishda 
bo’lgan. Xotinining “Sizga qanday munosabatda bo’layaptilar?” degan savoliga javoban 
Ulug’bekning ko’zlari ola-kula bo’lib ketgan va bunaqa narsalar haqida mutlaqo so’ramaslikni 
o’tingan. Huquq himoyachisi Sur’at Ikromovga ko’ra, Haydarovni o’z aybiga iqror qilayotgan 
paytda “kuch ishlatar tuzilma xodimlari tergov hibsxonasida unga bosim o’tkazgan va 
advokatlardan voz kechishga majbur etgan bo’lishlari mumkin”. Ulug’bek mahkama jarayoni 
boshlanishida ana shunday qilgan.”(www.ferghana.ru). 
Aslida bunday sudlar haqida internetda batafsil ma’lumotlar bor va ular olimlar tomonidan 
jamlanib tahlil qilinish vaqtini kutmoqda. 
Xullas, hech shubha yo’q-ki zolim Karimovning bu “kashfiyoti” sudlov tarixiga kechadi va 
Vishinskiy, Beriyalar uslubi kabi umrbod qoralanadi. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish